Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Neftchi” – “Buxoro” 1:1 (O‘yin sharhi)

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Neftchi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionining zahira maydonida “Neftchi” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.  Mazkur o‘yin hisob bo‘yicha “Neftchi”ning uchinchi nazorat bahsi hisoblanadi. Bungacha Kovshov shogirdlari “Navbahor” (1:1) hamda “Metallurg” (0:1) bilan kuch sinashishdi. Toshkent shahrida kuchli qor yoqqani tufayli, bahs bir soat kech boshlandi.

“Neftchi” tarkibida o‘zgarishlar davom etadi. Jamoa safiga yangi legioner futbolchi qo‘shildi. Rossiyalik  hujumchi Vyacheslav Sushkin “Neftchi” ko‘rigida bo‘lib turibdi. Kecha “Metallurg” bilan bahsda maydonga tushgan Aleksandr Derebchinskiy esa ko‘rikdan o‘ta olmadi va o‘z yurtiga qaytib ketdi. Darvozabon Vitaliy Mirniyga esa shu kuni xordiq berildi. Murabbiylar shtabi Farrux Turdaliyev va Abdumavlon Abdujalilov singari maxalliy darvozabonlarga imkoniyat berishdi.

Uchrashuvni “Neftchi” futbolchilari faol boshlashdi. Avvalgi o‘yinlarga nisbatan farg‘onaliklar bu o‘yinni hujumkor tarzda olib borishdi. Vyacheslav Sushkin ilk o‘yinida o‘zining faolligi bilan ajralib turdi. Umuman olganda, barcha futbolchilarimiz bahsni yuqori suratda o‘tkazishdi. Maydon qordan tozalangan bo‘lsada, baribir ob-havo o‘z ta’sirini o‘tkazdi. O‘yinchilar harakatlanishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelishdi.

Birinchi bo‘limda Abdul Aziz Yusupov hamda Elyor Mamasoliyev o‘zining qanotdagi faolligi evaziga bir necha marta raqib jarima maydonchasiga yorib kirishdi. Shu kabi vaziyatlar Vyacheslav Sushkin va Yu Kubokida ham kuzatildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib “Neftchi” jamoasi hisob ochdi. Elyor Mamasaliyev qanotda turgan Kubokiga to‘pni tashladi. Yu esa himoyachilarni aldab jarima maydonchasiga kirib borishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uni qo‘pollik bilan to‘xtatishdi. Uchrashuv bosh hakami mazkur vaziyatda penalti belgiladi. Yaponiyalik futbolchi o‘zi ishlagan standartni o‘zi muvaffaqiyatli amalga oshirdi. 1:0. Ko‘p o‘tmay “Buxoro” javob golini urdi. Ochig‘ini aytish kerakki, bahsda juda qo‘polliklar kuzatildi. Birinchi bo‘limda “Buxoro” futbolchisi Robbim Hasanov “Neftchi” vakili Abdul Aziz Yusupovning oyoqlariga o‘ta qo‘pol tarzda tashlandi. Shu tufayli Yusupov o‘yinni boshqa davom ettira olmadi. Ko‘p o‘tmay, buxoroliklar hisobni tenglashtirishdi. Artyom Filiposyan jarima to‘pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi va darvozaning yuqori nuqtasiga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘lim 1:1 hisobida tugadi.

Afsuski, ikkinchi bo‘lim to‘liq bo‘lib o‘tmadi. Ikkinchi taymning boshida “Buxoro” futbolchisi Ergash Ismoilov farg‘onaliklarning legioneri Yu Kuboki bilan to‘qnashib ketdi. Natijada buxorolik futbolchi xushini yo‘qotdi. O‘yinchining ahvoli jiddiy bo‘lgani sababli o‘yinni boshqa davom ettirishning xojati qolmadi. Unga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Ergash Ismoilovning ahvoli ancha yaxshi ekan.

“Neftchi” – “Buxoro” 1:1 (1:1)

Gollar: Yu Kuboki – 1:0, Artem Filiposyan – 1:1

“Neftchi”: Farruh Turdaliyev, Shukurali Po‘latov, Davron Mamatov, Iskandar Shoyqulov, Avaz Agaliyev, Sunatillo Ermatov, Abdujamol Isroilov, Elyor Mamasoliyev, Abdulaziz Yusupov, Yu Kuboki, Vyacheslav Sushkin

Zaxira: Abdumavlon Abdujalilov, Avazbek O‘lmasaliyev, Jalil Kimsanov, Abror Ismoilov, Otabek Ahmadjonov, Jamshid Qobilov

“Buxoro”: Asilbek Amonov, Qaxramonov Javoxir, Bobir Amonov, Shavkat Salomov, Salomat Qutiboyev, Sanat Shixov, Artem Filiposyan,Robbim Xasanov, Ergash Ismoilov, Akobir To‘rayev, Sergey Ruseskiy,

Zaxira: Akmal Tursunbayev, Nozim Umurov, Baxriddin Vaxobov, Amanov Arslanmurat,  Toxir Shamshitdinov, Raxmatullo Berdimurodov, Aziz Ibragimov

“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:03, 15.02.2018. O'qildi: 3418 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик