Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

22 yoshli yetakchi - u kim va nimalarga qodir?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Siz tanimaydigan kuchli futbolchi» turkum maqolalarining yangi qahramoni - Niklas Shtark.

- Bolaligimdan yetakchi bo‘lishni xohlaganman. Murabbiylarim bu borada meni hamisha qo‘llab-quvvatlashgan, o‘shandayoq maydonda jarayonni boshqarishim, ko‘p mas’uliyatni zimmamga olishim kerakligini uqtirishgan.

Hattoki, sardorlik vazifasini ham menga topshirishgan, - deydi Shtark.

Oradan hech qancha muddat o‘tmadi va 2014 yilning yozida Niklas sardor sifatida Germaniya termasini Yevro U-19 finaliga olib chiqdi. Bu paytga qadar u «Nyurnberg» safida Bundesligada 24ta o‘yin o‘tkazib ulgurgandi. Klub mutasaddilari yosh tarbiyalanuvchining sha’niga maqtovlar yog‘dirib, uning termadagi obro‘si yuksak mahoratidan dalolat ekanini ta’kidlashgandi.

O‘tgan yilning yozida Shtark yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibiga aylanib, yangi avlod vakillarini shug‘ullantiruvchi murabbiylarga ham o‘zidagi yetakchilik qobiliyatini ko‘rsatib qo‘ydi. Niklasning ta’kidlashicha, maydondagi bunday rol kuchli jihatlarini ko‘rsatishda yordam beradi.

- Menimcha, maydondagi yetakchi - tushkunlikka tushgan sherigini hali hech narsa yo‘qotilmaganiga ishontirib, kurashishda davom etishga undaydigan kishi, - deydi Shtark.

Niklas bu borada Jerrardni kumir hisoblaydi. 2005 yilgi o‘sha mashhur finalni u «Milan» muxlisi hisoblanuvchi ukasi bilan birga kuzatgan, o‘zi esa «Liverpul»ga ishqibozlik qilgandi.

Tanaffusgacha 0:3 hisobi qayd etilgach, Shtark xonadan chiqib ketgan, ammo Stivenning golidan so‘ng qaytib, uchrashuvni oxiriga yetkazib qo‘ygandi.

- Jerrard kerakli paytda to‘g‘ri harakat qilgan, jamoasiga ishonch ulashgan - bu esa yetakchining asosiy vazifasi. Ayniqsa, menga uning sheriklariga imo-ishoralar bilan ko‘rsatmalar bera olishi yoqadi. Maydondagi sheriklar bir-birlarini so‘zsiz tushunishlari juda muhim, - deydi Niklas.

Shtark 22 yoshida Bundesligada yuzdan ortiq o‘yinda maydonga tushdi, Berlinning «Gerta» klubidagi sheriklari esa uni kiyinish xonasida yaqqol yetakchi ekanini ta’kidlashadi.

Niklas biroz kamtarlik qilib, shunchaki, ko‘proq suhbatlashishi va jamoa yaxlitlikni saqlab qolishi uchun bor kuchini sarflayotganini aytadi. Uning uchun yagona yetakchi va o‘qituvchi yo‘q, hamma bir-biridan o‘rganishi, bilmaganini so‘rashdan qo‘rqmasligi muhimroq.

U qanday o‘ynaydi?

Niklas uchun qadrdon pozisiya - himoya markazi. «Nyurnberg»dagi das­tlabki o‘yinlari va Germaniya yoshlar termasidagi bahslarni aynan shu chiziqda o‘tkazgan.

Shtarkning aytishicha, tajribali Sebastyan Langkamp bilan juftlikda o‘ynash unga ishonch bag‘ishlagan, turli maslahatlar olib, savollariga javob topgan.

Biroq qishda Sebastyan «Verder»ga ketgach, Niklas mudofaa chizig‘idagi bor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘ldi. Endilikda Shtarkdan ko‘p hollarda sheriklariga tavsiya berish talab etiladi, bunga esa ko‘nikish osonmas. Himoyachidagi klassik ko‘nikmalar borasida Niklasda muammo yo‘q.

U hamisha vaziyatni to‘g‘ri baholaydi, ayniqsa, yuqoridan yo‘llanadigan uzatmalar payti boshini tez-tez qimirlatadi. Shu tariqa asosiy e’tiborni to‘pga emas, qo‘riqlayotgan raqibga qaratish imkoni oshadi. Bundan tashqari, Shtark mavsumning ikkinchi qismida yakkakurashlarning 65 foizida ustun keldi - bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri.

«Gerta» bosh murabbiyi Dardai joriy mavsumdan boshlab Niklasdan tayanch yarim himoyasida foydalanmoqda. Futbolchining o‘zi bu rol biroz noqulayligi, ushbu pozisiyada o‘ynash uchun jismoniy holatini yanada yaxshilashi lozimligini tan oldi. Binobarin, murabbiyning qarorini tushunish mumkin.

Shtark dastlabki pasni yo‘llashda ajoyib harakat qiladi, qolaversa, Germaniyadagi eng tezkor markaziy himoyachilardan biri hisoblanadi. Bu esa qarshi hujumlarga o‘tish chog‘ida «Gerta»ga naf keltirishi muqarrar (Berlin klubi tezkor hujumlardan so‘ng yaratilgan vaziyatlar bo‘yi­cha Bundesligada atigi 14-o‘rinda bormoqda).

Shtark o‘z intervyularida har bir o‘yindan so‘ng xatolarini tahlil qilishi, uchrashuvlar arafasida raqiblarining harakatlarini qayta-qayta ko‘rib chiqishini bir necha marotaba ta’kidlagandi.

O‘sish jarayonida o‘z ampluasida to‘p suradigan eng yaxshi futbolchilarni kuzatishni g‘oyat muhim biladi. Niklas o‘zi uchun eng yaxshi namuna sifatida Jorjo Kyellinini ko‘rsatadi.

- Uning har bir yakkakurashda bor kuchini sarflashini anglash qiyin emas. U juda aqlli o‘yinchi. Kyellini raqibidan to‘pni olib qo‘yishdan avval qayerda turishi lozimligini avvaldan rejalashtiradi.

Smartfonimda Jorjo ishtirokidagi bahslar videosi bor. Ularni ko‘rib chiqaman. Maqsadim - o‘yinni o‘qiy olish, to‘pning keyingi lahzada qayerda paydo bo‘lishini oldindan bilish, - deydi Shtark.

Kelajagi porloq

O‘tgan yilning yanvarida Tomas Tuxel boshchiligidagi Dortmundning «Borussiya»si Niklasga astoydil qiziqib, uning timsolida Xummelsga o‘rinbosarni ko‘rgandi.

Shuningdek, «Sautgempton»dan ham «sovchilar» borligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ammo Shtark bosh­qa chempionatga o‘tishga shoshilmayapti, Bundesligani o‘sish uchun eng qulay liga hisoblaydi. Boz ustiga, unga berlinliklar ham o‘rganib qolishgan.

Ayni paytda «Gerta» murabbiylari va bosh menejeri Niklasning milliy termaga munosibligini ta’kidlashmoqda. Bu paytda esa futbolchining o‘zi kamtarlikni saqlab qolmoqda: mamlakat bosh jamoasida o‘ynash orzusi ekani, niyatiga yetish uchun hamma narsaga tayyorligini ko‘p ta’kidlaydi.

Uni tez orada Germaniya termasiga chaqirishadi, bunga shubha qilmasangiz bo‘laveradi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:28, 27.03.2018. O'qildi: 10669 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик