Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10040 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3105 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      08:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      12:00 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      13:10 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      14:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      18:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      22:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      02:00 Д/ф "Неймар. Номер один в Бразилии".
      02:50 Д/ф "Манчестер Юнайтед". Вперёд к славе".
      04:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.11.2025

      05:25 "Непобедимый".
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      15:25 "Вы это видели".
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Гала-концерт. Прямая трансляция.
      17:30 "Эволюция спорта".
      17:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
      19:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 102 кг.
      20:25 "Непобедимый".
      20:55 LIVE Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 1. Прямая трансляция.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      03:15 "Эволюция спорта".
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах.
      04:55 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. Свыше 87 кг.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.11.2025

      05:50 Новости.
      05:55 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Группы. Прямая трансляция.
      07:50 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Группы. Прямая трансляция.
      10:20 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Финалы в отдельных видах. Прямая трансляция.
      15:00 "Небесная грация".
      15:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      17:30 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Friday Fights 133" в Бангкоке, Таиланд. Прямая трансляция.
      21:30 Смешанные единоборства. UFC. Ислам Махачев. Лучшее.
      23:30 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 "Вы это видели".
      03:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      04:00 Театрализованное спортивно-гимнастическое шоу Светланы Хоркиной "Спортрота".
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.11.2025

      05:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2024 в Париже.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      18:30 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2020 в Токио.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 6. "Lone Star Le Mans" на Трассе Америк, США. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Гран-при Сианя в Китае. Финал. Сессия 2.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 7. "6 часов Фудзи" в Ояме, Япония. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Artur Yunusov: «Bronza medalini oltindek qabul qildik»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futzal t.j. / Erkaklar futzal t.j.
Rukn: Intervyular
A A A

Mana, O‘zbekiston terma jamoasi futzal bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati sovrindorlari qatoriga qo‘shildi - bronza medali.

Aslida hammamiz «oltin»» kutgandik, zero, bu borada va’da ham berilgandi. Biroq amalda bizga uchinchi probali medal nasib etdi. Ochiq tan olish kerak, jamoamizning oltin medal yutolmaganidan fojea yasamadik.

Boisi, Eron futzalining asl kuchini juda yaxshi bilamiz va yirik hisobli mag‘lubiyatni go‘yoki, qonuniyat o‘rnida qabul qildik. Axir Eron futzalda o‘z nomi bilan Eron-da.

Chunonchi, yarim final bahsida hisob yanada yirikroq ko‘rinish olishi ham hech gap emasdi. Eronlik futzalchilar Braziliya, Portugaliya va Ispaniya jamoalarini haqiqiy raqib sifatida ko‘rishadi. Biz esa hozircha ancha poygakdamiz...

SAVIYA

Eron futzali Osiyoda nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa har qanday mamlakat mini-futbolidan bir bosh ustun turishini har birimiz yaxshi bilamiz. Dunyo futbolida Braziliya termasi nechog‘li vajohatli ko‘rinsa, Osiyo futzalida Eron jamoasi shu qadar qo‘rqinchli.

Ha, qit’a birinchiligi oldidan ayrimlar forslar termasida avlodlar almashuvi boshlangani va bu holat bosh-qa yetakchilar qatori bizning jamoaga ham qo‘l kelishi mumkinligini ta’kidlashgandi.

Xuddiki, bizga avlodlar almashuvi jarayoni yotdek. Ko‘rdik, forslarda avlod qanchalik almashmasin, o‘yin sifati o‘zgarmay qolaverar ekan.

Tan olish kerak, o‘zbek futzali oxirgi yillarda sezilarli ko‘tarilishga erishdi. Buni inkor etish ahmoqlik bilan teng. Birgina mundialdagi ishtirokning o‘zi ko‘p narsani anglatadi. Ammo shuning barobarida alohida aytish kerakki, o‘sha ko‘tarilish ko‘p jihatdan bir inson - Xose Mariya Mendez bilan bog‘liq.

Ispan mutaxassisining terma jamoada olib borgan ishi darhaqiqat, tahsinga loyiq. Ehtimol, u yangi nomlarni uncha kashf etmagandir, ammo futzalchilarimizda o‘z salohiyatlariga nisbatan ishonch hissini uy-g‘otdi. Natijada yigitlarimiz bir bosh baland sakray olishlarini amalda ham isbotladilar. Saviya shunday oshmasa, qanday oshadi?

Ammo o‘zbek futzalini yuqori ko‘tarish uchun shuning o‘zi yetarlimi? Osiyo chempionatida Eron termasidek vajohatli raqibni yengib, chempionlikni tantana qilish uchun bir bosh baland sakrash kifoyami?

Javobga hojat yo‘q. Xitoy Taypeyida tashkillashtirilgan Osiyo chempionati futzalimizning bugungi asl saviyasini ko‘rsatib berdi. Deylik, Bahodir Ahmedov shogirdlari guruhning so‘nggi turida yaponlarga yutqazmaganlarida, «pley-off»ga 1-o‘rin orqali chiqishardi. Shunday taqdirda vakillarimiz finalga qadar Eron termasiga duch kelishmasdi.

Ehtimolki, shunda kumush medal bizni to‘liq qanoatlantirar va so‘nggi bahsda forslardan uchralgan mag‘lubiyatni yengilroq qabul qilarmidik... Masalan, 2 yil muqaddam Toshkentda bo‘lib o‘tgan musobaqada xuddi shunday ssenariy kuzatilgan va hamma baxtiyor holda uy-uyiga qaytgandi.

Shundan buyon futzalimizni ko‘tarish uchun qanday choralarga qo‘l urdik? Aftidan, bundan keyin ham finalgacha Eron termasi bilan ro‘baro‘ kelmaslik yo‘llarini qidiramiz, shekilli.

MO‘’JIZA

Aslini olsak, O‘zbekiston futzal terma jamoasining hozirgi natijalarini ham mo‘’jizaga qiyoslash lozim. Har holda, yurtimizda «futzal maktabi» tushunchasining o‘zi yo‘q.

Deylik, hech kim farzandini yoshligidan futzalga yo‘naltirmaydi, uni kelajakda futzalchi sifatida tanilishini orzu qilmaydi. Chunki futzal maktabi mavjud emas. Futbol maktabi bor, boks, tennis va hattoki, stol tennisiniki ham topiladi. Ammo zalda to‘p tepishni o‘rgatadigan bolalar murabbiylari yo‘q.

Shu holida ham O‘zbekiston termasi futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida 4-marta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Umumiy hisobda aytsak, jamoamiz naq 8 marta sovrindorlar qatoridan joy olgan va bu borada faqat Eron (15ta sovrin) va Yaponiya (11ta sovrin) termalaridan ortda qolmoqda, xolos. Biror bolalar futzal maktabi yo‘q mamlakat uchun bu mo‘’jiza emasmi?

Hozirgi aksariyat futzalchilarimiz shunchaki, katta futbolda o‘z joylarini topolmaganlardir. Balki ularning o‘zlari bu fikrga qo‘shilmaslar, ammo vaqtida tanlash imkoniyati berilganida, qay birini ma’qul ko‘rishardi - futbolnimi yoki futzalni?

Aytaylik, Olmaliqda ham futzal, ham futbol jamoasi bor. Ammo tanlash imkoni tug‘ilsa, kimdir futzalda qoladimi? Shubha bor. Sabablari bir talay. Eng asosiysi - futbolda pul ko‘proq. Ha, futzal jamoasiga ham, futbolnikiga ham Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati homiylik qiladi.

Ammo ajratiladigan mablag‘ning katta qismi futbol klubiga ketishi hech kimga sir emas. Futboldan ortgani boshqalarga tegadi. Umuman, nafaqat Olmaliq, balki istalgan hududda shu holatni ko‘rish mumkin. Lekin bu ham muammoning eng kattasi emas.

CHEMPIONAT

O‘zbekistonda futzal bo‘yicha chempionat yo‘lga qo‘yilganiga ancha bo‘ldi. Ammo musobaqada tashkilotchilik qay darajada? Barcha klublar muayyan joyda to‘planib, navbati bilan o‘zaro o‘ynab chiqadigan musobaqaga professional maqomini berish mumkinmi?

O‘zbek futzalining asl muammosi qayerda ekanligini ko‘rsatish uchun uzoqqa borish shart emas. Chunonchi, har bir muammo avvalo, ichki birinchilikka qadaladi. O‘zbekiston chempionati esa afsuski, maqtashga arziydigan musobaqalar sirasiga kirmaydi.

Axir ishtirokchilar bir joyda to‘planib, qandaydir 10 kun oralig‘ida ketma-ket maydonga tushadigan musobaqa havaskorlar darajasida kechadi, xolos. Keling, shu o‘rinda yon qo‘shnilarimiz - Qozog‘iston yoki Rossiya chempionatini misol tariqasida keltiraylik. Bizda sobiq oliy liga formati qanday bo‘lsa, ularda futzal chempionati xuddi shu taxlit kechadi.

Barcha o‘yinlar «uy-safar» tizimida o‘tkaziladi va har bir jamoada g‘oliblik uchun teng imkoniyat bor. Bizda-chi? Demoqchimizki, qachonki, ichki birinchilik professional tarzda yo‘lga qo‘yilsa, xalqaro maydonda doimiy g‘alabalar kutishga haqli bo‘lamiz. Buning uchun imkoniyat bormi? Bor, albatta.

Deylik, har bir viloyatda yopiq sport inshootlari qurilgan, qurilmoqda. Nima uchun o‘sha inshootlardan foydalanish mumkin emas? Jamoalar ma’lum joyda 2 hafta tinmay parketga tushib, chempionatning katta qismini bir nafasda o‘tkazib yuborsa, futzalchilar butun mavsum davomida sport formasini qanday ushlab turishadi?

Bilamiz, sportning asosi aynan jismoniy holatga bog‘liq. Demakki, ftzalchilar qandaydir 2 hafta emas, yil davomida tayyorgarlikni maromida ushlashlari kerak. Modomiki, O‘zbekiston chempionati professional tarzda yo‘lga qo‘yilmas ekan, har gal finalga qadar Eron termasiga duch kelmaslikka umid bog‘lab qolaveramiz.

QARASHLAR

Eng katta xatomiz - futzalni futbolning ajralmas qismi sifatida ko‘rishimiz bo‘lsa kerak. Yosh iqtidor avval futbolga boradi, ulg‘aygach, millionlar o‘yinidan umid uzishiga to‘g‘ri kelsa, futzalga bosh suqadi. Bu jarayon o‘n yillardan buyon davom etmoqda. Futzal hech qachon futbol bo‘lolmasligini esa tushungimiz yo‘q.

Ularning yagona o‘xshash jihati - ikkisi ham to‘p bilan o‘ynaladi va qo‘lni ishga solish mumkin emas. Tamom. Boshqa jihatlari bir-biridan keskin farqlanadi. Maydon ham boshqacha, darvoza ham. Hattoki, to‘pda ham farq bor - futzalniki kichikroq. Futbol maydoniga tushib, futzal to‘pini tepingchi, o‘ynay olarmikansiz?

Yo‘q, zalda o‘ynashga mo‘ljallangan to‘p maysa ustida bir uyum teriga aylanib qoladi. Na sapchiydi va na dumalaydi. Undan ko‘ra, basketbol to‘pi bilan futbol o‘ynash osonroq. Futbol to‘pidan esa futzalda foydalanishning umuman iloji yo‘q - qattiq parket ustida yerga ursang, ko‘kka sapchiydi. Biz esa shu bir-biridan keskin farqlanadigan ikki xil o‘yinga deyarli bir yaxlit qaraymiz.

YANGI ISH

Futbolchi ming tajribali bo‘lsa hamki, futzalda bemalol o‘ynab ketishi juda qiyin masala. Chunki zaldagi o‘yinda amplua tushunchasi, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi maqomlari yo‘q. Bu yerda bir soniya to‘xtasangiz, baloga qolishingiz hech gap emas.

Axir darvozabondan tashqari, 4 nafar futzalchi bilan harakatlanadigan o‘yinda hamma birdek himoyalanishi va teng hujum qilishi shart. Aks holda, mag‘lubiyat xavfi ortadi: maydon kichik va raqib istalgan lahzada darvoza oldida paydo bo‘lib, gol urib ketishi mumkin. Xullas, futzal to‘xtovsiz harakatni talab qiladi. O‘yinchi almashtirish futboldagi kabi cheklanmaganining boisi ham shu.

Tushunarliki, endi bor e’tibor 2 yildan so‘ng mundial yo‘llanmalari taqdiriga oydinlik kirituvchi Osiyo chempionatiga qaratiladi. Masalaning nozik tomoni shuki, yana jahon chempionatida ishtirok etishni istaymiz, ammo buning uchun nima qilish lozimligini bilmaymiz.

Kattalar o‘rtasidagi musobaqa haminqadar, yoshlar va bolalar futzali tushunchasi umuman yo‘q. Kim o‘z shahri yoxud tumanida futzal to‘garagi borligini biladi? Futbolniki bor, ammo futzal... Mavjud vaziyatning yana bir nozik tomoni, bunday to‘garaklarni tashkillash unchalik oson emas.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bizda futbol ko‘proq rivojlangan va eng chekka go‘shalarda ham bolalar murabbiylari bor. Biroq futzalning hattoki, eng oddiy, elementar qoidalarini biladigan murabbiylar masalasida jimmiz.

To‘g‘ri, barcha tumanlarda futzalga mo‘ljallangan kichik maydonlar ko‘p va ularda ommaviy tarzda o‘ynalmoqda. Ammo o‘yinlar yagona qoidaga asoslanmagan. Agar futzalni chinakamiga rivojlantirishni istasak, avvalo, shu jihatlarga e’tibor qaratish lozim.

Katta ko‘lamda ish boshlash, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida futzal murabbiylarini tarbiyalashga ahamiyat berish, joylarda to‘garaklar tashkillash, hududiy chempionatlarni yo‘lga qo‘yish kerak.

Shuningdek, bolalar o‘rtasida futzalni targ‘ib etish ham talab etiladi. Jismoniy tarbiya darslarida futzalga ko‘proq o‘rin ajratilsin, xuddi futbol singari uning qoidalari hammaga singdirilsin, o‘rgatilsin.

Shunda futzal ham millionlar o‘yinidek ommalashib ketar, professionallik sari intilarmiz. Ungacha esa bronza medali bilan ovunib yuraveramiz...

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:09, 22.02.2018. O'qildi: 2267 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.