Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 09.05.2026 00:00
      • Levante
      • 3:2
      • Osasuna
      • 09.05.2026 17:00
      • Elche
      • 1:1
      • Alaves
      • 09.05.2026 19:15
      • Sevilya
      • 2:1
      • Espanyol
      • 09.05.2026 21:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Selta
      • 10.05.2026 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:2
      • Betis
      • 10.05.2026 17:00
      • Malyorka
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 10.05.2026 19:15
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Valensiya
      • 10.05.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Xetafe
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • -:-
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 09.05.2026 16:30
      • Liverpul
      • 1:1
      • Chelsi
      • 09.05.2026 19:00
      • Fulhem
      • 0:1
      • Bornmut
      • 09.05.2026 19:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 09.05.2026 19:00
      • Sanderlend
      • 0:0
      • Man. Yunayted
      • 09.05.2026 21:30
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Brentford
      • 10.05.2026 18:00
      • Byornli
      • 2:2
      • Aston Villa
      • 10.05.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Nyukasl
      • 10.05.2026 18:00
      • Kristal Pelas
      • 2:2
      • Everton
      • 10.05.2026 20:30
      • Vest Xem
      • 0:1
      • Arsenal
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Lids
  • «A» Seriya
      • 09.05.2026 18:00
      • Kalyari
      • 0:2
      • Udineze
      • 09.05.2026 21:00
      • Lasio
      • 0:3
      • Inter
      • 09.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 0:1
      • Yuventus
      • 10.05.2026 15:30
      • Verona
      • 0:1
      • Komo
      • 10.05.2026 18:00
      • Cremonese
      • 3:0
      • Piza
      • 10.05.2026 18:00
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Jenoa
      • 10.05.2026 21:00
      • Parma
      • 2:3
      • Roma
      • 10.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Atalanta
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Kristal Pelas 35 44
15 Nottingem Forest 36 43
16 Lids 35 43
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Barselona» o‘ng qanotidagi «yangi motor»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona»ning Nelson Semeduni xarid qilishi «Arsenal» muxlislari tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olingandi. Zero ular Belyerinning Londondan Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi mumkinligidan xavotirda edilar.

Hozirga kelib esa «Barsa» muxlislarini muhim bir savol qiynay boshladi: «Semedu Belyerin va Sidibedan ko‘ra mahoratliroqmi? Asosiysi, Nelson o‘ng qanotda Dani Alveshning o‘rnini bosa oladimi?»

Semedu Jorje Mendeshning mijozi ekanligi esa kataloniyaliklar xavotirini yanada kuchaytiradi - taniqli agent ishtirokidagi transferlarning aksariyati sarflangan xarajatlarni oqlay olmagan.

Demak, Semedu «Barsa» uchun omadli xaridmi? Bu savolga javob topishga urinib ko‘ramiz. Ma’lumki, o‘ng qanot himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun «Barsa» uch nafar nomzodni mo‘ljallayotgandi. Nelsinyoning «Arsenal» va «Monako»dagi kasb­doshlaridan birinchi ustunligi - o‘tgan mavsumda ulardan ko‘ra ko‘proq maydonga tushdi.

To‘g‘ri, Portugaliya chempionati APL va Fransiya 1-ligasidan kuchsizroq. Ammo samara borasida ustunlik yana Semedu tomonida - u 6ta samarali uzatmani amalga oshirgan, Belyerin va Sidibening ko‘rsatkichlari mos ravishda 4 va 5ga teng. Raqiblaridan to‘pni olib qo‘yishda ham portugaliyalik himoyachi fransiyalik va ispaniyalik kasbdoshlaridan faolroq.

Bundan tashqari, «Benfika» vakili aniqlik borasida ham oldinda - har bir o‘yinda o‘rtacha 50ta «pas»ni amalga oshiradi. Belyerin va Sidibening natijalari biroz kamtarona. Qolaversa, Valverde o‘z an’anasiga sodiq qolgan holda nomdorlar ortidan chopmadi, balki Dani Alveshga o‘xshash uslubda doimo oldinga intiladigan himoyachini xarid qildi.

Shuning­dek, Nelsinyoning harakatlari yosh Roberto Karlosning «Palmeyras» va «Inter»dagi o‘yinlarini eslatadi. Ammo uni o‘tgan mavsumdagi Karvaxal bilan taqqoslaganda, «Real» vakili ustunlik qiladi. Himoya chizig‘idagi ishonchli harakatlari va jamoadoshlarini qulay vaziyatga olib chiqish bobida Daniel oldinroqda. Semedu kuchli zarba yo‘llash qobiliyatiga ega, garchi ancha sustkash bo‘lsada, Dani Alveshdan intizomliroq.

Shu paytga qadar «Barsa» himoyasining o‘ng qanotiga bir qator nomdor o‘yinchilar - Moria Fernandes, Srna, Kanselu, Soaresh, Uoker va Oryeni mo‘ljallashgandi.

Asta-sekin nomzodlar soni kamayib bordi. Yakunda «Arsenal» Belyerinni saqlab qoldi, Sidibeni jamoa o‘ziga loyiq ko‘rmadi. Shu tariqa kataloniyaliklar Semeduni tarkibga qo‘shib olishdi. Vaholanki, «MYU», «Chelsi» va «Bavariya» himoyachiga xaridor bo‘lishgandi.

«Barselona» portugaliyalik himoyachi uchun 30 mln. yevro (shartnoma bahosidan 1,5 baravar ko‘proq) sarfladi. Bitim muddatini 2021 yilga qadar uzaytirganlarini inobatga olsak, qimmat emas. 24 yoshga chiqmagan Semedu Portugaliya terma jamoasi tarkibida 8ta uchrashuv o‘tkazdi. Jumladan, Konfederasiyalar kubogida Meksikaga qarshi maydonga tushib, qizil kartochka tufayli bahs­ni muddatidan avval tugatdi.

Nelson ikki marta Portugaliya chempioni, mamlakat va liga kubogi, superkubok sohibi. Uning kolleksiyasida «Yil shiddati» sovrini ham bor. Portugaliyaning ushbu nufuzli sovriniga o‘z vaqtida Xalk, Koentrau, Gaytan, Xames, Vilyam Kar­valyu va Renatu Sanshesh sazovor bo‘lishgandi.

Portugaliya vakillarining «Barsa»dagi ishtiroki

«Evropalik braziliyaliklar» deya ulug‘lanadigan yurtning Kataloniya grandi tarkibidagi vakillari soni 9 nafarga yetdi. Buyuk sardor va «xoin» Figu ularning eng nomdori. Kuarejmani o‘z salohiyatidan to‘liq foydalana olmagan, deyish mumkin. Deku o‘rtamiyona saviyada to‘p surdi.

So‘nggi chiziqda Vitor Bayi paydo bo‘lgandi. Shuningdek, himoyachi Koutu, yarim himoyachilar Simau va Andre Gomesh ham yodimizda. Joze Albertu - Angolada tug‘ilib, Portugaliyada voyaga yetgan «Barsa»ning dastlabki futbolchisi. Bularning orasida faqat Deku hamda Figu asosiy tarkibda yolchib to‘p surishga muvaffaq bo‘lishgan. Qolganlar faoliyatlariga ijobiy baho berish qiyin.

Semedu yangi Alvesh bo‘la oladimi?

Portugaliyaning to‘qqizinchi vakili sifatida «Barsa» sharafini himoya qilayotgan Semedudan Dani Alveshning o‘rnini to‘ldirish talab etiladi. Bu esa ancha­yin jiddiy vazifa. Boisi, oldinda 30 yoshli Messi harakat qiladi, uni himoyaviy majburiyatlardan ozod etishgan. Leoning ayrim kamchiliklarini Rakitich yopib yuradi.

Shunga qaramay, Alveshning o‘rnini to‘ldirishning ilojini topsa bo‘ladi. Sababi - Alvesh afsona darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsada, o‘ta qo‘pol himoyachi. Faoliyatining oxirigacha bu illatdan qutula olmasa kerak. Semedu esa ancha kamtar, itoatkor o‘yinchi. Maydondagi tezkorlik, texnika va raqiblarga yon bermaslik bo‘yicha Danidan kam emas. «Barsa»dek nomdor jamoaning yoqimtoyiga aylanish uchun tinmay ter to‘kish kerakligini yaxshi tushunadi.

Semedu nomzodining xavotirli jihatlari

Yangi shogirdining o‘ng qanotdagi harakatlarini Valverde puxta ishlab chiqishi, kuchli va zaif jihatlarini e’tibordan qochirmasligi lozim. Masalan, Semedu o‘z darvozasi yaqinidagi pozision o‘yinda xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bundan tashqari, murabbiy Pikening sport formasi talab darajasida emasligini ham inobatga olishi shart.

Avvallari Jerar o‘ng qanotning qalqonlaridan biri edi. Hozir o‘yinning boshidan oxirigacha yuksak saviyada to‘p sura olmayapti. Albatta, o‘zining reydlari va aniq uzatmalari bilan Nelson hujum shiddatini oshirishi aniq. Ammo o‘ng qanot himoya­sida uning yolg‘izlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda, Semedu o‘z o‘yinini topolmay, kataloniyalik muxlislar uchun ikkinchi Andre Gomeshga aylanishi mumkin. Chunki Nelson Jorje Mendeshning mijozi, dastlabki omadsizlik har qanday muxlisda shunday fikr uyg‘otadi.

Nelson - Ronaldu agentining navbatdagi «fokus»imi?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:01, 10.10.2017. O'qildi: 18044 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Астон Вилла Olli Uotkins 12
9 Борнмут Eli Junior Krupi 12
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик