Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1695 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 642 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

JCH-2018 tragediyasi: Noshudning qo‘lida qurbon bo‘lgan terma jamoa — barchasiga O‘FF rahbariyati aybdor

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Rasmiy uchrashuvlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston yana Jahon chempionatiga chiqishdan mosuvo bo‘ldi. Chinakam tragediya aslida bu. Og‘zimizda turgan oshni oldirdik. Bugun o‘zbek futbol muxlisining ko‘ngliga qil sig‘maydi. Chunki yana aldandik hammamiz. Bunga kim aybdor? Albatta, O‘zbekiston futbol federasiyasi rahbarligida turganlar to‘liq aybdor.

Har qanday tashkilot rivojlanish bosqichida yuksaklikka intiladi, halollik va izchillik bilan rivojlanish ro‘y beradi, yangi muvaffaqiyatlar taqdim etadi. Biroq, O‘zbekiston futbol federasiyasi haqida aslo bunday deb bo‘lmaydi. Tashkilotga Mirabror Usmonov rahbar etib tayinlangach, garchi boshida futbolimizda yuz bergan, inkor etib bo‘lmaydigan chiroyli o‘zgarishlar muxlislarga yangi umid va ishonch taqdim etgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu tashkilotning ishlari faqat orqaga ketdi. Futbol muxlislar uchun bo‘lsa-da, go‘yoki muxlislarni undan bezdirish uchun ishlar amalga oshirilgandek bo‘ldi. Buni bugun stadionlarimizdagi muxlislar soni ham isbotlab turibdi.

Ha, terma jamoamizni barcha yaxshi ko‘radi, eng yoqimsiz natijalarga qaramasdan, muxlislar yigitlarga ishonib, olibsotarlar qo‘liga chiqib ketgan chiptalarni hamisha 2-3 barobar qimmatiga sotib olib, stadionni to‘ldirishadi, so‘nggi soniyagacha qo‘llab-quvvatlashadi, ishonishadi.

Masalan, Saudiya Arabistoni kecha Ar-Riyodda so‘nggi o‘yinda Yaponiya ustidan g‘alaba qozonib, JCH-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘yinga esa muxlislar uchun kirish chiptasi tekin qilib qo‘yildi. Mana, jahon chempionatiga qanday qilib chiqiladi!

Bizda-chi? Bizda o‘yinlar muxlis va jurnalistlardan obdon berkitiladi. Yana bu narsa Futbol federasiyamizning tashabbusi bilan qilindi, deyishdan hayo qilinmaydi.

4 yil muqaddam ham yozgan edim: agar bizning federasiyadagi futbol mutasaddilarida o‘zbek futbolini jahonga tanitish, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish istagi bo‘lganida edi, muhim bosqich oldidan hech narsani eplolmayotgan bo‘lsa-da, o‘ziga tegishli futbolchilarni ko‘rgazma sifatida MTJ safida bot-bot tushirib reklama qiladigan pul ilinjidagi «menejer»ga emas, allaqachon xorijdan yetuk murabbiylar jamoasini olib kelib, terma jamoani ularga topshirgan bo‘lar edi. Yaponiya, Xitoy, Eron kabi jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchilari ana shunday yo‘l tutishyapti-ku?!

Lekin bizda doimo o‘zimizning mahalliy mutaxassislarga ishoniladi. Avval tushunarsiz vaziyatda Abramov ishdan olib tashlandi. Terma jamoamiz o‘yiniga mazmun kirgan bir paytda hammani norozi etib, Qosimov tayinlandi. Qosimov matbuot anjumanida «iste’foga chiqaman», deb o‘zi aytganidan so‘ng ham uni majburlab ushlab turishdi. Keyin esa terma jamoa qallobligi va «jallob»ligi bilan nom qozongan «egasi»ga topshirildi.

Ya’ni futbol federasiyamiz xalq va muxlislarning istagiga peshvoz chiqmasdan, maksimum qanday natija kiritishi avvaldan ma’lum bo‘lgan bosh murabbiylarni muxlislar changaliga tashlab beryapti — «natija uchun mana shuni so‘kaverasizlar», degandek.

Yo‘q, natija uchun sizlar ham javob berasizlar, janob Usmonov, Rahmatullayev va hokazolar! Berishlaringiz kerak!

Hozir aksariyat muxlislar futbolimizga davlat va hukumat aralashib, federasiyada tartib o‘rnatilishini istaydi. Ammo FIFA talablariga ko‘ra, davlat va hukumatning federasiya ishlariga aralashishga haqqi yo‘q. Yo‘qsa, futbolimiz Indoneziya va Kuvayt kabi FIFA sanksiyasiga duchor bo‘lishi mumkin. Futbol federasiyasi faqatgina demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko‘rsatadi. Uning prezidenti respublikamizning barcha hududlaridan kelgan delegatlar tomonidan hisobot-saylov konferensiyasida saylanadi. Buning uchun o‘sha ovoz beruvchilar — viloyatdagi futbol rahbarlari ham dordan qochmagan, fidoyi inson bo‘lishi kerak.

Ana shunday hisobot-saylov konferensiyasining navbatdagisi 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Albatta, Mirabror Zufarovich Usmonov shu kuni prezidentlik postini topshirishi aniq. Futbol federasiyasiga yangi prezident saylanadi. Endi federasiyada nainki o‘rinbosarlaru, matbuot xizmati, kerak bo‘lsa bo‘g‘altir opalaru, qorovulgacha yangisiga almashtirilishi kerak, deb hisoblayman shaxsan men. Agar yangi rahbar shu vaqtgacha federasiyada ishlab kelganlar ichidan saylanadigan bo‘lsa, bizni hech qanday o‘zgarishlar kutmaydi. Eski hammom — eski tosligicha qolaveradi.

Shunday rahbar saylanishi kerakki, u butunlay shaffof ishlasin. Xalq bilan yaqin bo‘lsin. Ilg‘or federasiyalardan o‘rnak olsin. Xodimlarni o‘qitsin, o‘rgatsin, nihoyat! Matbuot xizmatini ham ochiq ishlashga majbur qilsin. Yo‘qsa, hozir 12 sentyabr kuni hisobot-saylov konferensiyasida nomzodi ilgari suriladigan, qoidaga binoan ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlarning nomlari aniq, lekin federasiya matbuot xizmati bu haqda hech qanday bildirishnoma yoki axborot taqdim etgani yo‘q ommaga, masalan. Albatta, nomzodlar qizg‘in muhokama etilishi kerak-ku, matbuot va xalq tomonidan.

Xo‘-o‘sh... Samvel Babayan-chi?

Samvel Babayan ham, albatta, bosh murabbiylik lavozimini tark etadi. Garchi u kecha matbuot anjumanidan qochib keta turib, hech kimdan terma jamoa va muxlislar umidini barbod qilgani uchun kechirim so‘ramagan bo‘lsa-da.

Yurtimizdagi eng yetakchi saytlardan biri «Samvel Babayan: «Mendan keyin keladigan murabbiy yanada kuchliroq ishlashi kerak, meni kechiringlar», deya sarlavha bilan matbuot anjumani haqida xabar e’lon qildi va u natijalar kechirim so‘rganiga ishora qildi. Lekin KUN.UZ saytida yoritilgan, Babayanning yozib olingan so‘zlarini eshitib, natija uchun hech qanday uzr so‘ramaganiga guvoh bo‘lamiz. «Izvenite» so‘zi «kechiringlar» deb tarjima qilinib, kontekstdan yulib olinib, sarlavhaga chiqarilgan.

U yerdagi «Izvinite»  — «Kechiringlar» emas, «uzr» ma’nosida bo‘lgandi. Ya’ni, «uzr endi, shoshib turibman, men bitta joyga ketishim kerak», ma’nosida jurnalistlarga qaratilgandi. Bu kechirim so‘rash emas. «Kechiring» — bu insonning xatodan pushaymon ekanini bildiradi. «Uzr» — bu xatoni tan olishmas, «mening qilgan ishim sizga zarar keltirdi, aybga buyurmang», ma’nosidagi bir so‘z. Babayan savollarga javob bera olmasligi uchun ana shunday uzr so‘radi, xolos.

Ha, u hech qachon kechirim so‘ramaydi, pushaymon bo‘lmaydi. Aybni bo‘yniga olmaydi. Bo‘yniga olish u yoqda tursin, o‘zidan axtarmay, faqat boshqalardan axtarishga usta, jurnalistlarni ham, o‘zgalarning fikrini ham bir tiyinga olmaydigan mutaxassis. Unga rahbarlik qilayotganlar ham, u bilan birga ishlaydigan va natijalari uchun unga haykal qo‘ymoqchi bo‘lganlar ham (Igamberdiyev!), hattoki futbolchilar ham xuddi mana shu toifadagi insonlar. Buning isbotini ko‘rib, bilib, o‘qib yuribmiz.

O‘sha birgina O‘FF xalqaro bo‘limi boshlig‘i Sherzod Igamberdiyevning mahalliy jurnalistlarni haqorat qilganidan keyingi kechirim so‘rashiga e’tibor berishning o‘zi kifoya: Uning Feysbuk sahifasida e’lon qilgan kechirim so‘rashi biz uchun quyidagi ma’noda yangradi: «Bizning jurnalistlarimiz qishloqi va ahmoq emas? Kechirib qo‘yasiz!»

Bizda mana shunday, xalqning nafrati va jazodan aslo qo‘rqmaydigan, umuman ularni qandaydir yo‘l bilan jazolash mexanizmi ham bo‘lmagan sharoitda mutasaddilar ishlashmoqda. Albatta hech kimni pisand qilmaydi-da. Federasiyaga yangi rahbarlar kelsa uning Nizomiga ayrim juz’iy o‘zgartirishlar kiritib, futboldan umrbod chetlatish kabi jazo choralarini qat’iylashtirib, aniqlashtirib olish kerakka o‘xshayapti. Zarurat bor shunga.

Endi muhim bir narsaga e’tiborlaringizni qaratmoqchiman.

Samvel Babayan tufayli ikki marta (!) jahon chempionati va bir marta yozgi olimpiya o‘yinlaridan quruq qolyapmiz. Murabbiylarimizdan boshqa hech kim bunday «buyuk» natijaga erishmagan.

Uning bevosita qo‘l ostida Rio olimpiadasi va Rossiyada o‘tadigan JCH yo‘llanmasi barbod bo‘lgani — o‘z-o‘zidan tushunarli. «Nega ikki marta jahon chempionati?» deb hayron bo‘layotganlarga 2006 yilgi JCH saralash o‘yinlarini eslatib o‘tishni joiz, fursatdan foydalanib, haqiqiy aybdor kimligini oshkor etishni lozim, deb topdim.

Hammamiz bilamizki, 2005 yilning 3 sentyabrida «Paxtakor» stadionida Bahrayn terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan JCH pley-off uchrashuvida yapon hakami Toshimisu Yoshida penalti vaqtida qo‘pol texnik xatoga yo‘l qo‘yadi. Garchi ushbu o‘yin terma jamoamizning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, o‘sha paytda MTJ menejeri bo‘lib ishlagan Samvel Babayanning tashabbusi bilan yakunda o‘yin natijasini bekor qilish va Bahraynga 0:3 hisobida mag‘lubiyat yozilishini so‘rab FIFAga xat jo‘natiladi.

Oqibatda o‘yin bekor qilinib, keyingi o‘yinda kerakli natija qo‘lga kiritilmasdan, terma jamoamiz JCHdan alamli tarzda mosuvo bo‘lganini barchamiz yaxshi eslaymiz. Boz ustiga, muxlislarimizda ushbu masala bo‘yicha TVda tushuntirish bergani uchun o‘shanda O‘FFning terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan Alisher Nikimbayev mana shu holat uchun aybdordek xulosa shakllangan. Lekin xat yozish g‘oyasi Nikimbayevdan chiqmaganini hammayam bilmasa kerak.

Aslida voqea qanday bo‘lgan?

«Paxtakor»da ishlashi davomida ham Babayan komandasining yozish-chizishga nechog‘lik usta ekaniga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. O‘sha voqeada ham FIFAga yozish kerakligini O‘FF mutasaddilariga aynan Samvel Vyacheslavovich taklif qiladi. O‘sha voqeada bevosita ishtirok etganlarning guvohlik berishicha, hammasi quyidagicha rivojlangan:

O‘sha o‘yindan keyin, tabiiyki, hamma federasiyaga qaytadi. Samvel Babayan Baxtiyor Rahimovning kabinetiga kirib, FIFAga xat yozish masalasini ko‘taradi. Rahimov terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Nikimbayevni chaqiradi. U «bu xatni aslo yozish kerak emas, chunki biror yordam bermaydi», deya o‘z fikrini bildiradi. Tabiiyki, uning gaplari e’tiborga olinmaydi. Shundan so‘ng, Nikimbayev FIFA ijroiya qo‘mitasida ishlayotgan Vyacheslav Koloskovdan maslahat so‘rash uchun qo‘ng‘iroq qilishni tavsiya etadi. O‘sha kuni Koloskov ham qandaydir o‘yinda ekan, uning yordamchisiga aloqaga chiqishadi. «Bizda hozir ikkinchi bo‘lim boshlanadi, birozdan so‘ng oldiga chiqaman», deydi yordamchisi. Lekin u ham muddaoni eshitib, «yoza ko‘rmanglar», deb maslahat beradi. Birozdan so‘ng yana qo‘ng‘iroq qilishadi. Yordamchisi: «Vyacheslav Ivanovich bilan gaplashdim, u ham mutlaqo ariza yozmaslikni maslahat berdi. Nima bo‘lgan bo‘lsa — bo‘ldi, javob o‘yinida maydonga tushaverishsin, dedi», deya tushuntiradi.

Lekin xatni Babayanning qistovlari bilan, baribir yozishga qaror qilishadi. O‘sha payti ularning yonida Marko Trabbuki (Ilyos Zeytullayevning agenti) bor edi. Trabbuki FIFAning sobiq bosh kotibi Mishel Zen-Rufenenga qo‘ng‘iroq qiladi. Aynan shu mutaxassis xatni qay yo‘sinda yozishni maslahat beradi. Ingliz tilida xatni Bob Hougtonning agenti o‘tirib, kompyuterda teradi. Nihoyat, xat yozib bo‘lingach, «kim imzo chekadi?» degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. B.Rahimov «Sardor Rahmatullayev imzolasin», deydi. «Modomiki, xat Blatterga yo‘llanmoqdami, Rahmatullayev emas, kamida vise-prezident imzo chekishi kerak, O‘FF prezidenti Z.Almatov ham bunday muhim xat yozilgani va jo‘natilishidan xabardor bo‘lishi kerak», degan jo‘yali maslahat beriladi Nikimbayev tomonidan. Uzoq maslahatlashuvdan so‘ng Baxtiyor Rahimov xatni imzolaydi va u FIFAga jo‘natiladi. Terma jamoa menejeri Samvel Babayanning g‘oyasi bilan yuzaga kelgan xat mana shu tarzda bitiladi.

O‘sha mash’um xatda nimalar yozilgani barchaga qiziq bo‘lsa kerak. Zen-Rufinenning tavsiyasiga ko‘ra bitilgan xatda bosh hakamning texnik xatoga yo‘l qo‘ygani ro‘kach qilinib, Bahraynga 3:0 hisobidagi mag‘lubiyat yozilishi so‘ralgan. Zen-Rufinen taklif qilgunga qadar 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba hech kimning xayolida bo‘lmagan! Bu jihat xat yozish istagini g‘oya muallifida yanada qat’iylashtiradi. Avvaliga o‘zimiznikilar ham ham hayron qolishadi: texnik xatoni hakam qilgan bo‘lsa, qanaqasiga Bahrayn jazolanadi, deya. Lekin bu oddiy mantiqqa rahbarlardan hech kim e’tibor bermagan. O‘yin natijasining bekor qilinib, qaytadan o‘tkazilishini esa hech kim o‘ylab ham ko‘rmagan. Futbolchilarimiz va delegasiyamiz Bahraynga javob uchrashuvini o‘tkazish uchun yetib borishgan edi. Ular o‘yin bekor qilinganini eshitib, qattiq taajjubga tushishadi. Futbolchilarimiz uchun ham o‘yinning bekor qilinishidan shok holatga tushishgan. Ular 1:0 hisobidagi ustunlikni ushlab qolishga tayyor edilar.

Natija va oqibat uchun uzr so‘rashni o‘ziga ep bilmaydigan bu odam, albatta, bu voqeaga aloqadorligini o‘laqolsa bo‘yniga olmasligi aniq. Imzoni u qo‘ymagan-da! Lekin hurmatli muxlislar, Sizlar bilib qo‘yinglar — bu haqiqat!

2005 yilda Babayan qanday qilib yozuv chizuv orqali natija qilishga harakat qilgan  (sport prinsiplariga tupurib — na o‘sha paytdagi terma jamoamiz futbolchilarini o‘ziga bo‘lgan ishonchini, na Bahraynning o‘sha xatoda aybi yo‘qligini tan olgan) bo‘lsa, oradan shuncha yil o‘tib, «aqli» kirmaganini isbotladi: yana boshqa o‘yinlarning natijasiga «osilib» JCHga chiqishni istadi. Ha, xuddi shunday! Aks holda, JCHga gol urib, g‘alaba qozonib chiqishni niyat qilganida, 5 o‘yindan beri o‘yindan gol ura olmay kelayotgan terma jamoamizda nimanidir o‘zgartirish harakatini ko‘rgan bo‘lmasmidik?

Shuhrat Shokirjonov,

KUN.UZ jurnalisti.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 22:04, 07.09.2017. O'qildi: 20941 marta. Fikrlar: 34 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.