Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«O‘lim jangi arafasida». Janubiy Koreyadan biz kutayotgan 5ta xavf

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olishi uchun har doimgidek so‘nggi turgacha imkoniyat saqlab qolmoqda. Har doimgidek taqdirning o‘zi bizga imkoniyatlarni saqlab qolishda yordam beraverardi. Bu safar shu darajaga borib yetdiki, O‘zbekiston terma jamoasida saralashning 5ta uchrashuvini (yarmidan ko‘pi!) boy bergan bo‘lishiga qaramay to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma uchun imkoniyat mavjud. Yana qachon uchrashuvlarning yarmini boy bergan jamoa yo‘llanma uchun kurashgan, ochig‘i eslay olmadim. Xullas, bugun ana shu imkoniyatdan foydalanish uchun birinchi navbatda Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lub etish kerak bo‘ladi. Uyog‘ini bilasiz...

Janubiy Koreya terma jamoasi qanchalik jiddiy va bizga noqulay raqib ekanini futbolga oz bo‘lsada qiziqadigan istalgan muxlis biladi. Statistikaga nazar tashlaydigan bo‘lsak ham ikki terma jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlarda Koreya 14 marta, O‘zbekiston terma jamoasi esa faqat bir marta, uooq o‘tmishga aylanib bo‘lgan uchrashuvda (1994 yilgi Osiyo o‘yinlari yarim finalida) g‘alaba qozongan. Shuning o‘zi ham bir kutilayotgan xavf deyish mumkin. Koreyaning biz uchun yana qanday xavfli tomonlari bor? Buni sanab o‘tishga harakat qilamiz.

Yulduzlar

Song Hyong Min. Birgina shu nomning o‘zi katta xavfdan darak berib turibdi. «Tottenhem» hujumchisi terma jamoada klubdagidek o‘ynay olmayotganini tan olib turgan bo‘lsada, o‘sha o‘ynay olmagan holida ham u biz uchun eng xavfli raqib bo‘lib qolaveradi. Saralash bosqichi doirasida 7ta gol kiritishga ulgurgan Song O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi Osiyo kubogi doirasidagi chorak final uchrashuvida ikkita gol kiritgan. Bir so‘z bilan aytganda Song uchun O‘zbekiston qulay raqib. 

Yana bir yulduz bu Ki Sung Yong.

Angliya premyer-ligasidagi o‘yinlari orqali bizga tanish bo‘lgan Ki Eronga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Ammo murabbiyning aytishi bo‘yicha uning jarohati jiddiy emas. O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda u jamoani maydonga sardor sifatida olib tushishi kutilmoqda. Ikki futbolchining o‘zi zarur paytda o‘yin taqdirini hal qilib keta olishi mumkin.

V plan

Janubiy Koreya terma jamoasi birinchi davradagi o‘yin orqali ham ko‘rsatib qo‘ydiki, O‘zbekistonga qarshi o‘yinlarda jamoaning oldindan reja qilgan uslubi o‘xshamasa, V planni ishga solgan holda maqsadga yetishish mumkin. Koreyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Marat Bikmayevning golidan so‘ng mezbonlarning dastlabki rejalari o‘xshamagan va keyinchalik ular o‘sha uchrashuv uchun mo‘ljallagan zaxiradan foydalanish orqali maqsadga erishib ketishgandi. O‘sha taktika biz kutayotgan keyingi xavfda.

Mehmoncha uslubga mos «joker»

Yuqorida tilga olib o‘tgan alohida uchrashuv uchun V plan bu asosan havolatib yetkazib beriladigan to‘plarni bo‘ydor futbolchi yordamida golga aylantirish yoki golli vaziyatni yaratib beruvchi «skidka»larni amalga oshirish edi. Aynan shu maqsadda hujumchi Kim Shin Vuk zaxiradan tushirilgan, hattoki bo‘ydor Anzurni ikkinchi qavatdagi kurashlarda osonlikcha mag‘lub etgan Kim hal qiluvchi golga reja qilingan uslubdagi so‘nggi pasni bergandi. Janubiy Koreya terma jamoasi mehmonda unchalik o‘yini qovushmasligi va bugungi mezbon jamoaning ishtiyoqi sabab ham asosan qarshi hujum taktikasini tanlashini kutish mumkin. Qaysidir ma’noda «Lester»ni APL chempioni qilgan bu usul uzoq masofaga to‘pni havolatib yetkazib berish orqali vaziyatlarni yaratish va bo‘sh zonalardan unumli foydalanish edi. Bu uchrashuvda agar Koreya xuddi shu uslubdan foydalansa, Kim Shin Vuk kabi bo‘ydor raqib qanchalik xavfli ekanini biz ko‘rib bo‘lganmiz.

Karvonsaroy o‘ng qanot

O‘zbekiston terma jamoasining hujum chizig‘ini yo‘q deb hisoblasak, qolgan o‘rinlarda eng muammoli hudud aynan o‘ng qanot bo‘lib qolmoqda. Babayan sof markaziy himoyachi bo‘lib o‘ynab kelgan To‘xtaxo‘jayevda o‘ng qanot himoyasi uchun qanday qobiliyatni ko‘rgan bilmadikku, lekin so‘nggi vaqtlarda raqiblar aynan mana shu chiziq bo‘shligini bilib hujumlarni faqat va faqat shu qanot orqali uyushtirishga harakat qilib kelishmoqda. Uzoqqa bormaylik Xitoyga qarshi so‘nggi o‘yin bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Eng yomon esa bu safar raqib Xitoy emas va chap qanotda to‘p suradigan futbolchi ham qaysidir nomi yoddan chiqadigan xitoylik futbolchi emas, balki Song Hyong Min bo‘ladi.

Tasdiqlanmagan manbalarga ko‘ra, Babayan Akmal Shorahmedovga javob berib yuborgan.

Buning sababi bizga qorong‘u. Bu uchrashuvda o‘ng qanotda Davron Hoshimovning harakat qilishi kutilmoqda. Qo‘pol o‘ynashni yaxshi ko‘radigan Hoshimovga, fintlar bilan raqibni ortda qoldirishni yaxshi ko‘radigan Songga qarshi o‘yinda qizil kartochka ishlab olmasligi tilab qolamiz.

Murabbiy

Ha, aynan shunday. Murabbiy bugungi O‘zbekiston terma jamoasiga solishtirganda katta xavf tug‘diradi. Jamoa istalgan holatda, qiyin vaziyatga tushib qolganda, o‘yinga qarab, barchasini o‘zgartirib tashlay oladigan, o‘yindan kelib chiqib natijaga ta’sir qila olishi mumkin bo‘lgan murabbiy raqib jamoa boshqaruvida bugun maydonga chiqib keladi. Bizda esa hozircha birorta uchrashuvda yuqorida sanalgan xususiyatlarga ega murabbiyni ko‘rmayapmiz.

Yana bir jihat, aytgancha, bu ikki murabbiyning o‘zaro o‘yinlarida ham koreyalik mutaxassis Babayanni mag‘lub etishga ulgurgan. Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ham.

Ishqilib, biz sanagan xavflarning barchasi shunchaki faraz va xato bo‘lib chiqsin.

Azamat Murodov

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 15:31, 05.09.2017. O'qildi: 13178 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик