Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jorjo Kyellini: «Gvardiola Italiya himoyasini buzdi»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Yuventus» himoyachisi Jorjo Kyellini angliyalik jurnalistlar bilan uchrashuvda «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiolaga jiddiy «ayblov» qo‘ydi.

Uning fikricha, kataloniyalik mutaxassis italyan futboli himoyasiga salbiy ta’sir o‘tkazibdi. Jorjo suhbat davomida shuningdek, o‘zining xayriya ishlari haqida ma’lumot berdi, Antonio Konteni nima uchun eng yaxshi murabbiylardan biri sifatida tan olishini alohida izohladi.

Jorjo Kyellini suhbat boshida qah-qah otib kulgancha ayni payt «Chelsi» sharafini himoya qilayotgan sobiq klubdoshi Alvaro Morataning so‘zlarini yodga oldi:

«Jorjo bilan birga shug‘ullanish och qolgan gorilla yotgan qafasga kirish va undan ovqatini olib qo‘yishga urinish bilan teng». Ko‘plab hujumchilar Kyellini xususidagi bunday mengzashga beiloj qo‘shilishlari tayin. Zero, allaqachon 33 yoshni urib qo‘ygan Jorjo hamon «Yuventus» himoyasining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Muhimi, u o‘z zimmasiga yuklangan ishlarni sifatli bajarmoqda. Har holda, «keksa sinyora»ning tushunarsiz startdan keyin ancha kam gol qo‘yib yuborayotganida faxriy himoyachining mehnati ham katta.

Qarang, haftasiga yangi-yangi rekordlar o‘rnatishga odatlangan Garri Keyn ham Londonda «Yuve»ning mustahkam himoyasini yorib o‘tish uddasidan chiqmadi va «shporlar» Turindagi umidbaxsh o‘yin (2:2 hisobi)ga qaramay, Italiya grandini CHL chorak finaliga  kuzatib qo‘yishdi...

Umuman, Kyellini har doim voqealar markazida bo‘lishni yoqtiradi - u Turin klubi himoyasi uchun «yurak»dek bo‘lib qolgan. Italyanlarga xos an’analar ruhida tarbiyalangan himoyachini shaxsiy xarakteri nuqtai nazaridan ko‘cha jangchisiga o‘xshatish mumkin.

Misol uchun, maydondagi kurashlar chog‘i 4 marta burnini sindirib oldi, golni nishonlashda esa xuddi bahaybat kinoqahramon King Kong kabi harakatlanadi - qo‘llari bilan o‘z ko‘kragiga qattiq uradi. Agar JCH-2014da Luis Suares va Kyellini o‘rtasida yuz bergan «tishlash sahnasi» haqida gapirsangiz, futbolchi yelkalarini qisgancha oddiy gapiradi:

«Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi... Hozirga qadar yakkakurashlar oqibatida burnim naq 4 marta sindi. Hamma muammo shundaki, darvozani nishonga olish uchun o‘zim va jamoadoshimda ozgina imkoniyat tug‘ilsa yoki raqib futbolchisi yaxshi vaziyatga chiqishga urinsa, nazoratni butunlay yo‘qotib, «cho‘g‘» ichiga otilaman».

Aslida gladiator timsoli maydondagi Jorjoning xarakteriga mutlaqo zid. Chunonchi, u chuqur mulohaza yuritadigan, qalbi mehrga to‘la sportchilar sirasiga kiradi. Misol uchun,  Xuan Mata Common Goal nomi ostida xayriya tashkiloti tuzish tashabbusi bilan chiqqanida, Kyellini birinchilardan bo‘lib jamg‘arma a’zosiga aylandi.

Eslatma, Common Goal fondiga a’zo sportchilar yillik maoshlaridan 1 foizini xayriya ishlari uchun ajratadilar. Umuman, Italiyada Jorjoni allaqachon futbol olamining asosiy saxovatpeshasi sifatida tan olishgan. Deylik, himoyachi qadrdon shahri - Livornodagi mahalliy teatrni muntazam ravishda moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

E’tiborli fakt shuki, mazkur teatrda jismoniy qobiliyati cheklangan aktyorlar rol ijro etishadi. Kyellini shuning barobarida Insuperabili xayriya jamg‘armasi tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Ushbu fond nogiron bolalarning sport bilan shug‘ullanishlariga yordam beradi.

Hammasi futbolchining sodda g‘oyasi bilan boshlangandi. Diqqat qiling, faoliyati avvalida Turinda oddiy ofisga ham ega bo‘lmagan jamg‘arma ayni payt butun Italiyani qamrab olishga ulgurdi. Xususan, mamlakatda naq 15ta vakolatxonasi mavjud. «O‘shanda Xuan Mataning jamg‘arma tuzish haqida bergan intervyusini televizorda ko‘rdim.

Keyinroq germaniyalik Mats Xummelsning bu harakatga qo‘shilganidan xabar topgach, darhol har ikkisining shaxsiy saytiga maktub yubordim. Ammo xodimlar meni 15 yoshli bolakay o‘rnida ko‘rishdi, shekilli. Natijada Facetime orqali qo‘ng‘iroq qilib, chindan ham, haqiqiy Kyellini ekanligimni tasdiqlashimga to‘g‘ri keldi.

Nimanidir o‘zgartira olamanmi yoki yo‘q - buni bilmayman, lekin bolalar yuziga tabassum qaytarishni xohlayotganim aniq. Bunday ishlar menga nechog‘li rohat va xotirjamlik bag‘ishlashini so‘z bilan ifodalab berishim juda mushkul. Biz - taniqli sportchilar haqiqiy kumirdek barchaga o‘rnak ko‘rsatishimiz shart.

Aynan shunisi juda muhim. Axir bolalar har bir harakatimiz - qanday ishlarni bajarayotganimiz va nimalar to‘g‘risida gapirayotganimizni kuzatib borishadi. Tug‘ilishlari bilan peshonalariga og‘ir qismat bitilgan bolalar ko‘p.

Bosh maqsadlarimdan biri - ularga hayot uchun kurashishni o‘rgatish harakatiga hissa qo‘shish. Chunonchi, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga ertangi kunni o‘zlari yarata olishlari mumkinligini anglatish va ularni bunga ishontira olish g‘oyat muhimdir», - deydi Kyellini.

Xuan Mata o‘tgan yili ijtimoiy mas’uliyat, futbolning aql bovar qilmas darajada biznesga aylanib ketgani haqida kuyunib gapirgan va futbolchilarga belgilanayotgan maoshlarga «ahmoqona» nisbatini bergandi.

Kyellini bu masalada kattaroq bilimga ega - u iqtisodiyot bo‘yicha bakalavr, shuningdek, ma’muriy biznes sohasi magistri hisoblanadi. Futbolchining bu boradagi mulohazalariga e’tibor qarating: «Ha, hayotimiz ehtimol, xotirjam emasdir. Ammo naqadar katta boylikka egaligimizni ham unutmasligimiz kerak.

O‘z misolimda aytsam, maydonda mudom jonimni jabborga berib o‘ynayman, ammo olayotgan  maoshimga munosib harakat qilayotganimni aslo ta’kidlay olmayman. Shunchaki, omadi chopgan yigitman. Demak, buni teran tushungan holda, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishga doim tayyor turishim shart.

Bunda faqat moddiy yordamni nazarda tutmayapman. Asosiysi - ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, qisqa videomurojaatlar, dildan muloqotlar, diydorlashish ham katta ahamiyatga ega. Demoqchimanki, atrofimizdagi ko‘ngli o‘ksik bolalarga shunchaki, g‘amxo‘rlik ko‘rsatishimiz lozim.

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lganman. Xususan, Janubiy Afrika va Braziliyada dahshatli tumanlarni ko‘rganman. Tailandga borganimda esa 5 yulduzli mehmonxonada to‘xtadim. Shahar chetiga chiqishim bilan o‘ta nochor ahvolda yashayotgan odamlarni, ko‘chalarda uxlashayotgan yigitlarni ko‘rdim.

Ular liboslarini daryoda, shunda ham yomg‘ir yoqqanida, yuvish imkoniga ega bo‘lar ekanlar. Common Goal - xalqaro tashkilot. Umidvormanki, yaqin orada hamyurtlarimda loyihaga qiziqish kuchayib, jamg‘armaga a’zo italiyalik futbolchilar safi kengayadi».

Darvoqe, Jorjoni ilk marta uning Livornodagi qadrdon do‘sti King Kongga o‘xshatgandi. Darhaqiqat, himoyachi xuddi Merian Kuperning kinoqahramoni kabi oqko‘ngil va yovvoyiroq. Futbolchining o‘zi bu borada shunday deydi: «Tabiatimda ikki xil shaxs mujassam - ko‘ngli yumshoq yigitman, shuning barobarida chapanilik ham menga xos.

Maydonga tushgach, top-klub darajasiga mos ravishda harakatlanishim darkor. Axir dunyoga texnik jihatdan mukammal iqtidor bilan kelman emasman. O‘yin bobida o‘sish uchun har doim o‘z ustimda jiddiy ishlashim talab qilinadi. Futbol olamida texnik salohiyat va jismoniy tayyorgarlik tomondan mukammal sanalgan yuzlab o‘yinchilar bor.

Lekin hamma ham bundan iqtidordan yetarli darajada foydalanolmaydi. Demoqchimanki, yuksalish uchun astoydil intilish kerak. Misol uchun, bolalar guruhida hech qachon eng yaxshi o‘yinchi sanalmaganman.

Muhimi, vaqt o‘tgani sari barchasini yaxshilashga erishdim. Eng katta yutug‘im ham shu. Mana, hozir 33 yoshdaman va faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazyapman. Buning hech qanday siri yo‘q: faqat ishlash ishtiyoqi, ozgina ehtiros bo‘lsa, bas».

Ehtiros mavzusi ochilgach, suhbat o‘z-o‘zidan «Chelsi»ning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Kontega borib taqaladi. Binobarin, Jorjo «Yuventus» klubi va Italiya terma jamoasida naq 5 yil aynan uning qo‘l ostida to‘p surgan. «Konte italyancha ehtirosni faqat o‘yin payti emas, har kunlik mashg‘ulotlarda ham namoyish qiladi, — deydi Kyellini.

- Antonioni polisiya serjantiga qiyoslash mumkin. U bilan ish davomida shunday «tirik» muhitni yaqqol  his etganman - 3 yil «Yuventus»da va 2 yil Italiya termasida. Uning mashg‘ulotlari yakuniga yetgan vaqt o‘likdek holga kelasan. O‘zingni charchagan emas, o‘likdek his qilasan. Shunday bo‘lsa-da, ertasiga yana shu ishni davom ettirasan.

Chunki Kontening g‘oyalariga mutlaqo ishonasan. Deylik, Fransiyada 40 kun davomida birga ishlaganimizda, butunlay bosh-qa dunyoga tushib qolgandek bo‘lgan edik. Xullas, Konte yaratgan muhit hammamizga o‘zgacha quvvat bag‘ishlagandi. U eng yaxshi murabbiylardan biridir, shubhasiz».

Konte ketganidan keyin Italiya termasida inqiroz davri boshlandi. Xususan, Kyellini JCHga chiqolmagan jamoaning bir bo‘lagi sifatida qattiq ezildi.

Umuman, Jorjoning alami haligacha tarqalmagan, bu mavzuda gapirishga qiynaladi: «Rostini aytsam, tomog‘imga suyak tiqilib qolgandek. Tushunarsiz holat. Mundialga befarq qarash naqadar og‘ir-a... Ha, ba’zi o‘yinlarni tomosha qilarman, albatta, loaqal natijalardan boxabar bo‘lib borarman.

Ammo mundial o‘yinlarini  uyda bamaylixotir o‘tirgancha bemalol kuzatishim mumkinligini hattoki, tasavvur ham qilolmayapman».

Kyellining fikricha, italyanlar endi futbol bobida azaliy asosga qaytishlari shart: «Xosep Gvardiola italyan himoyachilarini «o‘ldirdi», izdan chiqardi, yo‘q qildi.

Tan olaman, u zo‘r g‘oyalarga ega ajoyib murabbiy. Ammo italiyalik mutaxassislar bu borada yetarli bilim olmay turib, unga taqlid qila boshlashdi. Oqibatda Italiya futboli so‘nggi 10 yilda o‘ziga xos jihatlarini yo‘qotdi.

Aniqroq aytsam, Maldini, Barezi, Kannavaro, Nesta, Bergomi, Jentile, Shirea... kabi yulduzlar davridagi tizim parchalandi. 1984-1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan futbolchilarga qarang, bizda himoyachilardan birgina Bonuchchi yuqori darajaga chiqdi.

Qisqasi, oxirgi 10 yil badaliga biror munosib himoyachi yetishib chiqmadi. Jahon chempionatiga chiqolmaganimiz - mavjud muammolar dalili».

Muhimi, «Yuventus» hamon dahshatli kuch sifatida qolmoqda. Deylik, Massimiliano Allegri jamoasi oxirgi 3 yilda 2 marta Chempionlar Ligasi finalida o‘ynadi. Qolaversa, «keksa sinyora» «A» seriyasida qatorasiga 7-marta chempionlik sari odimlamoqda.

Aytgancha, vaqtida Angliya klublari Jorjoga ham jiddiy qiziqqandi, ammo futbolchi chetga chiqishni istamadi: «Agar sen italyan bo‘lsang, «Yuventus»ni faqat klub shuni xohlagan taqdirdagina tashlab ketishing mumkin. Hammasi juda oddiy, axir boshqa yurtlarda bu yerdagi ehtiros, his-tuyg‘ularni topish mushkul...».

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 21.03.2018. O'qildi: 4451 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик