Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston U23 terma jamoasi Xitoyga katta maqsadlar bilan yo‘l olyapti

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Yoshlar va o‘smirlar t.j. / O‘zbekiston U-22
Rukn: Intervyular
A A A

Bugun O‘FF anjumanlar zalida U-23 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi hamda terma jamoa futbolchilari ishtirokida OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Avvalroq xabar berilganidek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 5 yanvar kuni ushbu Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov musobaqaga jo‘nab ketish oldidan terma jamoa yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani va Xitoyga yaxshi kayfiyatda yo‘l olayotganini ta’kidladi.

"Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rdik. Ayni damda terma jamoaga eng munosib hamda har tomonlama kuchli 23 nafar futbolchini jalb etdik. Osiyo chempionatida faqat yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Terma jamoaga sharoit yaratib bergan, mashg‘ulotlar va xorij yig‘inlarini tashkil etgan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi rahbariyatiga katta rahmat. Biz oldimizga katta vazifa va maqsadlar qo‘yganmiz. Osiyo chempionatiga faqat g‘alaba va chempionlik uchun yo‘l olayapmiz", - deydi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Biz turnirda munosib tarzda ishtirok etishni etishni maqsad qilganmiz. Boisi, bungacha o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari Osiyo chempionatiga yo‘llanma olisha olmadi. Bu esa, bizga ikki karra mas’uliyat yuklaydi. Buni barcha his qilmoqda”.

“Tailanddagi turnir biz uchun juda ham foydali bo‘ldi. U yerda nafaqat natija, balki taktik va uslubiy jihatdan ham ancha muvaffaqiyatga erishdik. Turnir davomida turli taktik usullarni amalda sinadik. Ancha foydali va har tomonlama kerakli turnirda ishtirok eta oldik deb o‘ylayman”, - dedi Haydarov.

“Xitoyga uchib ketish oldidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdik. Qolaversa, Qarshida “Nasaf” bilan ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushdik va buning uchun ushbu uchrashuvlarni o‘tkazishda bizga labbay deb javob bergan “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyevga katta tashakkur. Ushbu uchrashuvlardan so‘ng tarkib borasida bir to‘xtamga keldik va tarkibni tanladik”.

Ushbu matbuot anjumanida ishtirok etgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilari ham musobaqa oldidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Zabihillo O‘rinboyev (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori): “Turnirda yaxshi ishtirok etib, barchani xursand qilishga harakat qilamiz. Musobaqaga faqat g‘alaba uchun yo‘l olamiz”.

Javohir Siddiqov (yarim himoyachi): “Aytishim mumkin, biz rasmiy musobaqalarda ishtirok etadigan yagona terma jamoa hisoblanamiz. Bu biroz yoqimsiz bo‘lsa ham, haqiqat. Bu esa, bizga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Biz ham muxlislar ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Turnirda faqat chempionlik uchun kurashamiz”.

Doston Hamdamov: (hujumchi): “Ushbu musobaqada munosib ishtirok etishni va yurtimizga yaxshi natijalar bilan qaytishni maqsad qilganmiz. Barchaning e’tibori bizda va biz ham shunga yarasha muxlislarni xursand qilishni istaymiz”.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 14:23, 30.12.2017. O'qildi: 7617 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик