Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dilshod Rahmatov: «Chempionlik uchun kurashamiz»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etmoqda. 

Hisob bo‘yicha beshinchi qit’a o‘yinlarining futzal musobaqasida Osiyoning barcha kuchli jamoalari g‘oliblik yo‘lida bahslarga kirishdilar. Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Xitoy, Afg‘oniston, BAA va Maldiv bilan birga «B» guruhidan joy olgan. Ahmedov Ashxobodga 14 nafar futzalchini olib ketgan.

Tarkibdagi yoshlar ham o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. «Ardus» safida mazmunli o‘yin namoyish etgan Mashrab Odilov va Anasxon Rahmatov murabbiylar e’tiborini o‘ziga qaratishdi.

Har ikki futzalchi ham hozirda 23 yoshda. Biz jamoa Ashxobodga ketishi arafasida termamiz yetakchisi, tarkibdagi yagona legioner, «Dalyan Puvan Anbo» klubi bilan Xitoy chempionligini qo‘lga kiritgan Dilshod Rahmatovdan intervyu oldik.

- Dilshod, Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlariga yo‘l olyapsizlar. Tayyorgarliklar ko‘ngildagidek bo‘ldimi?

- Yilning nufuzli musobaqasiga yaxshi taraddud ko‘rdik, deb o‘ylayman. Bir nechta o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazdik. Yekaterinburg shahrida tashkillangan yig‘inda Rossiya chempionatida o‘ynaydigan klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida kuch sinashdik.

Bosh murabbiy yoshlarni ham ko‘rikdan o‘tkazib, ularga o‘zlarini ko‘rsatish uchun imkoniyat berdi. O‘ylaymanki, bu futzalchilar yomon taassurot qoldirishmadi.

- Rossiya klublariga qarshi kechgan o‘yinlarda yirik hisobdagi mag‘lubiyatlar qayd etilgani sabab biroz xavotir va tashvish paydo bo‘ldi. Bu borada fikringiz qanday?

- Rossiya chempionatida kuchli uchlikdan joy olgan «Viz-Sinara» klubiga qarshi ikkita o‘yinda maydonga tushdik. Mezbonlar ilk uchrashuvda 5:2, ikkinchisida 7:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bu jamoa tarkibida Rossiya termasi a’zolari ham bor edi. Termamiz oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa ushbu o‘yinlar orqali tajriba oshirish, hozirgi holatimizni ko‘zdan kechirib olish edi. Qaysidir ma’noda bunga erishdik, deb o‘ylayman.

- Mag‘lubiyat sabablari nimada?

- Eng katta kamchiligimiz - o‘yin davomida yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmayapmiz. Bu bizga Kolumbiyadagi mundialda ham, keyin o‘tkazilgan qit’a chempionatida ham pand bergandi.

Qolaversa, himoyadagi xatolar ham mag‘lubiyatimizga sabab bo‘ldi. Har bir yo‘l qo‘yilgan xato darvozamizning ishg‘ol qilinishi bilan yakunlanaverdi. «Viz-Sinara» klubi safidagi tajribali futzalchilar bunday xatolarni kechirishmaydi.

Qolaversa, jismoniy holatimizda ham muammolar borligi ko‘zga tashlanib qoldi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda jismoniy tomondan toliqish sezildi.

Hujumlarni yakunlash chog‘ida charchoq o‘z so‘zini aytdi. Aslida, mana shunday kuchli klublarga qarshi o‘yinlarda jamoaning kamchiliklari ko‘rinib qoladi. Toshkentga qaytib kelganimizdan so‘ng ana shu xatolarni bartaraf etish ustida ishladik.

- Yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlaridan qanday natija kutyapsiz?

- Bu musobaqaga bemalol qit’aning kichik Olimpiadasi ta’rifini bersa arziydi. Shaxsan men ana shu turnirda ishtirok etayotganimdan xursandman. Bizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, Ashxoboddagi nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan barcha sportchilarimizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Nasib qilsa, barchamiz ona Vatanga yorug‘ yuz bilan qaytib kelamiz. Sportchilarimiz yurtimizda sportga berilayotgan yuksak e’tiborga munosib tarzda javob qaytarishlariga ishonaman.

- Terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning o‘rni bilinyaptimi?

- Albatta, bilinyapti. Mendez bir necha yillar davomida o‘zbek futzalining yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishi uchun xizmat qildi. Katta hajmdagi ishni amalga oshirdi.

Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokimiz, futzalimiz tarixida ilk bor jahon chempionatida qatnashganimiz, 20 yoshgacha bo‘lgan termamizning shakllanishida aynan ispaniyalik mutaxassisning hissasi katta bo‘ldi.

Hozirgi bosh murabbiyimiz Bahodir Ahmedov ham shu inson yonida yurib, tajribasini oshirdi. Umid qilamanki, biz hali birgalikda katta yutuqlarga erishamiz.

- Termamizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Biz joylashgan «B» guruhida Xitoy, Afg‘oniston, BAA va Maldiv termalari bor. Musobaqada 18ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishadi. Ikkita guruhda beshtadan, qolganida to‘rttadan terma o‘rin olgan. Bizning guruhda 1|4 finalga beriladigan ikki yo‘llanma uchun 5ta jamoa kurash olib boradi.

Oldimizda turgan birinchi vazifa - guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, chorak finalga chiqish. Nasib qilsa, chempionlik uchun kurashamiz. Asosiy raqiblarimiz Xitoy va BAA bo‘lsa kerak.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 10:06, 21.09.2017. O'qildi: 3679 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик