Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«O‘zbek Garrinchasi» - Valeriy Kechinov haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yuksak texnika, ajoyib tezlik sohibi, muxlislar yoqimtoyi, futbol jamoatchiligida yorqin taassurot qoldirgan Valeriy Kechinov «Paxtakor» va «Spartak» (Moskva) jamoalarida muvaffaqiyatli to‘p surdi.

Muxlislar o‘rtasida «O‘zbek Garrinchasi» nomini olgan vatandoshimiz 5 avgustda 43 yoshini qarshiladi.

Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan Valeriy tinib-tinchimas bolakay edi. Futboldagi ilk saboqlarini u otasi Viktor Petrovichdan oldi. Katta Kechinov farzandini yoshligidan to‘pga to‘g‘ri zarba berishga o‘rgatdi. Sekin-asta Valeriy raqiblarni aldab o‘tish sirlarini ham qunt bilan o‘zlashtirdi. E’tiborlisi, u doimo maydonda samarali harakat qilishga intilardi. Yosh futbolchi erta tongda ko‘chaga otlanar, oqshomda qo‘l-oyog‘i tirnalgan va shilingan holda uyga qaytardi. Toshkentning ovloq ko‘chalari bo‘lajak futbolchining betakror fintlari ustidagi izlanishlariga guvoh bo‘ldi.

Futbol sirlarini o‘rganish bilan birgalikda Valeriy ham aksariyat bolakaylar qatori «Paxtakor»ga muxlislik qilar, 1982 yilda sobiq ittifoq chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Andrey Yakubikni «kumir»i deb hisoblardi. 80-yillar oxirida yosh iqtidor sohibi sobiq ittifoq o‘smirlar terma jamoasidan taklif oldi. 1990 yilda Kechinov ana shu jamoa tarkibida Granatkin xotira turnirida ishtirok etib, xalqaro musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Terma jamoaga o‘shanda «Spartak»ning sobiq yarim himoyachisi Viktor Papayev ustozlik qilgandi. «Spartak»ka xos jozibador uslubni Valeriyga aynan shu murabbiy singdirdi. Darvoqe, Kechinovdan tashqari, Valeriy Chijov, Andrey Konovalov va Dmitriy Parfyonovlar ham keyinchalik «qizil-oqlar» sharafini himoya qilishdi.

«1974 yilda tug‘ilgan futbolchilar terma jamoasida to‘p surganlardan ko‘pchiligi - darvozabonlar Dima Kramarenko va Pavel Bugalo, maydon o‘yinchilari Andrey Konovyalov, Oleg Mogulyak, Dmitriy Parfyonov, Ruslan Romanchuk, Aleksey Ryabsev, Oleg Shaskixlar klub miqyosida muvaffaqiyatlarga erishishdi. Biz Papayev rahbarligida ko‘pgina xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushdik. Germaniya, Ispaniya, Belgiya, Gollandiya, Italiya, Bolgariya va Yugoslaviya kabi kuchli jamoalardan ustun keldik. Bundan tashqari, Yevropaning nufuzli akademiyasida tahsil olayotgan tengdoshlarimiz ustidan g‘alabaga erishganmiz», - deydi Kechinov.

Sobiq ittifoq tarqatib yuborilgach, Valeriy 1992 yilgi mavsumni «Paxtakor» safida o‘tkazdi va chempionatning eng yaxshi to‘prurari bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekistonning tengsiz futbolchisi unvoni ham unga nasib etgan. 1993 yilda o‘tkazilgan hamdo‘stlik kubogi turnirida qahramonimiz bir qator jamoalar e’tiboriga tushdi. Jumladan, Valeriy Gazzayev uni Moskvaning «Dinamo»si safiga qo‘shib olmoqchi bo‘ldi. Ammo «Spartak» chaqqonroq harakat qildi. Qolaversa, futbolchining o‘zi ham shu jamoa uslubiga moyil edi.

«Spartak»dagi moslashish davri xususida yarim himoyachi shunday hikoya qiladi: «Jamoadoshlarimning aksariyati bilan terma jamoa orqali tanish edim. Shuningdek, toshkentlik Andrey Pyatniskiy ham «Spartak»da edi. Men undan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Rodionov, Cherenkovlar ham yordamlarini ayamadilar».

NTV telekanali tomonidan mavsumning eng chiroyli goli uchun tortiq etilgan VAZ-2109 avtomobili xususida: «Toychoq»ni otamga sovg‘a qildim. U uzoq vaqt minib yurdi. Germaniya yoshlar terma jamoasiga urgan o‘sha golimdan keyin ko‘pchilikka tanilib qolgandim. Aktyorlar tili bilan aytganda, bir kechada mashhur bo‘lib uyg‘ondim. Uydan chiqib ulgurmasimdan uch yigitcha qurshab olishdi: «Kecha olti nafar nemis futbolchilarini aldab o‘tib gol urgan yigit sizmisiz?», deb so‘rashgandi, men ekanligimni aytdim. Keyinchalik Tarasovkadagi baza devorlariga ismimni yozib tashlashdi».

«Rossiya futboli 100 yil ichida» ensiklopediyasidan (1997 yil, oktyabr) olingan lavha: «Yuksak texnikaga ega, chaqqon, mo‘ljalni aniq belgilay oladigan futbolchi. Aldamchi harakatlarni a’lo darajada bajaradi. Jamoadoshlari bilan samarali hamrohlik qiladi, orqa chiziqdan hujumga o‘tishni yoqtiradi».

Faoliyatiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan jarohat xususida: «Kiyevning «Dinamo»siga qarshi bellashuvda Lujniy meni ikki oyog‘ini oldinga uzatgan holda kutib oldi. O‘shanda jarrohning aralashuvisiz maydonga qaytishga muvaffaq bo‘ldim - tizzamni yaxshigina uqalab, dam berish bilan kifoyalandim. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, jarohat olgan kuni jarrohlik stoliga yotishim kerak ekan. Oyog‘im faqat mushaklar quvvati evaziga harakatlanayotgan ekan. Shu bois, yengil zarbalarga ham chiday olmaydigan bo‘lib qolgandi. 1998 yili Germaniyada jarrohlik muolajasidan o‘tdim. Meni qabul qilgan shifokor hayron qolgandi: «Qanday qilib bir oyoqda to‘p surish mumkin?» Ma’lum bo‘lishicha, men to‘rt yil jiddiy jarohat bilan o‘ynagan ekanman. Ana shu muammo tufayli «Bayer»ga o‘tish rejasi chippakka chiqdi. Lekin Oleg Ivanovich mendan voz kechmadi. Xullas, Germaniyada to‘p surish taqdirimga bitilmagan ekan».

«Spartak» tarkibidagi eng yorqin taassurot qoldirgan chempionlik haqida: «1997 yildagi birinchilik xotiramda o‘chmas iz qoldirdi. Noyabr oyi bo‘lishiga qaramasdan, Volgograddagi stadionga 25-30 ming muxlis to‘plangandi. Chempionlik taqdirini bizning foydamizga hal qilgan «Rotor»ga qarshi «oltin» uchrashuvning 72-daqiqasida Tixonov uzatgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdim. Bellashuv o‘ta keskin kechgandi. Ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan. Mendan keyin Shirko hisobni 2:0ga yetkazdi. G‘alabani nishonlash Volgogradda boshlandi, keyin Moskvada davom etdi. Germaniyaning «Karlsrue»si bilan kuch sinashishimizgacha ikki hafta vaqt bo‘lgani tufayli mutasaddilar qarshilik qilishmadi. Chunki sport formasini talab darajasiga keltirib olishimiz uchun 2-3 kun yetarli edi».

Noyob iqtidor sohibi bo‘lgan Valeriy Kechinov faoliyati davomida ko‘pgina muhim, chiroyli gollarni muxlislarga tortiq qildi. Maftunkor o‘yin uslubini namoyish etdi va ular xotirasidan «O‘zbek Garrinchasi» nomi ostida joy oldi. Futbolchilik faoliyatidan keyin Kechinov biznes va murabbiylik sohasida o‘z omadini sinab ko‘rdi. Jumladan, «Spartak» yoshlariga ustozlik qildi. 2008 yilda «Tom» klubida bosh murabbiy Miroslav Romashenkoga assistent bo‘ldi. Keyinchalik hayotini yosh futbolchilarga baxshida etib, «Aqlli futbol akademiya»sini ochdi.

Ma’lumot uchun

Valeriy Viktorovich Kechinov

Tug‘ilgan sanasi: 5 avgust 1974 yil

Tug‘ilgan joyi: Toshkent, O‘zbekiston.

«Traktor» (Toshkent) BO‘SM tarbiyalanuvchisi. Ilk murabbiyi - Viktor Petrovich Kechinov (otasi). Hujumchi va hujumkor yarim himoyachi pozisiyalarida to‘p surgan. 1991-2004 yillar oralig‘ida «Paxtakor», «Spartak», «Saturn», «Shinnik» jamoalarida to‘p surgan. Klublar miq-yosida sobiq ittifoq, O‘zbekiston va Rossiya chempionatlari, UYEFAning rasmiy musobaqalarida jami 317ta uchrashuv o‘tkazib, 108ta gol urgan.

1989 - 1992 yillarda o‘z yosh toifasida sobiq ittifoq, MDH terma jamoalari safida 30 marta maydonga tushib, 11ta gol urgan. 1992 yilda uch marta O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 1995-1998 yillarda Rossiya terma jamoasi safida oltita o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urgan.

Natijalari

O‘zbekiston chempioni («Paxtakor», 1992)

Rossiyaning olti karra chempioni: 1993, 1994, 1996, 1997, 1999, 2000

O‘zbekiston kubogi sohibi (1993)

Rossiya chempionatining bronza medali sohibi (1995)

Rossiya kubogi musobaqasining finalchisi (1996)

O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi (1992)

O‘zbekiston chempionatining eng yaxshi to‘purari (24ta gol, 1992)

Rossiyaning eng sara 33 futbolchisi bilan bir o‘rinda joy olgan (1997)

«Mavsumning eng chiroyli goli» sohibiga beriladigan mukofotni NTV kanalidan 1995 yilda olgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:08, 24.08.2017. O'qildi: 3935 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.