Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Hafta o‘yinlari: Madrid, Rim va London derbilari!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Erudit SPORT” quyida tomoshabop o‘tishi kutilayotgan to‘rt to‘qnashuvni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi:

ROMA” – “LASIO”

18 noyabr, shanba, soat: 22:00

TV-translyasiya: «Sport TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

53 G‘ALABA 57 DURANG 38 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Roma” – “Lasio” 2:0 va 1:3

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Roma” – “Lasio”

327,10 million yevro VS 201,95 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

O‘zaro uchrashuvlar tarixi shuni tasdiqlaydiki, “Lasio” va “Roma” mavsumga qanday tayyorgarlik ko‘rmasin “Rim derbisi” kurashlarga boy o‘tgan. Klublarni shug‘ullantirayotgan murabbiylarning ishiga ham mazkur to‘qnashuv orqali baho berilgan hatto. Jamoalarning joriy mavsumda ko‘rsatayotgan o‘yini to‘qnashuv yanada shiddatli o‘tishiga ishoradek go‘yo. “Burgutlar”ning ishtahasi karnay, “Bo‘rilar”ning “ko‘zi qonga” to‘lib turibdi. Simone Indzagi va Eusebio Di Franchesko tanlagan taktika ham hujumga asoslangan: “Roma” 4-3-3, “Lasio” 3-5-2 sxemasida harakatlanyapti. Qo‘shimcha qilish kerakki, “Lasio”ni mehmonda to‘xtatib bo‘lmayapti: oxirgi olti uchrashuvda o‘n sakkiz ochko. Ustiga-ustak, o‘sha o‘yinlarda raqiblar darvozasini kamida ikki marta ishg‘ol etyapti. O‘z navbatida, maydon egalari mustahkam himoya evaziga ochko yo‘qotmayapti. O‘n bir turda faqat to‘rt raqibgina “Roma” darvozasiga yo‘l topgan.

 

NAPOLI” – “MILAN”

18 noyabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyasiya: «Sport TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

41 G‘ALABA 44 DURANG 54 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Napoli” – “Milan” 4:2 va 2:1

Imkoniyat: 40/30/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Napoli” – “Milan”

353,90 million yevro VS 340,80 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

So‘nggi o‘yinda nursiz durangga imzo chekib, ikki ochko yo‘qotgan “Napoli” ustidan “mag‘zava ag‘darish”ga ulgurishdi. Maurisio Sarri uni ko‘klarga ko‘tarmasliklarini so‘raganda qoqildi. Ertagi uzoqqa cho‘zilmasligini kutib yurganlar talaygina ekan. Shunday ekan, maydon egalari Montellaning “Milan”iga qarshi matchda ham o‘z so‘zini aytishi kerak. Keyingi mavsumlarda ustunlik “Ko‘klar” tomoniga o‘tgani qo‘l kelishi ehtimoli yuqori. O‘sha olti matchning 67 foizi “Napoli”ning, 17 foizi “Milan”ning g‘alabasi bilan yakunlangan. Boshqacha aytganda, “Qizil-qoralar” uch yildan buyon nomdor raqibi oldida ojiz. Bir vaqtning o‘zida kursisi qimirlab qolgan Vinchenso Montellaning yutqazishga haqqi yo‘q. “Qizil-qoralar” nima bo‘lgan taqdirda ham darvozaga zarba yo‘llash, to‘p nazorati va aniq uzatmalar ko‘rsatkichi bo‘yicha A Seriyada yetakchi “Napoli”ni to‘xtatishi talab etiladi. Xo‘sh, maydon eagalari 24 matchga yetgan g‘alabali seriyani davomlaydimi yoki mehmonlar uch yillik “an’ana”ni buzadi?

 

“ATLETIKO” – “REAL”

18 noyabr, shanba, soat: 00:45

TV-translyasiya: «UzReport TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

39 G‘ALABA 35 DURANG 86 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Atletiko” Madrid – “Real” Madrid 0:3 va 1:1

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Atletiko” Madrid – “Real” Madrid

509,50 million yevro VS 743,80 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

Shanba oqshomida muxlislarni Madridda ham ajoyib derbi kutmoqda. Tabiiyki, “Atletiko” va “Real” o‘rtasidagi bu to‘qnashuv ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘ladi. Tan olish kerak, mavsum avvalida tomonlarning o‘yinida pasayish kuzatildi. “Matraschilar” durangdan boshi chiqmagan bo‘lsa, “Qirollik klubi” allaqachon o‘n ochkodan ayrildi. Zidan esa jamoa inqirozga uchramaganini ta’kidlashdan charchamayapti. “Madrid derbisi” ushbu so‘zlarni amalda isbotlash uchun qulay fursat. Qizig‘i, murabbiy Diyego Simeone ham tanqid toshlariga ko‘milgan. “Matraschilar” himoyaviy o‘yinga shunchalar mukkasidan ketganki, bittadan ortiq to‘p kiritish ta’qiqlangandek, bir gol bilan kifoyalanmoqda. Masalan, Primera doirasidagi o‘n bir turning to‘rt o‘yinida bittadan ko‘proq gol urgan xolos. Bir vaqtning o‘zida “Real”ni tamoman boshqa muammolar qiynayapti: jamoa yetakchilarining foydali ish koeffisiyenti tushib ketdi. Xullas, turnir jadvalida uchinchi-to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishib turgan klublar to‘qnashuvi tomoshabop o‘tadi.

 

“ARSENAL” – “TOTTENXEM”

18 noyabr, shanba, soat: 17:30

TV-translyasiya: «Futbol TV»

O‘zaro uchrashuvlar:

64 G‘ALABA 45 DURANG 51 G‘ALABA

So‘nggi uchrashuv: “Arsenal” – “Tottenxem” 1:1 va 0:2

Imkoniyat: 30/40/30

Jamoalarning transfer qiymati:

“Arsenal” – “Tottenxem”

508 million yevro VS 551 million yevro

O‘yin haqida ikki og‘iz:

 Joriy turda “London derbisi”da “chempionlar poygasi”ga qaytishni ko‘zlayotgan “Arsenal” kimsan “Real” Madridga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan “Tottenxem”ning imtihonidan o‘tadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, ammo “Arsenal” o‘z maydonida o‘n o‘yindan beri raqiblarini quruq qo‘l bilan qaytaryapti. “Taqachilar” esa so‘nggi marta “Emiraytes”da uch ochkoni qo‘lga kiritganiga yetti yil bo‘ldi. Ya’ni, Maurisio Pochettino “Tottenxem” postida “To‘pchilar” maydonida uch ochkoga ega chiqmagan. Bundan tashqari, raqiblarning natijalarida “er bilan osmonchalik” farq mavjud emas. Birinchidan, darvozaga zarba berishdagi ko‘rsatkich “Taqachilar”da 17,4, “To‘pchilar”da 16,7ga teng. Ikkinchidan, har ikki jamoa a’zolari asosan to‘pni maydon markazida ushlab turishni ma’qul ko‘radi (44 foiz). Uchinchidan, muvaffaqiyatli uzatmalar bobida mezbonlar 84,1 foiz, mehmonlar 83,9 foizlik aniqlikda harakatlanadi.

Ulug‘bek RAHMONQULOV, «Erudit Sport» gazetasi.

Manba: erudit-sport.uz
Kiritildi: 22:11, 17.11.2017. O'qildi: 9997 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.