Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 17 39
2 Manchester Siti 17 37
3 Aston Villa 17 36
4 Chelsi 17 29
5 Man. Yunayted 18 29
6 Liverpul 17 29
7 Sanderlend 17 27
8 Kristal Pelas 17 26
9 Brayton 17 24
10 Everton 17 24
11 Nyukasl 18 23
12 Brentford 17 23
13 Fulhem 17 23
14 Tottenhem 17 22
15 Bornmut 17 22
16 Lids 17 19
17 Nottingem Forest 17 18
18 Vest Xem 17 13
19 Byornli 17 11
20 Vulverhempton 17 2

O'tgan o'yinlar.

18-тур Man. Yunayted 1-0 Nyukasl

Navbatdagi o'yinlar.

27/12/25 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12/25 Arsenal - Brayton
27/12/25 Brentford - Bornmut
27/12/25 Byornli - Everton
27/12/25 Liverpul - Vulverhempton
27/12/25 Vest Xem - Fulhem
27/12/25 Chelsi - Aston Villa
28/12/25 Sanderlend - Lids
28/12/25 Kristal Pelas - Tottenhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Odil odilona javob berishga tayyor

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasi JCH saralashida yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ammo Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan hal qiluvchi o‘yindan so‘ng na sobiq bosh murabbiy Samvel Babayan va na O‘FF rahbariyatidan kimdir savollarga javob berishni istadi.

Faqat jamoa sardori Odil Ahmedov «Sport» telekanalining «Gol» dasturi orqali chiqish qilib, futbolimizdagi vaziyat haqida imkon qadar ochiq fikr bildirdi. Odil barchasiga odilona javob berishga harakat qilganini hisobga olib, uning gaplarini o‘z holicha havola etishni lozim topdik.

XITOY

- Jahon chempionatiga chiqolmaganimizga sabab shuki, oxirgi bosqichda juda kam gol urdik. Xitoyliklar bilan bo‘lgan o‘yinni inobatga olmasak, raqiblar darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishda ham oqsadik. Mundialga chiqishni istagan jamoa gol urishi shart. Biz esa urolmadik. Eng achinarlisi, hujumchilar o‘z ishlarini bajarolmadilar.

Aynan ularning besamar harakatlari sabab, og‘ir vaziyatga tushib qoldik. Aslida Xitoydagi bahs biz uchun eng keraklisi bo‘lib, unda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Agar hammasini to‘g‘ri bajarganimizda, g‘alaba qozonardik ham. Biroq hamma ko‘rdi, 3-4ta 100 foizlik imkoniyatdan foydalanolmadik. Janubiy Koreya termasini yutish esa mantiqqa uncha to‘g‘ri keladigan ish emas.

Bu raqib darvozasiga gol urish juda qiyinligini hamma biladi. Shuning uchun ham xitoyliklarni yengish shart edi. Xullas, chamamda, o‘z imkoniyatimizni o‘sha o‘yindayoq boy bergandik. To‘g‘ri, Xitoy futboli hozir rivojlanish yo‘lida. Mana, o‘zim mamlakat super-ligasida o‘ynayapman va kuchli legionerlar borligini bilaman.

Ularga qarab, mahalliy futbolchilar tobora o‘smoqdalar. Misol uchun, Xitoy termasi oxirgi 2ta o‘yinda 6 ochko oldi va bu ko‘p narsani bildiradi. Ammo bu raqib bizdan kuchli emasdi, baribir va mag‘lubiyat jamoamizni ko‘p narsadan mahrum etdi...

JANUBIY KOREYA

- Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limida raqib yo‘llarimizni batamom yopib qo‘ydi. Mehmonlar himoyaga umuman e’tibor qaratmay, markazda shu qadar kuchli «pressing» qo‘llashdiki, o‘yinimiz o‘z-o‘zidan yo‘qolib qoldi. Bu oldindan o‘ylangan yaxshi taktika edi. Qisqasi, koreyslar ikkinchi bo‘limda bizga umuman o‘yin berishmadi.

Qaysi murabbiy bilan ishlagan bo‘lsam, oxirigacha kurashish kerakligi aytiladi. Maydonga tushdingmi, 95 daqiqa o‘ynashga tayyor turishing kerak. Biz esa ko‘p o‘yinlarda 85-daqiqadan so‘ng xotirjamlikka berilib yoki gol urish ilinjida oldinga o‘tib ketib, xatolarga yo‘l qo‘ydik.

JCH saralashining so‘nggi bosqichida bittagina xato ham qimmatga tushadi, axir. J.Koreya termasi bilan o‘yinda biror chiziqdan ko‘nglim to‘lmaganini aytsam, noto‘g‘ri bo‘ladi. Har bir futbolchi maydonga g‘alaba uchun tushdi. Qaysi chiziq kuchli yoki kuchsizligini esa muxlislar ham bilib turibdilar. Bu borada biror narsa deyishim shart emas.

PUSHAYMON EMAS

- Xitoydagi mag‘lubiyat juda alam qildi. O‘sha gaplarimni ko‘pchilik eshitdi. Albatta, jahl ustida aytgandim. Ammo har bir gapim futbolimiz rahbariyatiga yetib borishi, murabbiylar va futbolchilar eshitishlarini istadim. O‘sha gaplarimdan pushaymon emasman. Axir bu saralash sikli biz uchun oxirgi imkoniyat edi.

Terma jamoa tarkibidagi ko‘plab futbolchilar faxriy yoshda. Koreyslarga qarshi o‘yin oldidan jamoadoshlarim bilan gaplashib, bu so‘nggi imkon ekanligini uqtirishga urindim va undan foydalanish shartligini aytdim. Ammo o‘xshamadi. Keyingi jahon chempionati vaqti 34-35 yoshda bo‘laman. Terma jamoada esa yoshim o‘tgandan keyin faqat nomim o‘ynashini istamayman.

Agar 19-20 yoshli futbolchilar yetishib chiqishsa, hoziroq  o‘rnimni bo‘shatib berishga tayyorman. Chunki boshqalar qatori o‘zbek futboli rivojlanishini istayman. Har safar mag‘lubiyatdan so‘ng uyga qaytgach, ichimdan nimalar o‘tishi o‘zimga ayon. Shuning uchun ham, keskinroq gapirgandim.

KETISH

- Yo‘q, terma jamoadan ketish haqida hali og‘iz ochmadim. Tez orada O‘FFga yangi prezident saylansa kerak va albatta, rahbariyat bilan gaplashib olaman. Terma jamoadan ketgan taqdirda ham, faqat futbolimiz rivoji yo‘lida shunday qilaman. Demoqchimanki, agar futbolimiz manfaati uchun ketishimga to‘g‘ri kelsa, bunga tayyorman.

SERGEEV

- Igor bilan o‘yin vaqti alohida gaplashdim. Unga o‘zini qo‘lga olishi kerakligini aytdim, shuncha tanqidga qaramay, gol urib, qahramonga aylanishi mumkinligini uqtirdim. Igor ruhan «sinib» qolgan. Hujumchi ko‘proq oldinda turishi kerak. Xitoydagi o‘yinda u bitta zarba bilan gol urish kerak bo‘lgan vaziyatda to‘pni to‘xtatib, xato qildi.

Ya’ni tavakkal qilolmadi. Futbol shunday o‘yinki, futbolchi ham, murabbiy ham ba’zan tavakkal ish tutishi shart.  Tavakkalsiz nimagadir erishish qiyin. E’tibor bersangiz, futbolchilarimiz tavakkaldan juda cho‘chishadi.

Futbolda muxlislar yoki jurnalistlar bosimi doimo bo‘ladi. Maydonda xato qilmasdan yutuqqa erishish esa mushkul masala. Ammo biznikilar xato qilib qo‘yishdan qattiq cho‘chishadi. Kimdir raqibni aldab o‘tib, to‘pni oldirib qo‘ysa, yana shunga urinishi juda kam kuzatiladi. Bizning katta muammomiz shu.

OLIY LIGA

- Geynrix yaxshi hujumchi. U pozisiyani yaxshi tanlaydi, haqiqiy hujumchi. Qanday vaziyatda bo‘lmasin, to‘p yo‘liga ochilishga harakat qiladi. Himoyachilar ortida o‘ynashni ham biladi. Sasha kabi hujumchilar yetishib chiqishi o‘z chempionatimizga bog‘liq. Agar ligamiz kuchli bo‘lsa, hujumchilar saviyasi ham oshadi. Ammo hozirgi holatda oliy ligani kuchli deyish qiyin.

Ko‘pchilik pul dardida yuribdi. Ba’zi murabbiylar uchun hattoki, natija ham, kim o‘ynashi ham qiziq emas. Eng avvalo, o‘z pulini olsa, bas... Oliy ligada kelishilgan o‘yinlar ham ko‘p. Bunday o‘yinlarda futbolchi 20 foiz kuch bilan o‘ynaydi.

Shunday o‘yinchi terma jamoaga kelgach, undan nima kutish mumkin? Demak, eng avvalo, ichki chempionatni kuchaytirishimiz kerak. Shunda terma jamoa o‘z-o‘zidan kuchayadi. Hozir asosan legionerlarga suyanib qolganmiz.

Albatta, Farg‘ona yoki G‘uzordan kuchli futbolchi chiqishi mumkin, ammo u xalqaro o‘yinlarda naf berolmaydi. Chunki chempionatimiz saviyasi past. Oliy liga o‘yinlarini kuzatib boraman, ularda Maradonadek o‘ynagan futbolchining  xalqaro maydonda shunchaki, to‘xtab qolishini ham ko‘ryapmiz...

YANGI RAHBARIYAT

Agar O‘FFning yangi rahbariyati meni chaqirib, maslahat so‘rasa, shu gaplarni ochiq aytishga tayyorman. Bo‘layotgan ishlarni ko‘rib, jonim achishadi. Biror sohaga keldingmi, pul o‘z yo‘liga, mablag‘ barobarida ishingni ham loaqal 30 foiz yaxshi ko‘rishing kerak. Faqat pulga bog‘lanib qolish bilan rivojlanish qiyin.

Agar hamma yerda o‘z sohasi mutaxassisi ishlasa, 40 foiz kuch bilan ham natijaga erishish mumkin. Mana, Namangandan misol keltiraman - hozir viloyatda futbol «o‘lib» qolgan. Chunki rahbariyat o‘z ishini yaxshi bilmaydi. Yaqinda viloyat hokimi bilan gaplashib, yangi loyiha boshlagan edik. Yosh iqtidorlardan 14 nafar futbolchini alohida ajratib berdim.

Men uchun bundan hech qanday manfaat yo‘q. Shunchaki, viloyat futboliga kuyinganimdan harakat qilgandim. Ammo Namangan futboli rahbariyati o‘z ishini shu qadar tushunmaydiki, 14 nafar futbolchini ikki guruhga ajratib beribdi. Bunaqada iqtidorlarni o‘stirib bo‘ladimi? Namangan futboli ayni payt juda ortda qolib ketgan.

Bu ketishda yana qoladi. Aslida vodiyda iqtidorlar ko‘p. Masalan, Farg‘onada ilgari Sarkisyanning o‘zi yangi futbolchilarni saralab berardi. Uning davrida qanchadan-qancha iqtidorlar kashf etildi. Ammo ketishi bilan to‘xtab qoldi. Oldinlari ko‘pchilik Namangandan Toshkentga kelib, olimpiya zaxiralari kollejida tahsil olardi.

Ammo bunga hammaning ham imkoni yetmaydi. Namangan futboli rahbariyati esa o‘z ishini loaqal 5 foiz yaxshi ko‘rmaydi. Demak, yoshlar futbolining o‘sishi dargumon. Agar ozgina e’tibor bersak, qancha-qancha iqtidorlarni topamiz. Ularni tarbiyalay olsak, kelajakda hozirgidek yarim himoyachi va hujumchilar muammosi tug‘ilmasdi.

Yevropa Ligasida 5 mavsum o‘ynagan bo‘lsam, har bir davlatga borganda, mahalliy futbol bilan qiziqdim. Aksariyat mamlakatlarda yoshlarga e’tibor katta.

Bizda ham yoshlar murabbiylari bor, ammo eskicha uslubda ishlashadi. Qancha mashg‘ulot kuzatgan bo‘lsam, hammasi eskicha, qadimiy. Oliy ligada esa asosan nomlarga suyanib o‘ynashadi. Murabbiylar yoshlarga beparvo qarashadi. Mana shuni to‘g‘rilash kerak.

JURNALISTLAR

- Har bir sohaning o‘z ustasi bor. Shaxsan men o‘zbek futbolini jurnalist va sharhlovchilarsiz tasavvur qilolmayman. Chunki aynan ular bizga baho berishadi.

Jurnalistikani ham kuzatib boraman, ammo hammani emas. Kim jurnalist yoki havaskor ekanligini bilaman. Uyda o‘tirib, televizor ko‘rgancha maqola yozadiganlarni tushunmayman.

Ochig‘i, ba’zi jurnalistlar maqolalarini mazza qilib o‘qiyman, hattoki, meni tanqid ostiga olgan bo‘lsalar ham. Agar professional jurnalist yozmagan bo‘lsa, o‘qib o‘tirmayman.

SARDORLIK

- Terma jamoaga sardor bo‘lish qiyin. Yuki og‘ir. Klubda bilinmasligi mumkin, ammo termada qiyin. To‘g‘risini aytsam, ko‘rsatuvga taklif olgach, kelmaslikka vijdonim yo‘l qo‘ymadi.

Chunki jamoa sardori sifatida barcha savollarga javob berishim shart. Jahon chempionatiga chiqolmaganimizda mening ham aybim bor.

Kimnidir vaqtida ruhlantirolmagandirman, kerakli gaplarni aytolmagandirman. «Yutqazgandan keyin hech kim javob berishni istamadi», deyishlarini eshitmaslik va muxlislarga bor gapni yetkazish uchun ham keldim. Umuman, har doim barcha savollarga javob berishga tayyorman.

Aytgancha...

Murabbiydan uzrnoma

O‘tgan hafta muxlislarimiz uchun juda og‘ir kechgani barchaga ma’lum. Hattoki, aksariyat muxlislar millionlar o‘yinidan ko‘ngil uzishgandek, go‘yo. Binobarin, ishonamizki, bu hissiyotlar vaqtinchalik va ular tez orada safimizga qaytishadi.

Muxbirlarimiz mazkur salbiy kayfiyatu tuyg‘ular sababchisi hisoblangan milliy jamoamizning endilikda sobiq bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayandan intervyu olish maqsadida, u bilan bog‘lanishdi.

Samvel Vyacheslavovich esa keyinroq albatta, intervyu berishni aytib, dil so‘zlarini muxlislarga yetkazib qo‘yishimizni iltimos qildi. Xullas, quyida Samvel Babayanning terma jamoa va o‘zbek futboli fanatlariga yo‘llagan uzrnomasi havola qilinmoqda: 

- Avvalo, bildirilgan ishonchni oqlay olmaganim uchun muxlislardan kechirim so‘ramoqchiman. O‘tgan yillar mobaynida murabbiylar shtabi bilan imkoniyatimiz darajasida katta hajmda ish bajarishga harakat qildik.

Xususan, terma jamoa ahil oilaga aylandi. Asosiy maqsadimiz jamoani JCHga olib chiqish, jonajon O‘zbekistonimizda ham futbol o‘ynay olishlarini va bu sport turini yaxshi ko‘rishlarini namoyish etish orqali yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarish edi.

Shu o‘rinda yetarli shart-sharoitlarni yaratib bergan O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Aslida saralash turniri oxirgi bosqichini juda yaxshi boshladik va 2ta turdan so‘ng guruh peshqadamiga aylandik. Terma jamoada ishga boshqacha yondashuv kerak, ya’ni o‘ziga xos jihatlari bor. Oddiy aytganda, natija futbolchilar sog‘lig‘i qandayligi va terma ixtiyoriga vaqtida yetib kelishlariga ham bog‘liq.

Afsuski, 2-turdan so‘ng yetakchi futbolchilarning jarohatlanishlari yoki jamoaga optimal sport formasida kelmasliklari natijasida tarkibda yo‘qotishlarga uchradik. Bundan tashqari, ba’zi o‘yinlarda shaxsan o‘z xatolarim oqibatida ochko yo‘qotdik. Shuning barobarida ko‘plab uchrashuvlarda omad yetishmaganini ham aytish kerak.

So‘nggi daqiqalarda qo‘yib yuborilgan gollar faqat xatolar oqibati emas, balki omadsizlikka ham bog‘liq. Nima bo‘lganda ham, mazkur bosqichda ishtirok etgan yigitlardan tuzilgan jamoa jahon futbol forumida ishtirok etishga loyiq edi. Ishonamanki, bosh jamoamiz hali JCH final bosqichida qatnashadi, buning uchun bizda iqtidorli futbolchilar yetarli.

Yakunda muxlislarimizga jamoamizni 2 yil davomida, so‘nggi turgacha qo‘llab-quvvatlab kelganlari uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Terma jamoada ishlash har qanday mutaxassis uchun katta sharaf va shu bilan birga mislsiz javobgarlik va mas’uliyat yuklaydi. Xudo haqqi, butun vujudim bilan shu ishga sho‘ng‘igandim.

Ezgu maqsad - JCH final bosqichiga yo‘l ochishimizga bittagina gol yetishmadi... Mundialga chiqish va muxlislarimizni baxtiyor qilish uchun barcha o‘ylagan ishlarimizni qildik, ammo...

Yana bir karra barchadan uzr so‘rayman va terma jamoamizga keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonib, muxlislarga faqat quvonch, shodlik taqdim etishini tilab qolaman...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 12.09.2017. O'qildi: 14568 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 19
2 Брентфорд Igor Tiago 11
3 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
4 Борнмут Antuan Semenyo 8
5 Тоттенхэм Risharlison 7
6 Астон Вилла Morgan Rodjers 7
7 Брайтон Denni Uelbek 7
8 Манчестер Сити Filip Foden 7
9 Ньюкасл Nik Voltemade 7
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.