Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • 2:3
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 20 31
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Piza - Atalanta
17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: Ijobiy natijaga ishonchsiz munosabat

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

OCHL chorak final uchrashuvlarida kuzatilgan dramatik voqealar va YECHL guruh bosqichi dastlabki turida yuz bergan gollar to‘foni ta’sirida ko‘plab muxlislarda futbolimizga sal yuqoriroqdan qarash istagi tug‘ilganiga ishonchimiz komil.

Taraqqiyot taqozosi o‘laroq, muxlislar dunyoning turli mintaqalaridagi o‘yinlarni saviya bo‘yicha bir-biriga solishtiradilar. Shunday lahzalarda sevimli jamoalarining ijobiy natijasi ham ularni qoniqtirmay qoladi ba’zan.

O‘sha ijobiy natija milliy chempionatning o‘rtamiyona ishtirokchisi bilan kechgan bahsda qayd etilgani ta’kidlansa, muxlislarning yuksak orzulari naqadar ayanchli ahvolda qolgani ayon bo‘ladi...

To‘g‘ri, «Yuventus» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng «Barselona» ham «Xetafe»ga qarshi bahsda o‘ta mo‘’tadil futbol ko‘rsatdi. Vaziyatdan foydalangan yapon futbolchisi Gaku Shibakasi esa Mark-Andre ter Shtegen darvozasiga hayratlanarli gol urdi.

Ernesto Valverde shogirdlari bunga jiddiy e’tibor qaratmay, anchayin hafsalasizlik bilan bir maromda o‘ynayverishdi. Faqat birinchi bo‘lim oxirida Lionel Messi gol urish qanday bo‘lishini «Xetafe» futbolchilariga eslatib qo‘yishga urindi.

Biroq jarima zarbasidan so‘ng ajoyib trayektoriya bo‘ylab uchgan to‘pni darvozabon mohirlik bilan qaytardi. Asosiysi, birinchi bo‘limdagi manfiy hisob «Barselona» futbolchilari kayfiyatini buzmadi va ular katta kuch sarflamay turib ham, safarda g‘alaba qozonishni uddalashdi.

Ya’ni ularni «Xetafe»ning hisobni tenglashtirishi yoki yana oldinga chiqib olishi mumkinligi ortiqcha bezovtalantirmadi. Chunki ular odatda bunday o‘yinlarda ijobiy natija zarur bo‘lsa, bunga erishish yo‘lini topishadi.

«Navbahor» - «Metallurg» o‘yiniga yuqoridagi tamoyil asosida nazar tashlasak, afsuski, ko‘z o‘ngimizda butunlay boshqacha manzara chiziladi.

Xo‘sh, «Navbahor» nima uchun bahsning yakuniy bosqichida harakatni bo‘shashtirib yubordi, jamoaviy mexanizmda nega parokandalik ko‘zga tashlandi? Murabbiy nima sababdan o‘yinni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ikki Abbos (Maxstaliyev va Otaxonov)ni emas, balki Doniyor Usmonov hamda Oston O‘rinovni maydonga tushirdi?

Yana o‘sha eski gap: futbolchilarning o‘yinga tayyorgarlik holati faqat murabbiyga ma’lum. Futbolimizdagi salbiy holatlar mana shunday aqidaviy qarashlardan boshlanmoqda.

Ha, namanganlik muxlislar «Navbahor»ning har qanday g‘alabasini qadrlay bilishadi. Ayni chog‘da ular ham yirik hisobli yutuqlar, chiroyli va mazmunli o‘yinlarni xush ko‘rishadi. Shu ma’noda «Metallurg» ustidan qozonilgan qiyin g‘alaba ularni sevintirdi, albatta. Lekin o‘yin saviyasi va jamoaviy harakatlar masalasida xavotir borligi aniq.

Oybek Qilichev yoki Azizbek Turg‘unboyev kabi futbolchilarning o‘yinlari muxlislarga manzur, ammo jamoada alohida ajralib turadigan tandem yoki trioning ko‘zga tashlanmayotgani tashvishlanarli hol.

G‘alabani ushlab qololmaslik yoki hisobda oldinga chiqqach, xotirjamlikka berilish oqibatida mantiqsiz gollar qo‘yib yuborish, 90 daqiqalik ruhiy va jismoniy bosimga chidamaslik kabi noxush holatlar ham «Navbahor» o‘yini saviyasiga soya soluvchi muammolardan hisoblanadi.

O‘ylaymizki, mazkur kamchiliklarni Ilhom Mo‘minjonovning o‘zi ham yaxshi biladi. Shunday ekan, barchasini vaqtida bartaraf etish - uning murabbiy sifatidagi burchi. Zero, «Navbahor» muxlislari unga ishonishadi. Shu ishonchga putur yetkazmaslik avvalo, murabbiyning o‘ziga bog‘liq. Ehtimol, Mo‘minjonov zaxira o‘rindig‘idan, ijrochilar yetishmasligidan nolir. U holda savol tug‘iladi:

Tohir Shamsiddinov nima sababdan «Navbahor» emas, balki «Buxoro» o‘yinini kuchaytirish uchun to‘p surmoqda? Nima, «lochinlar» ichki muhitida ham «Bonuchchi sindromi» mavjudmi? Agar shunday bo‘lsa, futbolchining jamoadan ketishi muammoning yagona yechimimi? Harqalay, muammoni ijobiy hal qilish imkoni hamisha mavjud. Hamma gap mana shu imkondan foydalanishda.

Bu borada oson, ammo noma’qul yo‘lni tanlash muxlislarda e’tiroz va savollar tug‘diraveradi... Mana, No‘’mon Hasanov ham oxirgi turda kutilmagan muammoga duch keldi. Uning shogirdlari «Mash’al»dan naq 4ta gol qabul qilib olishdi-ya, boz ustiga, o‘z maydonlarida.

Ko‘pchilikda xush taassurot  uyg‘otayotgan «Qo‘qon-1912»ning minglab muxlislari qarshisida bunday nochor ahvolga tushishi ikkilanish va shubha tug‘dirmaydimi? Muxlis ikkilanish va shubhalanishga haqli. Uni ikkilantirmaslik va shubhaga solmaslik uchun mantiqsiz mag‘lubiyatlar oldini olish darkor.

Bir vaqtlar «Inter» va «Milan» «A» seriyasida qanday yetakchilik qilgan bo‘lsa, «Navbahor» va «Neftchi» oliy liganing shunday darajadagi sardorlari sanalardi. Bugun «Inter» va «Milan» o‘sha shonli damlarni qo‘msab, raqiblarini ketma-ket ravishda yengmoqda. Ayniqsa, yangi mavsumda hali ochko yo‘qotmagan «Inter» o‘yini muxlislarga ma’qul tushmoqda.

Jamoa ortda qolgan 4ta tur davomida «Roma» va «Fiorentina» kabi kuchli raqiblarni yengdiki, bu alohida diqqatga sazovor. «Navbahor» va «Neftchi» esa qayta uyg‘onolmayapti. Farg‘ona klubini hattoki, Vadim Abramovdek murabbiy ham uyg‘otolmayotgani achinarli.

Shunday vaziyatda muxlislar yoqimtoyiga aylanib borayotgan «Qo‘qon-1912»ning kutilmagan mag‘lubiyati kishini o‘yga toldiradi. Umuman olganda, oliy ligada qaysi jamoaning g‘olib chiqqani ma’qul? Kuchli jamoa zafar quchsin, albatta! Ammo o‘sha kuchli jamoa OCHLda futbolimiz sharafini munosib himoya qilishga qodirmi?

So‘nggi turda g‘alaba qozongan «Paxtakor» va mag‘lubiyatga uchragan «Lokomotiv» o‘yiniga shu nuqtai nazardan yondashuv  ko‘ngilni xijil qiladi, xolos. Garchi yetarli muddat o‘tgan bo‘lsada, Shota Arveladze «Paxtakor» o‘yiniga yaqqol ko‘zga tashlanadigan yangilik olib kirolmadi. To‘g‘ri, bizga ma’lum qilishlaricha, jamoa mashg‘ulotlari borgan sari qiziqarli tus olmoqda.

Ammo mashg‘ulotlar ta’siri o‘yin saviyasida sezilmayotgani ajablanarli. «Sho‘rtan»ning yirik hisobda yengilishi «sherlar» o‘yinida o‘sish kuzatilayotganini aytishga asos bo‘lolmaydi. Jamoa bu kabi o‘yin saviyasi bilan kuchli raqiblarga qarshi kechadigan bahslar bosimiga bardosh berolmaydi.

Ochig‘i, faqat «Nasaf»ning ayrim o‘yinlarigina mazmun va saviya jihatidan muxlislarni qoniqtiradi. Ro‘ziqul Berdiyevning vazifasi - shu chaqmoq kabi chaqnashlarni bir maromga aylantirish. Ungacha esa biz Xosep Gvardiola boshlayotgan yangi hayratlarni kuzatib turamiz. Nima deb o‘ylaysiz,  «Manchester Siti» 2010|2011 yillar mavsumidagi «Barselona»ni eslatmayaptimi?

«Liverpul», «Feyenoord» va  «Uotford»ni ketma-ket «yanchib» tashlanishi nimadan dalolat? Bu tasodifmi, raqiblar zaifligi va boshqa sabablar bilan bog‘liqmi yoki Gvardiola jamoa o‘yinidagi maromni nihoyat, topganidan nishona? To‘plar nisbati bo‘yicha Mou va Pep poygasi oxir-oqibat, qanday natija taqdim etarkin? Buni kuzatish juda maroqli.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 14:22, 20.09.2017. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Интер Xakan Chalxanoglu 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Болонья Santyago Kastro 6
9 Наполи Rasmus Xeylund 6
10 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.