Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yusuf Poulsen: «Leypsig» o‘tgan yilgiga nisbatan kuchliroq o‘yin ko‘rsatadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«RB Leypsig» bundesligaga yo‘l olganidan 12 oy o‘tib, Chempionlar Ligasidagi debyutga hozirlik ko‘rmoqda. Kamtarin jamoadan bu qadar katta sakrashni kim kutgandi?

Avvalgi mavsum raqiblar darvozasini 5 marta nishonga olish barobarida 4ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan daniyalik Yusuf Poulsen ham «qizil buqalar»ning qisqa vaqt ichida butun tarixga arzigulik natijaga erishishlarini hattoki, xayoliga keltirmagan ko‘rinadi.

Harqalay, Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi bundesliga.com sayti jurnalistlari bilan uchrashuv chog‘i mavsum-2016|2017dagi ishlardan hayratda qolganini yashirib o‘tirmadi.

Muxbirlar o‘z navbatida, futbolchidan «Red Bull»ning g‘oliblik mentaliteti, kelajak rejalari, CHLdagi ishtirokdan maqsadi va Jan-Kevin Ogyustenning klub safiga qo‘shilgani nechog‘li foyda keltirishi mumkinligi xususida so‘rashdi.

- Yusuf, ko‘pchilik «Leypsig»dan nisbatan munosib ishtirokni kutgan bo‘lishi mumkindir, biroq hech kim mavsumni bu darajada muvaffaqiyatli o‘tkazib, 2-o‘rinni band etishini o‘ylamagani aniq. Qiziq, sizlarga aynan nima shu darajada kuch va ishtiyoq bag‘ishladi?

- Hammasi oddiy. Butun mavsum davomida g‘alabaga nisbatan ishonch hissi va shaxsiy irodamiz tufayli tetik ko‘rindik, o‘z salohiyatimizga zarracha shubhalanmadik. Yana maydonda tez fikrlash xususiyati juda qo‘l keldi. Aslida bundesliga yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganidayoq jamoaviy ruh sezilarli darajada mustahkamlangan edi. Keyin birin-ketin o‘yinlarni o‘z foydamizga hal qilganimiz ham yigitlarga alohida kuch bag‘ishladi va shu asnoda mavsum bo‘yi turnir jadvali yuqori qismida turishga qodirligimizni amalda isbotladik. Qaytaraman, ayniqsa, maydonda tez fikrlash va qaror qabul qilish ko‘plab murakkab o‘yinlarda 3 ochkoni o‘z tomonimizga og‘dirishimizda muhim ahamiyat kasb etdi.

- «Leypsig» tajribaga qarshi yoshlik shijoatini qo‘ydi. Sizningcha, bu taqdir taqozosimi yoki rahbariyat reja bo‘yicha, ya’ni shu maqsadda tarkibni asosan yoshlar hisobiga shakllantirdi?

- Avvalo, «tajriba» iborasi tubida qanday mazmun-ma’no yotganini teran anglash zarur. E’tibor bering, so‘nggi bir necha yil davomida yangi mavsum oldidan jamoamiz boshlang‘ich tarkibiga atigi 2 yoki 3 nafar futbolchi jalb qilindi. Xullas, jiddiy o‘yinlarda birga harakatlanish asnosida teng sur’atda o‘sishga erishdik, hammamiz aslida nimalarga qodirligimizni bildik. Shu tariqa yaxlit jamoa sifatida o‘ynab, ko‘p narsalarga erishish mumkinligini amalda sinab ko‘rdik.

- Bo‘lajak mavsum arafasida jamoa biror yetakchi futbolchi bilan xayrlashmadi, aksincha, tarkibga Jan-Kevin Ogyusten («PSJ»dan) kabi iste’dodli yigitlar qo‘shilishdi. Xo‘sh, «Red Bull» yangi mavsumda yanada kuchli taassurot qoldira oladimi?

- Ochiq tan olish kerak, navbatdagi mavsum biz uchun ancha og‘ir kechadi - bu aniq. Ammo ishonchim komil, jamoamiz o‘tgan yilgiga nisbatan kuchliroq o‘yin ko‘rsatadi. Deylik, avvalgi mavsumda to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik qilolmadik, hisob. Shunga muvofiq, aksariyat gollarni qarshi hujumlar chog‘i urdik. Chempionatning ikkinchi yarmida esa turnir jadvali quyi qismida borayotgan jamoalarga qarshi bahslarda o‘yinni to‘g‘ri tashkil qilish evaziga muvaffaqiyatliroq harakatlandik. Shuning o‘ziyoq klubimiz qisqa vaqt ichida nechog‘li o‘zgarganiyu, tez rivojlanganidan dalolat. Mana, shu mehnatlar samarasi o‘laroq, Chempionlar Ligasiga chiqdik va endi o‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz shart.

- Demak, jamoa oldiga yangi mavsum uchun aniq maqsad va vazifalar qo‘yilgan...

- Yo‘q, hozircha bu masalada rasmiy suhbat bo‘lmadi. Lekin o‘ylaymanki, rahbariyat aniq vazifa topshirishi shart. Zero, barchamiz o‘tgan mavsumdagidek g‘alabaga chanqoqlik hissini tuyishimiz kerak. Shundagina jamoa faqat oldinga intilishi mumkin. Bu gapim bundesliga va Chempionlar Ligasi uchrashuvlari, shuningdek, Germaniya kubogi bahslariga birdek taalluqli. To‘g‘ri, o‘zimiz yuqori saviyaga egaligimizdan boxabarmiz, ammo barchasini amalda ko‘rsatish uchun ozgina turtkiga ehtiyoj sezishimiz tayin. Qolaversa, endi maydonga nisbatan ko‘p tushamiz. Demakki, kuchli to‘g‘ri taqsimlash ham muhim.

- Daniya milliy termasining to‘laqonli a’zosi sanalasiz (Poulsen o‘z mamlakati bosh jamoasiga 19 marta chaqirilgan).  Shuni nazarda tutsak, tig‘iz taqvimli og‘ir mavsum siz uchun yangilik emas...

- Ha, bir tarafdan qarasak, haqsiz, ammo xalqaro futbol butunlay boshqa narsa, menimcha. Mana, yangi mavsumda deyarli har hafta og‘ir uchrashuvda maydonga tushishimizga to‘g‘ri keladi. Shunday ekan, klubimizga chamasi 15-16 nafar teng saviyali futbolchi zarur. Harqalay, asosiy tarkibning 11 nafar vakili bilan qiynalib qolishimiz turgan gap. Axir mavsum o‘ta og‘ir kechishi kutilyapti va har bir uchrashuvda 1-daqiqadan oxirgisiga qadar maydonda to‘liq kuch bilan to‘p surishning mutlaqo imkoni yo‘q. Bunday holatda jismoniy holat ertami-kech pand berishi muqarrar.

- Shaxsiy faoliyatingizga qarasak, «Leypsig» bilan uchinchi diviziondan Chempionlar Ligasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdingiz. Bu klub bilan hamohang tarzda o‘sib-rivojlanib borayotganingizdan dalolat. Shundaymi?

- Birinchi galda, «Leypsig» masalasiga to‘xtalsam, klub oldiga aynan bundesligaga yo‘l olish vazifasi qo‘yilgandi. Yodimda, Ralf Rangnik (sobiq bosh murabbiy, hozirda klub sport direktori) bu haqda 4 yil oldin bot-bot gapirgandi. Xususan, men bilan shartnoma tuzilayotgan paytda ham klubning yaqin 3-4 yil mobaynida birinchi bundesligaga chiqish salohiyati keng muhokama qilingandi. Qarangki, biz maqsadga ancha erta erishdik. Bunaqasi rejada bo‘lmagani aniq! O‘zimga kelsak, hozirgi holatimdan mamnunman.

- Aynan qaysi jihatlarni nazarda tutyapsiz?

- Mana, faoliyatimning boshlanish qismidayoq milliy terma jamoa safida to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ldimki, bu g‘oyat yoqimli. Qolaversa, bundesliganing ajoyib klubi tarkibida Chempionlar Ligasi bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdim. Rostini aytsam, 2013 yili Daniyadan Leypsigga ko‘chib o‘tganimda, voqealarning bunday rivojini xayolimga ham keltirgan emasdim.

- Xo‘sh, o‘tgan yil yozda bundesligani qanday tasavvur qilgandingiz?

- Hammasi aynan biz kutgandek - futbol sifati, o‘yinlar sur’ati, muxlislar... To‘g‘ri, o‘zimiz bu darajada yaxshi o‘ynashni rejalashtirmagandik (kuladi). Xullas, bundesliga qanday turnir ekanligidan xabarim bor edi va shunchaki, uning bir qismiga aylanishni istagandim. Mislsiz muvaffaqiyatga erishganimiz ko‘pchilik qatori biz uchun ham yoqimli «syurpriz» bo‘ldi.

- Alan Simonsen va Brayan Laudrupdan Yusuf Poulsengacha - ko‘plab daniyaliklar bundesligada munosib ishtirok etishgan-etishmoqda. Buning alohida siri bormi?

- Ehtimol, hamma gap daniyaliklar va nemislarning fikrlash masalasida bir-birlariga yaqin ekanliklaridadir. Yer yuzida aynan Germaniya Daniyaga eng o‘xshash mamlakat hisoblanadi. Italiya, Ispaniya, Fransiya kabi davlatlar esa bu borada bizdan ancha uzoq... Ha, daniyaliklar balki nemislarga nisbatan ancha xotirjamroqdirlar va muloqotda norasmiylikka ko‘proq urg‘u berishar, ammo bu ikki xalq mehnat etikasi va intizom masalasida juda o‘xshash.

- Maydonda ayniqsa, Timo Verner bilan yaxshi hamkorlik qildingiz, u haqda nima deya olasiz?

- Timo uchun hammasi kutilganidan ham a’lo darajada rivojlandi. Qarang, u klub futbolidagi omadli mavsumdan so‘ng Konfederasiyalar kubogida g‘oliblikka erishdi! Fikrimcha, bundestim futbolchilari avvaliga unga moslasholmadilar, chunki shu kungacha bunday tezkor hujumchi bilan o‘ynashmagandi. Eng muhimi, barchasi yaxshilik bilan tugadi. O‘zaro hamkorligimizga kelsak, o‘tgan mavsum 30ta uchrashuvda birga maydonga tushdik va hozirga kelib, uning bir necha soniyadan keyin qanday yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishini gap-so‘zsiz tushunaman. Timo ham meni muammosiz tushunishiga shubha yo‘q.

- Yana «Red Bull»da Myunxen «Bavariya»si a’zosi Joshua Kimmix bilan ham ajoyib tandem hosil qilgansiz va bilishimizcha, hozirgacha o‘zaro yaxshi munosabatdasizlar. Iyun oyida Germaniya va  Daniya termalari o‘rtasida Kopengagenda bo‘lib o‘tgan bahs (1:1 hisobi qayd etilgandi)dan so‘ng eski qadrdoningiz bilan bafurja gaplashdingizmi?

- Eh, 88-daqiqada aynan Joshua hisobni tenglashtirdi va buning uchun undan rosa ranjidim (kuladi).  Jiddiy gapirsam, albatta, o‘rtamizda aloqa yo‘q emas: xususan, o‘sha o‘yindan keyin oz-moz suhbatlashdik. Ertasi kuni esa telefon orqali klublarimiz uchun mavsum qanday yakuniga yetganini muhokama qildik, yangi chempionatdan nimalar kutayotganimizni ham.

- «RB Leypsig» bo‘lajak mavsumni «Shalke»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. O‘tgan yilgi natijalarni hisobga olib, sizlarni juftlik favoriti sifatida ko‘rsatish mumkinmi?

- Fikrimcha, bundesligada doimiy bitta favorit jamoa bor - «Bavariya». Qolaversa, avvalgi mavsum «Shalke» bilan bahslarda atigi durang natija qayd etdik. Shunday ekan, o‘zimizni favoritdek his qilolmaymiz. Ha, «Shalke» o‘tgan chempionat startida omadsizlikka uchradi, ammo bu klub a’lo saviyaga ega, baribir va yevrokuboklar yo‘llanmalari uchun kurashda xohlagan grandga xavf tug‘dirishi tayin, shubhasiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 10.08.2017. O'qildi: 2571 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик