Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birlashgan Arab Amirliklari qanday raqib?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kuz fasli, yanada aniqroq aytsak, noyabr oyi Osiyoda mavsum oxiri hisoblanadi. Shuning barobarida oltin kuzda yirik turnirlar saralash bahslariga navbat beriladi - ahamiyatli o‘yinlarga.

Bu yil esa vaziyat sal boshqacha. JCH-2018 saralashi yakunlangach, noyabr oyi OFK tarkibidagi yetakchi jamoalar uchun o‘rtoqlik o‘yinlari davriga aylandi.

Misol uchun, Rossiya-2018 mundialiga birinchilardan bo‘lib yo‘l ochgan Eron termasi 9 noyabr kuni panamaliklarga qarshi o‘ynagan bo‘lsa, kecha Vensuela milliy jamoasi bilan kuch sinashdi.

Yaponlar esa ancha nomdor raqiblarni tanlashdi - Braziliya (10 noyabr) va Belgiya (14 noyabr) termalarini. Saralash guruhida bizni yana bir bora armonda qoldirgan koreyslar 10 noyabr kuni Kolumbiya termasi bilan o‘ynashdi va endi serblarga qarshi maydonga tushishadi.

Saudiya Arabistoni termasi ham munosib sparring-raqiblar topdi - Portugaliya (10 noyabr) va Bolgariya (13 noyabr). Bular - OFKdan JCHga yo‘l olgan  jamoalar.

Biz kabi mundial yo‘llanmasidan quruq qolgan BAA termasi esa 10-kuni Gaiti jamoasi bilan o‘ynadi. Umuman, terma jamoamiz ham endi o‘rtoqlik o‘yinlari tashkillashga alohida e’tibor qaratishi shart.

Chunki oldimizda Osiyo kubogi-2019 turibdi. Demak, 2018 yil uchun «o‘toqlik»lar loyihasini hozirdan tayyorlash maqsadga muvofiq.

Bugungi raqibimizga kelsak, milliy jamoamiz 1996-2014 yillar oralig‘ida BAA termasi bilan jami 15 marta to‘qnash kelgan. Shu o‘yinlardan 6tasi o‘rtoqlik maqomida bo‘lib, ularning barchasi mehmonda tashkillashtirilgan.

Aytish o‘rinli, shu kunga qadar milliy jamoamizga eng ko‘p ro‘baro‘ bo‘lgan raqib ham aynan BAA termasidir. 1996 yil 19 va 26  noyabr. Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti - Abu-Dabidagi «Zayd Sport Siti» arenasida XI Osiyo kubogi oldidan ikki jamoa o‘rtasida birdaniga 2ta «o‘rtoqlik» uyushtirilgandi.

Ayni o‘sha uchrashuvlar ayniqsa, biz uchun katta ahamiyat kasb etardi. Zero, jamoamiz Osiyo futbolining bosh musobaqasida debyut qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.

Qolaversa, 19 noyabr kuni milliy jamoamizning chinakam o‘rtoqlik o‘yinlari hisobi ochilgandi. O‘sha tarixiy o‘yinda bosh murabbiy Bahodir Ibrohimov quyidagi tarkibga tayangandi: Pavel Bugalo (Dmitriy Bashkevich, 46), Tohir Madrahimov (Ravshan Bozorov, 46), Farhod Magometov, Eduard Mamotov (Nikolay Shirshov, 70), Ulug‘bek Ro‘zimov, Sergey Lebedev, Ilhom Sharipov, Stepan Atoyan, No‘’mon Hasanov, Shuhrat Maqsudov (Azamat Abduraimov, 75), Dilmurod Nazarov.

Yodingizdami? BAA termasiga qarshi ko‘plab o‘yinlarimiz o‘ta hayajonli o‘tgan. Birinchi navbatda, Shuhrat Maqsudovning maydondan chetlatilgani-yu, Maksim Shaskixning ajoyib goli yodga tushadi.

1997 yil 27 sentyabr. JCH-98 saralashi biz uchun birinchi murakkab sinov bo‘lgandi. 1994 yili Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan ko‘plab yigitlarimiz katta hayajonda borlarini berib o‘ynashgani yodimizda.

Deylik, «Paxtakor» stadionida BAA termasiga qarshi kechgan bahs o‘sha saralash sikli doirasidagi eng dramatik o‘yin bo‘lgandi. Tezkor gol urgan (10-daqiqada) vakillarimiz 37-daqiqada ustunlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Lekin Mirjalol Qosimov penaltidan foydalanolmagandi. Aynan shu omadsizlikdan 3 daqiqa o‘tmay turib, 3 nafar futbolchimiz ogohlantiriladi, ayniqsa, Shuhrat Maqsudovga ko‘rsatilgan «qizil» og‘ir botgandi.

O‘sha vaziyatda eronlik hakam Jalol Moradi raqib futbolchilari hiylasiga uchganini o‘yinni ko‘rgan xolis muxlislar yaxshi eslashadi. Xullas, shu omil sababmi, ikkinchi bo‘limda hammasi mutlaqo o‘zgarib ketib, mehmonlar ketma-ket 3ta gol urishgandi.

Ravshan Bozorovning 90-daqiqada darvozabon xatosidan foydalanib urgan goli esa natijaga ta’sir o‘tkazolmagan. 1999 yil 27 noyabr. Livanda tashkillashtirilgan Osiyo kubogi saralash bosqichiga muayyan mamlakatlar mezbonlik qilgan.

Xullas, terma jamoamiz chekiga BAAda murakkab sinovdan o‘tish tushadi. Maksim Shaskix tomonidan 71-daqiqada urilgan golga qadar hammasi BAA termasi foydasiga ishlayotgandi.

O‘sha golgacha va undan keyin ham Andrey Fyodorov boshchiligidagi himoya chizig‘imiz o‘z oldidagi vazifani sharaf bilan uddalagandi. Otabek Pirmatov esa o‘yinda Odil Ahmedovdek «stopper» rolini ideal darajada bajargandi.

Xullas, futbolchilarimiz raqibning turli provokasion harakatlariga berilmay, ortga Osiyo kubogi yo‘llanmasi bilan qaytishadi. Marhum bosh murabbiy Mahmud Rahimovning qisqa muddatda bajargan ishi qit’ada munosib baholangani ham esimizda.

Uni yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etishadi. Afsuski, Mahmud aka bu kunlarni ko‘rmadi. Mash’um avtohalokat uni oramizdan olib ketdi.

BAA qanday raqib?

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 08:27, 14.11.2017. O'qildi: 5731 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.