Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prevyu: «Mash’al» - «Nasaf»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Prevyular
Rukn: Yangiliklar
A A A

Vohamiz futbol ishqibozlari XXVI O‘zbekiston chempionatining 26-turida viloyat derbisiga guvoh bo‘lishadi. Aslida bu tur derbilarga boy hisoblanadi.

Uchrashuv 26 oktyabr payshanba kuni Muborak shahridagi “Bahrom Vafoyev” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Derbi maqomiga ega uchrashuv, soat 16:00da start oladi.

O‘zPFL  26-tur

“Mash’al” (Muborak) - “Nasaf” (Qarshi)

26.10.2017. “B.Vafoyev” stadioni.16:00da

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)

Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov (Buxoro), Abdurahmon Qo‘ldoshev (Buxoro),

Zaxira hakami: Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobur Xaydarov.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi chempionat bahslari 2002 yildan boshlangan. Shu yili jamoamiz har ikkala uchrashuvda ham muborakliklarni bir xil 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Jamoamiz safida “gazchilar” darvozasini birinchi ishg‘ol etgan futbolchi Nu’mon Hasanov hisoblanadi.

“Mash’al” hamda “Nasaf” jamoalarining o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlasak, o‘tkazilgan 29ta o‘yinning 15 tasida "ajdarlar" zafar quchganligining guvohiga aylanamiz. "Mash’al" vakillari esa 8 bor g‘alaba qozonishgan. Qolgan oltita bahsda tomonlar murosa yo‘lini tanlashgan. E’tiborli jihati, barcha durang natijalar Muborakda qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham mos ravishda “Nasaf” futbolchilari ustunlik qilishmoqda: 47-27.

Bu jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida eng ko‘p, besh marotaba qayd etilgan hisob - 2:0. Bu jamoalar o‘zaro bahslashganda ikki bor nursiz durang qayd etilgan. Qolgan barcha uchrashuvlarda muxlislar gollarga guvoh bo‘lishgan.

Birinchi davradagi G‘uzorda o‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvda “Nasaf” kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Uchrashuvdagi yagona golni Islom Rashidxonov kiritgan.

Muborakdagi uchrashuvlarga oid faktlar

Mazkur jamoalar Muborakda shu paytgacha o‘zaro 14 marta kuch sinashishgan. Shularning 2tasida “Nasaf” g‘alabaga erishgan, xolos. 6 uchrashuvda durang va yana 6 uchrashuvda mag‘lub bo‘lganmiz. Muborakdagi o‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga  jami 30ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Mash’al” tomonida – 17:13.

“Ajdarlar” oxirgi marta Muborakdan 2005 yili (murabbiy Oleg Morozov) g‘alaba bilan qaytishgan (2:0). O‘shanda Zafar Xolmurodovning “dubl”i “Nasaf”ga uch ochko keltirgan edi. Bu tarixiy g‘alabaga  ham 12 yil bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdan keyin futbolchilarimiz Muborakda 1tadan ko‘p gol ham ura olishmagan.

“Nasaf” - “Mash’al” uchrashuvida eng yirik hisob 2007 yilda qayd etilgan. O‘shanda muboraklilar 4:1 hisobida g‘olib chiqishgan. 2004 yilgi aynan Muborakda o‘tgan o‘yinda darvozalarga 7 ta gol kiritilgan (4:3).

Qani ko‘ramiz, bu safar jamoamiz Muborakdagi 12 yillik “qora an’ana”ga chek qo‘yarmikan.

Ikkala jamoada ham to‘p surgan futbolchilar haqida

Agar “Nasaf” va “Mash’al” jamoalari tarkibiga e’tibor qaratsak, qiziq holatga guvoh bo‘lamiz. Ayni paytda bu jamoalarda to‘p surayotgan ayrim futbolchilar vaqtida  ikki jamoada ham to‘p tepishgan.

Hozirgi paytda “Mash’al” safida o‘ynayotgan Botir Qorayev, Kenja To‘rayev, Mirzakamol Kamolovlar vaqtida “Nasaf” tarkibida to‘p surishgan. Zohir Qo‘ziboyev esa “Nasaf-2” tarkibida o‘ynagan.

“Nasaf”ning hozirgi futbolchilaridan Jasur Hasanov, Shaxboz Erkinov, Sanjar Quvvatovlar vaqtida “Mash’al” jamoasi sharafini himoya qilishgan.

Raqiblar o‘tgan turni qanday o‘tkazishdi?

“Nasaf” joriy chempionatda mana yetti uchrashuvki, o‘z darvozasidan gol o‘tkazmasdan g‘alabaga erishib kelmoqda. Jamoamiz o‘tgan 25-tur uchrashuvida “Dinamo”ni yirik 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. 25 uchrashuvdan so‘ng, 50 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

“Mash’al” o‘tgan turda Olmaliqning “Olmaliq” jamoasi bilan bahs yuritdi. Unda 2:1 hisobida maydon egalari g‘alaba qozonishgan. “Mash’al” 25 uchrashuvdan so‘ng 35 ochko bilan turnir jadvalining 8-pog‘onasida bormoqda.

“Mash’al” jamoasining to‘purarlari haqida

Muborakliklar o‘tgan 25 uchrashuvda raqiblari darvozasiga 30 marta to‘p kiritishdi. O‘z darvoazalaridan esa 27ta to‘p olib chiqishgan.

30ta to‘pni “Mash’al”ning 12ta o‘yinchisi o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ayni paytda jamoaning to‘purari Humoyun Murtazoyev bo‘lib turibdi. Uning hisobida 7ta gol bor.

Yoshlar bahsi haqida

Jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 25 oktyabr chorshanba kuni bo‘ladi. Uchrashuv soat 15:30da  “B.Vafoyev” kichik stadionida o‘tkaziladi.

Demak, bo‘lajak voha derbisi har har doimgidek murosasiz kurashlarga boy uchrashuv bo‘ladi. Futbol ishqibozlariga ana shunday muhim va qiziqarli bahsni o‘tkazib yubormang deb qolamiz.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:52, 25.10.2017. O'qildi: 2819 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик