Bugun 21 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tashkilotchilik yoxud O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi o‘n bir yilning badalida ilk marta Osiyo chempionatida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan saralash musobaqasida Dilshod Nuraliyev shogirdlari mag‘lubiyatga uchradi va qit’a birinchiligi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Oxirgi marta bunaqa holat 2006 yilda ro‘y bergan edi. O‘shanda o‘smirlarimiz (hozir ular katta bo‘lib qolishgan) Singapurda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidan chetda qolishgan.

YAQIN TARIX

Shundan buyon ko‘p suvlar oqib o‘tdi va eng muhimi, yaqin tarixda O‘zbekis­ton o‘smirlar terma jamoasi biror marta ham qit’a birinchiligidan chetda qolmadi. 2008 yilda Robert Gay boshchilik qilgan jamoa Osiyo chepmpionati chorak finaliga qadar yetib bordi. 2010 yilda esa Aleksey Yevstafeev shogirdlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati finaliga qadar chiqishdi. Oradan ikki yil o‘tib, Dilshod Nuraliyev bosh murabbiy bo‘lgan tarkib Osiyo chempioniga aylandi. Shu tariqa futbolimiz tarixida ilk marta terma jamoamiz qit’a g‘olibi bo‘ldi. Afsuski, hozircha oxirgisi ham shu bo‘lib turibdi.

Shundan so‘ng ishlar yana ortga keta boshladi. 2014 yilda Aleksandr Mochinov boshchiligidagi terma jamoa Osiyo chempionati chorak finalida to‘xtatildi va jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qoldi. Oradan ikki yil o‘tib, Temur Olimxo‘jayev ham chorak finaldan chiqib ketdi. O‘shanda bu natija salkam fojia sifatida qabul qilingan edi. Ammo bilmagan ekanmiz, haqiqiy fojia bizni endi kutib turgan ekan.

FOJIA(MI?)

Hozir Dilshod Nuraliyev va uning jamoasi haqida istagancha tanqidiy fikr bildirish mumkin. Ko‘taradi. Chunki shunga yarasha natija qayd etdi. Ammo murabbiy va futbolchilar nechog‘lik aybdor? Hammasini ularning gardaniga tashlash kerakmi? Buni endi alohida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Ochig‘i, shaxsan o‘zim 16 yoshli futbolchilarni yaxshi bilmayman. Ular hali oliy liga tugul birinchi ligada ham ko‘zga tashlanmagan, shunday ekan, qanday tanish mumkin? Shuning uchun tarkib va murabbiy tanlovi haqida vaziyatdan yaxshi xabardor bo‘lganlar gapirgani ma’qul. Men hozir boshqa masalaga e’tiborni qaratmoqchiman.

MASALA

Ko‘ngilsiz natijada murabbiy va futbolchilar qay darajada aybdor bo‘lsa, jamoaga yaxshi sharoit yaratib bera olmaganlar ham shu darajada aybdor. O‘smirlarimiz uchun Saudiya Arabistoni safari qay darajada to‘g‘ri tashkil etildi? Mana shu masalada ancha shubha bor. Masalan, saralash bahslari 18 sentyabrda boshlandi, jamoa esa bor-yo‘g‘i ikki kun qolganda, safarga chiqdi. Hozir Toshkentda ob-havo biroz salqin, nari borsa 25-26 daraja iliq. O‘yinlar bo‘lib o‘tgan Ar-Riyod shahrida esa 37 daraja jazirama bo‘layotganini ko‘pchilik bilsa kerak. Har holda arab o‘lkasining issiq iqlimi tillarda doston bo‘lgan. Boz ustiga u yerdagi namgarchilikni inobatga oladigan bo‘lsak, «hammom» effektini tasavvur qilib olish qiyin emas. Bunday sharoitda ko‘nikmagan odam uchun yugurish tugul, hatto nafas olish ham og‘ir bo‘ladi. Nahotki mahalliy iqlimga ko‘nikish uchun besh-olti kun oldin borish mumkin bo‘lmagan?

UCHISH

Ammo bu ham hali hammasi emas. Terma jamoa musobaqa o‘tadigan shaharga yetib borgunga qadar boshidan o‘tkazgan voqealardan alohida kitob yozsa bo‘ladi. Futbolchilar Toshkentdan avval Jiddaga uchishlari, so‘ng Ar-Riyod shahriga mahalliy reys bilan yo‘l oladigan boshqa samolyotga o‘tirishlari kerak edi. Biroq chipta olishda bir narsa inobatga olinmagan - reyslar orasida bor-yo‘g‘i 2 soatlik tafovut bo‘lgan. Tabiiyki, jamoa ham tranzit yo‘lakchasidan tezda o‘ta olmagan va Jiddadan Riyodga uchadigan samolyotga kech qolgan. Ammo bu juda katta muammo emas edi. Boisi shaharlar orasida samolyot qatnovi tez-tez amalga oshadi va nari borsa 1-2 soatdan so‘ng boshqa reys bilan poytaxtga yetib olish mumkin bo‘lgan.

Lekin nima uchundir delegasiya boshlig‘i boshqacha qaror  qabul qiladi va uzoq safarga avtobusda chiqishni ma’qul ko‘radi. Oqibatda ikki kundan so‘ng muhim o‘yinda maydonga tushadigan futbolchilar avtobusda 12 soat (!) yo‘l bosib, Ar-Riyod shahriga yetib kelishadi. Agar yo‘lda avtobus ikki marta buzilib qolgani va ikki soatga yaqin to‘xtab qolganini aytmasak ham, 16 yoshli futbolchilar duch kelgan qiyinchilikni tasavvur qilib olsangiz kerak.

Endi bir o‘ylab ko‘ring, bunday sharoitda futbolchilar o‘yinga qadar tiklanib ulguradimi?

YANA BIR MUAMMO

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:05, 03.10.2017. O'qildi: 3325 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик