Yoshlar ligasining 18-turida "Paxtakor" Samarqandda "Dinamo"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuv mobaynida faolroq harakat qilgan Stanislav Kudryashov shogirdlari har ikki bo‘limda bittadan to‘p kiritishdi. Dastlab Hakimov birinchi bo‘lim o‘rtalarida mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. 70-daqiqada burchak zarbasi jarima maydoniga oshirildi va yolg‘iz qoldirilgan Rahimov yaqin masofadan aniq zarba yo‘lladi.
"Paxtakor" yoshlari chempionatda peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Yoshlar ligasi, 18-tur
"Dinamo" - "Paxtakor" - 0:2 (0:1)
Hakam: Komil Rasulov (Qarshi).
"Dinamo": Toshturdiyev, Alamxonov, Qurbonov (Temirov, 46), Ashurov, B.Isroilov, Sharofiddinov, Ergashev (Tolipov, 73), Fayzullayev, Ahmedov, Rajabov (Murodov, 46), Bobomirzayev.
"Paxtakor": Ergashev, Yusupov, I.Yo‘ldoshev (Sindarov, 61), Ermamatov (Talxatov, 85), Rahimov, Asqarov, Ahmadov (G.Ahmedov, 86), Yaxshiboyev (Saidazimov, 59), Sa’dillayev (Jo‘rayev, 81), N.Yo‘ldoshev, Hakimov (Sobirov, 75).
Gollar: Hakimov, 30 - 0:1. Rahimov, 70 - 0:2.
Ogohlantirishlar: Qurbonov, 6. Sharofiddinov, 32. Alamxonov, 42. N.Yo‘ldoshev, 42. Ahmadov, 56. Bobomirzayev, 78.
Chetlatish: Sharofiddinov, 87.