Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Byornli - Aston Villa

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FF rahbari Umid Ahmadjonovning matbuot anjumanida so‘zlagan ma’ruzasi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Bugun, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol federasiyasining yangi rahbariyati bilan ilk marta matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda tashkilot rahbari Umid Ahmadjonov nutq so‘zladi.

Assalomu alaykum hurmatli jurnalistlar!

Bugun federasiyaning hisobot saylov konferensiyasi o‘tganiga 15 kun to‘ldi. Shu vaqt ichida biz O‘zbekiston futbolining 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturini oxirgi bobini yozib bitirdik. Unda keyingi 4 yil ichida qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim masalalar aks etadi. Bizning ishchi guruhimiz ushbu dasturning loyihasini sizga tanishib chiqish uchun taqdim etayapti.

Qisqacha qilib aytishim mumkinki, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi katta islohotlar ostonasida turibdi. Islohotlarni amalga oshirish guruhi ishni boshlash uchun qulay nuqta – ustuvor masalalarni aniqlab olgan bo‘lib, biz futbolni ko‘tarish uchun ana shu nuqtadan yangi manzil sari yo‘lga tushamiz.

Ustuvor masalalar haqida biz jamoatchilikka xabar berdik. Lekin, bugun men bu masalalarni yana bir bora alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Birinchisi, milliy terma jamoaga bosh murabbiy tayinlash masalasi bo‘lib, hozirda ushbu jarayon davom etayapti.

Ikkinchisi,kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Buning uchun O‘zbekiston Futbol Federasiyasida yangi jamoa ish boshlayapti, deb bugun men bemalol sizga ayta olishim mumkin.

Uchinchisi,futbolimizdagi tanish-bilishchilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi kurashishdir. Men to‘g‘ri tushunaman, agarda bu sportchilar oilasi bo‘lsa va ular haqiqatan ham o‘z joylariga munosib bo‘lishsa, marhamat. Lekin, shunday holatlar borki, bu futbolimizning ildiziga bolta uradi. Biz mana shunday g‘irromlik va qing‘irlikdan tozalash uchun alohida mutaxassislar guruhini jalb qildik.

To‘rtinchisi,federasiya ishini shaffoflashtirishdir. Bu bilan biz ishqibozlarning federasiyaga bo‘lgan ishonchi va hurmatini qozonishni niyat qilganmiz. Chunki, biz uchun xalqning federasiya haqidagi fikri juda muhim. Hammaga yoqishning ilojisi yo‘q, lekin salbiy fikrlarni yo‘qotish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Beshinchisi, chiptalar savdosini isloh qilish qilish bo‘lib, bunda birinchi raqamli vazifa elektron chiptalar savdosini yo‘lga qo‘yishdir. Aynan shu yo‘l orqali chiptalarning olib-sotarlar qo‘liga o‘tib ketishiga qarshi kurashish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Bundan tashqari:

- bolalar va o‘smirlar futbolini rivojlantirish,
- murabbiylar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan isloh qilish,
- oliy liga va birinchi liga musobaqalarining saviyasini oshirish,
- milliy terma jamoani 2022 yilgi jahon chempionatiga olib chiqish,
- O‘zbekiston Futbol Federasiyasini Osiyoning eng  yaxshi federasiyalaridan biriga aylantirish,
- barcha jahon chempionatlarida ishtirok etishga erishish,
- ommaviy futbolni yangi bosqichga olib chiqish,
- butun O‘zbekiston bo‘ylab futbol o‘ynashni yanada ommalashtirish va osonlashtirish, ishqibozlarning stadionlarga kelib o‘yin tomosha qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib berish

kabi boshqa vazifalar ham borki, bularning bari O‘zbekiston Futbol Federasiyasining rivojlantirish dasturidan o‘rin olgan.

Bugun dunyo axborot bilan yashayapti. Zamonaviy fuqaro boshlanayotgan kunini ham, tugab borayotgan kunni ham axborot olish bilan o‘tkazadi. Axborot shu darajada muhim omilki, uning oqimi tugasa yoki to‘xtab qolsa, bo‘shliq yuzaga keladi. Shu sababli ham axborotni o‘z vaqtida va to‘g‘ri berish juda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bundan keyin ham axborot bo‘shlig‘iga qarshi kurashish siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda ishlaydi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mamlakatimiz futbolini yanada ko‘tarish uchun o‘z oldiga ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Federasiyaning yangi jamoasi 12 sentyabr kuniyoq ana shu vazifalar ustida katta ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelyapti. Men hozir katta va’dalar berishga shoshilmayman, faqatgina rejalarimiz uzoq muddatga mo‘ljallanganini, qolaversa, maqsadlarimiz jiddiy ekanligini ishonch bilan ayta olaman. Biz ishqibozlar bilan, xalq bilan dialogga doim tayyormiz va qilinayotgan ishlarda ularning xohish va irodalarini ham inobatga olamiz.

Dunyo tajribasidan ma’lumki, rahbariyatning ishiga baho berish uchun ommaviy axborot vositalari 100 kun o‘tishini kutishadi. Umid qilamanki, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi ham ana shu 100 kunlik o‘ta murakkab davrni yaxshi bosib o‘tadi. Bu davr oralig‘ida Federasiyasi ichida va tashqarisida ko‘p yangiliklar bo‘ladi. Bu yangiliklar esa Siz O‘zbekiston Futbol Federasiyasidan faxrlanishingiz uchun amalga oshiriladi.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:37, 27.09.2017. O'qildi: 8743 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик