Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      10:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      16:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      20:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      04:00 "Третий тайм". Кирилл Данилин.
      04:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.11.2025

      05:55 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Блочный лук. Команды.
      09:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:35 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира по гонкам на выносливость в Индонезии.
      12:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки.
      14:30 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 3. Вечерняя сессия.
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      18:40 "Парусный спорт".
      19:10 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Женщины. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:55 "Непобедимый".
      21:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Блочный лук. Личное первенство.
      23:30 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира в классе офшор в Италии.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
      03:25 "Лица страны". Константин Крылов.
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Динамо-Урал" (Уфа) - "Факел Ямал" (Новый Уренгой).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Канзас-Сити, США. Иэн Мачадо Гэрри против Карлоса Пратеса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1945 - 1950 гг.".
      16:55 "География спорта". Выборг.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Д/ф "Шмейхель".
      21:00 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Профессиональный бокс. "IBA. Pro 9". Артур Субханкулов против Тиграна Узляна.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.11.2025

      05:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      06:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      07:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      09:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      12:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      14:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      16:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Женщины. HS 102.
      17:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      22:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      23:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      00:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      01:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      01:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      02:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      03:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      04:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Server Jeparov: "Ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishimizga ishonyapman"

Baho:
+-1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Eron Pro-ligasining 3-turiga kelib, nihoyat, tehronliklar raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Milliy terma jamoamiz yarim himoyachisi Server Jeparov o‘yinning 42-daqiqasida uzoq masofadan o‘ng oyog‘ida zarba yo‘llab, «Traktorsozi» darvozabonini ojiz qoldirdi.

Bu «Istiqlol»ning yangi mavsumdagi ilk goli bo‘lish bilan bir qatorda, jamoaning birinchi g‘alabasiga zamin yaratdi. Tehron klubi 3-turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

«Traktorsozi»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng hamyurtimiz bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Server, avvalo, ajoyib gol va jamoangizning ilk g‘alabasi bilan tabriklaymiz. Juda qiyin g‘alaba qo‘lga kiritildi, shunday emasmi?

- Albatta. Mazkur bahsda bizga har qanday hisobdagi g‘alaba suv va havodek zarur edi. Boisi, ketma-ket ikki o‘yinda ochko yo‘qotib, birorta ham gol urolmay, turnir jadvalidagi holatimizni birmuncha og‘irlashtirib yuborgandik.

Ochig‘i, bu «Istiqlol»ning ko‘p ming sonli muxlislari orziqib kutgan muvaffaqiyat bo‘ldi. Jamoamiz ishqibozlari har bir uchrashuvni intizor kutishadi. Ular har bir o‘yin g‘alaba bilan yakunlanishini xohlashadi.

- Uch ochko nimaning evaziga keldi, deb o‘ylaysiz?

- Butun o‘yin davomida raqibga nisbatan sezilarli ustunlikka ega bo‘ldik. Dastlabki 20 daqiqa ichida ikki yoki uchta juda qulay vaziyatni boy berdik. Ayniqsa, hujumchilarimizdan xuddi avvalgi o‘yinlardagi kabi omad yuz o‘girdi. Ikkinchi bo‘lim boshida tezkor gol urib oldik. Qolgan daqiqalarda o‘yin tizginini o‘z qo‘limizda ushlab turdik va yakunda mavsumdagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritdik.

- Gol juda ham chiroyli chiqdi. O‘sha vaziyatda darvozadan uzoqda edingiz. To‘p ham siz uchun noqulay o‘ng oyoqda tepildi. Tavakkal qildingizmi yoki bu oldindan o‘ylangan zarba edimi?

- O‘yindan oldin murabbiy menga «Zarba beradigan nuqtaga chiqdingmi, vaziyatni qo‘ldan chiqarma», deb ko‘rsatma bergandi. Shu talabga amal qildim va bu jamoamizga muvaffaqiyat keltirdi.

Ha, siz aytgandek, to‘p o‘zim uchun biroz noqulay o‘ng oyoqqa tushib qoldi. Lekin zarba beradigan nuqtada edim. Qarangki, bunday qarorni raqib darvozaboni ham kutmagan ekan.

Yaxshi zarba besamar ketmaganidan xursandman. Eng muhimi, «Istiqlol» mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi. Bu qolgan o‘yinlarda jamoamizga qo‘shimcha kuch-quvvat bag‘ishlaydi.

- Avvalgi ikki uchrashuvdagi omadsizlikni tahlil qilib ko‘rdinglarmi? Raqiblar kuchli edimi yoki jamoangizga omad kulib boqmadimi?

- Hammasiga o‘zimiz aybdormiz. Ikkala bahsda ham o‘z imkoniyatimiz darajasida harakat qila olmadik. Boshqa tomondan, chempionat endigina boshlandi. Mavsum avvalida bir qator omillar futbolchilarga xalal berishi tabiiy hol.

Dastlabki ikki turda hayajon kuchli ekanligi sezilib qoldi. O‘ylaymanki, endi omadsizliklar o‘rnini chiroyli g‘alabalar egallaydi.

- Ochig‘i, sizni 20-raqamli libosda ko‘rib, hayron qoldik. Shu kungacha o‘ynagan jamoalaringizda yo «30» yoki «8»da harakat qilgansiz. Nimaga aynan 20-raqamni tanladingiz?

- Ha, bu raqam o‘zimga ham biroz g‘alati tuyulyapti. Aslida irimchi emasman-u, ammo o‘rganish qiyin bo‘lmoqda. Hamisha 8-raqamda to‘p surishga odatlanganman. Afsuski, «Istiq-lol»da 8 yoki shu son ishtirok etgan boshqa barcha raqamli futbolkalar band ekan. Qizig‘i, 20-raqamni menga bosh murabbiyning o‘zi tavsiya qildi. Birinchi bor shunday holatga tushdim. Negaki, hech bir jamoa ustozi menga raqam borasida maslahat bermagandi.

- Nihoyat, siz «Istiqlol»dasiz. O‘tgan mavsumning yarmini «Sepaxon» jamoasida ijara asosida o‘tkazdingiz. Yarim yil ichida klubda nimalar o‘zgaribdi?

- Katta o‘zgarishlar ro‘y bergan, deya olmayman. Xabaringiz bor, transfer siyosati tufayli ijara asosida o‘zga jamoa safida o‘ynashga majbur bo‘ldim. «Istiqlol» bilan shartnoma imzolagan bo‘lsamda, o‘tgan mavsum bu klub tarkibida birorta o‘yinda ham maydonga tushmadim. Xuddi xizmatni o‘tab qaytgan askardek, yana jamoa safidaman.

Bilganim shuki, bosh murabbiyning o‘zi meni jamoada ko‘rishni istagan va klub rahbarlaridan sotib olishlarini so‘ragan. Murabbiyimiz juda ham tajribali va o‘ta talabchan. O‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda, jamoa o‘yini, taktikasi va modelida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bergan.

- Jamoa oldiga aniq vazifa qo‘yilganmi?

- O‘zimiz qatnashadigan barcha musobaqalarda zafar quchishimiz kerak. Birinchi galda Eron chempioni bo‘lish, keyin mamlakat kubogini qo‘lga kiritish.

- Bu maqsadga erisha olasizlarmi?

- Zabt etilmaydigan cho‘qqi yo‘q. Harakat qilsak, albatta, o‘z maqsadimizga erishamiz. Shaxsan o‘zimning ham niyatim shu. Hozirgacha O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya mamlakatlari chempioni bo‘ldim. Ana shu oltin medallar qatoriga Eron pro-ligasi g‘olibligini ham qo‘shib qo‘ymoqchiman.

- Eron chempionatida 3ta tur uchrashuvlari ortda qoldi. Ilk taassurotlar qanday?

- Hech ikkilanishsiz aytishim mumkin, futbol - eronliklarning eng sevimli sport turi. Muxlislar bilan to‘la stadion, ularning olqishi, ayniqsa, «Ozodi»dagi atmosfera. Tabiiyki, bunday ajoyib muhitda futbol o‘ynash kishiga estetik zavq bag‘ishlaydi. O‘z-o‘zidan o‘yiningiz ham qovushadi. Mazza qilib to‘p surasiz.

- Jamoada kim bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘lasiz?

- Braziliyalik legioner Padovani bilan yaqin do‘stmiz. Legionerning dardini legioner biladi-da (kuladi). Umuman olganda, hamma futbolchilar bilan ham do‘stona munosabatdaman. Pejman va Mushtaba ingliz tilida bemalol so‘zlasha olishgani bois, ular bilan ham ko‘proq muloqotda bo‘laman.

- Turmush o‘rtog‘ingiz va farzandlaringiz ham yoningizdami?

- Hozircha yo‘q. Ular ayni payt Toshkentda.

- Umuman, legionerning oilasi futbolchi singari «ko‘chmanchi» bo‘lgani yaxshimi yoki..?

- Endi bu... hammada har xil. Lekin baribir, aksariyat futbolchilar oilasi yonida bo‘lishni xohlaydi. O‘zim ham doimo shunday yo‘l tutganman. Yaqinda Tehrondan alohida kvartira berishdi.

Shu kunlarda viza bilan bog‘liq masalalar hal etilyapti. Tez orada oilamni olib kelaman. Balki terma jamoa yig‘ini sabab Toshkentga borgan paytim bu ish amalga oshar?! Hozir shu mavzuda gapiryapmanu, bir zumda farzandlarimni sog‘indim. Ularni ko‘rgim kelyapti.

- Eronda zerikmayapsizmi? Bo‘sh vaqtingizni qanday o‘tkazyapsiz?

- Mashg‘ulotlar, o‘yinlar, safarlar... Bunday tig‘iz sharoitda bo‘sh vaqt juda kam bo‘ladi. Dam olish kunlari restoranga boraman. Shahar markazidagi savdo majmualarini aylanaman. Kamida ikki kunlik ta’til berilsa, baliq oviga chiqishni rejalashtirib turibman.

- Oktyabr oyida 35 yoshga to‘lasiz. Charchoq alomatlari sezilmayaptimi?

- O‘zimni qalban 35 yosh his qilmayapman. Hali maydonda 90 daqiqa o‘ynay olaman, bunga kuchim yetadi. Hattoki, undan ham ko‘pga chidashim mumkin. Fikrimni asoslash uchun bir fakt: gol urgan o‘yinimda 10 km. masofani bosib o‘tibman.

Shunday ekan, hali oyog‘imda kuchim ko‘p. Futboldan ketish haqida umuman o‘ylayotganim yo‘q. Modomiki, maydonda jamoadoshlarim yoki raqiblardan ortda qolayotganimni sezgan kunimoq, butsalarimni mixga ilaman. Hozircha futboldan charchamadim.

- Keling, endi milliy terma jamoa haqida suhbatlashsak. Bizni oldinda ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Ikki g‘alaba va terma jamoamiz JCH-2018 final bosqichida. Yaxshi niyat-a? Shaxsan siz bo‘lajak o‘yinlardan nimalar kutyapsiz?

- Nimagadir ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozonishimizga ishonyapman. Eng muhimi, hammasi o‘z qo‘limizda, oyog‘imizda va boshimizda (kuladi). Agar o‘zimiz qoqilmasak, bizga boshqa hech kim mundial yo‘lida to‘sqinlik qila olmaydi.

Shukrki, hozir millionlab muxlislarimiz tomonidan juda yaxshi qo‘llab-quvvatlashni his qilyapmiz.

Ishonchim komil, bu holat biz futbolchilarga qo‘shimcha kuch-quvvat baxsh etadi. Fursatdan foydalanib, bizga qayta ishona boshlagan muxlislarga o‘yinchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman.

- Qatar terma jamoasining o‘z maydonida Janubiy Koreyani mag‘lub etishi bizga tom ma’noda sovg‘a bo‘ldi. O‘sha o‘yindan keyin futbolchilar o‘zaro gaplashdinglarmi? Kayfiyat ko‘tarilgandir?

- Albatta, quvondik. Endi Qatar taqdim etgan sovg‘adan unumli foydalanib qolishimiz shart. Hech qachon bunday imkoniyatga ega bo‘lmaganmiz. Foydalanib qolmasak, bizni muxlislar kechirishmaydi.

- Mundial yo‘lidagi birinchi to‘siq bu - Xitoy. Chin yurti jamoasini nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Bu termani sifatli, tashkiliy va jamoaviy o‘yin evaziga yengsa bo‘ladi. Ha, Marchello Lippining kelishi Xitoy jamoasi o‘yinini kuchaytirdi. Buni ham tan olish kerak. Ammo mazkur holat bizning g‘alabamizga to‘sqinlik qilmasligi lozim. Qaytarib olingan imkoniyat bizni yanada kuchaytirdi.

- Vitaliy Denisovning jarohat olishi terma jamoamiz chap qanotini sezilarli darajada kuchsizlantirdi. Bosh murabbiy munosib nomzod bo‘la turib, bu chiziqqa boshqa futbolchini tushirdi. Shaxsan siz ushbu pozisiyada kimni ko‘rishni istardingiz?

- O‘ylaymanki, Denisov Xitoy va Koreyaga qarshi kechadigan o‘yinlarda maydonga tushadi. Hozir Vitaliy «Lokomotiv» umumiy mashg‘ulotlariga qo‘shilgan. Hali oldinda ikki haftacha vaqt bor. Uning sog‘ayib ketishi va o‘yinga tayyor bo‘lishiga umid qilyapmiz.

- Ko‘pchilikning nazdida, hozirgi Janubiy Koreya avvalgidek kuchli emas. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha... Ammo bir jihatni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Terma jamoaga nomzod futbolchilarga bir ko‘z yugurtiring. Aksariyati Yevropaning top-klublarida o‘ynaydi. Koreyaliklar murabbiyi ushbu o‘yinchilardan bemalol ikkita deyarli bir xil kuchga ega jamoa tuzishi mumkin. «Ko‘hna qit’a»da mavsum endi boshlandi.

Shu bois, legionerlar hali o‘zining yuksak formasini tiklab ulgurishgani yo‘q. Ana shu kamchilikdan foydalanib qolishimiz shart. Lekin har qanday holatda ham raqibga past nazar bilan qaramaslik lozim. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatsak, ko‘p yillik orzumiz ro‘yobga chiqadi.

- Adashmasak, «Chelsi»ga muxlislik qilasiz-a? Lekin amaldagi chempion mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi. Bu o‘yinni ko‘rdingizmi?

- O‘sha payt mashg‘ulotimiz bo‘layotgandi. O‘yinning takroriy lavhalarini kuzatdim. Antonio Konte jamoasi 9 kishi bo‘lib mag‘lubiyatga uchrabdi. Chempionat endigina boshlandi. Buni kutilmagan natija degan bo‘lardim. Hali «Chelsi» o‘z so‘zini aytadi.

- Neymarning «PSJ»ga o‘tishi yil transferi bo‘ldi. Braziliyalik futbolchining «Barselona»ni tark etishini kutganmidingiz?

- Avvaliga umuman ishonmagandim. Shunchaki gap-so‘zlar bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Ammo keyin ijtimoiy tarmoqlardagi jiddiy xabarlardan so‘ng bu transfer amalga oshishiga ishonch hosil qildim. Arab shayxlari qancha pul sarflab bo‘lsa ham Neymarni olib kelishlari aniq bo‘lib qolgandi.

- Professional boks janglarini tomosha qilasizmi?

- Har-har zamonda.

- 26 avgust kuni yengilmas bokschi Floyd Meyvezerga qarshi aralash qoidalar bo‘yicha UFC chempioni Konor Makgregor ringga ko‘tariladi. Sizningcha, kim g‘olib bo‘ladi?

- Ikkovi ham ajoyib sportchi. Jang boks qoidalari asosida o‘tkazilishini inobatga olib, Meyvezer imkoniyatlarini yuqoriroq baholayman. Albatta, Las-Vegas shahrida o‘tkaziladigan shouni ko‘rishga harakat qilaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:58, 24.08.2017. O'qildi: 7229 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.