Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qahramon Aslanov maqolasi: «Tarsaki»

Baho:
+1 | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Koreyaliklar bosh murabbiyidan ushbu o‘yinga qilingan reja haqida so‘ralganda shunday dedi:

"Biz O‘zbekistonga faqat g‘alaba kerakligini bilar edik. Shuning uchun shogirdlarimga, birinchi taymda imkon qadar extiyotkorlik bilan harakat qilishni, muhimi, kamida durangni saqlab turishni iltimos qildim. Ko‘rganingizdek, ikkinchi taymda mezbonlar charchab qolishdi, ularning himoyasida bo‘shliqlar paydo bo‘la boshladi va biz hujumni kuchaytirdik. To‘g‘ri, g‘alaba qozona olmadik, ammo ko‘rgan bo‘lsanglar, juda ko‘p vaziyatlarni futbolchilarim golga aylantira olishmadi. Shu tomondan olib qaraganda, biz taktik jihatdan o‘yinda g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman".

Bir jihatga e’tibor berdim. Aslida agar Suriya Eron ustidan g‘alaba qozonganida, Janubiy Koreya uchun ham bugungi natija qoniqarsiz bo‘lib qolardi. Balkim, bosh murabbiy mana shunday kibor bilan o‘z aqlini bizga maqtab o‘tirmasdi. Bo‘lishi mumkin. Balki.

Lekin bilasizmi, menimcha, Janubiy Koreya murabbiyi Erondagi o‘yinni, uning natijasini o‘z rejalarining markaziga qo‘yib olmagandi. Uning vazifasi aynan Toshkentdagi o‘yinda g‘alaba qozonish - aynan mana shu o‘yin uchun o‘z taktikasini, ssenariysini rejalashtirdi. Barcha qarorlarni, strategiyalarni mana shu o‘yin ustiga qurdi. To‘g‘ri g‘alaba qozona olmadi, ammo bu ko‘proq futbolchilarning muammosi, aybi, shunisi aniqqi ular g‘alabaga bizdan ko‘ra ancha yaqin edilar.

Bizni qaysi hisob qoniqtiradi? Endichi, Suriya uribdi, endi Koreyaga ham g‘alaba kerak. Biz esa, uchta gol urishimiz kerak. Uh, Eron tenglashtirdi, endi bitta gol yetadi. Urra, Eron yutyapti, endi durang ham bizni uchinchi o‘rinda qoldiradi. Ana endi biz yutishimiz kerak, "davaaaay".

"Suriya gol urdi! Eron!!! Eron o‘yinni sotdi! O‘yinni yutqazib berdi Eron!!! (s)

"IYE, 2:1 deb aytishdi-ku? Vaaaaay" (s)

Muxlislar, jurnalistlar - borimiz shu, lekin bilasizmi, Samvel Babayan, boshqa murabbiylarimiz, futbolchilarimiz ham butun siklni mana shu kayfiyatda o‘tkazishdi. Bizda hali imkoniyat bor. Falon o‘yinda falon komanda ochko yo‘qotsa... Hali imkoniyat yo‘qotilgani yo‘q. Imkon bor ekan, kurashishda davom etamiz... Hammasi o‘z qo‘limizda...!

Go‘yoki terma jamoamiz murabbiylari, O‘zbekiston futbol federasiyasi muxlislarni, jurnalistlarni eshitmayotgan edilar, boshqa dunyoda yashayotgan edilar - vey, bular nega tanqid qilishyapti o‘zi? Axir imkoniyat bor-ku? Vey, nega norozi bular, axir Qatarni yutdik-ku!   

Ular ana o‘sha qog‘ozdagi imkoniyatlar dunyosida yashadilar, Sergeevning ikki yildan beri gol urmay kelayotganini, so‘nggi yetti o‘yinda besh bor mag‘lubiyatga uchraganimizni, o‘yin sifati nihoyatda g‘arib ekanini o‘ylamadilar - imkoniyat bor-ku! Yerni o‘pamiz, futbolka rangini almashtiramiz, faqat hujumchini emas, tavba...

Jazo zo‘r bo‘ldi, jazo juda alamli bo‘ldi! Agar bu haqida triller olinganida ham, Anzurning o‘sha intervyu chog‘idagi yuzi "Oskar" olgan bo‘lardi, ishonavering. Doim boshqa o‘yinlardan madad kutib, shu orqali mundialni orzu qilgan jamoamiz aynan boshqa o‘yin orqali imkoniyatdan quruq qoldi. O‘n o‘yinda atigi olti gol urib, boshqalardan gol kutgan terma jamoamiz-a... 

Aslida vazifa turnir jadvaliga umuman qaramaslik, navbatda navbat har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishga harakat qilish, har bir o‘yin uchun alohida o‘z rejasini qurish kerakligi borasida janubiy koreyalik bosh murabbiy o‘z namunasini ko‘rsatib ketmadimi, boyagina? 

Faqat Eron va Koreyadan emas, Suriyadan ham ortda qolganimizda ham ramziy ma’no bor, ham doim raqiblarimizning futboli kuchli ekani, ular boy davlatlar ekani, futbolchilari tajribali ekanini ro‘kach qilaveradiganlarga yaxshigina tarsaki bor. Men bundan xursandman. 

Ko‘p gapiramiz, terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqishga tayyor emas. Avvalo, futbolga pul tikishimiz (yana qancha?) kerak, malakali futbolchilar kerak, bolalar futboli bo‘lishi kerak, milliy chempionatimiz raqobatli bo‘lishi kerak va hokazo. Bu keraklarning barchasi kerak, to‘g‘ri. Ammo jahon chempionatiga chiqish uchun Suriyadan ko‘proq ochko to‘plash kerak, avvalo. Bu tushunarliroq, aniqroq vazifa.

O‘sha urush bo‘layotgan, bolalar futboli emas, bolalar hayoti muhim muammo sanaladigan Suriyadan ko‘proq ochko to‘plashni, ulardan ko‘proq gol urishni o‘rganishimiz kerak. Ana o‘shanda aybdorlarni osonroq topamiz. Umuman kimnidir ayblashni o‘rganamiz, aybdor qidirishni, xatolar haqida gapirishni, tahlil qilishni o‘rganamiz. Maydonda jonimizni jabborga berishni boshlaymiz. Hammasi o‘z qo‘limizda, dedikmi, hammasini qo‘limizdan o‘zimiz chiqardik, deya boshlaymiz. 

Axir, ana Suriya, birgina gol masofasida qoldi-ku, mundialdan... Loyiq emasmidi?

Qahramon Aslanov  

Foto: Offsayd.uz

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 00:18, 06.09.2017. O'qildi: 15574 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик