Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dostonbek Hamdamov «Bunyodkor»dan qochib ketmagan. Mojaroli transfer tafsilotlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

24 fevral kuni «Bunyodkor» safida 9 yildan buyon to‘p surib kelgan Dostonbek Hamdamov Rossiyaning «Anji» klubi safiga borib qo‘shildi.

Avvaliga OAVda, xususan, «Championat.asia» nashrida Doston Hamdamov Toshkent klubi rahbariyatining ruxsatini olmay turib, Rossiya klubiga ketib qolgani haqida xabar berildi. Ayni vaqtda bu xabar saytdan olib tashlangan.

Xabarda yaqindagina  O‘zbekiston U23 terma jamoasi safida Xitoydan Osiyo chempioni bo‘lib qaytgan futbolchi hech kimga aytmay, Turkiyaga ketgani va «Anji» yig‘iniga borib qo‘shilgani aytilgandi. Ta’kidlanishicha, bundan na klub rahbari Murod Aliyevning va na bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning xabari bo‘lgan.

Futbolchining otasi bergan ma’lumotga ko‘ra, uning o‘g‘li Mahachqal’a klubi bilan 1,5 yillik shartnoma tuzgan. U OAVda o‘g‘lining transferi bilan bog‘liq salbiy xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Hamdamovning «Bunyodkor» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2018 yil dekabrigacha bo‘lgan. Shartnomadagi bandga ko‘ra, agar Yevropaning biror jamoasi Dostonbek Hamdamov uchun muayyan summani to‘lab bersa, futbolchini keyinroq boshqa klubga sotsa va «Bunyodkor»ga keyingi transferdan 15 foizlik ulush o‘tkazishga rozi bo‘lsa, futbolchini o‘ziniki qilishi mumkin edi. «Anji» bu shartlarga rozi bo‘lgan, futbolchining o‘zi ham kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rishni istagan.

«Rossiya chempionati ishtirokchi bo‘lmish «Anji» klubi «Bunyodkor» Dostonbek uchun so‘ragan summani to‘lashga va qolgan shartlarni ham bajarishga tayyor. Dostonbek ham kuchli chempionatda o‘zini astoydil sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Ayniqsa, uning otasi bu transfer amalga oshishini qattiq istab, o‘g‘lini shunga undadi. Bir qator internet nashrlarida klub rahbari va murabbiy bu transferdan bexabarligi, Doston «Anji»ga qochib ketgani haqida xabar tarqaldi. Aslida esa, «Bunyodkor» Birlashgan arab amirliklarida bo‘lgan yig‘inda ekanida klub rahbari Murod Aliyev hamda bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ham Dostonbekning «Anji»ga ketmoqchi ekanidan xabardor bo‘lishgan, faqat ular buni istashmagan. Klub Amirliklardan qaytgach, Dostonbek Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan «Anji» tarkibiga borib qo‘shildi. U bilan gaplashganimda «Bunyodkor»dan bir umr qarzdorligini, nimaga erishgan bo‘lsa, shu klub sabab erishgani haqida gapirdi. Ammo har qanday futbolchi yuqoriga intilishni, o‘sishni istaydi. Uning ustiga, Doston qoida bo‘yicha harakat qildi, klub bilan tuzilgan shartnomani buzgani yo‘q.

Agar amaldagi kelishuvni buzib, qonunga xilof ravishda ketganida «qochib ketdi» degan ibora qo‘llash mumkin edi. Ammo u risoladagiday ish tutdi. Buni «qochib ketdi» deya talqin qilish alamzadalikdan boshqa narsa emas. «Bunyodkor» Dostonni «odam» qilgan bo‘lsa, mana u ham yaxshilikka javob tarqasida jonajon klubi hisobiga anchagina mablag‘ tushishiga sababchi bo‘lmoqda», deydi «Kun.uz»ga futbolchiga yaqin manba.

Doston Hamdamov «Bunyodkor» futbol akademiyasiga 13 yoshida kelgan. U 9 yil davomida shu klubda to‘p surdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanib, terma jamoaga chaqirildi.

Bundan avvalroq «Bunyodkor» hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning «Rostov» klubiga yo‘l olgandi. Keyinroq «qaldirg‘ochlar»ning boshqa bir yetakchisi Otabek Shukurov Amirlik klubiga transfer qilindi.

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 11:45, 25.02.2018. O'qildi: 19800 marta. Fikrlar: 13 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик