Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 17.08.2025 00:30
      • Alaves
      • 2:1
      • Levante
      • 17.08.2025 00:30
      • Valensiya
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 17.08.2025 20:00
      • Selta
      • 0:2
      • Xetafe
      • 17.08.2025 22:30
      • Atletik Bilbao
      • 3:2
      • Sevilya
      • 18.08.2025 00:30
      • Espanyol
      • 2:1
      • Atletiko
      • 19.08.2025 00:00
      • Elche
      • -:-
      • Betis
      • 20.08.2025 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 17.08.2025 18:00
      • Chelsi
      • 0:0
      • Kristal Pelas
      • 17.08.2025 18:00
      • Nottingem Forest
      • 3:1
      • Brentford
      • 17.08.2025 20:30
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Arsenal
      • 19.08.2025 00:00
      • Lids
      • -:-
      • Everton
  • Superliga
      • 17.08.2025 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Surxon
      • 17.08.2025 19:00
      • Mash’al
      • 1:0
      • Andijon
      • 17.08.2025 20:15
      • Bunyodkor
      • 2:1
      • Buxoro
      • 18.08.2025 19:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Qizilqum
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Surxon 19 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

18/08/25 Xorazm - Qizilqum

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1676 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 633 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.08.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      14:00 Новости футбола.
      14:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Фатих Карагюмрюк".
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Эюпспор".
      18:10 Новости футбола.
      18:15 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Фламенго".
      20:15 Новости футбола.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Палмейрас".
      22:20 Новости футбола.
      22:25 Д/ф "Лионель Месси".
      23:25 LIVE Чемпионат Турции. "Касымпаша" - "Трабзонспор". Прямая трансляция.
      01:25 "Третий тайм". Артём Молодцов.
      01:50 Новости футбола.
      01:55 Чемпионат Турции. "Гёзтепе" - "Фенербахче".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 LIVE Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Крузейро". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.08.2025

      05:10 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Shortcut. Гонка 2.
      05:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 5 на автодроме "Moscow Raceway". Спортпрототип CN. Гонка 2.
      06:15 Д/ф "Жизнь - подарок!".
      07:00 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Автоспорт. Дрифт. RDS GP. Этап 5 на автодроме "Красное кольцо".
      10:30 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Акробатические группы.
      13:15 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      13:55 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      16:15 "Культовые".
      16:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:00 Дзюдо. "Большой шлем" Улан-Батора в Монголии. День 1.
      20:45 "Тайны звёзд спорта".
      21:15 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      23:20 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Произвольная программа. Финал.
      00:25 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Смешанные дуэты. Произвольная программа. Финал.
      01:30 "Культовые".
      02:00 Автоспорт. Чемпионат России. Этап 4 на автодроме "Moscow Raceway". SMP Formula 4. Гонка 1.
      02:40 Автоспорт. G-Energy СМП РСКГ Эндуранс. Кубок России. Этап 3 на автодроме "Moscow Raceway".
      04:50 "География спорта". Норильск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.08.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Виктория Комова.
      11:25 "Культовые".
      11:55 LIVE Бокс. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      15:00 Специальный репортаж.
      15:20 Новости.
      15:25 Есть тема! Прямой эфир.
      16:50 "География спорта". Норильск.
      17:20 "Лучшие из лучших".
      17:55 Новости.
      18:00 Смешанные единоборства. UFC 319 в Чикаго, США. Дрикус Дю Плесси против Хамзата Чимаева.
      19:10 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      20:10 LIVE Громко. Прямой эфир.
      21:25 LIVE Футбол. Лига Пари. "Торпедо" (Москва) - "Урал" (Екатеринбург). Прямая трансляция.
      23:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:50 LIVE Футбол. Чемпионат Испании. "Эльче" - "Реал Бетис". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 "Культовые".
      03:30 Матч! Парад.
      04:00 Футзал. Суперкубок России. "Ухта" - КПРФ (Москва).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.08.2025

      05:15 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      06:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      07:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      09:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      10:00 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 2.
      10:45 Велоспорт. Женщины. Тур Романдии в Швейцарии. Этап 3.
      11:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 1.
      12:00 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MX2. Гонка 2.
      12:30 Мотоспорт. Мотокросс. Чемпионат мира. Этап 16 в Уддевалле, Швеция. Класс MXGP. Гонка 2.
      13:00 Велоспорт. Bemer Cyclassics в Гамбурге, Германия.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      16:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.
      18:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      22:00 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 7. Pitz Alpine Glacier Trail в Пицтале, Австрия. Обзор.
      22:30 Трейлраннинг. Golden Trail World Series. Этап 8. Sierre Zinal Trail в Вале, Швейцария. Обзор.
      23:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      01:00 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 10. Пуэнтеареас - Байона.
      03:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Вуэльта" 2024. Этап 6. Херес-де-ла-Фронтера - Юнкера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

No‘mon Hasanov: "Rivojlanishning ikkinchi bosqichiga o‘tdik"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

“Mavsum-2017”da chempionatimizga o‘ziga xos intriga olib kirgan jamoalardan biri “Qo‘qon-1912” bo‘ldi. Birinchi davradan keyin 2-o‘rinni egallagan klub yakunda 9-pog‘onani band etdi. Umuman aytganda, No‘’mon Hasanov jamoasining ko‘rsatgan o‘yini yomon taassurot qoldirmadi. Shuningdek, mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan ushbu klub feyr-pley va eng yaxshi muxlislar nominasiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsum yakunlariga bag‘ishlangan bayram tadbirini ham o‘tkazdi va unga bizni ham taklif qilishdi. Shu fursatdan foydalanib jamoa ustozi No‘’mon Nurmatovich Hasanov bilan gaplashdik.

“MUXLISLARIMIZ MAQTOVGA LOYIQ”

Muxlislarimizning yutug‘i nimada edi? Boisi, ular chinakamiga ishqibozligini ko‘rsatishdi. Jonkuyar va sadoqatli muxlislar shunaqa bo‘lishadi. Bizda mag‘lubiyatlar ham bo‘ldi, ayniqsa, ikkinchi davrada. Shunday paytlarda ham muxlislarimiz jamoamizni qo‘llab-quvvatlab, o‘yinlardan keyin qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishdi. Shuningdek, chetdan ham qo‘qonlik ishqibozlar haqida ko‘p iliq fikrlar bildirishganini eshitaman. O‘yinlar davomida bu yerga raqib jamoa ishqibozlari ham kelishadi. Ana shunday paytda qo‘qonlik muxlislar har bir kelgan ishqibozning hurmatini joyiga qo‘ygan holda o‘yindan so‘ng choyxonaga chaqirib mehmondo‘stlik ko‘rsatishadi. Mana shunday tomonlari ham maqtovga loyiq. Aytmoqchimanki, O‘zbekiston futbol federasiyasi tomonidan haqli tarzdagi mukofot bo‘ldi. Bundan keyin ham biz muxlislarimiz bilan yanada birga bo‘lishni va ular jamoamizni faol qo‘llab-quvvatlashini xohlaymiz. Biz faqat muxlislar uchun o‘ynaymiz. Yutqazsak ham chiroyli va jangovor o‘yin bo‘lsin. Bu – futbol va unda mag‘lubiyatlar ham bo‘ladi. Ammo muxlislarimizni xursand qilish uchun yanada jiddiy ishlayapmiz. Ishqibozlarga shunday deyman: sizlar bizlarni kutinglar va biz sizlar uchun, sizlarni quvontirish uchun borimizni berib o‘ynaymiz.

“MAVSUMNI 11-12 NAFAR O‘YINCHI BILAN O‘TKAZISH OG‘IR”

Hali biz uchun hammasi oldinda. Futbolchilarimizning yutuq va xatolarini ham ko‘rdim. Yangi mavsumda albatta kamchiliklarimizni yopishga harakat qilamiz. 2017 yilgi chempionatning birinchi davrasidan keyin tarkib masalasida kuchayishimiz kerak edi, ammo buni to‘liq amalga oshira olmadik. Bu esa yakunda bizga pand berdi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi o‘yinni kuchaytirishi kerak. Asosiy tarkib o‘yinchilari esa toliqib qolishdi. Baribir butun mavsumni 11-12 nafar futbolchi bilan o‘tkazish nihoyatda og‘ir. O‘zim ham futbol o‘ynaganim uchun bu vaziyatni yaxshi bilaman. Baribir qo‘l ostimdagi yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz o‘z o‘yini bilan stadionda ishqibozlarni to‘ldirdi.

“FEYR-PLEY”NING BIZGA BERILISHI TO‘G‘RI TANLOV”

Bu yerga kelishimdan maqsad yigitlarga futbol o‘rgatish emas, balki avvalo bir yaxlit jamoani shakllantirishdan iborat edi. Shunday o‘yinchilarni to‘plaganmanki, ular futbolchi va insoniylik tomondan ham bir-birini qo‘llab-quvvatladilar. Agar kimnidir yomon xislatlari bo‘lsa, buni albatta ilg‘ab olgan bo‘lardim. Futbolchilarimiz butun mavsum davomida shuni ko‘rsatishdiki, haqiqatan bizda bir oila jamlangan. Bilasizmi, hatto chempionat davomida biror marta ham qizil kartochka olmaganimizni o‘sha Toshkentdagi O‘FFning taqdirlash marosimida, jamoamizga feyr-pleyni topshirayotganida eshitdim. Yutqazgan o‘yinlarimizda ham futbolchilarimiz uchrashuvlardan keyin raqib a’zolarini do‘stona ravishda tabriklab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatdilar. Buning uchun ularga rahmat. Bosh murabbiy bo‘lgandan keyin u albatta jamoani bir oila qilishi kerak. 4 futbolchi u yerda, yana 4 futbolchi bu yerda bo‘lsa, bu noto‘g‘ri. Bizning jamoada hamma bir-biri bilan inoq va qayerga borishsa ham butun jamoa bo‘lishadi. Futbolchilarning o‘zaro bir-biri bilan suhbatlarida ham murabbiy bu narsani sezadi. Bunday inoq darajaga olib chiqish o‘zidan-o‘zi bo‘lmadi. Futbol yagona ishtirokchining o‘yini emas, unda butun jamoa o‘ynaydi. Shuning uchun futbolda hammasiga faqat jamoaviy o‘yin evaziga erishiladi. Bunga qayd etgan natijalarimizda asosan jamoaviy o‘yin va do‘stona munosabat ko‘p yordam berdi. To‘g‘risi, feyr-pleyning bizga berilishini kutmagandim. Lekin jamoamizga ushbu mukofotni topshirishganidan keyin to‘g‘ri yo‘l tutishganiga ishonch hosil qildim. Bu to‘g‘ri tanlov bo‘ldi.

“RAQOBAT YETARLI DARAJADA KUCHLI EMASDI”

Jamoamning menga nimasi yoqdi? Ular qo‘rqmasdan o‘ynashni o‘rganishdi. “Paxtakor”mi, “Lokomotiv”mi, umuman o‘z maydonimizdagi o‘yinlarda ham ochkolarni tortib oldik. “Qo‘qon-1912” qachon “Paxtakor” maydonida o‘ynasa yigitlarda hayajon va qo‘rquv bo‘lardi. Biz esa ularni qo‘rqmaslikka o‘rgatdik va talablarimizni futbolchilarga yetkaza oldik. Shunchaki, ba’zi holatlarda bizga omad yetishmadi. Eng avvalo ayrim yetakchilarimizni yo‘qotdik. Xabaringiz bo‘lsa, Nosir Otaqo‘ziyev operasiya stoliga yotdi. Javohir Sidiqov ham jarohatga uchradi. Natijada o‘sha o‘yinchimizni ham 2-3 oyga yo‘qotdik. Keyinchalik Sidiqovni zaxiradan maydonga tushirishni boshladik, ammo u o‘z o‘yinini yo‘qotib bo‘lgandi. Yana bir asosiy jihat bizning zaxiramiz kuchli bo‘lmadi. Bu yerda raqobat yo‘q edi. Shu bois futbolchilar ham o‘zlarini maydonga tushirishimni bilishardi. O‘sha raqobatning yo‘qligi ham ta’sir qildi. To‘g‘ri, bu bizni kamchiligimiz bo‘ldi. Birinchi davradan keyin tarkibni yetarli darajada kuchaytirish uchun bizda imkon bo‘lmadi. Futbolchilar asosan bir yillik shartnomalar tuzishadi va yaxshi o‘yinchilarni har doim qo‘lga kiritish qiyin bo‘ladi. Chetda o‘yinchi olib kelishga esa bizda imkoniyat bo‘lmadi.

“BIZ CHAQIRAYOTGAN FUTBOLCHILAR KUCHLI KLUBLARNI TANLASHYAPTI”

Ayni paytda tarkibni kuchaytirish va seleksiya masalasida maksimal darajada ishlayapmiz. Bir narsani bilinglarki, futbolchini “Qo‘qon-1912” taklif qilyapti va shu bilan birga uni “Lokomotiv” bilan “Paxtakor” ham chaqiryapti. Siz o‘ylab ko‘ring, bunday vaziyatni kimni tanlagan bo‘lardingiz? Albatta, kuchli jamoani tanlaysiz. To‘g‘risi, bu masalada bizga qiyin bo‘lyapti. Masalan, Sherzod Karimovni jamoamizga taklif qilgandim. Ammo u “Lokomotiv” bilan shartnoma tuzdi. Baribir yaxshi o‘yinchi kuchliroq jamoaga o‘tishni istaydi. “Lokomotiv” bilan o‘ynaganimizda uchrashuvdan oldin avvalo ularning zaxira o‘rindig‘iga qaradim. 7 ta o‘yinchining barchasi top-futbolchilar edi. O‘zimizning zaxiradagi o‘yinchilar bilan solishtirdim va katta farq bor. Kuchli klublarga futbolchilarni jalb qilish oson, bizga esa qiyin. Boya aytganimdek, har qanday o‘yinchi birinchi navbatda kuchli klubning taklifini ko‘rib chiqadi. Futbolning mana shunday jihatlari ham bor. Biz taklif qilayotgan futbolchilar orasida “Paxtakor”dan Davron Hoshimov ham bor. U bilan har kuni gaplashyapman. Umuman, bir qancha o‘yinchilar bilan gaplashyapman. Hech biri yo‘q deyishmayapti. Ammo ular kutishyapti, bu yog‘i taqdir-da.

“MUROD XOLMUHAMMEDOV 10 TA PENALTIDAN 10 TA GOL URADIGAN O‘YINCHI”

Murod Xolmuhammedov Qo‘qonga kelib futbolchi sifatida ancha o‘sdi. Unga ko‘p narsalarni o‘rgatdik. Mening mashg‘ulotimni to‘la-to‘kis o‘zlashtirib oldi desam ham bo‘ladi. To‘g‘risi, o‘yin paytida bizning ayyorlik xislatlarimiz ko‘p edi. Ko‘p gollarimizni ana shu ayyorliklarimiz evaziga kiritganmiz, masalan standart vaziyatlardan keyin. Murodga penalti tepish huquqini qo‘rqmasdan ishonib topshirdim. Chunki u 10 ta penaltidan 10 ta gol uradigan futbolchi. Menimcha, hech bir jamoada standart vaziyatlarni himoyachi bajarmasa kerak. Bizda esa burchak to‘plari va boshqa standart vaziyatlarni Xolmuhammedov amalga oshiradi. Murodda esa o‘yinni yaxshi o‘qiy olish qobiliyati bor. Men talab qilgan narsalarni tushundi. Futbolchilar jamoamizda nimaga rivojlanishdi? Chunki ular mening talablarimni, xohlagan narsalarimni yaxshi tushunishdi. Chempionatda ikkita hujumchi bilan o‘ynagan jamoani bilasizmi? Faqat biz mana shunday taktika asosida to‘p surdik. Boshqalar esa asosan bitta hujumchi bilan o‘ynashdi. Keyinchalik Nosir Otaqo‘ziyev jarohat olganidan so‘ng majburan bitta hujumchi taktikasiga o‘tdik.

“RAYEVASNING JAROHATI BO‘LMAGANIDA JON DEB OLIB QOLGAN BO‘LARDIM”

Rayevas ikkinchi davrada nega kam gol urdi? Sababi bor va buni hech kim bilmasa kerak. Gap shundaki, Filipning orqasida “grija”si bor edi. Futbolchi mashg‘ulot o‘tkazmasdan futbol o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. Ko‘ryapsizmi, uni noiloj maydonga tushirishga qaror qildim. Bunga o‘xshagan hujumkor o‘yinchini O‘zbekistonda faqat 3-4 tasini bilaman xolos. Aytishim kerakki, Rayevasdan ko‘plab raqib himoyachilari qo‘rqishdi. Chunki u jismonan baquvvat edi va o‘yinchimizga urilib, yiqilib tushgan himoyachilarni ham ko‘p ko‘rdim. Afsuski, uning jarohati bor. Birinchi davrada u ketma-ket gollar urib bizga foyda keltirgandi. Agar uning jarohati tuzalganida Rayevasni yana jon deb olgan bo‘lardim. Darko Gojkovich esa albatta jamoamizda qoladi.

“BIZ RIVOJLANISHNING IKKINCHI BOSQICHIGA O‘TDIK”

Har bir murabbiy ham jamoasi bilan ko‘tarilishni xohlaydi. Jamoamizdagi o‘ynagan o‘yinchilarda albatta o‘sish bo‘ladi. Bungacha tanilmagan futbolchilar ancha tanilib qolishdi. Yana qaytaraman, albatta qo‘l ostimdagi o‘yinchilar yangi mavsumda yanada rivojlanishadi. Biz endi ushbu mavsumdan boshlab rivojlanishimizning ikkinchi bosqichiga o‘tamiz. Bu bosqichda biz umuman boshqacha o‘yin ko‘rsatamiz. Aytmoqchimanki, endi dasturimiz o‘zgaradi. Futbolchilarimiz to‘pni bir-biriga aniq, tez va sifatli oshirish ustida ishlashyapti. To‘p bilan muomala qilish borasida ishlayapmiz. Umuman, yangi mavsumda boshqacha o‘yin ko‘rsatamiz.

“TOSHKENTDA SHUG‘ULLANAMIZ”

4 yanvarda Toshkentda yig‘ilamiz. U yerda 20 kunlik tayyorgarlik dasturimizni olib boramiz. Ushbu yig‘inimiz davomida albatta nazorat uchrashuvlari ham bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali futbolchilarimizning holatini ham yaxshiroq bilishim kerak. Shu bilan birga baribir jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ishlashni ham to‘xtatmaymiz. Menimcha, xorij yig‘ini tashkil etilmaydi.

“YUSUPOV BILAN PARDAYEV JAMOAMIZDA O‘YNASHADI”

Maqsadlarimiz o‘zgarmaydi, ammo endi ixtiyorimizdagi futbolchilarda katta o‘zgarishlarni ko‘rasizlar. Buni nafaqat o‘yin, balki keng miqyosida aytyapman. Albatta, tarkibga yangi o‘yinchilarni qo‘shamiz. Qolaversa, chempionat tugaganidan keyin ayrim futbolchilarimizga “Paxtakor”, “Nasaf” kabi klublardan takliflar tushdi. Ammo biz ular bilan gaplashdik va yana birga hamkorlik qilishga kelishib oldik. O‘tkir Yusupov bilan Bahodir Pardayev ham yangi mavsumda “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilishadi. Nikita Ribkin ketdi. Aslida u ketmasdi, ammo o‘zim uning boshqa jamoaga ketishiga ruxsat berdim.

FIRDAVSXON suhbatlashdi

“Futbol Ekspress” gazetasidan olindi

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 08:47, 05.01.2018. O'qildi: 2288 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.