Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Noyer - kumirga aylangan kelgindi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Olti yil davomida halol ter to‘kish, fanatlarning noo‘rin, lekin o‘ta kuchli nafratiga dosh berish orqali Manuel Noyer «qizil latta» maqomidan sardorlik darajasigacha ko‘tarildi - o‘tgan hafta «Bavariya» boshqaruvi raisi Karl-Xayns Rummenigge sardorlik bog‘ichi Germaniya terma jamoasi darvozaboniga topshirilishini rasman e’lon qildi.

Mazkur qarorni hozir Myunxen grandi ixlosmandlari yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqea sifatida qabul qilishmoqda. 2011 yil bahor va yoz fasllarida Noyerga havas qilib bo‘lmasdi. «Manuel - hozir Filipp Lamdan sardorlik bog‘ichini qabul qilib olishi mumkin bo‘lgan yagona munosib nomzod!», - dedi Karl-Xayns Rummenigge.

Bundan bir yil muqaddam Bastian Shvaynshtayger milliy terma jamoani tark etgach, «bun­des­mant­shaft»­ning sardorlik bog‘ichi aynan Noyerga topshirilgandi. Shu bois, Filipp Lam 2016|2017 yillar mavsumi yakunida faoliyatini to‘xtatish haqida ma’lum qilgach, uning o‘rnini kim egallashi xususida bosh qotirib o‘tirishmadi. Manuel o‘tgan mavsum «Real»ga qarshi chorak finalning javob uchrashuvida olgan jarohatini davolamoqda. Xitoydagi mavsumoldi tayyorgarlik bahslarida «Bavariya» Tomas Myuller yetakchiligida maydonga tushdi. Aslida, myunxenliklarning 27 yoshli tarbiyalanuvichisi yangi sardor vazifasini bemalol uddalay olardi. Jamoa Karlo Anchelotti tasarrufiga o‘tgach, Tomasning imkoniyatlari pasa­yib ketdi, boshlang‘ich tarkibdan tushib qolaverdi. Xames Rodrigesning transferidan keyin esa nemis hujumchisining jamoani tark etishi xususida gap-so‘zlar paydo bo‘ldi. Endi Manuel Noyerning «Bavariya»dagi faoliyati va uning g‘animlari munosabatlariga to‘xtalib o‘taylik.

Inkor

«Iste’foga chiqqanimdan keyin «Bavariya» eski uslubiga o‘tib oldi - faqat yangi futbolchilarni sotib olish bilan ovora. Men esa barcha muvaffaqiyatlarimga o‘z konsepsiyamga amal qilish orqali erishganman. Mendan keyin akademiyaning birorta tarbiyalanuvchisi asosiy tarkibga kirolmadi. Futbol olami David Alabaning kashf etilishi xususida bong urmoqda. Vaholanki, uni o‘sha pozisiyaga aynan men tushirganman!», - «Bava­riya»­ni tark etgan Lui van Gal bir necha oydan keyin shunday fikr bildirgandi. Oradan ancha vaqt o‘tgan bo‘lsada, gollandiyalik murabbiyning e’tirofi o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Uning davrida nafaqat Alaba, balki Myuller va Badshtuber ham risoladagidek to‘p sura boshlashdi. Lui qanot himoyachisi Diyego Kontentoga ham imkon bergandi. Hozirda esa asosiy tarkib eshiklari mahalliy iqtidor sohiblari uchun taqa-taq yopilgan. «Yosh futbolchidagi salohiyatni ko‘rgan zahoti van Gal unga imkon berardi. Ba’zan mantiqqa zid fikrlarni izhor etish illati ham yo‘q emasdi. Masalan, Tomas Kraftning Manuel Noyerdan mohirroq ekanligini zo‘r berib bizga tushuntirishga uringandi», - deydi Uli Xyoness. Darhaqiqat, murabbiy Kraftni afzal ko‘rar, Noyerning transferiga batamom qarshi edi. Yakunda rahbariyat uning o‘zini iste’foga chiqardi. Qizig‘i, 2010|2011 yillar mavsumining so‘nggi bosqichida «Bavariya»da ishlagan Andrias Yonker (hozir «Volfsburg»da) yosh Tomasni zaxiraga o‘tqazib, tajribali Xans-Yorg Buttga ishonch bildirgandi.

Nafrat

Terma jamoa darvozabonining «Bavariya»ga o‘tishi xususida muxlislar orasidagi «ultras» vakillari ham van Gal bilan hamfikr edilar. Avvaliga vaqti-vaqti bilan, keyinchalik muntazam ravishda namoyish etilgan noroziliklarning oldingi safida «Shikeriya» fanatlik harakati turardi. Shuningdek, «Alyans-Arena»ning markaziy tribunalaridagi muxlislar ham Noyerga qarshi bo‘lishgan. Germaniya kubogi doirasidagi yarim final uchrashuvini o‘tkazish uchun «Shalke-04» Myunxenga tashrif buyurganida, ko‘pchilik uchun odatiy bo‘lib qolgan «Hech qanaqa Noyer kerakmas, bizda Kraft bor» banneri yoniga «No­yerga joy yo‘q» shiori qo‘shildi. Posbon ana shunday murakkab vaziyatga umuman e’tibor bermadi - bo‘lajak jamoasining barcha hujumlarini bartaraf etdi. Bir nechta ajoyib «seyv»larni amalga oshirdi. Natijada Raul tomonidan 15-daqiqada urilgan gol o‘yin taqdirini hal qildi. Oqibatda myunxenliklarning Noyerga bo‘lgan nafrati yanada kuchayib ketdi. Busiz ham o‘sha payt dunyoning kelajagi porloq darvozaboni ular uchun ashaddiy dushman maqomini oldi. Birinchidan, «Shikeriya» vakillari va «Shalke» muxlislari o‘rtasidagi azaliy ziddiyat tufayli Manuelni yoqtirmasdilar. Ikkinchidan, gelzenkirxenlik bo‘lgani uchun boshqa jamoada sadoqat bilan to‘p sura olishini tasavvur qila olishmasdi. Qolaversa, 2001 yilgi «Gamburg»-«Bavariya» uchrashuvida «Shalke»dan chempionlik unvoni tortib olingach, Oliver Kan burchak bayroqchasi yonida mashhur intermediyani ijro etish orqali kasbdoshini kalaka qilgandi.

Savdo

Deyarli tayyor bo‘lgan kelishuv fanatlar kelishmovchiligi tufayli barbod bo‘lishi mumkinmi? Nazariy jihatdan - ha. Boz ustiga, o‘sha pallada Noyerga qiziqayotgan faqat Myunxen emasdi. Jumladan, shaxsan ser Aleks uni «MYU»ga taklif etgandi. Biroq Manuel manfaatli taklifni rad etib, Myunxendagi keskin vaziyatdan umuman xavotirda emasligini ma’lum qilgandi. Xullas, Noyer Germaniya janubiga yo‘l oldi va birinchi navbatda Myunxendagi radikallar bilan til topishish kerakligini tushundi. Tez orada darvozabon fanatlar bilan uchrashib, muayyan kelishuvga erishdi. Shartga ko‘ra, «Zyudkurve» («Alyans-Arena»ning janubiy tribunasi) Noyerning tashrifidan xoli hudud bo‘lishi, darvozabon bu sektorlarga yaqinlashishi, ularga futbolka yoki shunga o‘xshash buyumlarni uloqtirishi, muloqot qilishi taqiqlandi. Shuningdek, u klub ramzi va vimpelini o‘pishga ham haqli emasdi. Terma jamoa posboni shu kabi cheklovlarni qabul qildi. Chunki bu taqiqlarni muxlislar tez orada unutishlarini yaxshi bilardi.

Depressiya

Noyer rasman «Bavariya» safidan joy olgach, uy stadionidagi norozilik namoyishlari barham topdi. Hatto, o‘ta jizzaki muxlislar ham haqiqatdan yuz o‘girib bo‘lmasligini tushunib yetishdi. Bundan tashqari, endi Noyerning erkin harakatiga xalal berish suyukli jamoaga zarar keltirishini hamma yaxshi his etardi. Albatta, barcha salbiy holatlarni bir kunda yo‘qotishning iloji yo‘q edi. Muxlislar anchagacha posbonning har bir kichik xatosini ham sinchkovlik bilan kuzatib, kinoyalar yog‘dirishdi. Biroq Noyerning YECHL finallaridagi ikkita o‘yini gina-kuduratlarga butunlay chek qo‘ydi.

2012 yili «Bavariya» «Alyans-Arena»dagi bahsning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida «Chelsi»ning qarshiligini sindira olmadi. Manuel esa hech ikkilanmay 11 metrli nuqtaga yo‘l oldi. Chunki Toni Kroos, Anatoliy Timoshuk va Aryen Robben penalti tepishdan bosh tortishgach, Yupp Xayn­kes darvozabonni «lotereya»chilar safiga qo‘shishga majbur bo‘lgandi. Noyer bu yumushni a’lo darajada uddaladi. Bir yil o‘tgach, «Borussiya» D.ga qarshi o‘ta prinsipial bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minladi, Robbenning yagona goli esa jamoaga orziqib kutilgan sovrinni taqdim etdi.

Qabul

Shu zayl Noyer 6 yil «Bavariya» sharafini himoya qildi. Ana shu davr ichida 5 marta Germaniya chempioni, to‘rt marta IFFHS va 3 marta UYEFA tasniflari bo‘yicha yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinlariga sazovor bo‘ldi. 2014 yili «Bundesmanshaft»ning jahon chempionligini qo‘lga kiritishiga salmoqli hissa qo‘shib, Braziliyada o‘tgan mundialning «Oltin qo‘lqop» sovriniga munosib ko‘rildi.

Noyerning «Bavariya» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. Uning faoliyatini Myunxenda yakunlab, keyinchalik klub tizimida Oliver Kan va Zepp Mayer yonidan joy olishini taxmin qilish qiyin emas. Rummenigge tomonidan darvozabonning sardor etib tayinlanishi hech qanday qarshilikka duch kelmadi. Chunki futbolda natija har qanday ehtiroslardan ustun turadi. Bu haqiqatni o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan «kelgindi»dan «kumir»ga aylangan Manuel No­yer isbotlab berdi.
TURLI YILLARDA

«BAVARIYA»DA SARDORLIK QILGAN FUTBOLCHILAR

Verner Olk (1965-1970)

27 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Frans Bekkenbauer (1970-1977)

25 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Zepp Mayer (1977-1979)

33 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: darvozabon.

Gerd Myuller (1979)

33 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: hujumchi.

Xans-Georg Shvarsenbek (1979-1980)

31 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Paul Braytner (1980-1983)

28 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Karl-Xayns Rummenigge (1983-1984)

27 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: hujumchi.

Klaus Augentaler (1984-1991)

26 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Raymond Aumann (1991-1994)

27 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: darvozabon.

Lotar Matteus (1994-1996)

33 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: yarim himoyachi.

Tomas Xelmer (1997 - 1999)

32 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Shtefan Effenberg (1999-2002)

30 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: yarim himoyachi.

Oliver Kan (2002-2008)

33 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: darvozabon.

Mark van Bommel (2008-2011)

31 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: yarim himoyachi.

Filipp Lam (2011-2017)

27 yoshida sardorga aylangan

Ampluasi: himoyachi.

Manuel Noyer (2017-...)

31 yoshida sardorga aylandi

Ampluasi: darvozabon.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:31, 17.08.2017. O'qildi: 5422 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик