Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolimiz yoshlik shijoatini qo‘msamoqda

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Paxtakor» nima uchun OCHL guruh bosqichiga yo‘llanma olish vazifasini bajarolmadi?

«Nasaf» va «Lokomotiv» OCHL guruh bosqich bahslarida «uy jamoasi» maqomiga sodiq qolishayotganining sababi nimada?

Superliganing dastlabki turini safarda o‘tkazib, mezbonlar darvozasiga javobsiz uchta gol yo‘llagan «temiryo‘lchilar» Doxadagi uchrashuvning birinchi bo‘limida o‘z darvozalaridan javobsiz uchta to‘p o‘tkazib yuborishlarini qanday tushunish mumkin?

Mamlakatimiz futbol muxlislari xotin-qizlarning yilda bir marta nishonlanadigan ardoqli bayrami arafasida yuqoridagi savollarga avvalgidan ham ko‘proq jo‘yali javob izlashdi.

Yo‘q, «Lokomotiv»ning mag‘lubiyatidan so‘ng futbol muxlislari alamlarini ichlariga yutib, muhtarama onaxonlar va opa-singillarimiz, bahor olqishlayotgan va bahorni qutlayotgan qizlarimizdagi bayramona kayfiyatni buzishmaganiga ishonchimiz komil. Nazarimizda, ular yana bir qutlug‘ va xayrli tadbirdan andek taskin topishdi.

Gap shundaki, kuni kecha prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon imzolandi.

Xo‘sh, mazkur Farmon qaysi jihati bilan klublarimizning xalqaro musobaqalardagi ishtirokidan quvonolmagan muxlislarga tasalli bo‘ldi?

Albatta, bu o‘rinda biz ushbu mavzuga batafsil to‘xtalishni rejalashtirmaganmiz. Ammo Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida maxsus monitoring boshqarmasi tashkil etilishini alohida ta’kidlash joiz.

Boshqarma zimmasiga boshqa muhim masalalar qatori jismoniy tarbiya va sport sohasida korrupsiyaning oldini olish vazifasi ham yuklatilgan.

Korrupsiya - sportimiz, xususan, futbolimiz rivojiga to‘siq bo‘layotgan salbiy, oqibati birdan ko‘zga tashlanavermaydigan xavfli illat. Muxlislarga ayon, bu ayanchli haqiqat uzoq yillar davomida rasmiy tarzda e’tirof etilmadi.

Mutasaddilar futbolimiz istiqboliga soya solayotgan bu xavfli illatning mavjudligini tan olishmadi yoki undan ochiq-oshkora ko‘z yumishdi. Nihoyat, mamlakatimiz sportini, jumladan, futbolimizni illatlardan tozalash jarayoni boshlandi.

Davlatimiz rahbari yosh futbolchilarimizning Osiyo chempionatidagi zafarli odimlarini qutlash asnosida «Korrupsiya bo‘lmasa, futbol qanday o‘ynalishini yigitlar finalda isbotlashdi», dedi ham faxr, ham og‘riq bilan.

O‘sha haqqoniy mulohazalarga rasmiy tus berildi. Mana shu omil futbol muxlislari ko‘nglini ko‘tardi. Shu Farmon bois futbolimiz istiqboliga ishonch mustahkamlandi.

Ayonki, futbolimizdagi bugungi mavjud reallikni bor bo‘y-basti bilan anglash, muammolar qatlami taxini oxirigacha ochish va o‘q ildizini topish va qirqish - o‘ta mushkul vazifa. Biroq ayni mushkul vazifani adolatli va oqilona bajarishgina futbolimizni yorug‘ manzillar sari yetaklaydi.

Ungacha biz «Paxtakor»ning OCHL guruh bosqichiga chiqolmagani, «Lokomotiv»ning ikki safar uchrashuvida murakkab sanalmagan raqiblarga yutqazgani, «Nasaf»ning atigi 2 gol evaziga ikki g‘alabaga erishgani sabablarini tarkib tanlash va taktik munosabatlardan izlayveramiz.

Vaholanki, to‘g‘ri tanlangan tarkib va taktik sxemaning ijobiy samarasi faqat bir-ikki bahsda seziladi, xolos. Asl vaziyat esa klublarimizning OCHLdagi ishtiroklaridan ma’lum. Deylik, «Lokomotiv» ikkinchi bo‘limda «Duhayl» darvozasiga ikkita gol urdi. Raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli holatlarni vujudga keltirdi.

Bu - murabbiylar tomonidan tarkib tanlashdagi xatolarning to‘g‘rilanishi va zaxiradan o‘rinli foydalanish natijasi. Bo‘ldi! Boshqa omillarni sanash shartmas, fikrimizcha. Chunki «Lokomotiv» durangga erishgan taqdirda ham jamoaning imkoniyatlari haqidagi xulosa, baribir, o‘zgarmasdi.

«Lokomotiv» - mamlakatimizda klub futbolining yorqin timsoli va uning uchun ham muammolar yonma-yon. Boshqacha bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Jamoa shu holatida «Duhayl»ga qarshi mardonavor to‘p surdi. Lekin bundan ortig‘iga uning kuchi yetmasdi. Buning sababi esa futbolimizda to‘planib qolgan muammolar bilan chambarchas bog‘liq.

Quvonchlisi, «Nasaf» futbolimizga xos an’anaviy illatlardan tezroq xalos bo‘lish yo‘lidan bormoqda. Har qancha iztirobli bo‘lmasin, klub mutasaddilari tajribali futbolchilarni ikkilanmay, «Paxtakor» safiga qo‘yib yuborishdi.

Bugun «Paxtakor» tajribali futbolchilar bilan tarkibini mustahkamlaganidan, «Nasaf» esa yoshlarga asosiy tarkibda o‘ynash imkoni yaratilganidan xursand. Tarozining ikki pallasidagi xursandchilikdan qay biri zalvorliroq ekanini esa vaqt ko‘rsatadi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:40, 10.03.2018. O'qildi: 3147 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик