Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Taniqli jurnalist Nikimbayev O‘FF matbuot xizmatini yolg‘onchilikda aybladi

Baho:
+2 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / O‘rtoqlik uchrashuvlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston va Qirg‘iziston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi 34 minglik «Bunyodkor» stadionida muxlislarsiz o‘tadi.

O‘FF matbuot xizmati buning sababini tushuntirishga urindi.

25 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan har ikki tomon kecha — 22 avgust kuni o‘zaro suhbatlashib olgan. Unga ko‘ra raqiblar uchrashuv davomida cheklanmagan miqdorda futbolchi almashtirishga kelishib olgan. O‘FF iddaosiga ko‘ra, bu holatda uchrashuv xalqaro o‘rtoqlik o‘yini maqomidan chiqadi.

«Futbol qoidalari»ning o‘yinchilar soni haqidagi bandiga ko‘ra, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlarida ko‘pi bilan 6 nafar futbolchini almashtirishga ruxsat etilgan. Bu raqam ko‘payib ketganida o‘yinga nazorat bahsi maqomi beriladi va u FIFA taqvimiga kiritilmaydi, deyiladi O‘FF axborotida. Demak, Qirg‘izistonga qarshi bellashuv FIFA reytingi uchun ahamiyatsiz bo‘ladi.
FIFAning 2017 yil 26 iyulida tashkilotga a’zo federasiyalarga yuborgan 1593-raqamli sirkulyariga ko‘ra, bunday nazorat uchrashuvlari targ‘ibotiga, o‘yinga chipta sotishga, uni translyasiya qilishga ruxsat berilmaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi nazorat o‘yini nafaqat muxlislarsiz o‘tadi, balki translyasiya ham qilinmaydi.
O‘FF tomoni nega buning oldini olmagani va JCH—2018 ning hal qiluvchi bosqichida turgan jamoaning muxlislar oldida chiqish qilishidan nima sababdan qochgani borasida tushuntirish bermagan.

Shuningdek, Qirg‘izistonga qarshi bellashuvning muxlislarsiz o‘tishi mumkinligi borasidagi birinchi va ikkinchi xabarlar bir-biridan kichik farq qiladi. Birinchisida mehmonlar shuni istayotgani ro‘kach qilingan bo‘lsa, ikkinchisida FIFA yo‘riqnomalari sabab qilingan.

Taniqli jurnalist, o‘z vaqtida OFK mutaxassisi bo‘lib ishlagan Alisher Nikimbayev fikriga ko‘ra, O‘FF matbuot xizmati hammani aldayapti.

«FIFA tashkilotining 1593-yo‘riqnomasida chipta sotishni taqiqlash yoki o‘yin translyasiyasiga ruxsat yo‘qligi haqida hech qanday gap yo‘q.

O‘FF matbuot xizmati o‘yinni yopiq holda o‘tkazilishini goh mehmonlar iltimos qildi, goh FIFA taqiqlagan deb yozmoqda. Ammo, ikkinchi ta’kid - g‘irt yolg‘on» - deb yozdi u tvitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni Xitoy va 5 sentyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi JCH—2018 saralash o‘yinlarida maydonga tushadi. Xitoyga jo‘nab ketayotgan mamlakatning bosh jamoasi muxlislar oldida chiqish qilmaydi va o‘z eshiklarini ular uchun yopadi.

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:43, 23.08.2017. O'qildi: 9417 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик