Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10125 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3132 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sanjar Tursunov: "Termamizga muxlislik qilishda davom etaman"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan chorshanba kuni Samvel Babayan O‘zbekiston milliy termasining JCH-2018 saralashidagi oxirgi ikkita uchrashuv uchun taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Kengaytirilgan tarkibdan Sanjar Tursunovning chetda qolgani e’tiborimizni tortdi. Vaholanki, tajribali yarim himoyachi o‘tgan mavsum Qatar yulduzlar ligasida iliq taassurot qoldirgandi.

Ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashgan «Haraytiyat» jamoasi yakunda 7-o‘rinni egalladi. Shartnomaga ko‘ra, hamyurtimiz ushbu klub sharafini yana bir yil himoya qiladi.

Biz Sanjarni suhbatga chorlab, uning termamiz murabbiylari e’tiboridan chetda qolgani va mavsum-oldi tayyorgarliklar yuzasidan fikrlari bilan qiziqdik.

- Sanjar, jamoangizning Turkiyadagi mashg‘uloti qanday o‘tyapti? O‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilyaptimi?

- Uch haftaga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar reja asosida davom etmoqda. 21 kunlik yig‘inning birinchi 10 kunligida dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Jazoir chempioniga qarshi kechgan bahsda 1:3 hisobida yutqazib qo‘ydik. Albatta, bu o‘yinda asosiy e’tibor natijaga qaratilmadi. Bosh murabbiyimiz yosh futbolchilarga ham imkoniyat berdi.

Birinchi bo‘limda asosiy tarkib harakat qildi va natija ham shunga monand bo‘ldi - 1:1. Tanaffusdan keyin esa maydonga yoshlar tushirildi. Tabiiyki, ularda xalqaro o‘yinlar tajribasi kamroq edi va natijada mag‘lubiyatga uchradik. Shunday bo‘lsada, bosh murabbiyimiz o‘yindan, futbolchilarning xatti-harakatidan qoniqish hosil qildi.

- Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti?

- Yig‘inning dastlabki 10 kunligida asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi. Ko‘proq trenajyor zalida shug‘ullandik. Mana endi, ketma-ket o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Qolaversa, taktik mashg‘ulotlar ham ko‘p o‘tkazilyapti. Turli taktikalar ustida ishlab, buni amalda sinab ham ko‘ryapmiz.

Jismoniy yuklamalar ancha kamaydi. Kuniga ikki, ayrim paytlarda uch mahal mashg‘ulotga chiqyapmiz. Qatar chempionati boshlanishiga tobora oz fursat qolmoqda. Shu bois ham tayyorgarlik kuchaytirilgan rejim ostida olib borilyapti.  

- «Haraytiyat» tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldimi? Jamoa safiga yangi futbolchilar, shu jumladan, legionerlar qo‘shilganmi?

- Unchalik katta o‘zgarishlar ro‘y bermadi. To‘rt legionerdan uch nafari jamoada olib qolingan. Klub rahbariyati faqat braziliyalik himoyachiga javob berib yuboribdi. Uning o‘rniga ganalik futbolchi taklif qilingan. Qolganlarning hammasi o‘quv-mash-g‘ulot yig‘inida ishtirok etishyapti. O‘tgan mavsum «Haraytiyat» Qatar yulduzlar ligasida yomon taassurot qoldirmagandi.

Buni jamoamiz rahbarlari ham e’tirof etishgandi. Shu sababli ham o‘tgan mavsumdagi tarkib deyarli to‘laligicha saqlab qolindi. Men «Haraytiyat» safiga mavsum o‘rtasida qo‘shilgandim. O‘sha payt jamoa ligadagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashyotgandi. Yakunda esa 14ta klub qatnashgan chempionatda 7-pog‘onani egalladik.

- Tarkib masalasi tushunarli. Xo‘sh, o‘tgan mavsum bilan taqqoslaganda, jamoaning o‘zida qanday o‘zgarishlar bo‘libdi?

- Bu borada ham olamshumul yangiliklar yo‘q. Klub rahbariyati va murabbiylar bilan tashkil etilgan yig‘ilishda o‘tgan mavsum yo‘l qo‘yilgan jamoaviy va individual xato hamda kamchiliklarni bartaraf etish, ularni yangi mavsumda takrorlamaslik masalalari muhokama qilindi. Oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biri ham aynan shu.

- «Haraytiyat» bosh murabbiyi o‘zgarmadimi?

- Yo‘q. Men bilan deyarli bir paytda kelgan mutaxassis jamoani yangi mavsumga tayyorlayapti. O‘ylashimcha, unga javob berib yuborilganda, bu adolatdan bo‘lmasdi. Ishini yaxshi uddalayapti, o‘z oldiga qo‘-yilgan vazifani ortig‘i bilan bajardi.

- Chempionat qachon boshlanadi va bugunga kelib jamoangiz rasmiy o‘yinlarga tayyormi?

- Qatar yulduzlar ligasining yangi mavsumi 15 sentyabr kuni start oladi. Qur’a natijasiga ko‘ra, biz ilk turda «Umm-Salal»ga qarshi maydonga tushamiz. Muxlislarning xabarlari bo‘lsa kerak, ushbu jamoa safida ham o‘ynaganman. Bu klubda do‘stlarim va tanishlarim ko‘p. Lekin maydonga tushganda bunday rishtalar vaqtinchalik ikkinchi darajaga tushib, raqiblar o‘rtasida jiddiy kurash kechadi.

Oldinda hali bir oyga yaqinroq vaqt bor. Navbatdagi chempionat boshlanguniga qadar yuz foiz tayyor bo‘lishga harakat qilamiz. Mening jismoniy holatim ham maromida, o‘zimni yaxshi his qilyapman. O‘ylaymanki, kelgusida jamoamizning natijalari yanada yaxshilanib, turnir jadvalidagi o‘rnimiz ham yuqoriroq bo‘ladi.

- «Haraytiyat» bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagandingiz. Muddatning uchdan biri ortda qoldi. Hozircha kelishuv bandlariga o‘zgarishlar kiritilmadimi? Masalan, maoshni ko‘tarish borasida...

- Jamoa bilan imzolagan shartnomam bandida moliyaviy masalani oshkor qilmaslik bo‘yicha band bor. Bu xuddi klubga bo‘lgani kabi, menga ham tegishli.

Kelishuvga ko‘ra, yana bir yil «Haraytiyat» sharafini himoya qilaman. Agar chempionat klubimiz uchun ko‘ngildagidek o‘tsa, shartnomani yana uzaytirishim ham mumkin bo‘ladi. Jamoadagi hozirgi holatimdan nolimayman.

- Yaqinda Qatarning ikkita kuchli klubi birlashtirilgandi. Buning natijasida chempionlik yo‘lidagi raqobatchilar soni bittaga kamaydi. Bu yil oltin medallar uchun qaysi jamoaning imkoniyatini yuqoriroq baholaysiz?

- Ha, bu klublarning birlashishi Qatar chempionatining nufuziga salbiy ta’sir qilsa kerak. Har holda men shunday fikrdaman. Chunki kuchli jamoalar birlashtirib yuborildi. Masalan, o‘sha Sardor Rashidov o‘ynagan «Al-Jaish» klubi ham chempionlik uchun kurashayotgan va kuchli raqobatni yuzaga keltirayotgandi.

Bu birlashuvdan so‘ng «Al-Jaish» umuman yo‘q bo‘lib ketdi va natijada raqobatchilar soni bittaga kamaydi. Chempionlik uchun 3-4ta jamoa kurash olib borsa kerak. Ular orasida «Al-Sadd», «Al-Rayyan» va «Al-Garafa» klublarining imkoniyatlarini qolgan jamoalarga qaraganda yuqoriroq baholayman. Balki sensasiyalar ham ro‘y berib qolar?!

- Sizning jamoangiz oldiga qanday vazifa qo‘yilyapti?

- O‘tgan yili jamoamiz chempionatda 7-o‘rinni egallagandi. Tabiiyki, endi natijamiz o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq bo‘lishi kerak. Klub rahbariyati ham xuddi shunday vazifani qo‘ymoqda. Lekin hozirdan aytish mumkinki, har bir ochko uchun kurash jiddiy kechadi.

- Maydondagi pozisiyangiz va shundan kelib chiqib, vazifangiz o‘zgarmadimi? Balki murabbiy sizni oldinroqda o‘ynatayotgandir?

- O‘tgan mavsum universal yarim himoyachi vazifasini bajardim. Chap va o‘ng qanot, hujumchi ortidagi pozisiyada harakat qildim. Bosh murabbiy erkin ijodkor sifatida o‘ynashimni so‘ragandi. Menimcha, bu qaror o‘zini oqladi. Yarim himoyaning istalgan pozisiyasida o‘zimni erkin his qildim. «Haraytiyat» 4-3-3 taktikasida o‘ynaydi.

Oldingi chiziqdagi uch futbolchi maydonda muqim bir joyda harakat qilmaydi. Ular tez-tez o‘z o‘rinlarini almashtirib turishadi. Bu esa raqib jamoa himoyachilariga ham qiyinchilik tug‘diradi, ular qaysi futbolchidan xavf kutishni bilishmaydi. Yangi mavsumda ham xuddi shunday taktik sxema asosida o‘ynasak kerak.

- Jamoada do‘stlaringiz bormi? Kim bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘lasiz?

- Bizda juda ham yaxshi muhit hukmron. Futbolchilar iliq munosabatdalar. Hali shu kungacha hech bir jamoadoshim bilan noqulay holatga tushib qolmaganman. Hammamiz ahil-inoqmiz.

- Turmush o‘rtog‘ingiz va farzandingiz ham yoningizdami?

- Yo‘q, hozircha ular men bilan birga emas. Turkiyadagi yig‘in jiddiy nazorat ostida o‘tkazilyapti. Qatarga borgan paytim ular ham yonimga kelishadi.

- Umuman, bu mavzuga qanday qaraysiz? Legionerning oilasi futbolchi oldida bo‘lgani yaxshimi yoki..?

- O‘zga yurtda musofir bo‘lib yashash oson emas. Yaqinlaringizni baribir sog‘inasiz. Shunday paytlarda oila a’zolaringiz yoningizda bo‘lsa, o‘zingizni xuddi O‘zbekistonda yurgandek his etasiz. Ular sizga har tomonlama dalda bo‘lishadi.

- Qatarda bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazyapsiz?

- Agar shunday vaqt bo‘lib qolsa, albatta, Qatar chempionatida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar bilan uchrashamiz. Do‘ppidek osh damlab, dasturxon atrofida dildan suhbatlashamiz. Afsuski, hozir Qatarda birgina Temurxo‘ja Abduxoliqov qoldi. «Al-Jaish» va «Lahviya» birlashgach, Sardor Rashidov BAAning «Al-Jazira» klubiga yo‘l oldi.

U bilan bir jamoada o‘ynayotgan Sanjar Shoahmedov esa Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qaytdi. Shuningdek, ko‘proq basseynga borishni afzal ko‘raman. Vaqtimni oila a’zolarim davrasida o‘tkazishga intilaman.

- Keling, endi milliy jamoa mavzusida suhbatlashsak. Bizni oldinda ikkita muhim uchrashuv kutib turibdi. Ularda g‘alaba qozonilsa, termamiz JCH-2018 final bosqichiga chiqadi. Lekin chetdan turib gapirish hamisha oson bo‘lgan. Shaxsan siz bo‘lajak o‘yinlardan nimalar kutyapsiz?

- Faqat g‘alaba kutyapman. Boshqa natija bizning foydamizga xizmat qilmaydi. Lekin siz aytgandek, chetdan turib fikr bildirishdan osoni yo‘q. Uni amalga oshirish juda qiyin vazifa.

To‘g‘ri, so‘nggi paytlarda termamiz tarkibiga chaqirilmay qo‘ydim. Lekin milliy jamoada o‘ynamasam ham, unga muxlislik qilishda davom etaman.

Chunki bu klub emas, shaxsiy manfaatlar to‘qnash keladigan. Vatan tanlanmaydi, deganlaridek, termani ham almashtirib bo‘lmaydi.

- Har bir futbolchi bosh jamoadan taklif olishni xohlaydi. Chaqiruv qog‘ozi kelmagan paytlarda tushkun holat kuzatiladimi yoki bu haqda ortiqcha o‘ylamaysizmi?

- Har bir futbolchining orzusi - o‘zi tug‘ilib-o‘sgan mamlakat milliy jamoasi libosida maydonga tushish. Menga bunday baxt nasib etganidan xursandman. Termaga nomzod futbolchilar har doim taklif bo‘lishini intiqlik bilan kutishadi.

Ular orasida men ham borman. Siz aytgandek, chaqiruv qog‘ozi kelmasa, tushkun holatga tushaman. Menimcha, har bir futbolchida shunday vaziyat yuz beradi. Albatta, hamma narsa bizning xohishimiz bilan amalga oshmaydi.

Nachora, hozircha shunday qarorga kelishayotgan ekan, ko‘nishdan o‘zga iloj yo‘q. Demak, ayni payt bizdan ham kuchli futbolchilar bor.

- Mundial yo‘lidagi birinchi to‘siq bu - Xitoy termasi. Chin yurti jamoasini nimaning evaziga mag‘lub etish mumkin?

- Faqat Xitoy emas, Toshkentdagi o‘yinda ham futbolchilar yuz foiz kuch bilan harakat qilishsa, maqsadga erishish mumkin. Maydonga xuddi final bahsiga chiqqandek o‘yin ko‘rsatishlari shart. O‘z navbatida, omad ham bizdan yuz o‘girmasa, xalqimizning ko‘p yillik orzusi ro‘yobga chiqadi.

- Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hozirgi Janubiy Koreya termasi avvalgidek kuchli emas. Shu fikrga qo‘shilasizmi?

- Ha, qo‘shilaman. Buni Qatar terma jamoasi koreyslarni o‘z maydonida mag‘lub etish orqali isbotladi. Demak, bizdan quyiroqda joylashgan jamoa matonat ko‘rsatgan ekan, nima uchun biz bu ishni takrorlamasligimiz kerak?

- Terma jamoamizning yarim himoya chizig‘ida raqobat kuchli...

- To‘g‘ri, lekin men har doim bunga tayyor turaman. Zero raqobatsiz o‘sishga erishish qiyin.

- Muhim o‘yinlar oldidan milliy jamoamiz muxlislariga qanday tilak bildirasiz?

- O‘ta ahamiyatli bahslarda termamizni qo‘llab-quvvatlashsin. Buni ular avval ham qilib kelishgan. Fursatdan foydalanib, ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular xursand bo‘lishdimi, demak biz o‘z vazifamizni ko‘ngildagidek bajarayotgan ekanmiz.

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 30.08.2017. O'qildi: 7127 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.