Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maykl Ouen: «Qaysi ishga qo‘l ursam, debyutda omadim chopardi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Liverpul» hamda «MYU»da munosib to‘p surgan Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Ouen yaqinda Stan Collumore Show teledasturida ishtirok etdi.

«Oltin to‘p» sohibi musohaba chog‘i xususan, «uch sherlar» safidagi debyutini esladi, JCH-98da Argentina termasi darvozasiga yo‘llagan ajoyib golini esa hayoti davomida kuzatilgan eng zavqli voqea sifatida ta’rifladi.

- Maykl, kecha «Uimbldon» o‘yinini kuzatib, bir voqeani esladik: APLdagi ilk golni shu jamoa darvozasiga urganding. Shuningdek, kuch-salohiyatiga to‘la ishonadigan yigitchadek tasavvur uyg‘otganing ham esimizda. Aytchi, o‘sha vaqt yaqin kelajak - 1997 may -1998 iyun oralig‘ida seni oldinda ulkan voqealar kutayotganini sezganmiding?

- Hayotda nimalar bo‘lishini oldindan bilish mumkinmi? Faqat aytishim kerak, qaysi ishga qo‘l ursam, debyutda omadim chopardi. Deylik, o‘smirlar termasida ham, Angliya milliy jamoasida ham shunday bo‘lgan.

Maqtanishni yoqtirmaymanu, lekin 12-19 yosh oralig‘ida chindan ham, mamlakatning eng yaxshi futbolchisi edim. Keyinchalik eng sara futbolchilar qatorida o‘ynadim.

- Professional futbolga moslashish jarayoni qanday kechdi, jamoa uslubiga moslashganingni qachon his etding?

- Futbolchi mashg‘ulotlarga kirishganidan keyin asta-sekin yangi jamoa uslubi, sur’atiga ko‘nikib boradi. Shu jarayon ortidan rasmiy debyut, dastlabki gol keladi. Bora-bora o‘z mahoratingga nisbatan shubha-gumonlar yo‘qoladi.

Shaxsan men Sten Kollimor va Robbi Fauler kabi usta ijrochilar bilan yonma-yon o‘ynayotganimdan baxtiyor edim. Dastlabki samarali harakatlar va goldan keyin yanada kuchliroq g‘ayrat-shijoat bilan ishga sho‘ng‘idim.

Chunki oldimda nav­batdagi cho‘qqi - terma jamoa turardi. Uning safida to‘p surish shunchaki, xomxayol emasligini angladim. To‘g‘ri, bunga qurbim yetish-etmasligi haqida o‘ylab ham ko‘rmagandim.

Miyamda bitta savol charx urardi: «Buning uchun nima qilishim kerak?»

- Umuman, 1996-1997 yillarda jahon chempionatida o‘ynashni o‘ylaganmisan? Ehtimol, bor e’tiborni faqat «Liverpul» safidagi o‘yin­larga qaratgandirsan...

- Ha, o‘sha vaqt terma jamoa libosini kiyish hattoki, xayolimga kelmagandi. Axir tarkibda qanday yulduzlar to‘p surishganini bir eslab ko‘ring - o‘ta kuchli jamoa shakllangandi.

- Darhaqiqat, Dion Dablin, Nik Barmbi, Alan Shirer, Teddi Sheringem, Endryu Koul, Robbi Fauler, Ian Rayt, Les Ferdinand...

- Ha, Les Ferdinand, qanday fantastik yulduzlar.

- Ular har mavsum  20talab gol urishar, bir nechta pozisiyada birdek ishonchli harakatlanishardi.

- Hozir 20ta gol urish asnosida terma jamoadan joy hozirlash imkoni bor. Bundan 20 yil oldin esa 30ta gol ham taklif olishga kafolat sanalmasdi.

- Deylik, Endi Koul holati kabi...

- To‘g‘ri, u o‘z klubida har mavsum 30talab gol urardi. Ammo bu JCHga borishini anglatmasdi. Xullas, shunday futbolchilarni kuzatib, beixtiyor «Menga yo‘l bo‘lsin» qabilida o‘ylaganim ham rost. Ya’ni nimadandir umidvor bo‘lishga cho‘chiganman.

«Liverpul»da yarim yil to‘p surgach esa, bu vazifani uddalay olishga ishonchim ortdi. Tan olaylik, o‘sha davr ingliz futboli yuksak saviyada edi. Terma jamoa o‘z uyidagi Yevro-96da muvaffaqiyatli qatnashganida tarkib ajoyib ijrochilarga to‘la bo‘lganini eslang.

Shunday jamoadan chaqiruv olish ulkan baxt hisoblanardi. Eng asosiysi, men uchun debyut chempionat nafaqat o‘zim, balki oilamga ham chinakam faxr tuyg‘ularini hadya etdi.

- JCH-98 «zayavka»siga kiritilganingni eshitgach, qay ahvolga tushganding?

- Ispaniyada tashkillashtirilgan yig‘inga 27 yoki 28 nafar futbolchi borgandi. Yakuniy ruyxatdan 23 kishi joy olishini bilardim. Demak, kimlardir uyga qaytishlari aniq. Yakunda har birimizni suhbat uchun murabbiy xonasiga chaqira boshlashdi. Ochig‘i, o‘sha daqiqalarda...

- ...APLning eng yaxshi to‘purari sifatida «Oltin butsa» sohibiga aylanganding va...

- Ha, mundialga boradigan tarkibdan joy olishimga shubha qilmayotgandim. Tez orada Gaskoyn tarkibdan chetda qolgani bois, xonada g‘avg‘o ko‘targani haqida gap-so‘z tarqaldi. Natijada navbatdagi futbolchini qabul qilish yarim soatga kechiktirildi.

Shu voqea barchamizni xavotirga soldi: «Gaskoyn tarkibga kiritilmagan ekan, bizga yo‘l bo‘lsin?!»  Biroq ko‘p o‘tmay, shubhalar tumandek tarqadi - murabbiy huzuriga kirganim hamono u gapni cho‘zib o‘tirmadi:

«Termada joying naqd. Dastlabki o‘yinlarda ilk daqiqalardan maydonga tushirish haqida va’da berolmayman. Lekin musobaqada o‘zingga yarasha rol bajarishingga imkon yarataman, albatta.

Boshida zaxiradan maydonga tushasan. Asosiy tarkibdan joy olishing ham mumkin, faqat buning uchun Shirer va Sheringemdan yaxshiroq o‘ynashing talab etiladi. Faollikni oshir...».

- Imkoniyat va vaqt kutish hissiyo­ti qanday bo‘larkan?

- Guruh bosqichini Tunis termasiga qarshi o‘yin bilan boshladik. Maydonga tushganimda, 2:0 hisobida oldinda borayotgandik. Ya’ni o‘yin taqdiri deyarli hal bo‘lgandi. Men uchun oltin lahzalar ruminlar bilan bo‘lgan keyingi o‘yinda keldi.

Uchrashuv tugashiga deyarli yarim soat qolganida, jamoamiz 0:1 hisobida yutqazayotgandi. Maydon chetida mashq qilar ekanman, bitta xayol miyamdan ketmadi: «Shaylan, bu sening imkoniyating».

Havo ancha issiq bo‘lib, futbolchilar charchab qolishgandi. Murabbiyga tez-tez qarab, uning ishorasini kutdim. Biroq u beparvo edi, vaqt esa o‘tib borardi...

- Xullas, yugura-yugura charchading...

- Yo‘q, kuta-kuta zerikdim. Loaqal yarim soat o‘ynashga umid bog‘lagandim. Oxirgi 20 daqiqa. Kutishning cheki yo‘qdek tuyuldi. Nihoyat, maydonga tushdim va shu zahoti to‘p men tomon keldi. Uzoq o‘ylab o‘tirmay, darvozaning olis burchagini nishonga oldim.

Bilasizmi, JCHdek turnirda vatan sharafini himoya qilayotib, urgan goling ta’riflanmas hissiyotlarni tortiq etadi! Xullas, o‘sha lahzadayoq zaxira vakili ekanligimni unutdim, o‘zimni jamoaning bir qismi va musobaqaning to‘laqonli ishtirokchisidek his qila boshladim.

O‘ylaymanki, ayni o‘sha zarba boshlang‘ich tarkibdan joy olishim yoki Sheringem va Shirer ortida navbat kutib o‘tirishim masalasiga oydinlik kiritdi.

- Guruh bosqichi muvaffaqiyatli yakunlangach, nimchorak finalda Argentina termasiga duch keldinglar. Buni alohida ahamiyatli uchrashuv sifatida qabul qildingmi yoki...?

- Ochig‘i, shaxsan men uchun navbatdagi bellashuv edi. Misol uchun, raqib safidagi o‘yinchilarni so‘rashsa, lo­aqal 5 nafari nomini ham aytolmasdim. Menimcha, uchrashuvlarga to‘g‘ri yondashganman.

Umuman, raqib vakillarining o‘yinchilik xususiyatlari meni zarracha qiziqtirmasdi. Fikrim oddiy edi - «Ulardan tezkorroqman, albatta, gol uraman». Aynan qo‘rquv hissidan yiroqligim foyda bergani aniq.

Xullas, Argentina termasi qanday raqibligiyu, kuchli va zaif jihatlari haqida hech narsa bilmasdim. Shu tufayli ham 100 foiz tayyorgarlik bilan maydonga tushganimni baralla ta’kidlay olmayman, albatta. Ammo faqat o‘z kuchim va mahoratimga ishonganim samarasiz ketmagandi.

- Natijada o‘ta chiroyli va takrorlanmas gol urding. To‘pni qabul qilgach, nimalar haqida o‘ylaganing yodingdami?

- Bekxem to‘p uzatgan vaqt maydon markazida turgandim. Qolaversa, Ayya­laning mendan olisda qolganini ham payqamaganman. Lekin yonimda himoyachi borligini aniq his qilganman:

«Shu ta’qibchidan o‘tib ketishim shart. Agar buni uddalasam, darvozaga yaqinlashish imkoniyati tug‘iladi». Biroq futbolda vaziyat soniyalar ichida o‘zgarib turadi. Qarasam, oldimda faqat bir himoyachi bor - u ham darvozaga yaqin joyda.

Xullas, dadil olg‘a borish lozimlini tushundim. Chunki shunday holatda himoyachi meni to‘xtatolmasdi. To‘p bilan oldinga intilganimda, Skoulz yonimda kelayotganini sezdim. Ammo jarima maydoniga undan avvalroq yaqinlashdim.

- Keyin uzatmaga hojat qolmadi.

- Ha, to‘pni unga oshirgandan ko‘ra, darvozani nishonga olishni ma’qul ko‘rdim, zarba yo‘llashda sira ikkilanmadim. Ortga qaytayotganimda esa, ko‘ngildagiday gol urganimni o‘yladim.

- Naqadar kamtarlik...

- Ishoning, xayolimdan faqat shu fikr o‘tdi. Ha, gol chiroyli chiqdi, muhimi, biz 2:1 hisobida oldinga o‘tib oldik. Bir zumda jamoadoshlarim qurshovida qoldim. Aslida kimning qayerda o‘tirganidan umuman bexabar edim.

Biroq maydon markazida turgan holda, qo‘limni musht qilgancha yuqori ko‘tardim va muxlislar tomon qaradim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, 30000dan ortiq odam orasida avvalo, otam va onamni ko‘rdim.

- Fantastika!

- O‘sha gol hayotimdagi eng zo‘r, unutilmas lahzalarni tortiq qildi. Afsuski, yakunda imkoniyatni boy berdik. Alamli ko‘z yoshlari... Glen Xoddl ro‘yxush bermagan bo‘lsada, avtobus yonida yaqinlarimiz bilan uchrashdik.

O‘sha yerda ota-onam ko‘nglimni ko‘tarishga urinishdi: «Aftidan, endi hayoting hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi!» Darhaqiqat, o‘sha goldan keyin hayotim butunlay o‘zgarib ketdi. U meni dunyoga tanitdi.

- Vaholanki, «Liverpul»da o‘ynab yurgan yosh yigitcha eding. Hozir esa yuksak mavqega ega malakali ekspert maqomiga egasan. Bu sohadagi ishlaringga muvaffaqiyat tilaymiz.

- Rahmat, menda hammasi joyida!

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:15, 01.12.2017. O'qildi: 2421 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик