Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pro-liga uchun ortiqcha «pley-off» o‘yinlari nimaga kerak

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tahririyatimiz jahon va milliy futbolimizdagi rivojlanish tamoyillarini doimo jiddiy kuzatib boradi. Kuzatishlarimiz o‘z navbatida mulohazalar ko‘rinishida gazetalarimiz sahifalarida chop etiladi.

Yodingizda bo‘lsa, 2010 yilda milliy futbolimizni rivojlantirish uchun aslida yangi va yagona konsepsiya zarurligi ta’kidlangan mulohazalarni yoritgandik. Keyinchalik esa Osiyo qit’asida futbol taraq qiyoti masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi.

Shu mavzu misolida jahon chempionati final bosqichi ishtirokchilari sonini ko‘paytirish, yo‘llanmalar uchun saralash bosqichini Osiyoda ikki katta mintaqaga bo‘lib o‘tkazish g‘oyasi ilgari surildi. Yuzaga qalqib chiqqan muammolar xususida birdaniga ko‘pchilik o‘yladi.

Balki shuning uchundir, oradan ko‘p o‘tmay, bu g‘oya Mishel Platini tilida ham yangradi. Shu tariqa bir g‘oya taqdiri gazeta sahifalarida qolib ketmadi.

Shu o‘rinda tarixga ekskursiyadan maqsad nima?

Gap shundaki, gazetamizning ikkinchi sahifasida muntazam yoritiladigan mulohazalarda milliy chempionatimiz formatini yangilash masalasi 2015 yilda ko‘tarilgan va asosli takliflar bildirilgandi. Quvonchlisi, o‘sha takliflar asosida Superliga formati belgilandi.

Buning uchun futbolimiz mutasaddilari va mutaxassislaridan minnatdormiz, albatta. Biroq o‘sha takliflarning bir qismi Superliga bilan bog‘liq bahs-munozaralar sababli biroz e’tibordan chetda qoldi. O‘sha mulohazada oliy yoki birinchi liga emas, balki milliy chempionatimiz formatini kompleks yangilash masalasi kun tartibida ko‘rilgandi.

Unga ko‘ra, oliy ligani «Bosh liga» birinchi ligani «Avangard liga» deb nomlash va qayta tashkillash, ikkinchi liga maqomidagi havaskorlar ligasini tuzish nazarda tutilgandi. Afsuski, oliy va birinchi ligaga «Superliga» va «Pro-liga» deb nom berildi. Mayli, endi nomlarga ko‘nikamiz.

Lekin kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar nuqtai nazaridan bu nomlar mohiyatni ifodalay olmasligini va ularda o‘ziga xoslik yo‘qligini aytishimiz darkor. Zero, taraqqiyot shu kabi mulohazalardan boshlanadi.

Yana milliy chempionatimiz formati masalasiga qaytamiz.

Xullas, o‘shanda Pro-liga taqdiriga oydinlik kiritilmadi. Natijada, bu muammo so‘nggi kunlarda yana yuzaga qalqib chiqdi. To‘g‘ri, futbolimiz yangilanish va tajribalar davrida yashamoqda.

Ammo Pro-liga formati masalasi bu qadar ortga surilib ketmasligi kerak edi. Chunki, kechikkan ishni bajarish chog‘ida, baribir, ayrim jihatlar aql ko‘zidan nari qochadi. Nazarimizda, Pro-liga formatida ham shunday nuqson ko‘zga tashlanmoqda.

Savol tug‘iladi: nima uchun «V» guruhida birinchi va ikkinchi o‘rin hamda «A» guruhida ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasida o‘tish o‘yinlari o‘tkaziladi? Bu hol sport tamoyillariga zid emasmi? Xo‘sh, «V» guruhining qaysi vakili Superliga yo‘llanmasi uchun kurashishga tayyor?

Dadil aytish mumkinki, hech biri! «A» guruhining kamida oltita vakili esa yo‘llanmani qo‘lga kiritishdan umidvor va bu umidvorlik zamirida asoslar yetarli. Shunday ekan, hozir ham, mavsum yakunida ham saviya jihatidan yaqqol farq­lanib turishi aniq bo‘lgan jamoalar o‘rtasida o‘tish o‘yinlarini tashkillashdan aslida hech qanday mantiq yo‘q.

Fikrimizcha, ortiqcha o‘tish bahslarini tashkillash g‘oyasi Pro-liga ishtirokchilarini ikki guruhga ajratilishi natijasida tug‘ilgan. «V» guruhi vakillari o‘zlarini kamsitilgandek his qilmasliklari uchun shunday yo‘l tutilgan, shekilli. Endi mavsum yakunida ikki kuchli jamoa ikki nisbatan zaif raqib bilan kuch sinashadi.

Falakning gardishi bilan ortiqcha «pley-off»da infratuzilmasi kuchsiz jamoa g‘olib chiqsa, nima bo‘ladi? U holda, Superliga autsayderiga imkon beriladimi yoki «A» guruhining yengilgan jamoasi yo‘llanma uchun yana qo‘shimcha bahsda qatnashadimi?

Oxir-oqibat PFL Superliganing 11- va 12-ishtirokchisini sport tamoyillariga emas, balki vaziyatga qarab tanlamaydimi? Mutasaddilarning vaziyat taqozosi bilan majburiy o‘zgarishlarga qo‘l uraverishlari muxlislar qalbida uyg‘onayotgan ishonchga soya solmaydimi?

Shunday og‘riqli savollar tug‘ilmasligi uchun biz ancha avval Pro-liga bahslarini ham Superliga formatida o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidlagandik. Ana o‘shanda Pro-ligada ham, havaskorlar ligasi, ya’ni ikkinchi ligada ham 12tadan jamoa bahslarda ishtirok etardi.

Shunda milliy chempionatimizda hozirgidek 30ta emas, balki 36ta jamoa to‘p surishiga sharoit yaratilardi. Balki PFL nomidan kelib chiqib ikkinchi ligani yoshlar ligasi, deb atalar?!

Eng muhimi, uchchala ligada ham musobaqalarni o‘tkazish reglamenti bir xil bo‘lishi, «oltin ochko» qoidasi saqlanishi lozim. Uzr, real voqelikdan yana takliflarga buribmiz.

Nima deb o‘ylaysiz: bu yaxshimi yoki yomon? Bizningcha, takliflarning bo‘lgani yaxshi. PFL bu mavsum bo‘lmasa, keyingisida mazkur mulohaza-takliflarni hisobga olar, ehtimol. Harqalay, mavsum yakunidagi ortiqcha «pley-off»lar na muxlisga, na yetakchi klublarga yoqadi.

Muhammad Vali

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:04, 02.04.2018. O'qildi: 3006 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.