Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Chelsi»ga tayanch himoyachisi kerakmidi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Joriy yilning yozida «Chelsi» o‘zini yaxshi his etmayapti. Klub Romelu Lukakuni qo‘ldan chiqardi va «Yuventus» bilan Aleks Sandroning shartnomasi yuzasidan kelisholmayapti.

Aksariyat nashrlar murabbiy va klub rahbariyatining boshqa transferlar masalasidagi kelishmovchiliklari haqida yozishyapti. Yana bir faktga ishonish mumkin yoki yo‘qligi hozircha noma’lum-u, ammo Antonio Kontening jahl otiga mingani bor haqiqat.

Muxlislarni tashvishga soladigan yana bir qancha sabablar ham bor - 2015|2016 yillar mavsumidaham transferlar muammosi sabab «ko‘klar» bor-yo‘g‘i 10-o‘rinni band etishgach, murabbiylik kursisida ham islohotlar yuz bergan.

Avvalgi hafta sal qolsa «Monako» yarim himoyachisi Tyemue Bakayokoning o‘tishi ham amalga oshmay qolardi. Futbolchining tizzasida jarohat borligi va uni davolash sentyabrgacha cho‘zilib ketish ehtimoli yo‘q emasligiga qaramay, o‘yinchi bilan kelishuvga erishildi. Mavsum avvalidagi hozirlik va start Bakayokosiz o‘tishi aniq, ammo Konte boshqa nomzodlarga qiyo ham boqmagani qiziq.

U sensasion jamoa nomini olgan klubning ko‘zga unchalik ham tashlanmaydigan o‘yinchisiga to‘xtaldi, mazkur klubni esa o‘z vaqtida Klod Makelele yalqovlikdan qutqargandi. N~Goloning yangi sherigi haqidagi gap-so‘zlar butun mavsum davom etgandi, hatto 3-4-3 sxemasiga o‘tilgunga qadar va Ne­manya Matichning Sesk Fabregas bilan rotasiyasigacha ham.

O‘tgan yozda klub Raja Nainggolanni qo‘lga kiritishga astoydil uringandi - bu futbolchi himoya va hujumda ham birday o‘zini ko‘rsata olardi. O‘yinchidan rad javobi kelishini esa barcha birday og‘riqli qabul qildi, mavsumning dastlabki yarmi esa bu hissiyotni yanada kuchaytirgandek bo‘ldi. Axir belgiyalikda ham Fabregas, ham Matichning iqtidori bor edi-da.

Raja Konte uchun ideal nomzod bo‘lib tuyulgandi, ayniqsa, Kantening tayanch yarim himoyachisi ekanini, himoyadagi harakatlar bilan cheklangan holda o‘z pozisiyasini tashlab ketmasligini e’tiborda tutsak. Ammo  mavsum davomida fransuz hujumkorligini oshirdi, to‘p bilan yanada ko‘proq ishlay boshladi: hujumni rivojlantirish mas’uliyatini zimmasiga oldi va uzoqdan aniq «pas»lar bera boshladi.

Shuningdek, hujumda ham tez-tez ko‘zga tashlandi, raqib jarima maydonida paydo bo‘ldi - xuddi «Vest Xem»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi kabi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, fransiyalik futbolchi maydonda yana bir pog‘ona ko‘tarilganday bo‘ldi va o‘z-o‘zidan himoya hamda markaz o‘rtasidagi hudud kattalashdi. Maydonning o‘sha yeriga raqib futbolchisini o‘tkazib yuborish to‘p qo‘yib yuborishday gap, axir.

Buni «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘tkazilgan so‘nggi bahs ham isbotlaganday: o‘sha o‘yinda Joze Mourinyo sobiq klubini markazdagi pressinglar bilan kuchdan qoldirdi, raqib chiziqlar oralig‘idagi bo‘shliqlar bo‘ylab erkin harakatlar orqali «bo‘g‘ib» qo‘yildi.

Gol urilgan lahzalarda esa u yerga Ander Errera yorib kirdi va qarshiliklarga duch kelmagan holda Markus Reshfordga assistentlik qildi. Shuning uchun ham Kantega hujumkor sherik emas, himoyachi kerak.

Tyemue Bakayoko esa - sof tayanch yarim himoyachisi va birinchi navbatda, bo‘yi va gabaritlari bilan tilga tushgan. Hujumda ham o‘z o‘rnini topganday: kamdan-kam hollarda hujumga o‘tadi va davom ettiradi, bu yumushni amalga oshirganda ham ko‘p hollarda to‘pni jamoadoshiga oshirib beradi.

Ko‘proq Kamil Glik birinchi to‘pni qanday oshirib berishini, Joao Mou­tinyo yoki Fabinyo hujumni davom ettirayotganini tomosha qiladi. Ammo bu asosiy «ammo» emas.

To‘p uchun kurashda ham fransuz passivday ko‘rinadi: agressiv o‘ynamaydi va raqib yaqinida bo‘lgandagina to‘p uchun kurashga kirishadi. Shuning uchun ham yulduzli «Monako» tarkibida ko‘zga tashlanmaydi.

Aslida esa, bu minus emas, kattagina plyus, albatta, masala mohiyatiga chuqurroq nazar tashlasak, Bakayoko to‘p uchun kurashga vaqtidan oldin kirishmaydi, aksincha, raqib unga yuzma-yuz kelguncha chiziqda turadi.

Marselo Byelsa va Xosep Gvardiolalarning to‘pni imkon qadar ertaroq qaytarish haqidagi qarashlari - uning uchun emas, mutlaqo boshqa prinsipga amal qiladi - mayli, to‘p raqibda qolaversin, muhimi uni o‘tkazib yubormaslik. Shu bois, to‘p bilan bo‘lgan raqibiga passiv nazar bilan boqadi, aslida esa, to‘p uchun faol kurashga kirishmasdan, qulay vaziyatni poylaydi. Bu unchalik ham samarali ko‘rinmas, biroq o‘ta ishonchli.

O‘tgan mavsum Chempionlar Ligasida fransuz bejizga to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallamadi-da. Leonardo Jardim uning oldiga yo pleymeykerni yopish yoki bo‘lmasa, raqib o‘yinini o‘qigan holda kombinasiyalarini yo‘qqa chiqarish vazifasini qo‘ygandi.

«Borussiya»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida Bakayoko murabbiyning har ikki ko‘rsatmasini ham bajarishni uddaladi: Shinji Kagavani «g‘ajib tashladi», raqiblar uchun markazni butunlay berkitdi va hujumkor uchlikning to‘p oshirishlarini yo‘qqa chiqardi. Bunga birgina misol qilib, Dembelening to‘p oshirishlarini o‘qib turganini ko‘rsatish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish joizki, u ideal darajadagi nomzod bo‘lishi mumkin. Birinchidan, chiziqlar orasidagi bo‘shliqni yopadi va «Chelsi»ning markazini yanada kuchaytiradi. Ikkinchidan, ko‘proq hujumga intiladigan N~Gologa imkon yaratiladi. Zero, yarim himoyani gabaritlari hamda himoyadagi aniq harakatlari bilan «sementlaydigan» fransuz dueti - klubning yangi tarixida birinchisi emas.

Mourinyo Metr­ga juft sifatida tayanch himoyasiga Maykl Essyenni qo‘yardi vao‘sha juft­lik markazni Moskvadagi finalgacha mustahkam ushlab turgan. Qora tanli tayanch chizig‘i vakillarining yangi tandemida ham shunday xislatlar mavjud. Faqatgina Konte uslubi bo‘­­yicha endi vaziyat biroz boshqacha tus olishi ehtimoli yo‘q emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 14.08.2017. O'qildi: 4523 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.