Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbekiston terma jamoasini Bert van Marveyk boshqaradi. Nima uchun?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston futbol federasiyasi rasmiy saytida milliy terma jamoani boshqarishga asosiy nomzodlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Ro‘yxatda Dan Petresku, Slavolyub Muslin, Miodrag Radulovich, Anjelio Alessio, Bernd Shtork, Branko Ivankovich, Slaven Bilich, Valter Massari va Bert van Marveyk kabi dunyoning yetakchi futbol mutaxassislari nomi tilga olingan edi.

Ayni kunlarda barcha futbol muxlislari kim milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga qiziqayotgani shubhasiz. Ana shuni hisobga olib, murabbiylar orasida kimlar O‘zbekiston termasini boshqarishga asosiy nomzod ekanini aniqlashga harakat qildik.

Shuni alohida aytish kerakki, O‘FF prezidenti bu boradagi savollarga javoban quyidagi fikrda sobit turibdi — milliy terma jamoani yevropalik, Osiyo futbolini yaxshi biladigan, o‘zining sobiq terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olgan mutaxassis boshqaradi.

Milliy terma jamoamiz uchun xorijdan keladigan murabbiy deyarli tayyor. U Osiyo futbolini yaxshi tushunadigan, ishlagan terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan tajribali mutaxassis. Oldindan nimadir aytmay turganim ma’qul. Ammo o‘sha murabbiyni ko‘rgach, bundan xalqimiz albatta xursand bo‘ladi. U hozirgi kunda terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy sanaladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Keling, ana shu uch jihat bo‘yicha nomzodlarni tahlil qilib ko‘rsak. Ro‘yxatda keltirilgan murabbiylarning barchasi yevropalik va ko‘pchiligi Osiyo futboli bilan tanish. Ammo ularning hammasi ham terma jamoada ishlamagan va sobiq terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqmagan.

Masalan, Dan Petresku va Valter Massari nafaqat terma jamoalarni mundialga olib chiqmagan, hatto ularda faoliyat ham ko‘rsatmagan. Olti yil davomida Xorvatiya terma jamoasini boshqargan Slaven Bilich jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Alessio Italiya termasida faqat yordamchi murabbiy bo‘lgan, Radulovich esa ayni paytda Livan termasini boshqarmoqda. O‘z vaqtida Eron milliy va olimpiya terma jamoalarini boshqargan Branko Ivankovich hozir «Persepolis» klubi bosh murabbiyi ekanini hisobga olsak, terma jamoa boshqaruviga u kelmaydi.

Yana bir jiddiy nomzod Qozog‘iston va Vengriya terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Bernd Shtork edi. Ammo u Vengriyani Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqolmagani bois iste’foga chiqarildi. Demak, Shtork ham Ahmadjonovning talabiga mos kelmaydi.

Mutaxassislar orasida Serbiya terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan va federasiya rahbariyati bilan kelishmovchilik sababli iste’foga chiqqan Slavolyub Muslin nomzodlar orasida eng ko‘p tilga olingan mutaxassislardan bo‘ldi. Ammo uning O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarni O‘FF inkor qildi.

Shunday qilib, bizda bitta nomzod — hollandiyalik Bert van Marveyk nomzodi qolayapti va u Umid Ahmadjonov aytgan talablarning barchasiga to‘liq mos keladi.

Bert van Marveykning Hollandiya milliy terma jamoasi, «Borussiya» (Dortmund), «Hamburg» klublaridagi faoliyati ko‘pchilikka tanish. Uning so‘nggi ish joyi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bo‘lgan edi. U jamoani Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga olib chiqqan bo‘lishiga qaramay, iste’foga chiqdi. Bu qarorini bu mamlakatda yashash oilasiga to‘g‘ri kelmagani bilan izohlagan edi.

makYuqoridagi fikrlarning barchasi taxmin xolos. Biz ushbu maqolada federasiya taqdim etgan ro‘yxat va boshqa ma’lumotlardan foydalandik. Albatta, aynan kim murabbiy etib tayinlanishini hozircha hech kim bilmaydi. Balki bu ro‘yxatga kiritilmagan boshqa mutaxassis tayinlanishi ham mumkin. Eng asosiysi — terma jamoaga xalqimiz kutganidek, uni jahon chempionatiga olib chiqishga qodir murabbiy kelishidan umidvormiz.

Federasiya yaqin kunlar ichida milliy terma jamoani kim boshqarishini rasman e’lon qiladi. Bizningcha, u aynan Bert van Marveyk bo‘ladi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Ahmad Yusupov

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 18:24, 16.01.2018. O'qildi: 39829 marta. Fikrlar: 117 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик