«Roma» Italiya chempionatining 37-turi doirasida o‘z maydonida «Lasio»dan ustun keldi — 2:0. Uchrashuv «Olimpiko» stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinda Janluka Manchini dubl qayd etdi. 70-daqiqadan boshlab har ikki jamoa ham maydonda o‘n kishi bo‘lib harakat qildi. Sportchiga hos bo‘lmagan xulq-atvor uchun «Roma» himoyachisi Uesli va «Lasio» yarim himoyachisi Nikola Rovella qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.
«Roma» qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda g‘alaba qozondi va 70 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Lasio» (51 ochko) esa 9-pog‘onani band etib turibdi.
Italiya chempionatining so‘nggi turida, 24 may kuni «Roma» safarda «Verona» bilan kuch sinashadi, «Lasio» esa o‘z uyida «Piza»ni qabul qiladi.
«ROMA» — «LASIO» — 2:0
Gollar: Janluka Manchini 40 (1:0), Janluka Manchini 66 (2:0).
«Roma»: Svilar, N`Dika (Rench, 37), Ermoso, Manchini (Siolkovski, 83), Kristante, El-Aynaui, Uesli Vinisius, Zeki Chelik, Dibala (Dovbik, 88), Pizilli (El-SHaaravi, 46), Malen (Soule, 83).
«Lasio»: Furlanetto, Provstgor, Xila, Nunu Tavaresh, Marushich (Lassari, 79), Rovella, Teylor (Dele-Bashiru, 62), Bashich, Noslin (Pedro, 79), Kanchelyeri (Isaksen, 71), Dia (Maldini, 62).
Ogohlantirishlar: Ermoso (42), El-SHaaravi (85) — Teylor (21), Kanchelyeri (42), Nunu Tavaresh (64).
Chetlatishlar: Uesli Vinisius (70) — Rovella (70).