Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Ustimizdan kulishlariga yo‘l qo‘yib berdik» yoxud «Neftchi» muammosi kim yoki nimada?

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Neftchi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Neftchi» o‘yinlariga guvoh bo‘larkanman, o‘tmishi buyuk, buguni ayanchli ahvolda bo‘lgan Farg‘ona jamoasiga achindim. O‘zbekistonning 5 karra chempioni, 9 karra vise-chempionining hozirda Oliy Liganing 15-o‘rinidan joy olib turganligi nafaqat farg‘onalik muxlislar, balki o‘zbek futboli ixlosmandlarining dilini xira qilishi tabiiy. Xo‘sh, muammo aslida qayerda va natijalar yaxshilanishi uchun yana qancha vaqt kerak?

FYODOROV

Andrey Fyodorov o‘tgan yillar davomida Farg‘onada yaxshi faoliyat yuritgan bo‘lsada, bu yil «Neftchi» muammolariga «poydevor» qo‘yib ketgan shaxsga aylandi. Bosh murabbiy yil boshida «Neftchi» bilan Turkiyada yig‘in o‘tkazib, tarkibni legionerlar bilan boyitgan bo‘lsada, dastlabki uch oy tayyorgarlik va tarkib borasida Fedorov jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yganligini ko‘rsatdi. «Neftchi» uzoq vaqt g‘alaba nimaligini bilmay, autsayderlar safini tark etmadi. Natija yo‘qmi, bosh murabbiy almashtirilishi futbolimiz uchun odatiy hol. Eng qizig‘i, Andrey Fyodorov «Neftchi»dagi so‘nggi o‘yinida Toshkentda «Lokomotiv»ga 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, Farg‘onani tark etgach, uning yangi ish joyi peshqadam «Lokomotiv» klubi bo‘ldi.

ABRAMOV

Birinchi davraning 12-turidan keyin «Neftchi»ni Vadim Abramov qo‘lga olgach, vodiylik muxlislar terma jamoa sobiq ustozining Farg‘ona futboli mavqeini tiklashidan umidvor bo‘lib, quvonishgandi. Debyut bahsda Abramov jamoasi Farg‘onada «Dinamo»ga mag‘lub bo‘lgach, murabbiyning sehrgar emasligi yangragandi. Shundan keyin ham «Mash’al», «Metallurg», «Sho‘rtan»ga qarshi bahslarda ham muvaffaqiyatsizlik davom etishi omadsizlik bilan bog‘lanaverdi. «Paxtakor»ga 6:0 hisobidagi mag‘lubiyat esa jamoa yuziga tortilgan tarsaki misoli ta’sir qildi. «Navbahor» bilan durangdan keyin, «Qo‘qon-1912»ga mag‘lub bo‘lishi esa inqiroz davom etishini anglatardi.

«Futbolchilar shunchaki futbol o‘ynashdan qo‘rqishadi. Faqat darvozabon ko‘proq to‘p uzatishlarni amalga oshirdi. U maydonda markaziy himoyachidek harakat qildi. Maydonda undan boshqa himoyachi ko‘rmadim. Bugun jamoa juda yomon o‘ynadi. Mansur Saidovni nega almashtirdim? Chunki u birorta to‘g‘ri to‘p uzatishni amalga oshira olmadi. Tajribali, yetakchi futbolchi jamoadoshlarini o‘z ortidan ergashtirish o‘rniga ketma-ket xatolarga yo‘l qo‘ydi. Farg‘onalik muxlislardan ushbu sharmandali mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. Biz antirekordlarni qayd etishda davom etyapmiz. «Neftchi» hali o‘z tarixida «Paxtakor»ga bu kabi sharmandali yutqazmagan. Bugun ustimizdan kulishlariga yo‘l qo‘yib berdik. «Paxtakor»ga biz kabi kuchsiz jamoalar qarshilik qilmaydi endi» — deya fikr bildirgandi «Paxtakor» bilan o‘yindan keyin Abramov.

Karlenovichning fikrlarini o‘qib savol tug‘iladi: o‘yinda futbolchilarni qo‘rqmaslikka, himoyachilarni barqaror o‘yin ko‘rsatishga, «Neftchi» ustidan kulmaslikka yo‘l bermaslik uning ishi emasmidi? Davralar oralig‘ida «Neftchi»ning 6 nafar futbolchisiga javob berib, yangi 8 futbolchi olib kelgan murabbiy jamoasi o‘yiniga javobgar emasmi? Albatta, hali oldinda o‘yinlar bor, ammo bu ketishda jamoa chindanam antirekordlarni yangilashda davom etamaydimi?

ota-bollar

KAPADZE

Yuriy Sarkisyan «Neftchi»ni tark etgach, Tohir Kapadze Farg‘ona futbolidagi muhim shaxslardan biriga aylangandi. Aynan uning boshchiligida «Neftchi» dastlab kuchli beshlikdan joy olgan bo‘lsada, keyinchalik natijalar pasayaverdi. «Neftchi»ni tark etib, «Qo‘qon-1912», Farg‘ona Futbol Federasiyalarida faoliyat yuritib kelgan tajribali mutaxassis joriy yildan yana «Neftchi» raisiga aylandi. Aynan Kapadzening taklifiga binoan Abramov «Neftchi» bosh murabbiyiga aylandi. Tajribali mutaxassislarda davralar oralig‘ida «Neftchi»da ijobiy o‘zgarish qilish uchun yetarlicha vaqt bo‘lgandi, ammo natijalar salbiy ko‘rinishdan boshqa rangga o‘zgarmayapti.

FUTBOLCHILAR

«Neftchi» chempionlikka erishib yurgan paytlarda jamoaning eng katta yutug‘i mahalliy yoshlariga ishonch bildirishida, deb aytilardi. Bunda Yuriy Sarkisyanning xizmati katta bo‘lganligini hech kim inkor etolmaydi. Vazgenovichdan keyin esa jamoa o‘z tarbiyalanuvchilardan ko‘ra, nomlarga ishona boshladi. Birgina ushbu mavsumni oladigan bo‘lsak, yil boshida klubning Turkiyadagi yig‘inidan keyin Fyodorov 8 nafar yangi futbolchi taklif etgan bo‘lsa, ikkinchi davrada Abramov ularning 6 nafari bilan amaldagi shartnoma bekor qildirdi. Bu Fedorov seleksiyada jiddiy xato qilganligi bilan bog‘liqmi yoki Abramovga bu futbolchilar yoqmaganmi, aytish qiyin. Shunisi aniqki, klub legionerlar va qolgan futbolchilar uchun katta xarajat qilgan bo‘lsada, harakatlarning barchasi nolga teng bo‘ldi.

SARKISYAN QADRI

Sarkisyan

26 yillik faoliyati davomida «Neftchi» ramziga aylangan Yuriy Sarkisyanning Farg‘ona futbolidan xunuk tarzda ketishi va o‘shandan buyon vodiyning bosh jamoasi tobora o‘z mavqeini yo‘qotayotganligi bugungi kunda Sarkisyanning qadrini yaqqol bilintirmoqda. Faxriy murabbiyning endi yana «Neftchi»ga ishlashga rozi bo‘lishi dargumon bo‘lsada, Farg‘ona klubi rahbariyati Yuriy Vazgenovichni Farg‘onaga chaqirib, u bilan do‘stona aloqalarni tiklab, chiroyli xayrlashishiga nima to‘sqinlik qilmoqda? Balki shundan keyin «Neftchi» o‘ziga kelar…

Farhod Aslamov, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 15:05, 27.08.2017. O'qildi: 7670 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик