Urugvaylik hujumchi “Kamp Nou” shanba kuni bo‘lib o‘tgan “Malaga”ga qarshi bahsda ajoyib vaziyatni ko‘kka sourganligi va o‘yinni samarasiz o‘tkazganligi bilan yodda qoldi. Umuman olganda, ushbu mavsumda “Barselona”ning urugvaylik hujumchisi oldingi sport formasidagi o‘yinini ko‘rsata olmayapti. Goal nashri buning sabablarini qidirib ko‘rdi.
“Barselona” g‘alaba qozonishda davom etomoqda, Luis Suares esa gol urmaslikda. Ernesto Valverde shogirdlari “Malaga” ustidan 2-0 hisobida ustun keldi. Suares esa navbatdagi quruq o‘yinini o‘tkazdi.
“Barsa” o‘tgan mavsumda La Liga doirasida safarda yengilib qaytgan, uyida esa bazo‘r durangga imzo chekkan edi. Ushbu raqib bilan o‘yinlarda yo‘qotilgan 5 ochko Luis Enrike jamoasiga chempionlikni taqdim etishi mumkin edi.
“Real Madrid” afsonalaridan biri bo‘lgan Michel “La Rosaleda”da “Barsa”ni yengib, “qaymoqranglilar”ga chempionlik poygasida yordam berib yuborgan edi. Boz ustiga, La Liganing so‘nggi turida Zidan jamoasiga yengilib, “Real”ning 2012-yildan beri yutolmay kelayotgan sovrinni yutib olishiga o‘z hissasini qo‘sha oldi.
“Barselona” 2015-yil fevral oyida ham “Malaga”ga ...
Davomi