Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 9 24
2 Real Madrid 9 21
3 Atletiko 9 17
4 Vilyarreal 9 17
5 Osasuna 9 15
6 Atletik Bilbao 9 14
7 Malyorka 9 14
8 Rayo Valyekano 9 13
9 Selta 9 13
10 Betis 9 12
11 Jirona 9 12
12 Sevilya 9 12
13 Alaves 9 10
14 Espanyol 9 10
15 Real Sosyedad 9 9
16 Xetafe 9 8
17 Leganes 9 8
18 Valensiya 9 6
19 Valyadolid 9 5
20 Las-Palmas 9 3

O'tgan o'yinlar.

9-тур Leganes 0-0 Valensiya
9-тур Espanyol 2-1 Malyorka
9-тур Xetafe 1-1 Osasuna
9-тур Las-Palmas 0-1 Selta
9-тур Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
9-тур Real Madrid 2-0 Vilyarreal
9-тур Jirona 2-1 Atletik Bilbao
9-тур Alaves 0-3 Barselona
9-тур Sevilya 1-0 Betis
9-тур Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

19/10/24 Alaves - Valyadolid
19/10/24 Atletik Bilbao - Espanyol
19/10/24 Osasuna - Betis
19/10/24 Jirona - Real Sosyedad
20/10/24 Selta - Real Madrid
20/10/24 Malyorka - Rayo Valyekano
20/10/24 Atletiko - Leganes
20/10/24 Vilyarreal - Xetafe
21/10/24 Barselona - Sevilya
22/10/24 Valensiya - Las-Palmas

So'rovnoma

  • U-23 terma jamoamizning Olimpiadadagi muvaffaqiyatsizligida kim ko‘proq aybdor?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5164 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Superliga-2024'da kim g‘olib chiqadi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 6001 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL «oy laureatlari» tarixiga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Angliya elit divizioni - APL nafaqat shiddat va raqobat masalasida, balki o‘ziga xos an’analar nuqtai nazaridan ham futbol olamida alohida o‘ringa ega.

Xususan, inglizlar har oy yakunida eng yaxshi futbolchi va murabbiyni aniqlab, ularga alohida sovrin topshirishni odatga aylantirishgan. Afsonalar butun faoliyatlari davomida munosib o‘ynash asnosida futbol tarixidan abadiy joy oladilar.

Misol uchun, Buffon 40 yoshida u qadar chaqqon ko‘rinmayotgan bo‘lsa, bu uning buyuk ekanligina rahna sololmaydi. Zero, betakror Jiji yillar davomida kimligini to‘liq isbotlagan, katta-katta o‘yinlarda aql bovar qilmas karomatlarni ko‘rsatib ulgurgan.

Biroq tarixga kirish uchun yana bir yo‘l bor - ba’zilar ma’lum muddat yorqin o‘ynash evaziga nom qoldirishadi. APLda buning uchun imkoniyat yaxshiroq - inglizlar 1994 yildan e’tiboran oy laureatini barqaror ravishda aniqlab kelishmoqda.

Demak, bugun jahonning eng boy va kuchli ligasidagi ajoyib an’ana - «Oy futbolchisi» so‘roviga daxldor qiziqarli faktlarga murojaat qilamiz.

O‘ylaymizki, bu boradagi ma’lumotlar ko‘pchilikni yetarlicha qiziqtiradi.

113 marta. Hujumchilar naq 113 oy yakuni bo‘yicha APLning eng yaxshi futbolchisi maqomini olishgan. Deylik, oxirgi laureat - Serxio Aguero yanvar oyi davomida bir qator ajoyib imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Ammo tashkilotchilar bundan ko‘z yumib, uning gollariga e’tibor qaratishdi.

Xullas, argentinalik to‘p-urar gollari evaziga raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Bu futbolda hujumchilar individual sovrin yutish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega ekanliklaridan dalolat. To‘g‘ri, APLda boshqa amplualar vakillariga ham oy laureati bo‘lish nasib etgan. Misol uchun, yarim himoyachilar 76 marta sov-rin yutishgan - munosib natija.

97 marta. Oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni yutish bobida Angliya fuqarolari oldinda. Vaholanki, APLda legionerlar ko‘p, qolaversa, jamoalar xorijdan oddiy o‘yinchi olishmaydi aslo. Shuni nazarda tutib aytsak, angliyalik futbolchilarning oy laureati bo‘lish bobida yetakchi ekanliklari tahsinga loyiq.

To‘g‘ri, oy so‘rovi natijalari Angliya terma jamoasi fonida biroz g‘alati ko‘rinadi. Har holda, inglizlar milliy jamoasiga nuqul omad va yorqin ijrochilar yetishmaydi. Umuman, «Oyning eng yaxshi futbolchisi» so‘rovi umumiy reytingida ham ikki nafar ingliz futbolchisi peshqadamlik qilmoqda.

34 marta. «Manchester Yunayted» futbolchilari naq 34 oy yakunida bosh laureat bo‘lishgan. Ular orasida Ueyn Runi, Pol Skoulz, Krishtianu Ronaldu, Ruud van Nistelroy va Aleks Fergyuson davrining boshqa yulduzlari alohida o‘rin tutishadi. Misol uchun, Duayt York hisobida 3ta sovrin bor (to‘g‘ri, trinidadlik hujumchi ulardan birinchisini «Aston Villa» safidagi o‘yinlari uchun olgan).

28 marta. Klublar hisobidagi sovrinlar bo‘yicha reytingning 2-pog‘onasi «Arsenal»ga tegishli - «kanonirlar», ya’ni Arsen Venger shogirdlari oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash so‘rovida 28 marta g‘olib chiqishgan. Tabiiyki, bu London jamoasi tarixining yorqin sahifalarini yodga soluvchi ajoyib ko‘rsatkich.

Hattoki, doimo hujumkor futbolni targ‘ib etuvchi «Liverpul» ham «Arsenal»dan orqada. Ishtiyoqli murabbiy Yurgen Klopp tomonidan o‘zgacha shaylantirilgan jamoa vakillari o‘tgan yili 2 marta oy laureati sifatida e’tirof etilishdi. Shunga qaramay, «qizillar» umumiy ro‘yxatda «Arsenal»dan hali o‘zib ketishgani yo‘q.

Ayni payt ularning hisobida 24ta sovrin bor. Shuningdek, «Tottenxem» futbolchilari ham munosib natijaga egalar: «shporlar» 21 oy yakunida so‘rov g‘olibi bo‘lishgan. Amaldagi chempion - «Chelsi» atigi 5-o‘rinda, vajohatli «Manchester Siti» esa hozircha 6-qator bilan cheklanmoqda.

17 marta. Fransiyalik futbolchilar APLda juda erkin harakatlanishadi. Ularning 17 marta oy laureati bo‘lishgani Angliya chempionatida o‘zlarini begonadek his qilmasliklaridan dalolat. Mamlakatlar reytingida 2-o‘rinning aynan Fransiyaga tegishli ekanligi bejiz emas, albatta.

Zero, bu yurt vakillari ko‘pincha APLning bosh yulduzlari qatorida yurishgan. Deylik, Fransiya hisobiga ilk ochkoni o‘ziga xos o‘yin uslubi bilan ajralib turgan David Jinola keltirgan bo‘lsa, keyin «qirol» - Erik Kantona katta sahnaga chiqqan.

Shundan so‘ng jahon chempioni - Emmanuel Peti o‘zini ko‘rsatgan va estafeta tayoqchasini «Arsenal» kashf etgan vunderkind - Nikolya Anelka qo‘liga tutqazgan. Keyin yana bir «kanonir» - yosh va aqlga sig‘mas darajada ulkan iqtidor sohibi Tyerri Anri bosh rolni bajargan.

15 marta. Gollandiya davlatlar reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. 15ta sovrindan iborat jamg‘armada Robin van Persining ulushi katta. Ispanlar 9 oy yakuni bo‘yicha Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchisi maqomini olishgan, Argentina esa birgina Serxio Aguero tufayli faxrli 5-pog‘onada.

APLda irlandiyalik yoki uelslik afsonalar ham qahramonlik ko‘rsatishgan, ammo ularni birgina mitti Serxio ortda qoldirmoqda. Ayni payt uning hisobida 5ta sovrin bor. Ha, «Manchester Siti»ning bosh goleadori o‘z ishini juda yaxshi biladi!

12 marta. Himoyachilar ham oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrindan benasib qolishmagan. Ular hisobida 12ta shaxsiy mukofot bor. Orqa chiziq vakillari orasida birinchi bo‘lib, finlyandiyalik Sami Xyuyupya e’tirof etilgandi. Ha, «Liverpul» fanatlari uni bejiz klub afsonalari qatoriga qo‘shmaydilar.

Angliya milliy jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ham vaqtida oyning eng yaxshi futbolchisi maqomiga munosib ko‘rilgan, shuningdek, laureat-himoyachilar ro‘yxatida Styuart Pirs bor. Jahonning eski eng qimmatbaho himoyachisi Rio Ferdinand va uning ukasi kolleksiyasida ham bunday sovrin yo‘q emas.

Jon Terri va Nemanya Vidich so‘rovda bir martadan g‘alaba qozonishgan. Himoyachilar orasida oxirgi laureat - bu Yan Vertongen. U 2013 yilning martida tengsiz bo‘lgandi. Belgiyalik himoyachi shu-shu munosib to‘p surmoqda, ammo yaqin oylarda yana eng yaxshi maqomini olishi mushkul masala.

9 marta. «Oy futbolchisi» maqomi atigi 9 marta golkiperlarga berilgan. Darvozabonlar yo‘lini 1995 yili mashhur mo‘ylovdor Devid Simen ochib bergandi, keyin «Blekbern» kiperi Tim Flauers o‘zini ko‘rsatgan. Ajoyib guruhda hattoki, Aleks Manninger ham bor.

Tabiiyki, APL afsonasi - Petr Chex oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrindan bebahra qolmagan. 2016 yilning fevralida e’tirof etilgan Freyzer Forster bunday sharafga erishgan oxirgi darvozabon bo‘lib turibdi. Ungacha esa Tim Krul laureatlar ro‘yxatidan joy olgandi.

6 marta. Bir futbolchi kolleksiyasidagi sovrinlar soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkich. Takror aytamiz, ayni payt bu boradagi umumiy reytingning yuqorisida ikki nafar mahalliy o‘yin-chi turibdi. Stiven Jerrard ilk marta uzoq 2001 yili g‘alaba qozongandi.

2014 yilga kelib, «Liverpul» afsonasi hisobidagi sovrinlar soni 6taga yetdi. Demakki, buyuk Stivi Ji shunday natijaga 13 yil davomida erishdi.

Angliya futbolining bugungi yoqimtoyi - Garri Keyn esa aksincha, qisqa vaqtda rekordchilardan biriga aylandi. Ilk marta 2015 yilning 3-oyida laureat bo‘lgan «Tottenxem» yetakchisi yaqinda (2017 yil dekabr) Jerrard natijasini takrorladi.

6 marta. Sovrinlarning umumiy miqdori so‘rov o‘tkazilgan oylar soniga nisbatan ko‘proq. Gap shundaki, 6 marta mukofotni birdaniga 2 nafardan futbolchiga berishgan.

Birinchi marta Alan Shirer va Kris Satton 1994 yili tengdaniga shohsupaga ko‘tarilishgan - «Blekbern» muvaffaqiyati ta’sirida. Keyin Sten Kollimor va Robbi Fauler («Liverpul») juftligi ko‘zga tashlangan. Ikki nafar laureat tanlash holati oxirgi marta 2014 yilning mart oyida kuzatildi - Stiven Jerrard va Luis Suares (yana «Liverpul»).

5 marta. Serxio Aguerodan tashqari, Ueyn Runi va Robin van Persida ham 5tadan sovrin bor. Argentinalik forvard uchun munosib davra.

5 marta. APL tarixida atigi 5 nafar futbolchi ketma-ket 2 oy laureat bo‘lgan. Bular - Robbi Fauler, Dennis Bergkamp, Krishtianu Ronaldu, Garri Keyn va Jeymi Vardi.

3 marta. Toshkentda tug‘ilgan va futbolga yurtimizda qadam qo‘ygan nigeriyalik Piter Odemvinji hisobida 3ta sovrin bor va u bu borada David Silva, Luis Suares hamda Kevin de Bryuyne kabi yulduzlardan oldinda. Qizig‘i, «Siti»ning bosh yulduziga aylangan belgiyalik yarim himoyachi hozircha biror marta e’tirof etilmagan.

3 marta. Eshli Yang bir yil davomida 3 marta laureat bo‘lgani bilan alohida maqtanishga haqli - rekord natija. Boz ustiga, u bunday ko‘rsatkichga 2008 yili kamtarin «Aston Villa»da ko‘rsatgan o‘yinlari orqali erishgan.

Mavsum bo‘yicha aytsak, hech kimga 3 marta oy qahramoni maqomini olish nasib etgan emas. Bitta chempionat davomida 2 marta sovrin yutganlar orasida esa Piter Odemvinji ham bor.

1 marta. Andrey Arshavin APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni yutgan rossiyalik ikkinchi o‘yinchi hisoblanadi. U 2009 yilning aprelida «Liverpul»ga qarshi safar o‘yinida «poker»ga erishgani tufayli g‘olib chiqqandi.

Rossiyalik birinchi laureat - Andrey Kanchelskis esa 1996 yili «Everton»dagi harakatlari bilan e’tirofga erishgan.

Serxio Aguero yanvardagi g‘alabasi bilan umumiy ro‘yxatda Pol Skoulz, Alan Shirer, Dennis Bergkamp, Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldu va Frenk Lemparddan o‘zib ketib, kuchli beshlikka kirdi.

Yaqin kelajakda esa Stiven Jerrard va Garri Keynni ham ortda qoldirishi mumkin. Har holda, «Manchester Siti» o‘yinlarini inobatga olsak, Lionel Messining do‘stida mutlaq yetakchiga aylanish imkoniyati chakki emas. To‘g‘ri, «Tottenxem» yetakchisi Keyn ham jim qarab turmaydi.

APLda oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni eng ko‘p yutgan futbolchilar

6 marta

Garri Keyn

Stiven Jerrard 

5 marta

Ueyn Runi

Robin van Persi

Serxio Aguero

4 marta

Dennis Bergkamp 

Tyerri Anri

Frenk Lempard

Krishtianu Ronaldu 

Alan Shirer

Pol Skoulz

3 marta

Robbi Kin

Piter Odemvinji

Ruud van Nistelroy

Garet Beyl

Duayt York

Eshli Yang

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:46, 05.03.2018. O'qildi: 5355 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Барселона Robert Levandovski 10
2 Вильярреал Ayose Peres 6
3 Барселона Rafinya 5
4 Бетис Djovani Lo Chelso 5
5 Реал Мадрид Kilian Mbappe 5
6 Сельта Borxa Iglesias 4
7 Барселона Lamin Yamal 4
8 Сельта Yago Aspas 4
9 Атлетик Бильбао Oyan Sanset 4
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.