Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidentining hisoboti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Rasmiy tadbirlar / Yig‘ilishlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Avvalroq xabar berilganidek, bugun, 12 sentyabr kuni Toshkentdagi Radisson BLU mehmonxonasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan ma’muriy masalalar, prezident murojaati, O‘FF prezidentining o‘tgan yillar mobaynida olib borgan ishlari hisoboti, moliyaviy va buxgalterlik hisobotlari, Ijroiya qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra mustaqil auditorlarni tayinlash va eng asosiysi O‘FFning yangi prezidenti, vise-prezidentlari va Ijroqo‘m a’zolarini saylash kabi masalalar o‘rin oldi.

Dastlab, O‘FF birinchi vise-prezidenti Sardor Rahmatullayev konferensiya qatnashchilarini kun tartibi bilan tanishtirdi hamda yig‘ilish ishtirokchilari ushbu tartibni bir ovozdan tasdiqlashdi.

Dastlab O‘FFning so‘nggi to‘rt yillik moliyaviy va buhgalterlik hisoboti tinglandi. O‘FF tomonidan audit qo‘mitasi raisi sifatida tasdiqlangan G. Musayev tashkilotning so‘nggi to‘rt yillik moliyaviy va buhgalterlik hisoboati bo‘yicha ma’ruza qildi va tashkilot faoliyatida so‘nggi to‘rt yillik davrda hech qanday moliyaviy kamchiliklar aniqlanmaganini tasdiqladi.

Ushbu hisobotdan so‘ng, delegat a’zolariga so‘z berildi. Dastlab, Buxoro Futbol Federasiyasi vise-prezidenti Mardon Qo‘ldoshev so‘zga chiqdi va mamlakatda so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar haqida, shuningdek, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan olib borilgan siyosat hamda uning yutuqlari haqida so‘zladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov so‘zga chiqib, so‘nggi yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar haqida to‘xtalib, O‘FFning sobiq rahbariyatiga, hususan Mirabror Usmonovga minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng, konferensiya kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala  - O‘FFning yangi prezidenti hamda rahbariyatini saylash jarayoni boshlandi. Unga ko‘ra, O‘FF prezidenti lavozimiga yozma ravishda taqdim etilgan Ahmadjonov Umid Maxamatjonovich nomzodi barcha delegatlar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi hamda tashkilotning yangi prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasining birinchi vise-prezidenti etib O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Ramatov Achilbay Jumaniyozovich, vise-prezident lavozimlariga esa O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Bobojonov Po‘lat Razzoqovich hamda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti rektori Isroilov Shoakram Xolmatovich saylandi.

“Ishonchingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Xudo xohlasa keyingi xalqaro musobaqalarda va Olimpiya o‘yinlarida birgalikda, maslahatlashgan holda, o‘zbek futbolini ko‘tarishga va’da beraman. Bundan buyon muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev va xalqimizni xursand qilib, futbolimizni birgalikda ko‘taramiz degan umiddaman”, – dedi O‘FFning yangi prezidenti Umid Ahmatjonov.

Shundan so‘ng, Bunyodkor futbol klubi nomidan klub bosh direktori Murod Aliyev, O‘zbekiston jismoniy tarbiya hamda sport qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov so‘zga chiqishdi hamda O‘FFning yangi saylangan prezidentiga va tashkilot faoliyatiga omad tilashdi.

Konferensiya davomida shuningdek, O‘FF Ijroiya qo‘mitasining yangi a’zolari saylandi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Qurbonov Rustam Javdatovich – O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi
Shodiyev Bobur Kabulovich – “Paxtakor” PFK prezidenti
Aliyev Murod Boqiyevich – “Bunyodkor” PFK bosh direktori
Rajabov Mansur Qo‘chqorovich – “Lokomotiv” PFK prezidenti
Yarashev Komil Dehqonovich – O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti prorektori
Jalolov Narimon Jalolovich – O‘zbekiston futbol faxriylari kengashi raisi.

Konferensiya yakunida tashkilotga 12 yil davomida rahbarlik qilgan Mirabror Usmonov so‘zga chiqdi hamda ushbu yillar davomida qilingan ishlar va yutuqlar haqida so‘z yuritdi: "Ushbu tashkilotda 12 yil davomida rahbar sifatida ishlab, bir qator yutuqlarga erishdik va albatta bu orada kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi. Tashkilotga rahbar etib saylanganimda, kelajakda katta yutuqlarga erishishimizga va’da bermagan edim. Boisi, bizda poydevor hali yo‘q edi. Endilikda, sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasi sifatida esa, futbolda ham bir qator yutuqlarga erishganimizni ta’kidlash lozim. Qurilgan stadionlar, yaratilgan shart sharoitlar, bularning barchasi faqat mening xizmatim emas. Bu avvalo, hukumatimizning sportga qaratayotgan yuksak e’tibori natijasidir", - dedi Usmonov.

Mirabror Usmonov shuningdek, O‘FFning yangi saylangan prezidenti hamda tashkilotning yangi rahbariyatiga ham omad tiladi: "O‘FFning yangi rahbariyatiga omad tilayman. Yangi rahbariyati o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘lida tinib bilmay ishlashi va muvaffaqiyatlarga erishini istayman. Biz bu borada hamisha duo qilamiz. O‘zbek futboli yangi marralarni ko‘zlashda davom etishiga tilakdoshman. Shuningdek, yangi rahbariyatga tilagim - hech qachon tanqidlarga salbiy qaramang. Tanqid bor joyda rivojlanish bo‘ladi, shunday ekan har qanday tanqid yoki takliflarga ijobiy qarang. Sport va futbolning rivojlanishida jurnalistlar va muxlislarning ham katta hissasi bor. Tashkilotning yangi rahbariyatiga omad tilayman va umid qilamanki, O‘zbekiston terma jamoasi albatta, keyingi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita oladi".

Shundan so‘ng, yig‘ilishni olib borgan O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi yakunlanganini ma’lum qildi.

Quyidagi havola orqali, O‘zbekiston Futbol Federasiyasining so‘nggi to‘rt yillik davrdagi hisobotini yuklab olish mumkin.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:45, 12.09.2017. O'qildi: 12704 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик