Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: «Rossiya JCHda guruhdan chiqolmaydi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiyalik taniqli futbolchi, Angliya, Italiya, Shotlandiya klublarida, shuningdek, mamlakat terma jamoasida muvaffaqiyatli to‘p surgan Andrey Kanchelskis butsalarini mixga ilgach, uzoq vaqt ishsiz qolmadi.

Hozirda u NSFL (Talabalar milliy futbol ligasi) bilan hamkorlik qilish barobarida, maxsus akademiya ham ochdi. Yaqinda «SSF» muxbiri sobiq yarim himoyachini suhbatga tortib, turli mavzudagi savollarga javob oldi.

«SAN-SIRO»DAN«DINAMO»GACHA

- Andrey, siz Angliya, Italiya, Shotlandiyada faoliyat olib bordingiz. Qayerda sharoitlar yetarli bo‘lgan va ko‘ngildagidek to‘p surdim, deb o‘ylaysiz?

- Qaysi ligada o‘ynamay, barchasida qulay shart-sharoit muhayyo edi. Shu bois, aynan bir mamlakatni alohida qayd etolmayman. Aslida, ko‘p narsa jamoadagi ichki muhitga bog‘liq. Bu borada hammasi joyida bo‘lsa, o‘zingni yengil his qilasan va ko‘ngildagiday to‘p surasan.

- Angliya va Italiya chempionatlarini solishtira olasizmi?

- «A» seriyada yopiq futbol o‘ynalishi bois, u yerda to‘p surish qiyinroq. Boz ustiga, ikki marta og‘ir jarohat olishim sababli Italiyada yuqori darajada o‘ynash va raqobatga dosh berishim murakkab kechgan.

- Jarohatlarni Italiyadaligingizda olganmidingiz?

- Ha, birinchi jarohatni «San-Siro»da olganman, o‘sha kezlari «Fio­rentina» sharafini himoya qilardim: safarda kechgan o‘yinda «Inter» yarim himoyachisi Taribo Uest qo‘pollik ishlatgandi. Ikkinchisini esa, Moskvada - milliy termamizning Italiyaga qarshi o‘yinida orttirdim.

- «Dinamo» stadionida yomg‘ir aralash qor yoqqan, Buffon termadagi debyutini nishonlagan o‘yinni nazarda tutyapsizmi?

- Aynan shu bahsda. Men bir bo‘lim to‘p surgandim, tanaffus paytida esa jarohat sabab maydonga qaytmadim. O‘shanda Buffonning debyut qilayotgani xayolimga ham kelmagandi.

MANCHESTER VA RAMENSKDA BIR XIL HAZILLASHISHADI

- «Manchester Yunayted»dagi faoliyatingizga oid qanday quvnoq xotiralar yodingizda qolgan?

- Klubga endigina kelganimda jamoadoshlarim hazillashishgan. Qizig‘i, «MYU» a’zosiga aylangan yangi futbolchilarning aksariyati shunday holatga duch kelishgan ekan.

- Demak, siz ham ular safiga qo‘shilibsizda?

- Albatta! Sheriklarim kiyim almashtirish xonasiga Aleks Fergyuson kirganda menga «Xau a yu?» degan savol bilan murojaat qilishini aytib, unga «Rahmat, hammasi yaxshi» qabilida javob qaytarishim kerakligini uqtirishdi.

Hattoki, ishlatishim lozim bo‘lgan so‘zlarni ham o‘rgatishdi va uni darhol yodda saqlab qoldim. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, shotlandiyalik murabbiyni beixtiyor boplab so‘kkan ekanman.

Xayriyatki, Fergyuson mazkur jamoadagi uzoq yillik faoliyati davomida bunday hazillarga ko‘nikib ketgan ekan, so‘zlarimga e’tibor qilmadi. Rossiyada ham shunga o‘xshash voqea tez-tez uchrab turadi.

Jamoaga xorijlik futbolchi kelishi hamono mahalliy o‘yinchilar birinchi navbatda unga «salom» va «ko‘rishguncha» kabi so‘zlar o‘rniga «achchiqqina» iboralarni o‘rgatib qo‘yishadi.

«Saturn»da to‘p surganimda, braziliyaliklar bilan shunday hazillashardik. Milisioner yoki boshqa birovning oldiga yuborardik-da, ulardan hol-ahvol so‘rash lozimligini aytardik. Oqibatda... Ammo baribir, bu hazilimiz juda kulgili chiqardi!

- Aksariyat futbolchilar faoliyatlarini tamomlagach, murabbiylik bilan shug‘ullanishadi. Bu borada sizda ham takliflar bormi?

- Qiziqish yo‘q emas. Ammo shuning o‘zi kamlik qilishi turgan gap. Aniq takliflar to‘g‘risida hozircha biror narsa deya olmayman, bu borada ish olib boryapman.

NSFL 2017 yilning o‘zida ikki marta Yevpatoriya va Sochidagi musobaqalarda hamkorlik qilish yuzasidan taklif bilan chiqdi. Ammo bu professional klublarda faoliyat yuritishga qiziqishim yo‘qligini bildirmaydi.

- RFPLda ishlamoqchimisiz yoki Yevropada?

- Rossiya, Yevropa va Osiyoda, desam noto‘g‘ri bo‘lmasa kerak.

- NSFLda hozir qishki ta’til davom etmoqda. Mavsumning ikkinchi qismida ham mazkur liga bilan hamkorlikni davom ettirasizmi?

- Hozircha birga ishlayapmiz, ammo biror klubda shartnoma tuzishga erishadigan bo‘lsam, NSFLdagi faoliya­timni yakunlash borasida liga rahbarlari bilan kelishib olganmiz.

«SHAXMAT O‘YNAMAYDIGANLARGA MAYDONDA JOY YO‘Q»

- O‘z futbol akademiyangizni tuzish fikri qachon paydo bo‘ldi?

- Buni anchadan beri rejalashtirayotgandim, ammo faqatgina 2017 yilning sentyabriga kelibgina amaliy ishga kirishdik. Hozircha Yevropadagi kabi markazlashgan baza va maydonlarga ega emasmiz. Akademiyaning ishi asosan qiziqish bildirgan maktablar bilan kelishuv tuzgan holda, ularning maydonlarida shug‘ullanishdan iborat.

Axir kelgusi hayotlarini futbol bilan bog‘lashni ixtiyor etgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ilk saboqlarni berishning o‘zi ham katta mas’uliyat. Bu o‘ziga xos boshlang‘ich mashg‘ulotlardir. Yana bir muhim jihati, endilikda farzandlarini futbol seksiyalariga berish niyatidagi ota-onalar uzoqqa borib sarson bo‘lishmaydi.

Bir maskanning o‘zida ham o‘qib, ham millionlar o‘yini bilan shug‘ullanish imkoni tug‘iladi. Bu juda qulay. Albatta, o‘z bazamiz va stadionlarimiz bo‘lishini istaymiz, lekin buning uchun juda ko‘p mablag‘ kerak.

- Akademiyaga tanlov yil bo‘yi davom etadimi? Bu borada cheklovlar o‘rnatilmaganmi?

- Hech qanday cheklov yo‘q. Akademiya­ga xohlagan paytda a’zo bo‘lish mumkin. Hattoki, boshqa futbol seksiyalaridagi bolalar ham safimizga qo‘shilishmoqda. Qolaversa, Mos­kvadagi bir nechta maktablar ma’muriyatlari biz bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirishyapti.

- Sizningcha, mash-g‘ulotlarni necha yoshdan boshlagan ma’qul?

- Yosh borasida ma’lum bir cheklovlarning bo‘lmagani durust. Agar bola 3 yoshidanoq to‘p bilan muomala qilishni yoqtirsa, nega unga ko‘mak bermasligimiz kerak?

7 va undan katta yoshdagilarni shug‘ullantirish esa bu ishga professionallarcha yondashuvdir. Muhimi, har bir tarbiyalanuvchi mashg‘ulotlarda undan nima talab qilinayotganini bilsin.

- Andrey Kanchelskisning akademiyasi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ygan?

- Bolalarni sog‘lom hayot tarziga jalb etish. Ochiq havoda ko‘proq shug‘ullanish va mashg‘ulotlar o‘tkazish gadjet, internet kabilarga kamroq vaqt qoldirishini ham unutmaslik lozim.

Asosiy vazifamiz aynan shunga borib taqaladi. Akademiyada o‘z qobiliyatini ko‘rsata bilganlarga iqtidorini rivojlantirishda ko‘maklashamiz.

- O‘zingiz bolalikdagi mashg‘ulotlaringizni eslay olasizmi?

- U paytlari hammasi butunlay boshqacha edi. Ko‘chada to‘p tepardik, yozda futbol, qishda xokkey o‘ynardik. Bugungi avlodga esa televideniye va internet anchagina ma’qulday.

Bolalarning bu boradagi dunyoqarashini o‘zgartirishimiz, ularni toza havoda ko‘proq mashg‘ulotlar olib borishga undashimiz shart.

- Akademiyangizda qanday uslublar qo‘llaniladi?

- Mualliflik.

- Chiroyli eshitilarkan. Uning zamirida nima yashiringan?

- Bu texnika, to‘p bilan shug‘ullanish, jismoniy tayyorgarlik, futbol intellektini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashg‘ulotlarning maxsus jamlanmasidir. Shuningdek, ushbu jarayonga shashka va shaxmat bo‘yicha darslarni ham kiritmoqchimiz.

- Buni qarang-a! Demak, shaxmat-shashkaning ham nafi tegarkanda?

- Bo‘lmasam-chi. Axir miyani charxlash har doim kerak-ku. Haftasiga ma’lum bir kunni sportning aynan yuqorida qayd etilgan turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarga ajratmoqchimiz.

Har bir futbolchi shaxmat va shashkani shunchaki emas, balki juda yaxshi o‘ynashi shart. O‘ylashni o‘rganishi lozim. Shaxmatni bilmaydiganlarga futbol maydonida joy yo‘q. Bu gaplarim aslo hazil emas.

- Futbol, shaxmat, shashka... Yana nima?

- Doim birgina futbol haqida o‘ylansa, aqldan ozish hech gap emas. Shaxmat borasida gapirdim. Qo‘shimchasiga, chang‘i uchish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishni ham rejalashtiryapmiz.

- Ma’lum bir guruhdagilarni shug‘ullantirishda davom etish, qolganlari bilan xayrlashish payti kelganda-chi?

- Hozircha bu haqda o‘ylamayapmiz. Qaysi bola nisbatan iqtidorliroq ekanligini ko‘ryapmiz va mashg‘ulotlarni professional darajaga yetkazyapmiz. Ota-onalar ham Maradona, Ronaldo va Messilarni yetkazib beruvchilar emasligimizni tushunishlari lozim.

Har bir ota-ona o‘z farzandi boshqalardan qobiliyatliroq ekanligi to‘g‘risida o‘ylashi, menimcha, normal holat. Ammo raqobat, normativ va tanlovlar borligini ham unutmaslik muhim.

- Tabiiyki, bolalar har xil bo‘lishadi. Shunday ekan, akademiyadagi mashg‘ulotlar sifati tarbiyalanuvchilarning o‘z iqtidorini to‘liq namoyon etishiga moslashganmi?

- Albatta, bolaning jismoniy va aqliy salohiyatini chamalab, shunga ko‘ra mashg‘ulotlar rejasi tuzganmiz.

- Kutilmagan savol: akademiyada yosh darvozabonlar tayyorlanadimi?

- Albatta, axir kiperlar - bu alohida mavzu. Biz shu maqsadda haftaning ma’lum kunlarida yetuk mutaxassislarni taklif qilishni rejalashtirganmiz. Oldin qanday edi?

Kim eng novcha bo‘lsa, albatta, u darvozadan o‘rin olardi. Hozir ham 1-raqamni olishni istaydiganlar ko‘p uchramaydi. Axir gol o‘tkazib yuborishdan ko‘ra, to‘p kiritish yoqimliroq-da. Shunga qaramay, darvozabonlikni yoqtiradiganlar ham yo‘q emas.

- Akademiyaning yaqin kelajakdagi rejalari qanday?

- 2018 yilning martida Sochidagi turnirda qatnashmoqchimiz. Ishtirokchilar tarkibi hozircha tasdiqlanmagan, ammo Konoplyop (Tolyatti) nomidagi akademiya, Ponedelnik (Rostov-Don), «Spartak», «Spartak-2» va Milanning «Inter» klubi tarbiyalanuvchilari bilan kelishuvga egamiz, hisob. Ke­yinroq bolalarni Angliya­ga - «Everton» akademiyasiga amaliyot o‘tashga olib borishni rejalashtir­yapmiz.

- JCH-2018dan nima kutyapsiz? Rossiyaliklar guruhdan chiqa olisharmikan?

- 3-o‘rinni egallashadi. Yanada yuqoriroq natija qayd etishlarini istardim-u, ammo bu imkonsiz.

- «Lokomotiv» - chempionmi?

- O‘ylashimcha, hammasi «Spartak»ka qarshi kechadigan o‘yindan so‘ng ma’lum bo‘ladi - aynan shu bahs oraliq tanaffusdan keyin birinchi o‘tkazilishini unutmaslik kerak. Demak, ko‘p narsa jamoalarning qishki ta’tilni qanday o‘tkazishlariga bog‘liq.

- Rossiya klublarining Yevropa Ligasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Bu yerda ham xuddi yuqoridagiday holat kuzatilsa kerak. Hammasi qishki taraddudga borib taqaladi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 26.01.2018. O'qildi: 2699 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик