Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ravshan Haydarov O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov O‘zbekiston milliy terma jamoasini ham boshqaradi. Bu haqda Tribuna.Uz manbasi xabar berdi.

Gap shundaki, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush bilan muzokaralar olib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozda Eron terma jamoasi bilan shartnomasi nihoyasiga yetadigan Keyrush O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish uchun og‘zaki rozilik bergan. Hozircha rasmiy kelishuv imzolanmagan bo‘lsada, murabbiy JCH-2018 musobaqalaridan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi kutilmoqda.

Aynan shu sababdan ham O‘FA oldin belgilanganidek yanvar yoki fevral oyidayoq xorijlik murabbiy olib kelish variantidan voz kechgan. Endilikda jamoani Ravshan Haydarov vaqtinchalik murabbiy sifatida boshqaradi. Haydarov O‘zbekiston terma jamoasining 27 mart kungi Marokash va 18 may kuni Eron terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarida bosh murabbiy sifatida ishlaydi.

Bu Ravshan Haydarovning O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga uchinchi bor kelishi bo‘ladi va u bu borada mutlaq rekord o‘rnatadi. Ravshan Haydarov bundan oldin ikki marta terma jamoaga bosh murabbiy qilib tayinlangan — 2002 va 2005 yillarda. 

2002-2004 yillardagi faoliyati davomida, Ravshan Haydarov terma jamoa bilan Xitoyda o‘tgan Osiyo chempionati chorak finaligacha yetib borib, penaltilar seriyasida Bahraynga yutqazgan. Shundan so‘ng, JCH-2006 saralashining 1-bosqichida Iroq, Falastin va Xitoy Taypeyi to‘sig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan. 

2005 yilda, JCH-2006 saralashining 2-bosqichini terma jamoa germaniyalik mutaxassis Hayns-YUrgen Gyode qo‘l ostida boshlagan. Ammo Kuvayt (1:2) va Janubiy Koreyadan (1:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, uning javobi berib yuborilgan. Terma jamoa esa yana Ravshan Haydarovga qaytarilgan. 

Haydarovning ikkinchi qaytishi avvalgiga nisbatan juda qisqa bo‘ldi. Uning qo‘l ostida jamoa ikkita o‘yin o‘tkazib, Janubiy Koreya (1:1) bilan durangga erishgan va safarda Saudiya Arabistoniga (0:3) yirik hisobda yutqazgan. Shundan so‘ng, terma jamoaga angliyalik Robert Houton bosh murabbiy bo‘lgan.

Umumiy hisobda, Ravshan Haydarov qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasi 25ta o‘yin o‘tkazib, 13 marta g‘alaba qozongan, 6 marta durang o‘ynagan va shuncha marta yutqazgan. Uning ishtirokidagi o‘yinlarda to‘plar nisbati — 45:30.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 10:17, 07.02.2018. O'qildi: 15633 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.