Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      •   Mash’al
      • 0:0
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      •   Andijon
      • 0:0
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faoliyati davomida jiddiy burilishlarga yuz tutgan 12 nafar futbolchi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xitoydan «Barselona»ga yoki «Portsmut»dan «Real»ga. Ha, futbol olami ajib sir-sinoatlaru, bir qarashda aqlni shoshirib qo‘yadigan transferlarga to‘la.

Yorqin misol, braziliyalik Paulinyo aylanib-aylanib, Xitoy super-ligasidan to‘g‘ri «Barselona»ga yo‘l olishini kim kutgandi? Boz ustiga, kataloniyaliklar yarim himoyachi uchun «Guanjou Evergrand»ga naq 40 mln. yevro to‘lashdi.

Bu hol nafaqat muxlislar, balki futbolchilar hamda mutaxassislarni ham hayratga solgan bo‘lsa, ajabmas. Eslatish o‘rinli, Braziliya terma jamoasi vakilining xizmat daftarchasida bir qator oddiy klublar nomi bor - «Vilnyus» (Litva), «Lodz» (Polsha), Janubiy Amerikaning «notanish» jamoalari.

To‘g‘ri, u «Tottenxem»da ham to‘p surgan, ammo esda qoladigan aytarli hech narsa ko‘rsatolmagan. Endi esa jahonning eng kuchli klublaridan biri safida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Xo‘sh, yana kimlar bu kabi antiqa faoliyat yo‘lini bosib o‘tishgan?

Odil TAARABT. Haqiqiy topishmoq futbolchi. Marokashlikning iqtidoriga shubha bilan qarash yaramaydi, ammo unga yomon xulqi va dangasaligi pand berdi. Faoliyati yo‘nalishi: «Lans» - «Tottenxem» - «KPR» - «Fulxem» - «Milan» - «Benfika». Oxirgi yo‘lanishi: «Benfika» - «Jenoa» (ijara kelishuvi bo‘yicha).

Kolin KOZIM-RICHARDS. Bu futbolchining ism-sharifiyoq qiziqish uyg‘otadi, mehnat daftarchasi esa noyob inson ekanligidan dalolat. Diqqat qiling, Kolin 2005 yili «Brayton» bilan shartnoma tuzganini Coca-Cola aksiyasida yutilgan 250 ming funt evaziga barcha gazetalarda ovoza qilgandi.

Faoliyati yo‘nalishi: «Beri» - «Brayton» - «Sheffild Yunayted» - «Fenerbaxche» - «Tuluza» - «Fenerbaxche» - «Galatasaroy» - «Olimpiakos» - «Blekbern» - «Bursaspor» - «Feyenoord» - «Seltik» - «Koritiba». Oxirgi yo‘nalishi: «Koritiba» - «Korintians».

XALK. Hammaga tanish braziliyalik baquvvat hujumchi yoshligidayoq alohida iqtidori bilan ko‘zga tashlangan bo‘lsada, tez orada Yaponiyaga yo‘l oladi. Fakt shuki, Xalk orada yevrofutbolda o‘ynaganidan so‘ng yana Osiyoga yuzlangan bo‘lsada, hamon Braziliya termasiga jalb etilmoqda, vaholanki, yoshi 31ga yetdi. Faoliyati yo‘nalishi: «Vitoriya» - «Kavasaki Frontale» - «Konsadole Sapparo» - «Tokio Verdi» - «Portu» - «Zenit». Oxirgi yo‘nalishi: «Zenit» - «Shanxay SIPG»

Asamoa GYAN. Gana terma jamoasi hujumchisi o‘z yurtida erta kunda tanilib, 17 yoshidayoq Yevropa sari otlandi. U shu-shu sayru sayohatdan bo‘shamayapti. Faoliyati yo‘nalishi: «Liberti Profeshnls» - «Udineze» - «Modena» - «Renn» - «Sanderlend» - «Al-Ayn» - «Shanxay SIPG» - «Al-Ahli» (BAA).  Oxirgi yo‘lanishi: «Al-Ahli» - «Qaysarispor».

Mishel BASTOS. Braziliyalik vinger terma jamoa safida atigi 10ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsada, faoliyati sira zerikarli emas. Axir u futbol bahona turli mamlakatlar bilan yaqindan tanishdi. Faoliyati yo‘nalishi: «Pelotas» - «Feyenoord» - «Atletiko Paranaense» - «Gremio» - «Figeyrense» - «Lill» - «Lion» - «Shalke» - «Al-Ayn» - «Roma» - «San-Paulu». Oxirgi yo‘nalishi: «San-Paulu» - «Palmeyras».

Luka TONI. Italyan hujumchisi muxlislarni ko‘p bora hayratlantirgan, futboldagi yo‘li esa bir necha kishiga bemalol yetib ortadi. E’tiborli tomoni, Toni Italiyaning o‘rtamiyona klublari aro 11 yillik sayohatdan keyingina yuqori darajaga ko‘tarildi va barchasiga munosib nuqta qo‘ydi. Faoliyati yo‘nalishi: «Modena» - «Empoli» - «Fiorensuola» - «Lodijani» - «Trevizo» - «Vichensa» - «Breshia» - «Palermo» - «Fiorentina» - «Bavariya» - «Roma» - «Jenoa» - «Yuventus» - «Al-Nasr» (BAA) - «Fiorentina».  Oxirgi yo‘nalishi: «Fiorentina» - «Ellas Verona».

Jozi ALTIDOR. Vaqtida Amerika futbolining umidi sifatida ta’riflangan Altidor AQSH milliy jamoasi to‘purarlari reytingida 3-o‘ringa ko‘tarilgani bilan maqtanishi mumkin, ammo klub darajasidagi ishlari uncha o‘xshagani yo‘q. Faoliyati yo‘nalishi: «Nyu-York Red Bullz» - «Vilyarreal» - «Xeres» - «Xall Siti» - «Bursaspor» - AZ - «Sanderlend». Oxirgi yo‘nalishi: «Sanderlend» - «Toronto».

Lassana DIARRA. Fransiya terma jamoasi vakili samarali faoliyati bilan g‘ururlanishi mumkin - Angliya va Ispaniyada chempion bo‘ldi, shuningdek, ko‘plab kuboklar sohibiga aylandi. Ammo mutaxassislar uning timsolida megayulduzni ko‘rishgandi. Faoliyati yo‘nalishi: «Gavr» - «Chelsi» - «Arsenal» - «Portsmut» - «Real» - «Anji» - «Lokomotiv» M. - «Marsel». Oxirgi yo‘nalishi: «Marsel» - «Al-Jazira».

Xenrik LARSSON. Tasavvur qiling, shvesiyalik iste’dodli hujumchi deyarli 33 yoshigacha chinakam grand klublarni ko‘rmadi. Bunday yoshda «Barselona» va «Manchester Yunayted»da o‘ynash haqida o‘ylashdan ma’no yo‘qdek, ammo Larsson o‘yladi va bunga erishdi ham. Faoliyati yo‘nalishi: «Xyogaborg» - «Xelsinborg» - «Feyenoord» - «Seltik» - «Barselona» - «Xelsinborg» - «Manchester Yunayted» - «Roo». Oxirgi yo‘nalishi: «Roo» - «Xyogaborg».

Roxan RIKETTS. «Arsenal»tarbiyalanuvchisi naq 12ta mamlakatda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘i, Riketts «kanonirlar» safida atigi 1 marta maydonga tushish barobarida jamoaning azaliy dushmani - «Tottenxem» libosini 24ta o‘yinda kiydi. Faoliyati yo‘nalishi: «Arsenal» - «Tottenxem» - «Barnsli» - «Toronto» - «Dyoshdyor» - «Dachiya» - «Vilgelmsxafen» - «Shemrok Rovers» - «Ekseter Siti» - «Dempo» - «Deportivo Kevedo» - «PTT-Rayong». Oxirgi yo‘nalishi: Gonkong - Bangladesh.

JUNINYO. Angliyada haligacha Juninyoni eslab turishadi. O‘ta iqtidorli yigit, ammo u Yevropa va Braziliya o‘rtasida sargardon yurishdan sira charchamadi. E’tiborga oling, gap Juninyo Pernambukano emas, Osvaldo Jiroldo Junior haqida ketyapti. Faoliyati yo‘nalishi: «San-Paulu» - «Midlbro» - «Atletiko» - «Midlsbro» - «Vasko da Gama» - «Flamengo» - «Midlsbro» - «Seltik» - «Palmeyras» - «Flamengo» - «Sidney». Oxirgi yo‘nalishi: «Sidney» - «Ituano».

Jorj BEST. Shimoliy irlandiyalik afsonaning «Manchester Yunayted»dagi o‘yinlarini ko‘pchilik yaxshi eslaydi. Ammo u ingliz grandi bilan xayrlashgach, yana 10 yil futbol bilan shug‘ullandi - turli o‘lkalarda. Faoliyati yo‘nalishi: «Manchester Yunayted» - «Juish Gild» - «Danstabl Taun» - «Stokport Kaunti» - «Kork Seltik» - «Los-Anjeles Asteks» - «Fulxem» - «Los-Anjeles Asteks» - «Fordt-Loderdeyl Straykers» - «Xibernian» - «San-Xose Ertkveyks» - «Si Bi» - «Gonkong Reynjers» - «Bornmut» - «Brisben Layons» - «Osborn» - «Naniton Boro».  Oxirgi yo‘nalishi: «Naniton Boro» - «Tobermor Yunayted».

A.Eshonxonov tayyorladi

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:00, 17.09.2017. O'qildi: 5589 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик