Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10124 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3132 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Kapadze: «Chiroyli ketish ham bir san’at»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbek futbolining eng nomdor vakillaridan biri, O‘zbekiston terma jamoasi safida 119ta uchrashuv o‘tkazgan Temur Kapadze futbolchilik faoliyatini tugatdi. Yakunlangan mavsumni «Lokomotiv» jamoasi sardori sifatida o‘tkazgan farg‘onalik futbolchi o‘tgan yilda bo‘lgani kabi «temiryo‘lchilar» safida «oltin dubl»ga erishdi. U ketishga eng qulay fursat sifatida aynan 2017 yilni tanladi.

Vaholanki, tajribali yarim himoyachi yana bir-ikki yil yuqori saviyada o‘ynay olardi, lekin butsalarini chempion sifatida ilishga qaror qildi. Faoliyatini «Neftchi»da boshlagan Kapadze keyinchalik navbati bilan «Paxtakor», «Bunyodkor», «Inchxon Yunayted» (J. Koreya), «Sharja» (BAA), «Aktobe» (Qozog‘iston) kabi klublarda to‘p surdi.

36 yoshli mahorat sohibi shu paytgacha 12 karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. To‘qqiz marotaba O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi. «Aktobe» safida Qozog‘iston chempionligiga erishdi.

Shuningdek, milliy jamoamizda ham uzoq yillar davomida barqaror o‘yin namoyish etdi. 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi finali Kapadze uchun professional faoliyatidagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.

U jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab tushgan bahsda «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni mag‘lub etib (1:0), bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, Kapadze ortda qolgan mavsumda oliy ligada 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urdi. Biz faoliyatidagi so‘nggi rasmiy o‘yinini o‘tkazgan futbolchini suhbatga chorladik.

- Temur, futboldan ketish haqidagi qarorga qachon keldingiz: mavsum avvalida rejalashtirganmidingiz yoki bunday fikr chempionat yakunlanishi arafasida tug‘ildimi?

- Bu haqda gapirish men uchun juda qiyin. Har holda gap sevimli mashg‘ulotim va kasbim xususida ketyapti. O‘ttiz yillik ovunchog‘im desam ham bo‘ladi. Futboldan ketish haqida joriy mavsum startida o‘ylashni boshladim, yakuniy to‘xtamga esa ikkinchi davra oxirlarida keldim. Bu qanchalik qiyin qaror ekanligi yolg‘iz o‘zimga ayon.

- Bu borada kim bilan maslahatlashdingiz?

- Yuqorida aytganimdek, ketish haqida qaror chiqarish oson bo‘lmadi. So‘nggi 12 oy davomida faqat shu haqda o‘yladim. «Yana bir mavsum o‘ynab, keyin tugatsammikan?», degan fikr ham bo‘ldi. Oxir-oqibat faoliyatimni yakunlash haqidagi qarorga uzil-kesil kelganimdan so‘ng bundan birinchi navbatda otamni xabardor qildim. Ikkovlon uzoq maslahatlashdik. Bu mavzuda do‘stlarim bilan ham gaplashdik. Ular «Hali erta, yana bir-ikki yil bemalol o‘ynay olasan, bunga jismoniy holating ham imkon beradi», deyishdi. Lekin meni tinglaganlaridan so‘ng ular ham qarorimni qo‘llab-quvvatlashdi. Ahdim qat’iy ekanini tushunib yetishdi.

- Do‘stlaringiz aytganidek, yana bir-ikki yil to‘p surishingiz mumkin edi. Yoki faoliyatingizni g‘alabali onlarda yakunlashga ahd qildingizmi?

- Xuddi shunday. To‘g‘ri, hali bemalol o‘ynashimga ko‘zim yetardi. Biroq faoliyatimni yuqori notada va eng asosiysi, zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmagan holatda tugatishni ma’qul ko‘rdim. Qolaversa, yoshim ham 37ga qarab ketayotgandi. Yaqin orada asosiy tarkibdan chetda qolishim hech gap emasdi. Ana shu omillarni inobatga olsak, qarorim to‘g‘ri va ayni vaqtda qabul qilindi. Albatta, maydonni qo‘msayman, 20 yil davomida o‘zbek futboli rivoji uchun baholi qudrat xizmat qildim. Buni qanchalik uddaladim, xolis bahoni muxlislar berishadi.

- Ortga nazar tashlab, futbolchilik faoliyatingizga umumiy xulosa bersangiz.

- Taqdirimdan umrbod minnatdorman. Bir futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan sovrinlarni qo‘lga kiritdim. Yaratganga ming shukrki, shuncha yillik mehnatim besamar ketmadi. Faoliyatim davomida 12 marta O‘zbekiston chempionligini nishonladim, to‘rtta turli jamoalar safida 10ta kubok sohibiga aylandim. «Paxtakor» tarkibida MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari chempionlari kubogida bosh mukofotni qo‘lga kiritdim. «Aktobe» libosida Qozog‘iston chempioni bo‘ldim, aynan o‘sha yili Qozog‘iston birinchiligining eng yaxshi legioneri, deb topildim. Bu nominasiya g‘olibini barcha ishtirokchi klublar bosh murabbiylari aniqlashgandi. Ushbu mamlakatdagi 12ta jamoa safida kamida 7 nafardan xorijlik futbolchi bo‘lganini inobatga olsak, bu men uchun katta yutuq edi. O‘z navbatida, Janubiy Koreya K-ligasida o‘tgan bir mavsum ham men uchun katta maktab bo‘ldi.

- Futbolchilik siz uchun kasbmidi yoki xobbi?

- Millionlar o‘yini - sevimli kasbim. Agar xobbi bo‘lganida, 37 yoshgacha professional darajada to‘p surmasdim.

- Futbolni tanlaganingizdan hech afsuslanganmisiz?

- Aslo afsus chekmaganman. Ha, juda qiynalgan paytlarim bo‘lgan, lekin bariga sabr-qanoat qilganman. Tushkunlikka tushgan paytlarim astoydil ter to‘kishdan, o‘z ustimda ishlashdan to‘xtamadim. Agar irodam mustahkam bo‘lmaganida, hozir siz bilan bu mavzuda gaplashmasdik. Albatta, istalgan sohaning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari bo‘ladi. Hech narsaga osonlikcha erishilmaydi.

- Futboldan topganlaringiz deyarli ma’lum. Aksincha, yo‘qotganlaringiz ham bo‘ldimi?

- Bilasizmi, agar inson nimagadir erishaman, deb o‘z oldiga maqsad qo‘ysa, juda ko‘p narsalardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. O‘z misolimda aytsam, bolaligim tengqurlarimdagi kabi oddiy kechmagan. Chunki bo‘sh vaqtning o‘zi deyarli bo‘lmasdi. O‘rtoqlarim bilan o‘ynashga, maktab va institutda risoladagidek tahsil olishga, oila a’zolarim davrasida bemalol suhbatlashib o‘tirishga imkon topilmasdi. Kunim o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, nazorat va rasmiy uchrashuvlar, safarlar, umuman, futbol bilan o‘tardi. Bir so‘z bilan aytganda, 25-30 yil davomida millionlar o‘yini bilan yashadim. Bu gaplarim futboldan beziganimni anglatmaydi. Shunchaki, nimagadir erishish uchun o‘zingizga qadrli bo‘lgan narsalardan voz kechishingizga to‘g‘ri kelar ekan. Shunisi aniqki, agar o‘shanda vaqtimni qolgan ishlarga sarflaganimda, bugungidek yutuqlarga erisholmasdim.

- Milliy jamoadagi faoliyatingizdan ko‘nglingiz to‘lganmi?

- Yo‘q, umuman to‘lmagan. Terma libosida 119ta uchrashuvda maydonga tushdim. Ha, bu aksariyat futbolchilar uchun orzu hisoblanadi. Lekin shuncha o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsamda, amalda aytishga arzigulik hech narsaga erishmadim. Mamlakat bosh jamoasi safida hech bo‘lmasa, bitta sovrinni qo‘lga kiritishni juda xohlardim, niyat qilardim. Afsuski, orzum armonga aylandi. Jahon chempionati final bosqichiga chiqqanimizda ham boshqa gap edi. Bu vazifani ham uddalay olmadik.

- Temur Kapadze o‘zining xayrlashuv shou uchrashuvini o‘tkazadimi? Agar javobingiz «ha» bo‘lsa, bu o‘yinni qanday ssenariy ostida tashkillashni istaysiz?

- Buni har doim o‘ylaganman. «Faoliyatim yakunlanganidan keyin xayrlashuv o‘yinini qay tarzda o‘tkazaman?», deb o‘zimga ko‘p savol berardim. Aslida, niyatim ham, orzum ham so‘nggi o‘yinni terma libosida o‘tkazish bo‘lgan. Afsuski, bunday baxt menga nasib etmadi. Lekin Yaratganga shukrki, «Lokomotiv» jamoasi safida mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazib, futbolni yuqori notada tark etdim. Jamoamiz g‘alaba qozongan kubok finalidan so‘ng futbol muxlislari bilan chiroyli tarzda xayrlashdim. Agar o‘sha bahsda yutqazganimizda, xayrlashuv uchrashuvi ham tatimasdi. Boz ustiga, O‘zbekistonning eng chiroyli va ko‘rkam stadionida, yigirma mingga yaqin muxlis ko‘z o‘ngida professional faoliyatimdagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazdim. Menimcha, bunday bahsni ssenariy asosida ham tashkil qilolmaysiz. Bir narsani hech ikkilanishsiz aytaman, futbolchilik davrim har tomonlama chiroyli o‘tdi.

- Futbolsiz hayotni qanday tasavvur qilyapsiz?

