Oliy liganing 18-turida "So‘g‘diyona" jamoasi "Olmaliq" klubi bilan kuch sinashadi.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «So‘g‘diyona» (Jizzax)
19 avgust 2017 yil. Olmaliq. "OKMK" sport majmuasi. 19:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: N. Lutfulin.
“Olmaliq” hamda “So‘g‘diyona” klublari oliy ligada shu kungacha 15 bor kuch sinashishgan.“Olmaliq” hisobida 5 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 6 ta g‘alaba mavjud. 4 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “Olmaliq” tomonida: 28:25. “Olmaliq” 19, “So‘g‘diyona” o‘zaro o‘yinlarda 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.
“Olmaliq”ning eng yirik g‘alabasi 4:1, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati esa 5:2.
“Olmaliq” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:
01.10.2016 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 0:1
18.06.2015 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 3:1
23.03.2014 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 4:2
04.07.2013 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 4:1
02.04.2011 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 2:2
30.10.2009 «Olmaliq» - «So‘g‘diyona» 3:0
18.06.2008 «OTMK» - «So‘g‘diyona» 3:2
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Olmaliqdagi 7 ta o‘yindan 1 tasida “So‘g‘diyona”, 5 tasida “Olmaliq” g‘alaba qozongan. 1 ta o‘yinda durang natijasi qayd etilgan.