Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Valensiya 24 26
15 Jirona 23 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intrigasi so‘nggan derbilar yoxud o‘tgan haftaga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Terma jamoalarning JCH saralashidagi ishtiroklari tufayli yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan so‘ng Yevropa klublari dam olish oqshomlariga o‘zgacha fayz kiritishni davom ettirdilar.

Angliya. Shimoliy London derbisi va Kontening soqoli

«Arsenal» va «Tottenxem» o‘rtasidagi Shimoliy London derbisi APL­da turning markaziy bellashuvi sifatida e’tirof etilgandi. Muxlislar jangovar hamda murosasiz kurashga umid qilishgandi. Biroq birinchi bo‘limdayoq bahsga bo‘lgan intriga deyarli qolmadi. To‘g‘ri, mehmonda bo‘lishlariga qaramay, «taqachilar» o‘yinni dadil boshlashdi, Petr Chex darvozasi oldida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirib, keyin­chalik 2ta to‘p o‘tkazib yuborishdi: avvaliga Shkodran Mustafi Ozilning standartdan amalga oshirgan uzatmasini golga aylantirdi, to‘rt daqiqa o‘tib, Aleksis Sanches Aleksandr Lyakazett tomonidan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Tanaffusdan so‘ng mehmonlar mag‘lubiyatdan qutulib qolishga harakat qilgan bo‘lishsada, golli vaziyatlarni yarata olishmadi. Faqatgina bir marta Erik Dayer bosh bilan ajoyib­ zarba yo‘lladi. Biroq Chex xatoga yo‘l qo‘ymadi.

Yetakchi o‘rinlarda borayotgan barcha jamoalar bu turda g‘alabani tantana qilishdi. Peshqadam «Manchester Siti» Lesterda mezbonlarga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 2:0. «Chelsi» esa «Vest Bromvich»ni yirik hisobda (4:0) mahv etdi. «Ko‘klar» ustozi Antonio Konte esa APLdagi yubiley - 50-uchrashuvi arafasida soqol qo‘yganini ma’lum qildi. «Endi faqat jamoam mag‘lubiyatga uchraganida soqolimni olaman. Umid qilamanki, mavsumni ulkan soqol bilan yakunlaymiz», - dedi italiyalik mutaxassis.

«MYU» - «Nyukasl» (4:1) bahsida ham e’tiborli voqelar kuzatildi. Tizzasidan jarohatlanib maydonga tushmayotgan Zlatan Ibragimovich apreldan beri ilk marta ko‘rinish berdi. U 77-daqiqada Martialning o‘rnini egalladi.

Ispaniya. Zerikarli Madrid derbisi va «Barselona» rekordi

Poytaxt derbisi maqomini olgan «Atletiko» - «Real» bellashuvi ham katta qiziqish uyg‘otgandi. Biroq jamoalar muxlislar ishonchini oqlay olishmadi - uchrashuv nursiz durang bilan yakun topdi. «Qirollik klubi» Zidan rahbarligida ilk marta safar uchrashuvida raqib darvozasiga yo‘l topa bilmadi. Bu omadsizlik «hindu» Antuan Grizmanning «quruq» seriyasi oldida hech gap emas. Fransiyalik to‘p­urar 723 daqiqadan buyon gol urolmayapti! Shu bois, muxlislar uni hushtakbozlik bilan «siylashdi». Lekin Diyego Simeone shogirdini himoya qildi: «Meni oilaning har bir a’zosini hurmat qilishga o‘rgatishgan. Antuan ahil oilamiz a’zosi». Uchrashuvda xavf­li vaziyatlar deyarli bo‘lmadi. Hakam ikki marta to‘p qo‘l bilan o‘ynalgani uchun penalti belgilashi mumkin edi. Ammo bunga uning jur’ati yetmadi.

«Barselona» esa ta’qibchilarning ochko yo‘qotishlaridan unumli foydalanib, oradagi farqni oshirdi. Peshqadam Leganesdan yirik g‘alaba va qimmatli 3 ochko bilan qaytdi. Faqat «Valensiya» tirishqoqlik bilan «Barsa»ni quvishda davom etmoqda. Jamoa bu turda Barselonada «Espanyol»ni yengdi. Shubha yo‘kki, hozircha mag‘lubiyat alamini totib ko‘rmagan ikki yetakchining 26 noyabr oqshomidagi o‘zaro qarama-qarshiligi barchaning e’tiborida bo‘lishi aniq. Aytgancha, «Leganes»ga qarshi bahsda «dubl»ga erishgan Luis Suares La-ligadagi gollarini 90taga yetkazib, gollandiyalik Patrik Klyuyvertga tenglashib oldi. Shuningdek, mazkur turdan keyin «Barsa» o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha jamoa rekordini yangiladi. Ortda qolgan 12ta uchrashuvda 4ta gol qo‘yib yuborilgan. Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen 8ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini ta’minladi.

Italiya. Videotakrorlar va «Yuventus»ning «qoqilishi»

Ichki chempionat bellashuvlari italiyalik muxlislarga terma jamoa omadsizligini unutishlarida vosita vazifasini o‘tagan bo‘lsa, ajabmas. Navbatdagi tur qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tdi: poytaxtdagi derbi, Neapoldagi «Napoli» - «Milan» bahsi, «Yuventus»ning ikkinchi mag‘lubiyati. Katta qiziqishga sabab bo‘lgan Rim derbisida «A» seriya to‘purari Chiro Immobile 4-daqiqadayoq gol urdi. Biroq u o‘yindan tashqari holatda bo‘lgani bois, hakam golni inobatga olmadi. «Roma» esa ikkinchi bo‘limning dast­labki daqiqalarida 2 marta darvozani ishg‘ol qildi. Uchrashuv tugashiga 20 daqiqa qolganida «Lasio» ham penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi - uchrashuv hakami videotakrordan foydalanish evaziga Kostas Manolasning o‘z jarima maydonchasida to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligini aniqladi. Chiro esa «nuqta»dan zarba yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ymadi. Hisobdagi farq qisqargan bo‘lsada, «Lasio» mag‘lubiyatdan qutulib qolishga ulgurmadi.

Neapoldagi bellashuv ham 2:1 hisobida nihoyasiga yetdi. U yerda ham hakamlar videotakrorlarga murojaat qilishga majur bo‘lishdi. Ikkinchi bo‘limda Lorenso Insinye Donnarumma bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, uni ham aldab o‘tgandi. Ayni shu pallada qanot hakami bayroqchasini ko‘tarib turgandi. Shu bois, bosh hakam «kino»ni tomosha qilishni maqul ko‘rib, yordamchi kasb­doshining qarorini bekor qildi - Insinye o‘yindan tashqari holatda emasdi. Keyinchalik Donnarumma jamoani bir necha marta muqarrar gollardan saqlab qoldi. Lekin Petr Zelinskining zarbasi qarshisida ojiz qoldi. Ertasiga neapollik muxlislar Genuyadan xushxabar olishdi: mahalliy «Sampdoriya» o‘z uyida «Yuventus»ni mag‘lub etdi. Natijada «Napoli» chempiondan 4 ochkoga o‘zib ketdi. «Inter» «Atalanta»dan 3 ochkoni tortib olib, ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

«Yuve»ning mavsumdagi ikkinchi omadsizligi «Benevento»ning oldida «dengizdan tomchi». Ne-ne orzu-umidlar bilan elitaga chiqqan debyutant hisobida hanuzgacha ochko yo‘q. Mazkur turda jamoa ilk ochkoni qo‘lga kiritishga juda yaqin turgandi. Ammo hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida «Sassuolo» ana shu yagona ochkoni ham tortib oldi. Xullas, 13 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan «Benevento» «kuchli beshlik»dagi antirekordni yangiladi. E’tiborlisi, shu paytga qadar bu noxush unvon «MYU»ga (12ta o‘yinda 12ta mag‘lubiyat) tegishli edi. «Qizil iblislar» shunday omadsizlikni 1930 yili qayd etishgandi.

Germaniya. Xaynkesning rekordi va Obameyangning chetlatilishi

Peshqadamlikni qaytarib olgan «Bavariya» bu turda qatorasiga beshinchi zafarni nishonladi. U o‘rtamiyona «Augs­burg» darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi. Jumladan, Robert Levandovski «dubl»ga erishib, ta’qibchi Obameyangdan uzoqlashib oldi. E’tiborlisi, navbatdagi 3 ochko bilan «Bavariya» bundesligada birinchi bo‘lib 3000lik marrani zabt etdi! 1965 yildan shu kungacha jamoa 1784ta uchrashuv o‘tkazib, 3001 ochko to‘pladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Yupp Xaynkes esa chempionatdagi 500-g‘alabasini nishonladi - 174 marta futbolchi, 326 marta murabbiy sifatida.

Dortmundning «Borussiya»si esa hanuzgacha o‘z o‘yinini topolmayapti. Bu gal Peter Bosh shogirdlari «Shtutgart»dan yengilib, oxirgi beshinchi uchrashuvda ham mag‘lubiyatni tan olishdi. Buning natijasida jamoa turnir jadvalining 5-pog‘onasiga tushib ketdi. Qo‘shimchasiga, jamoaning eng yaxshi futbolchisi mashg‘ulotga kech qolgani uchun jamoadan chetlatildi. Ehtimol, Pyer-Emerik Obameyang maydonga tushganida g‘alaba qozonisharmidi... Shtutgartdagi omadsizlikdan so‘ng Obameyangning «Tottenxem»ga qarshi bahsda maydonga tushishi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu turda «Verder»ning mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonlagani e’tiborga molik. Jamoa o‘z uyida «Gannover»ni yirik (4:0) hisobda yeng­di.

Fransiya. Jardimning bolakaylarga hujumi va «PSJ» «tarsakisi»

Chempionatda yaqqol peshqadamlik qilayotgan «PSJ» sovrinlarga da’vogar «Nant»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 4:1. «Dubl»ga erishgan Kavani esa Falkaodan ikki ballga o‘zib, to‘purarlar poygasida yetakchiga aylandi.

«Monako» esa o‘rtamiyona «Amyen»dan uch ochko olishga ojizlik qildi - 1:1. Tabiiyki, chempion murabbiy Leonardu Jardimni jangovar durang mutlaqo qoniqtirmadi. U alamini maydon chetida to‘pni keltirib beruvchi bolakaylarga sochdi: «Biz fransuz futbolining nufuzini tushirmasligimiz lozim. Biroq to‘pni yetkazib beruvchi bolakaylar sustkashlikka yo‘l qo‘yib, tezkor hujumlar uyushtirishimizga xalal berishmoqda. Bu yerda to‘rt yildan beri ishlayapman. Bizni xorijdagi muxlislarimiz ham tomosha qilishadi. Bunday bema’nigarchilikdan keyin ular Fransiya chempionatini havaskorlar birinchiligi deyishlari aniq».

Nima ham derdik, chempion bo‘lishdan ko‘ra, bu unvonni himoya qilish ancha qiyinroq. Murabbiyning holatini tushunish mumkin.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 18:19, 24.11.2017. O'qildi: 2605 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.