- Millionlar o‘yinidan ketmadim va nasib qilsa, hech qachon ketmayman ham. Qo‘limdan keganicha o‘zbek futbolini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida astoydil xizmat qilaman. Ha, bu ishlarni o‘yinchi sifatida amalga oshira olmayman. Ammo murabbiylik sohasida terma jamoalarimizga iste’dodli yoshlarni yetkazib berishga intilaman, futbolchilik davrida to‘plagan boy tajribamni futbolimiz taraqqiyotiga sarflayman. Maydonga tushmaganimga bir hafta bo‘ldi, lekin hozirning o‘zida uni sog‘ina boshladim. Ko‘nikish biroz qiyin kechsa kerak.

- Do‘stingiz Server Jeparov bilan birga murabbiylik kursida tahsil oldingiz. Bu sohadagi faoliyatni qachon boshlamoqchisiz?

- Ha, Server bilan murabbiylik kursida zo‘r ishtiyoq bilan o‘qidik. Ikkimiz uchun ham juda qiziqarli jarayon bo‘ldi. Muxlislarga ma’lumot sifatida shuni aytishni istardimki, faoliyatimni kelasi yildan «Lokomotiv»da yordamchi murabbiy sifatida boshlayman. Bu taklifni menga klub rahbariyati va murabiylar shtabi berishdi. Shunday ajoyib chorlov uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Qo‘limdan kelganicha yaxshi ishlashga, ishonchni oqlab, yuzlarini yerga qaratmaslikka harakat qilaman.

- Bolalar bilan ishlaysizmi yoki kattalar jamoasini afzal bilasizmi?

- Hozircha «Lokomotiv»ning asosiy jamoasida bosh murabbiyga yordamchi bo‘lib ishlayman. Keyinchalik ko‘ramiz, balki vaqti kelib bolalarni ham shug‘ullantirarman. Shunisi aniqki, kelasi yildan murabbiylikdagi faoliyatim boshlanadi, navbati bilan ushbu sohada tahsil olishni davom ettiraman. Baxtimga futbolchilik faoliyatim davomida tajribali mutaxassislar qo‘l ostida o‘ynadim. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Endi ana shu bilimni amaliyotga tatbiq etaman.

- Qaysi murabbiylarning ish uslubini ma’qul ko‘rasiz?

- Ko‘proq «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola, «Atletiko» ustozi Diyego Simeonening uslublarini qadrlayman. Shuningdek, «Real»dagi Zayniddin Zidanning ishlashi ham yoqadi. Qolaversa, Joze Mourinyodan o‘rganadigan jihatlar bisyor. Ularga o‘xshashga intilaman. Ushbu mutaxassislar qo‘l ostidagi jamoalar o‘yinini muntazam ravishda kuzatib, uchrashuv davomida murabbiylar qo‘llayotgan taktikalarni yon daftarchamga yozib boraman.

- Faoliyatingiz davomida o‘ynagan klublaringizda raqamlarga alohida e’tibor qaratganmisiz yoki buning siz uchun ahamiyati bo‘lmaganmi?

- «Paxtakor»ga kelganimda «18»ni berishgandi. O‘shandan beri u men uchun qadrli bo‘lib qolgan. Boshqa o‘ynagan jamolarimda ham shu raqamni olishga harakat qilganman. Termada ham an’anaga sodiq qoldim.

- Sizningcha, O‘zbekiston milliy jamoasiga xorijlik mutaxassis tayinlanishi kerakmi yoki yana mahalliy murabbiyga suyangan ma’qulmi? Shaxsan kimni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?

- To‘g‘risini aytsam, hozirgi holatda xorijdan murabbiy kelgani ma’qul. Chunki o‘zimizdan tayinlansa, muxlislar orasida «Yana o‘zinikini tortyapti, tanish-bilishchilik qilyapti», degan gap-so‘zlar boshlanadi. Xorijdan kelsa, bu bir tomondan termaga chaqiriladigan futbolchilarga tashqaridan bosim o‘tkazmaydi.

- Legioner sifatida Qozog‘iston va Janubiy Koreya klublarida o‘ynadingiz. Xorijdagi faoliyatingizdan ko‘nglingiz to‘lganmi?

- Albatta. Men ham aksariyat futbolchilar singari Yevropa klublarida o‘ynashni xohlardim. Ozmi-ko‘pmi Qozog‘iston chempioni - «Aktobe» safida yevrokuboklarda to‘p surdim. Shu jamoa tarkibida mamlakat chempioni, mavsumning eng yaxshi legioneri bo‘ldim.

- Suhbatimiz so‘ngida qalbingizga tugib qo‘ygan so‘zlaringiz bo‘lsa, bemalol aytishingiz mumkin...

- Avvalambor, Yaratganga ming shukr. Va albatta, ota-onamga rahmat. Fursatdan foydalanib, futbolchi sifatida shakllanishimga, o‘ziga yarasha yutuqlarni qo‘lga kiritishimga sababchi bo‘lgan murabbiylarimga, ham klub, ham termada yelkama-elka to‘p surgan do‘stlarim, jamoa rahbarlariga, kunning isig‘ida ham, sovug‘ida ham bizni yolg‘izlatib qo‘ymagan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa, tanilishimizga sababchi bo‘lgan jurnalistlarga ham tashakkur!

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:05, 25.12.2017. O'qildi: 2358 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.