Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘alaba muborak, yosh chempionlar!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Olimpiya terma jamoasi / Matbuot anjumanlari
Rukn: Reportajlar
A A A
Joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.   28 yanvar kuni “O‘zbekiston” mehmonxonasida muzaffar sportchilarimizni sharaflashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.    Shu munosabat bilan bu yerga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilarning ota-onalari, yaqinlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari yig‘ildi.Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga qaratilayotgan doimiy e’tibor bugun yanada yuksak bosqichga ko‘tarilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 9 martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (YAponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid qarori sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorlanishi va munosib ishtirok etishi, terma jamoalarni yangi iste’dodlar bilan boyitishda muhim omil bo‘layotir.

Yosh futbolchilarimizning Osiyo chempionatida erishgan yuksak g‘alabasi ham ana shunday ulkan islohotlarning, e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy natijasidir.

Osiyo chempionatida qit’amizning o‘n olti davlat terma jamoasi g‘oliblik uchun bahslashdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari xalqaro sport jamoatchiligida o‘z so‘zini ayta oldi, jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan ne-ne ulug‘ zotlarning munosib vorislari, O‘zbekistondek buyuk yurtning munosib farzandlari ekanini isbotladi.

Aslida, butun dunyoda katta qiziqish bilan tomosha qilinadigan millionlar o‘yini hisoblangan futbol bo‘yicha har qanday nufuzli musobaqada yuqori natijaga erishish oson emas. O‘zbek futboli tarixida ham bunday yuqori natijalar har yili ham qayd etilavermaydi.

O‘zbekiston futbolchilari 1994 yil Xirosimada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida va 2012 yil Eronda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘tgan keskin va murosasiz bahslarda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari shijoatu matonatda, iste’dodu mahoratda raqiblaridan har tomonlama ustun ekanini isbotlab, haqli g‘alabaga erishdi.

Futbolchilarimiz “A” guruhidagi birinchi uchrashuvda qatarlik tengdoshlariga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Xitoy va Ummon yoshlar terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda Yaponiya yoshlarini 4:0, yarim finalda Janubiy Koreya vakillarini 4:1 hisobida yengdi.

Musobaqaning final bahsida futbolchilarimiz Vyetnam yoshlar terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, Osiyo chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov OFK tomonidan musobaqaning eng foydali futbolchisi, deb topildi. Unga Toyota kompaniyasi tomonidan 20000 AQSH dollari miqodorida mukofot puli berildi.

Yosh futbolchilarimizning tarixiy g‘alabasi xalqimizga ulkan quvonch va shodlik baxsh etganini, ularning qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdirib yuborganini his etish qiyin emas. Butun xalqimiz bu g‘alabani katta hayajon va xursandchilik bilan qarshi oldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Osiyo chempionatida ulkan g‘alabaga erishgan yosh futbolchilarimizga o‘zining samimiy tabrigini yo‘llab, ularning qo‘lga kiritgan natijasiga quyidagicha ta’rif berdi:

“Sizlar qo‘lga kiritgan mislsiz bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch bag‘ishlab, O‘zbekiston yoshlarining qanday buyuk ishlarga qodir ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Bu ulkan zafar, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi millionlab yoshlarni mardlik va matonat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.

El-yurtimiz sizlar kabi mard va jasur, fidoyi o‘g‘lonlari bilan, yurtimizning haqiqiy qahramonlari bilan faxrlanadi”.

– Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini katta hayajon bilan kuzatib bordik, – deydi Akmal Madvaliyev. – Ochig‘i, ushbu nufuzli musobaqada yuksak muvaffaqiyatga erishgan futbolchilarimizga juda havasim keldi. Ularning olamshumul g‘alabasi biz, yoshlarning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlab, yangi-yangi marralar sari dadil qadam tashlashimizda ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda.

…Mana, orziqib kutilgan damlar – futbolchilarimiz “O‘zbekiston” mehmonxonasiga yetib kelmoqda. Karnay-surnay sadolari yoshlarning “O‘zbekiston!” degan takror va takror hayqirig‘iga ulanib ketadi. Ularni hayajon bilan ota-onalari, yaqinlari, tengdoshlari qizg‘in tabriklamoqda. Qalblarimizdan cheksiz g‘urur va iftixorga yo‘g‘rilgan samimiy dil izhorlarimiz, ezgu tilaklarimiz beixtiyor tilimizga, ko‘zimizga ko‘chadi: “G‘alaba muborak, Vatanimizning yosh chempionlari! Sizlar butun dunyoga O‘zbekiston yoshlarining yuksak salohiyatini namoyon qildinglar!”.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bizni g‘alabamiz bilan tabriklaganidan quvonib, qalbimiz faxrga to‘ldi, – deydi yosh futbolchi Rustamjon Ashurmatov. – Prezidentimizning yuksak e’tiborini, samimiy dil so‘zlarini o‘qib, qo‘zimizga yosh keldi. Kelgusida bundanda ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishga bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz.

– G‘alabamiz sharafiga davlatimiz madhiyasi yangrab, Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilganda shunday yurtda tug‘ilib, voyaga yetayotganimdan g‘ururlanib ketdim, – deydi Zabihillo O‘rinboyev. – Xalqaro maydonlardagi g‘alabalarimiz mamlakatimizda yoshlarning futbol bilan shug‘ullanishi, iqtidorini namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufaylidir.

– Osiyo chempionatining final uchrashuvida hal qiluvchi golni urganimdan, xalqimiz va terma jamoamizning g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan baxtiyorman, – deydi Andrey Sidorov. – Bu chempionatda biz muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘zbek futbolchilari hech kimdan kam emas va kam bo‘lmasligini yana bir karra isbotladik.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.

Shu kunning o‘zida chempionlarimizga Prezidentimiz sovg‘asi – avtomobillari topshirildi.

Bayram Aytmurodov, Javohir Toshxo‘jayev,O‘zA   Manba: uza.uz
Kiritildi: 17:29, 29.01.2018. O'qildi: 4268 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.