Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba.

  • CAFA Nation's Cup
      • 08.09.2025 17:00
      • O'mon
      • -:-
      • Hindiston
      • 08.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Eron
  • JCh saralash. KONMEBOL
      • 09.09.2025 05:00
      • Kolumbiya
      • -:-
      • Boliviya
      • 09.09.2025 05:00
      • Urugvay
      • -:-
      • Peru
      • 09.09.2025 05:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Chili
      • 09.09.2025 05:00
      • Paragvay
      • -:-
      • Ekvador
      • 09.09.2025 05:00
      • Argentina
      • -:-
      • Venesuela
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 O'mon 3 7
3 Turkmaniston 3 1
4 Qirg‘iziston 3 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 3 7
2 Tojikiston 3 4
3 Hindiston 3 4
4 Afg‘oniston 3 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Afg‘oniston 0-0 Hindiston
3-тур Tojikiston 2-2 Eron
3-тур Turkmaniston 1-2 O'mon
3-тур O‘zbekiston 4-0 Qirg‘iziston

Navbatdagi o'yinlar.

08/09/25 O'mon - Hindiston

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3635 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1486 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 08.09.2025

      06:35 Новости футбола.
      06:40 Д/ф "Дэвид Бекхэм. Одиозный".
      08:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      14:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      20:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      02:00 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      02:45 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      04:45 "Всё о главном". Галимджан Хайруллин.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 08.09.2025

      05:50 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 5 во Франции. Женщины.
      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      09:35 Стрельба из лука. Чемпионат России. Этап в Санкт-Петербурге.
      10:30 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Вышка. 1/2 финала.
      12:00 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Вышка. Финал.
      13:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      15:30 "Небесная грация".
      15:45 "Культовые".
      16:15 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
      19:35 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве.
      21:10 "Тайны звёзд спорта".
      21:40 Московские экстремальные игры 2025.
      22:30 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Вышка. 1/2 финала.
      23:55 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Вышка. Финал.
      01:05 "География спорта". Йошкар-Ола.
      01:35 "Культовые".
      02:05 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      04:15 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
  • MATCH-TV
    • Sana: 08.09.2025

      05:15 "Магия большого спорта". "Хоккей".
      05:45 Новости.
      05:50 Д/ф "Тони Кроос".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Всё о главном".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Александр Мальцев.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "География спорта". Йошкар-Ола.
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 LIVE Громко. Прямой эфир.
      18:55 LIVE Регби. Pari Чемпионат России. "Динамо" (Москва) - "Слава" (Москва). Прямая трансляция.
      21:00 Футбол. МИР Российская Премьер-Лига. Обзор тура.
      22:05 Смешанные единоборства. ACA 187 в Москве. Алексей Полпудников против Александра Матмуратова.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:35 Д/ф "Джеррард. Прирождённый лидер".
      03:00 "Культовые".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Локомотив-Пенза" - "Красный Яр" (Красноярск).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 08.09.2025

      06:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 9. Альфаро - Вальдескарай.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Верхней Савойе, Франция. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      08:30 Теннис. US Open. Раунд 4.
      10:00 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 9. Альфаро - Вальдескарай.
      11:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Верхней Савойе, Франция. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      12:00 Теннис. US Open. Раунд 4.
      13:00 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Этап 7 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка.
      13:45 Легкая атлетика. Сиднейский марафон в Австралии.
      14:30 Велоспорт. Женщины. "Классика агломерации Лорьян" во Франции. Обзор.
      15:30 Велоспорт. Гонка "Классика Бретани" во Франции.
      17:00 LIVE Теннис. US Open. Раунд 4. Прямая трансляция.
      00:00 LIVE Теннис. US Open. Раунд 4. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek futbolida yangi hangomalar. Tupuklardan ho‘l bo‘lgan reglament haqida

Baho:
+3 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Stadion.uz va gazeta / Maqolalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Professional so‘zi anchadan buyon ortiqchalik qilib qolgan PFL Birinchi Ligada qatnashadigan jamoalar sonini e’lon qildi. Ha, ha, aynan e’lon qildi. Hech qanday saralashsiz, hech qanday o‘tish o‘yinlarisiz Pro-ligada qatnashadigan klublar nomini bilib oldik. Tasavvur qila olasizmi, Angliya futbol ittifoqi chempionshipda qatnashadigan jamoalar ro‘yxatini musobaqa boshlanishiga bir oy ham qolmaganida e’lon qilishini? Amaldagi chempion Premyer-Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish tugul butunlay tarqatib yuborilishi va London jamoalarining o‘rinbosarlari mamlakatning ikkinchi darajali ligasida qatnashishinichi? Tasavvur qila olmaysiz-a? Lekin bizda bu amalda bo‘lishi mumkin. Bizda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Chunki futbolimiz bu sport turidan butkul uzoqda bo‘lgan insonlar qo‘lida qolib ketdi…

BARCHA YO‘LLAR TOSHKENTGA OLIB BORADI
Ochilboy Ramatov federasiya prezidenti etib saylanganidan keyin sobiq rahbarlarga Oliy Ligada 12ta jamoa qoldirilishi faqat Toshkent jamoalarining rivojlanishiga olib kelishini, bu bilan barcha viloyatlardagi tizimni rivojlantirib bo‘lmasligini kuyunib gapirgandi. Bu gaplardan barchamiz xursand bo‘ldik. Biroq, ko‘rib turganimizdek, hech narsa o‘zgarmadi. Superligada baribir 12ta jamoa qoldirildi. Pro-liga borasida o‘zgarish esa undan ham oshib tushdi. PFL yangi mavsumda Pro-ligada qatnashadigan jamoalar ro‘yxatini e’lon qildi. Demak yangi mavsumda «Mash’al», «Sho‘rtan», «Dinamo», «Istiqlol», «Yozyovon», «Xotira-79», «Iftixor» (YOshlar ittifoqi jamoasi), «Zomin», «Xorazm», «Andijon», «Orol», «G‘ijduvon», «Surxon», «Bunyodkor-2», «Paxtakor-2», «Lokomotiv BFK» jamoalari Pro-liga bahslarida qatnashadi. Aytgancha, qur’a tashlash marosimi paytida «Xotira-79» o‘rniga «Norin» paydo bo‘lib qoldi...

Ko‘rib turganingizdek, Toshkentning uchta klubi «Lokomotiv», «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning o‘rinbosarlar jamoalari Pro-ligada o‘ynaydi. Nima deb o‘ylaysiz, ular bunga munosibmi? Bunga deyarli barcha bir ovozdan «YO‘Q» deb javob berishi turgan gap. Chunki, bu jamoalarning ishtirokidagi o‘yinlarga futbolchilarning tanishlaridan bo‘lak deyarli hech kim bormaydi. Toshkent klublarining asosiy jamoalari o‘ynaganida stadionlar huvillab yotadi-ku, o‘rinbosarlar o‘ynaganda kim ham kelardi? O‘FA barcha klublarga o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. Bazalaring bo‘lsin, pullaring bo‘lsin, sharoit bo‘lsin deb. Bu uchta klubda sharoit, baza bormi? Bor, lekin asosiy jamoaning bazasi. Ularda xususiy, o‘zigagina tegishli bo‘lgan hech narsa yo‘q. Nima uchun butun respublika jamoalari ichida yana poytaxt jamoalari ajratib qo‘yildi? Nima uchun Toshkent jamolarining o‘rinbosarlariga ikkinchi darajali chempionatimizda o‘ynashga imkon beriladi-da, boshqa viloyat jamoalari umuman tugatib yuboriladi? Ularni eshik qisganmi?

«SEMENTCHI» TUGATILDI
Quvasoyning «Sementchi» klubi o‘tgan mavsumda Birinchi Liga chempioni bo‘ldi. Viloyatning uchinchi jamoasi bo‘lgan oddiy bir tuman jamoasi haqli tarzda Oliy Liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Lelin keyin nima bo‘ldi? «Sementchi»ning puli yetmasligi, stadioni talabga javob bermasligi aytilib, Oliy Liga o‘ynash huquqidan mahrum qilindi. Yetmaganiga jamoa futbolchilari «Neftchi»ga o‘tkazib yuborildi. Bu bilan birga yo‘llanma ham oxir-oqibat «Neftchi»ga tegdi. Endi o‘ylab ko‘ring, quvasoylik muxlislar o‘z sevimli jamoalari endi «Neftchi»ga qo‘shib yuborilganidan xursand bo‘lishadimi? Yo‘q, albatta. Chunki o‘sha «Sementchi» tuman sharafini himoya qilib, tuman aholisiga xursandchilik ulashayotgandi. Bu jamoani Oliy Ligaga olib chiqqan futbolchilari nima bo‘ladi? Turgan gapki, Superligada «Sementchi» hujumchisi Meliboyev o‘rnida «Neftchi» falon million «podyemniy» berib tarkibga qo‘shib olgan futbolchilari o‘ynaydi. PFL va UFAning futboldan o‘ta yiroq rahbarlari o‘sha futbolchilarning orzulari haqida hech o‘ylashdimikin? Afsus, endi o‘sha jamoaning aksariyat yigitlari bir kun kelib farzandlariga oddiy tuman jamoasi bilan Oliy Ligaga chiqqanmiz deb aytib berisholmaydi. Chunki, ularning orzularini kabinetda o‘tirganlar barbod qilishdi...

SARALASH? REGLAMENT? NIMALAR DEYAPSIZ, BILGANIMIZNI QILAMIZ!
O‘FA va PFL o‘z reglamentiga tupuraverib, uni ho‘l qilib yubordi. Navbatdagisi Pro-liga bilan bog‘liq bo‘ldi. Futbolimiz rahbarlari bilan aloqasi bo‘lganlar quyidagi gaplarni ularga yetkazib qo‘yishlarini so‘rardik. Chunki ular gazeta o‘qishiga, muxlislarning fikri bilan qiziqishlariga ishonish qiyin. Janob rahbarlar, agar bilsangiz, bizda Ikkinchi Liga deb atalgan, faqirgina bo‘lsa ham, rasmiy maqomda o‘tkaziladigan musobaqa bor. Oliy va Birinchi Ligamizdan farqli aynan mana shu ligada hech qanday kelishishlar, g‘irromliklar bo‘lmaydi. Aksari mahalla jamoalaridan iborat jamoalar qishloqlari, mahallari sharafini himoya qilishadi. Unda g‘olib bo‘lgan jamoalar Birinchi Ligaga o‘tish o‘yinlarida qatnashishardi. Farg‘onaning «Istiqlol» jamoasi aynan o‘sha o‘tish o‘yinlarida juda yorqin o‘yin ko‘rsatib, keyin Birinchi Ligaga chiqqandi. O‘tgan mavsumda esa Birinchi Ligada ham ikkinchi bo‘ldi. «Istiqlol»ga qarshi o‘tish o‘yinlarida o‘ynagan bir himoyachi o‘yinni shunday eslagandi: «Istiqlol»ning bolalari oldingdan shuv etib o‘tib ketadi, bilmay qolasan. Juda yaxshi jamoa». O‘tish o‘yinlarida barcha viloyatlarning chempionlari qatnashadi va jamoalar bir-birlarini bilib olishadi. Bu mavsumda esa bunga ehtiyoj ham qolmadi. Jamoalar nomini e’lon qilishdi, qo‘yishdi. Kelasi yil Toshkentning «Metallurg» va «Olmaliq» jamoalarining ham yoshlar jamoasi Pro-ligaga qo‘shib, jamoalar soni qisqartirilsa, Ikkinchi Liga musobaqalarini jimgina to‘xtatib qo‘ysak ham bo‘laverarkan. Axir biz yaxshi ko‘ramiz-ku klublar sonini qisqartirishni, to‘g‘rimi? Yo‘q, azizlar, bunaqada bo‘lmaydi. Quyi divizion vakili o‘z ligasini yutsa, keyingi yil yuqorilashini his qilmasa, o‘ynagisi kelmaydi. Bizda futbol sistemasiga putur yetdi. Diskvalifikasiya qilingan futbolchisi nazorat o‘yinida qatnashgani uchun klublar 500 million jarimaga tortilsa, Oliy Liga va Birinchi Ligada o‘ynaydigan jamoalar nomi hech qanday saralashsiz shunchaki e’lon qilib qo‘yilsa, Yoshlar Ittifoqi jamoasi tushunarsiz tarzda musobaqalarda qatnashsa, bunaqa hech qanaqasiga oldinga siljish bo‘lmaydi. Futbolimiz o‘z o‘zani bo‘yicha, hech qanday turtkisiz ham ancha yuqori darajaga chiqayotgandi. Bunday bemaza o‘zgarishlar esa uni faqat orqaga tortadi, faqat orqaga…

O‘tkir JALOLXONOV

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 16:10, 02.03.2018. O'qildi: 9719 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Эрон Amirhussayn Hussaynzoda 3
2 Ўзбекистон Igor Sergeev 3
3 Ўмон Issam al-Sabhiy 2
4 Тожикистон Shahrom Samiyev 2
5 Эрон Muhammadmehdiy Muhibiy 1
6 Тожикистон Zoir Jo‘raboyev 1
7 Ўзбекистон Hojimat Erkinov 1
8 Ўмон Nosir ar-Rovahiy 1
9 Туркманистон Arzuvguli Saparguliyev 1
10 Ўмон Muhsin al-G‘assoniy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.