Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov: “Raqobat bor joyda yuksalish bo‘ladi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 13 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekistonda sport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan katta yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mamlakat rahbari Shavkat Mirziyeyovning sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida ko‘rsatilgan vazifalarni tartibga solish maqsadida, MOQ Olimpiya zaxiralari kollejlari rahbariyatini bir joyga yig‘di. Tadbirda shuningdek, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari, respublika sport federasiya va assosiasiyalar rahbarlari ishtirok etishdi.     

Yig‘ilishni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov olib bordi. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, uning birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov va MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etgan majlisda  Olimpiya zaxirlari kollejlari va sport federasiyalari bilan kelishgan holda u yerdagi qabul kvotalarini o‘sha xududdagi talabdan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqishga asosiy e’tibor e’tibor qaratildi.

“Kvotalarni talabga qarab belgilashimiz lozim. Sport turlari bo‘yicha o‘rinlar ham shunga qarab taqsimladi. Boksga qiziqadigan yosh sportchini majburlab voleybol yo‘nalishida o‘qitmaymizku. Shuning uchun, kollej vakillari federasiya bilan kelishgan holda talabga qarab buni qayta ko‘rib chiqishlari kerak. Federasiya rahbarlari qaysi viloyatda o‘z sport turini rivojlantirish bo‘yicha istiqbol ko‘rmoqda? Bugun bu borada ular o‘z taklifini beradilar", - dedi Umid Ahmadjonov.

“Ayrim kollejlarda 29 ta sport turidan saboq beriladi. Xo‘sh, ularning hammasida darslar, mashg‘ulotlar yuqori saviyada tashkil etiladi deb ayta olamizmi? Qanday qilib bitta kollej 29 ta turni rivojlantirishi mumkin? Andijonda ko‘rgandik, voleybol uchun har yili 3 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Aslida voleybolni 6 kishi o‘ynasa, yana zaxira o‘yinchilari bo‘lsa, 3 ta sportchi bilan nimani rivojlantirmoqchimiz?

Endi kollejlarni mintaqalarga bo‘lamiz. Boks, dzyudo va yakkakurash sport turlariga bo‘lgan talab yuqori, ularni balki Olimpiya zaxiralari kolejlarining hammasida qoldirish mumkindir. Biroq rivojlanishda oqsayotgan sport turlari bo‘yicha markaz vujudga kelishi kerak. Andijonda 3 ta, Farg‘onada 3 ta, Namanganda 3 ta voleybolchi hech narsaga erishmaydi. Ularni butun vodiy bo‘ylab birlashtirishimiz va mashg‘ulotlar saviyasini oshirishimiz kerak. Olimpiya zaxiralari kollejlari sportni ommalashtirish bilan umuman shug‘ullanishi kerak emas. Davlatimiz rahbari bu ishni maktablardan boshlash kerakligini ko‘rsatib o‘tdilar. Kollejlar esa o‘z nomi bilan terma jamoaning zaxirasi va bazasi bo‘ladi va unda faqatgina mohir sportchi yoshlar jam bo‘lishi shart. Ana shundagina kolejlarda faqat yetuk va iqtidorli sportchilar voyaga yetadi. Bu eng avvalo yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytiradi. Raqobat bor joyda esa, yuksalish bo‘ladi” – deb o‘z fikrini davom ettirdi MOQ Prezidenti.

O‘z navbatida Jismoniy tarbiya va sport vaziri ham reja tuzayotganda har bir detallarga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida gapirdi.

"Sport kollejlari bo‘yicha takliflaringizni ko‘rdik. Bundan buyon qabul qilish mezonlari ham qayta ishlab chiqiladi. Imtihonlarda MOQ va vazirlik vakillari ishtirok etishadi. Ular qabul jarayonlarini nazorat qiladi. Kerak bo‘lsa, ommaviy axborot vositalari ham u yerda jarayonni yoritib beradilar. Xalq ko‘rishi kerak kimlar, qaysi mezonlar asosida ushbu o‘quv dargohiga qabul qilinayotganini. Chunki, terma jamoaga asosiy nomzodlar aynan Olimpiya zaxiralari kollejlaridan yetishib chiqishi kerak. Bu masala bo‘yicha viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari ham mas’uliyatni zimmalariga oladilar ", - dedi Shoakram Isroilov.

Sir emaski, davlat tomonidan sportni rivojlantirish uchun milliardlab mablag‘ ajratilmoqda. MOQ rahbari tomonidan bu pullar qat’iy nazorat qilinishi, to‘g‘ri sarflanishiga qattiq e’tibor berilishi haqida ham gapirib o‘tildi.

"Davlatning pulini bekorga sarflamasligimiz kerak. Shuningdek, u yerda majburan o‘qiyotgan yoshlarimizning ham bekorga vaqtini olmasligimiz lozim. Balki, to‘g‘ri yo‘naltira olsak kelajakda ulardan yaxshi shifokor, uchuvchi, haydovchi yetishib chiqar. Qilinayotgan ishlar, sarflanayotgan mablag‘lar samara berishini istaymiz. Qabul jarayonlarida ham raqobat bo‘lsin. Sportchilar o‘sha dargohda o‘qiyotganlaridan faxrlanib yurishlari kerak. Tashkiliy ishlar borasida muammolar bo‘lmaydi. Davlat barchasini ta’minlab beradi. Qolaversa, tanish-bilishning bolasi emas, chindan ham iqtidori bor bo‘lgan yoshlar kerak bizga. Endi kollejlar sportchilarni ovqatlantirish haqida bosh qotirmaydi, ularning darslari va mashg‘ulotlari bilan ishlaydi. Har bir sportchining ovqat rasioni va uning taomida, ichimligida qanday ozuqalar bo‘lishi haqida boshqa kompaniyalar ish olib boradi. Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish uchun esa xorijdan malakali murabbiylar jalb qilinadi", - dedi Umid Ahmadjonov.

Undan tashqari yig‘ilishda bundan buyon Olimpiya zaxiralari kollejlarida futbol yo‘nalishi bo‘lmasligi, sportning bu turi bo‘yicha har bir viloyatda alohida akademiya tashkil qilinishi va ushbu akademiyalar bevosita O‘FA nazoratida bo‘lishi haqida ham ma’lum qilindi. Yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddilar qabul jarayonlari bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Jarayon hamon davom etmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:03, 13.03.2018. O'qildi: 3468 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик