Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLda eng ko‘p ogohlantirish olgan futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Everton» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionati 4-turida ligadagi faoliyati davomida bosh hakam tomonidan 100-marta ogohlantirildi.

Eng qizig‘i, jonajon klubiga qaytgan «shrek» shu bilan APL tarixida 100 marta yoki ko‘proq «sariq»qa mubtalo bo‘lgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Ha, hujumchining bunday salbiy yubileyni ikkinchi raqam ostida «nishonlagani» g‘alati. Harqalay, zamonaviy futbolda himoyachilar ko‘proq qo‘pollik ishlatishga majbur bo‘lishadi.

Biroq APLning sariq kartochka reytingida oldingi 5ta o‘rinni egallab turgan «bezori»lar orasida orqa chiziq vakillari yo‘q! Qoyilmisiz?

Xo‘sh, unda jahonning eng kuchli birinchiligida «sariq» ishlash bobida kimlar yetakchilik qilishmoqda? Marhamat, «SSF» nashrining quyidagi maqolasi orqali shu haqda ma’lumot olishingiz mumkin.

1-o‘rin. Garet Berri («Vest Bromvich») - 119ta sariq va 6ta qizil kartochka. Abadiy «yosh» Garet - har qanday hakamni cho‘ntagidan sariq tusli qog‘oz chiqarishga majbur eta oladigan futbolchi. Ingliz yigiti maydonda necha daqiqa to‘p surishidan qat’iy nazar, kartochkaga munosibligini namoyish qilishni sira paysalga solmaydi. Berri pozisiya bo‘yicha - tayanch yarim himoyachisi. Demakki, o‘yinning borishi uni tez-tez qoidaga xilof ravishda ish tutishga majbur etadi. Garet o‘zini oqlash uchun bitta faktni aytishi mumkin: «Vest Bromvich» vakili faoliyatini chap qanot himoyachisi sifatida boshlagan va maydon markaziga ko‘chib o‘tgach, hammasiga birdaniga ko‘nikishi qiyin kechgan. Barrining joriy mavsum «Albion» safidagi dastlabki 3ta o‘yinda «sariq»dan tiyilgani ham diqqatga sazovor holat hisoblanadi.

2-o‘rin. Ueyn Runi («Everton») - 100ta sariq va 3ta qizil kartochka. Maydonda chinakam jangchilarga xos xarakteri bilan ajralib turuvchi Ueyn Runi o‘yin davomida tez-tez noqulay vaziyatlarga aralashib qoladi. Qolaversa, kurashga chanqoq hujumchi ko‘pincha raqiblarni maydon markaziga qadar ta’qib qilib keladi va harakatlari samara bermagach, shunchaki, qoidani buzadi-qo‘yadi.

Bolalikdagi sevimli jamoasi - «Everton»ga qaytgan Runi ilk o‘yinlardanoq o‘z nonini halollab olishga qodirligini ko‘rsatdi. Angliya termasining sobiq sardori hattoki, «Tottenxem»ga qarshi kechgan va katta omadsizlik bilan tugagan uy uchrashuvida ham jamoadoshlari orasida yaqqol ko‘zga tashlandi.

U shuning barobarida dastlabki 3ta o‘yinda ham sariq kartochka ishladi. Aytish o‘rinli, APL reglamentiga ko‘ra, futbolchi har 5ta ogohlantirishdan so‘ng 1ta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

3-o‘rin. Li Boyer (faoliyatini yakunlagan) - 99ta sariq va 4ta qizil kartochka. «APLning bosh bezorisi» maqomiga asosiy da’vogarlardan biri sanalgan yarim himoyachi Li Boyer bu reytingda atigi 3-qatorni egallab turibdi. Angliyalik futbolchining sariq kartochkalar soni bo‘yicha 100talik marraga yetishiga bittagina ogohlantirish hushtagi yetmagan. Boyer nafaqat maydondagi «iflos» harakatlari, balki uning tashqarisida ko‘rsatgan xurmacha qiliqlari bilan ham tanilgan.

G‘u-ruri baland futbolchi har doim va har joyda mushtlashishdan o‘zini tiymagan, hattoki, o‘z jamoadoshlariga ham qo‘l ko‘targan. Deylik, bir safar Kiron Dayer bilan orani mushtlar vositasida ochiq qilishga uringan va u kabi diskvalifikasiyaga uchragandi. Li shuningdek, raqiblarni ayovsiz qarshi olishni xush ko‘rardi.

Xususan, shunday yondashuvi oqibatida Bakari Sanya jarohatga yo‘liqqandi. Umuman, ingliz yarim himoyachisi futbol olamidagi eng asosiy «bezori»lar ro‘yxatiga bejiz kirmaganini uning kartochkalar borasidagi statistikasi ham tasdiqlab turibdi.

4-o‘rin. Kevin Devis (faoliyatini yakunlagan) - 99ta sariq va 2ta qizil kartochka. Hujumchi Kevin Devis hisobidagi «sariq»lar Li Boyerniki bilan teng, ammo unda «qizil»lar 2ta oz. «Bolton» afsonasi hujum vaqti jismoniy kuchga tayanib to‘p surardi. Ueyn Runi ijrosidagi o‘yin uslubiga xos qaysidir jihatlar aynan Devis harakatlarini eslatib yuboradi. Qarangki, ayni payt ikkisining «sariq guldasta»si ham deyarli bir xil. Statistika bo‘yicha aytsak, Kevin Devis Angliya premyer-ligasi tarixida eng ko‘p qoida buzgan (qo‘pollik qilgan) futbolchi hisoblanadi. Adolat yuzasidan faqat shuni qo‘shimcha qilish kerak, «Bolton» yulduzining o‘zi ham raqiblar qo‘polligidan yetarlicha jabrlangan.

5-o‘rin. Pol Skoulz (faoliyatini yakunlagan) - 97ta sariq va 4ta qizil kartochka. Agar «ilohiy qo‘l» laqabi Diyego Maradonaga tegishli bo‘lsa, Pol Skoulz «yarim ilohiy qo‘l» ta’rifiga to‘la haqlidir. «Manchester Yunayted» faxriysi to‘pga qo‘l bilan teginishni xush ko‘rardi, shekilli. U buning uchun 2 marta adolatli ravishda jiddiy jazolangan ham. Muxlislar «Yunayted»ning UYEFA superkubogi doirasida «Zenit»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinini yaxshi eslashsa kerak.

O‘shanda Skoulz qoidada ko‘zda tutilmagan usulni qo‘llagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etgandi. «Mallavoy» ke-yinroq mankunianliklarning «Fulxem» bilan o‘yinlari chog‘i o‘z jamoasi jarima maydoni ichida darvozabon vazifasini bajardi. Ya’ni to‘pni qo‘li bilan qaytarib yubordi.

Skoulz APLdagi 4ta qizil kartochkasidan birini shu tariqa olgandi. Yana bir fakt shuki, «Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi yangilangan «Uembli» stadionida maydondan chetlashtirilgan birinchi futbolchidir. Ha, ko‘plab ijobiy ko‘rsatkichlari orasida shunday o‘ziga xosi ham yo‘q emas.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:40, 26.09.2017. O'qildi: 3646 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик