Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 12.04.2026 00:00
      • Sevilya
      • 2:1
      • Atletiko
      • 12.04.2026 17:00
      • Osasuna
      • 1:1
      • Betis
      • 12.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 3:0
      • Rayo Valyekano
      • 12.04.2026 21:30
      • Selta
      • 0:3
      • Real Ovyedo
      • 13.04.2026 00:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:2
      • Vilyarreal
      • 14.04.2026 00:00
      • Levante
      • -:-
      • Xetafe
  • «A» Seriya
      • 12.04.2026 15:30
      • Jenoa
      • 2:1
      • Sassuolo
      • 12.04.2026 18:00
      • Parma
      • 1:1
      • Napoli
      • 12.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • 2:0
      • Lechche
      • 12.04.2026 23:45
      • Komo
      • 3:4
      • Inter
      • 13.04.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lasio
  • Superliga
      • 12.04.2026 16:00
      • Navbahor
      • 2:0
      • Surxon
      • 12.04.2026 17:00
      • Dinamo
      • 1:2
      • Lokomotiv
      • 12.04.2026 18:15
      • Andijon
      • 1:2
      • OKMK
      • 13.04.2026 18:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Buxoro
      • 13.04.2026 19:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
      • 13.04.2026 20:15
      • Qizilqum
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 14.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 14.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • -:-
      • Neftchi
  • APL
      • 12.04.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 12.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Aston Villa
      • 12.04.2026 18:00
      • Sanderlend
      • 1:0
      • Tottenhem
      • 12.04.2026 20:30
      • Chelsi
      • 0:3
      • Manchester Siti
      • 14.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 32 70
2 Manchester Siti 31 64
3 Man. Yunayted 31 55
4 Aston Villa 32 55
5 Liverpul 32 52
6 Chelsi 32 48
7 Brentford 32 47
8 Everton 32 47
9 Brayton 32 46
10 Sanderlend 32 46
11 Bornmut 32 45
12 Fulhem 32 44
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 32 42
15 Lids 31 33
16 Nottingem Forest 32 33
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 32 30
19 Byornli 32 20
20 Vulverhempton 32 17

O'tgan o'yinlar.

32-тур Vest Xem 4-0 Vulverhempton
32-тур Arsenal 1-2 Bornmut
32-тур Brentford 2-2 Everton
32-тур Byornli 0-2 Brayton
32-тур Liverpul 2-0 Fulhem
32-тур Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
32-тур Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
32-тур Sanderlend 1-0 Tottenhem
32-тур Chelsi 0-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2018 saralash. Osiyo. Bugungi o‘yinlar haqida

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mana, JCH-2018 saralashi uchinchi raundi finishiga ham yetib keldik. Bu safargi kvalifikasiya janglari taktik kurashlarga boy bo‘lyapti.

Eron va Yaponiya termalari misolida avlodlar almashuvi jarayonidan yengilgina o‘tgan va yuqori darajadagi raqobatga tayyor jamoalarni ko‘ryapmiz.

Deylik, azal-azaldan hujumi doston fors futbolining himoya tarafdan ham mukammallik sari intila boshlagani tasdiqlandi.  Marchello Lippi esa Xitoyda «so‘nggi qo‘shiqni kuylashga tayyorlanyapti».

Nima bo‘lganda ham, vakillarimiz so‘nggi odimni zalvorli tashlashlaridan umidvormiz. Ishonamizki, HUR O‘ZBEKISTONIMIZ milliy termasi 10-turda g‘alaba qozonadi va nihoyat, 2-o‘ringa chiqadi!

«A» guruhi

QATAR - XITOY

5 sentyabr (soat 20:00). Doxa. «Xalifa Interneyshnl» stadioni. Bosh hakam: Ahmad al Kaf (Ummon).

So‘nggi o‘zaro o‘yin. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. Xitoy - Qatar - 0:0. Bosh hakam: Mohannad Qosim Sarray (Iroq).

Ikki jamoa shu kunga qadar 17 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Umumiy statistika bo‘yicha xitoyliklar biroz ustun: 7ta g‘alaba, 5ta durang, 5ta mag‘lubiyat. Faqat mundial yo‘lidagi to‘qnashuvlarni olsak, 1990, 1998, 2002, 2010 va 2018 yo‘llardagi JCH saralashi doirasida o‘tkazilgan 8ta o‘zaro o‘yinning atigi 3tasida qatarliklar qo‘li baland kelgan.

Umuman, Qatar va Xitoy termalarining mundial yo‘lidagi o‘yinlarida atigi 2 marta nursiz durang qayd etilgan. Italiyalik mutaxassis Marchello Lippi xitoyliklarni Rossiya-2018 mundialiga olib chiqishi mumkinligini aytayotgan bo‘lsada, bu juda mushkul ish.

Ha, o‘yin shiddatli kechishi aniq, chunki ikki tomonda ham yo‘qotadigan narsa qolmagan. To‘g‘ri, Chin yurti vakillarida ozgina umid bor, demakki, ularda motivasiya kuchliroq.

Qatarliklar esa so‘nggi uchrashuvda Ali Asadallo va Bualem Kukhiy kabi futbolchilardan chiroyli gollar kutishyapti.

InterFutbol taxmini: 45 foiz (Qatar termasi g‘alaba qozonadi) - 30 foiz (durang bo‘ladi) - 35 foiz (Xitoy termasi g‘alaba qozonadi).

ERON - SURIYA

5 sentyabr (soat 20:00). Tehron. «Ozodi» stadioni.

So‘nggi o‘zaro uchrashuv. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. Suriya - Eron - 0:0. Bosh hakam: Ali Saboh Qaysi (Iroq).

Jami 27ta o‘zaro o‘yinning 14tasida forslar g‘alaba qozongan bo‘lsalar, 12ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Qisqasi, suriyaliklar bu raqibni atigi 1 marta dog‘da qoldirishgan.

1974, 1978, 1994, 1998, 2010 va 2018 yilgi mundiallar saralashi doirasida kechgan uchrashuvlarda esa Eron termasi 5 marta g‘alaba qozongan. Lekin forslar bu o‘yinlarda 2tadan ortiq gol urolmaganlar. Ikki jamoa oxirgi marta Malayziyaning Seremban shahrida o‘zaro kuch sinashgan va o‘sha o‘yinda hisob ochilmagandi.

Umuman, Suriya termasining uy uchrashuvlarini Malayziyada o‘tkazgani raqiblarga ko‘proq muammo tug‘dirdi, chog‘i. Har holda, «A» guruhi vakillari aynan suriyaliklarga qarshi safar o‘yini oldidan sparring-raqib topishga qiynalishdi.

Eron termasi bunga yaqqol misol: forslar 1-davra o‘yini arafasida iroqliklar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etolmadilar. Umuman, Suriya termasi Tehronda ham Karlush Keyrush jamoasiga chinakam jang taklif etishga tayyor.

Boz ustiga, mezbonlar safida Ehson Hojisafi va Said Izzatullohi kabi himoyachilar maydonga tushmaydilar. Keyrushning hujumda Ashkan Dejaga va Mehdi Taremi juftligiga ishonishi kutilyapti.

InterFutbol taxmini: 35 foiz (Eron termasi g‘alaba qozonadi) - 25 foiz (durang bo‘ladi) - 40 foiz (Suriya termasi g‘alaba qozonadi).

O‘ZBEKISTON - JANUBIY KOREYA

5 sentyabr (soat 20:00). Toshkent. «Bunyodkor» stadioni. Bosh hakam: Muhammad Taqi (Singapur).

So‘nggi o‘zaro uchrashuv. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. Janubiy Koreya - O‘zbekiston - 2:1. Bosh hakam: Fahad al Mirdasiy (Saudiya Arabistoni). Gollar: Nam Taye Xi (67), Ku Ja Chol (86) - Marat Bikmayev (25).

Seuldagi bahsda Samvel Babayan boshchiligida terma jamoamiz ijrosida eng mazmunli bo‘limlardan birini tomosha qilgandik. Harqalay, vakillarimiz tartibli himoyalanish barobarida Marat Bikmayev golidan so‘ng hisobda oldinga ham chiqib olishdi.

Biroq tanaffusdan so‘ng baland bo‘yli Kim Shin Vuk maydonga tushirilgach, himoyamiz bosimga dosh berolmadi. Aynan shu futbolchi boshlab bergan hujumga Ku Ja Chol samarali nuqta qo‘ygandi. Umuman, o‘sha bahsda jamoamiz «B» rejasiga ega emasligi ko‘zga tashlangani rost.

Zero, o‘yin davomida taktik sxemalarni o‘zgartirish masalasida biroz no‘noqligimiz sezilgandi. Bugun Toshkentda Son Xyun Min - Xvang Xi Chan tandemi asosiy tarkibda maydonga tushsa kerak. Gol urishda muammo sezilsa, Li Don Guk va Kim Shin Vuk bog‘lami xizmatiga murojaat qilinishi mumkin.

To‘g‘ri, ularning o‘rni almashib qolishi ehtimoli ham yo‘q emas. Biz esa aynan hujumdagi ishlarimizni yo‘lga qo‘yib olishimiz shart. Hozir Eron - Suriya o‘yiniga e’tibor qaratishdan ko‘ra, koreyslarni yengish ming chandon muhim. Shunda omad ham bizga kulib boqsa, ajabmas.

Ishonamizki, futbolchilarimiz nihoyat, azaliy orzu ro‘yobi bilan siylaydilar. Bunga shubha bilan qarash yaramaydi! Axir umid oxirida so‘nadi!

InterFutbol taxmini: yana o‘sha gap - jamoamizni g‘alabadan o‘zgasi qoniqtirmas ekan, qandaydir bashorat mutlaqo o‘rinsiz.

«B» guruhi

AVSTRALIYA - TAILAND

5 sentyabr (soat 15:00). Melburn. «Melburn Rektangular» stadioni.

So‘nggi o‘zaro uchrashuv. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. Tailand - Avstraliya - 2:2. Bosh hakam: Fahad al Marriy (Qatar). Gollar: Teerasil Dangda (20, 57-pen.) - Mile Yedinak (9-pen., 65-pen.).

Birinchi davrani yodga olsak, Tailandda qirol o‘limi tufayli ko‘ngilochar tadbirlar taqiqlangan, milliy chempionat bahslari muddatidan oldin yakuniga yetkazilgan va terma jamoa o‘yini majburiyat yuzasidan o‘tkazilgandi.

Tailandliklar asosiy yarim himoyachisi Titipan Puangjan 9-turda qizil kartochka oldi va uning o‘rnini hujumchi Supachok Sarachart egallasa kerak.

Avstraliyaliklar safida esa hujumchi Jeyms Troizi yaponlarga qarshi bahsda ishonchni oqlagani yo‘q va endi o‘z o‘rnini 24 yoshli Mustafo Aminiga bo‘shatib bersa, ajabmas.

«Sokkeruz» Yaponiyada 3-3-4 sxemasiga tayandi, biroq natija o‘xshamadi. Xo‘sh, jamoa bugun qanday yo‘l tutarkin?

InterFutbol taxmini: 60 foiz (Avstraliya termasi g‘alaba qozonadi) - 20 foiz (durang bo‘ladi) - 20 foiz (Tailand termasi g‘alaba qozonadi).

IROQ - BAA

5 sentyabr. (soat 19:00). Ammon (Iordaniya). «Ammon Internasional» stadioni.

So‘nggi o‘zaro uchrashuv. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. BAA - Iroq - 2:0. Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston). Gollar: Ahmad Xalil (26), Ismoil Matar (90+3).

Ikki jamoa 28 marta uchrashgan bo‘lib, iroqliklar 9ta, BAAliklar 7ta o‘yinni o‘z foydalariga hal qilishgan va 12ta uchrashuvda g‘olib tomon aniqlanmagan.

Mundial yo‘lidagi to‘qnashuvlarga kelsak, o‘tgan yilning 15 noyabriga qadar raqiblar faqat JCH-86 saralashida hisob-kitob qilishgan. BAA terma jamoasi ikinchi davra startida omadsizlikka yo‘liqdi. Aslida bu jamoaning guruhda 1-2-o‘rinlarda yurishi taxmin qilingandi.

Qolaversa, so‘nggi Osiyo kubogida 4-o‘rinni band etgan Iroq termasidan ham ko‘p narsa kutilgandi. Edgardo Bausa  bo‘lajak o‘yinda ham Ali Mabhut - Ahmad Xalil tandemiga umid bog‘lasa kerak.

Zero, bu duet ayniqsa, Fors ko‘rfazidagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishga odatlangan.

Umuman, mehmon jamoa hujum chizig‘ida Ismoil Matardan tashqari tengdoshlar - Ahmad Xalil, Ali Mabhut, Muhammad Favziy va Salim Solih (26 yosh) jam bo‘lishgan.

Ular uchun joriy siklni g‘alaba bilan yakunlash - bemalol uddalasa bo‘ladigan ish. Lekin jamoaning 3-o‘ringa ko‘tarilishi gumon. Har holda, g‘alabaning o‘zi bilan ish bitmaydi, arifmetik hisob-kitoblar ham zarur...

InterFutbol taxmini: 30 foiz (Iroq termasi g‘alaba qozonadi) - 30 foiz (durang bo‘ladi) - 40 foiz (BAA termasi g‘alaba qozonadi).

SAUDIYA ARABISTONI - YAPONIYA

5 sentyabr (soat 22:30). Jidda. «Qirol Abdulloh Sport Siti» stadioni. Bosh hakam: Valentin Kovalenko (O‘zbekiston).

So‘nggi o‘zaro uchrashuv. 2016 yil 15 noyabr. JCH-2018 saralashi. Yaponiya - Saudiya Arabistoni - 2:1. Bosh hakam: Muhammad Taqi (Singapur). Gollar: Xiroshi Kiyotake (45-pen.), Genki Xaraguchi (80) - Omar Havsaviy (90).

Statistikasi bo‘yicha yaponlar yaqqol ustunlar: 12ta o‘zaro uchrashuvning 9tasi ularning g‘alabalari bilan tugagan. Mundial yo‘lida uchrashuvlar soni atigi 2ta, xolos.

Yaponiya - Saudiya to‘qnashuvlarida gollar shousi ko‘p kuzatilgani e’tiborga molik. Yaponlar ustozlari har safar bu raqibga qarshi kuchli taktik sxemalar tayyorlashadi.

Vohid Xalilxojich - Bert van Marveyk duelida ham ushbu an’ana buzilmasa kerak. Saudlarning ayni hujumkor tarkibiga Osiyodagi istalgan jamoa havas qilsa arziydi.

Agar mezbonlar  BAA termasiga qarshi o‘yindagi kutilmagan mag‘lubiyatni unutib, o‘z saviyalarida to‘p surishsa, yaponlarni ancha qiynab qo‘yishlari tayin.

To‘g‘ri, «samuraylar» himoya chizig‘idagi to‘rtlik (Gen Shoji, Yuto Nagatomo, Xiroki Sakai, Maya Yoshida) bu safar ham bor mahoratini ishga solsa kerak. Vaholanki, yaponlar ortga mag‘lubiyat bilan qaytgan taqdirda ham 1-o‘rinda qolishadi.

InterFutbol taxmini: 55 foiz (Saudiya Arabistoni termasi g‘alaba qozonadi) - 20 foiz (durang bo‘ladi) - 25 foiz (YAponiya termasi g‘alaba qozonadi).

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:33, 05.09.2017. O'qildi: 15866 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
7 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
8 Фулхэм Xarri Uilson 10
9 Борнмут Eli Junior Krupi 10
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик