Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavsumning kutilmagan kashfiyoti – Visam Ben-Yedder

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bundan ikki yil muqaddam fransiyalik Visam Ben-Yedder «Tuluza» yulduzi sifatida 1-divizion vakillarini gollar bilan «siylab» kelardi.

Keyinchalik hujumchi bu an’anani «Sevilya»da davom ettirdi - o‘z uyida «MYU» bilan nursiz durangga imzo chekan jamoa aynan uning «dubl»i evaziga «Old Trafford»ni «qon yig‘latib», YECHL chorak finali sari yo‘l oldi.

Joriy mavsum 35 marta maydonga tushgan Ben-Yedder esa 19ta gol urib, transfer bahosini 9 mln.dan 25 mln. yevroga ko‘tarib oldi.

Endi o‘z mahoratini terma jamoada sinab ko‘rish niyatida. Sinaganda ham shunchaki anoyi o‘yinlarda emas, JCHdek yirik musobaqada sinab ko‘rishni mo‘ljallamoqda!

Bolaligi futzalda o‘tgan

Yoshligidan futbolga mehr qo‘ygan Visam 10 yoshligidan «Garj Le Gonnes» klubi tarkibidan joy olib, futbol bo‘yicha musobaqalarda qatnasha boshladi. Bolakay Parij sportzallarida to‘plagan tajribasi evaziga katta futbolga o‘tishni rejalashtirgandi.

Shu tariqa «Alforvil» havaskorlar jamoasi a’zosiga aylandi. Fransiyalik eskpertlarning fikricha, Ben-Yedderning uzoq vaqt davomida Didye Desham e’tiboridan chetda qolganligi uning jismoniy kamolotga tengdoshlaridan kechroq erishganligi va Benzema, Jiru, Lyakazett kabi futbolchilarga munosib raqobat ko‘rsata olmaganligi bilan izohlanadi.

Darhaqiqat, 20 yoshli Karim milliy terma jamoa­da javlon ura boshlaganida 22 yoshli Vissam endigina yoshlar tarkibidan o‘rin olgandi. Matbuot vakillari Ben-Yedderdagi kechikishni futzal bilan bog‘lashgandi. Bir tomondan, Visam - ajoyib dribling sohibi. Ikkinchi tomondan, maydondagi vaziyat va jamoadoshlarining joylashuvlariga to‘g‘ri baho bera olmaydi.

«Barselona»da to‘p surishi kutilgandi

«Tuluza» tarkibidagi uchinchi sermahsul mavsum tufayli ko‘pgina mahalliy sovrinlarni qo‘lga kiritgan Visam Ispaniyaning «Vilyarreal» hamda «Barselona» jamoalari e’tiborini tortdi.

2014 yilning yozida hujumchi Kataloniyaga yo‘l olishga yaqin turgandi. Lekin jamoa so‘nggi pallada transferni noma’lum muddatga kechiktirib, Ben-Yedderni yana 1-2 mavsum kuzatib yurishni lozim topdi.

Ijtimoiy tarmoqlar qiroli

Fransiyalik futbolchi internetning faol obunachilaridan. U muntazam ravishda o‘z muxlis va muxlisalari bilan muloqotda bo‘ladi. Ba’zan ajoyib o‘xshatishlarga ham pisanda qiladi.

Masalan, «Enfild»dagi kuzgi trillerdan keyin (0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgan «Sevilya» «Liverpul» darvozasiga 3ta gol yo‘llab, yakunda jangovar durangga imzo chekkandi) hujumchi o‘z «Tvitter»i orqali YECHLning 2005 yilgi finalini yodga oldi. O‘shanda «Milan» naqd g‘alabani boy bergandi.

Tunis sharafini himoya qilishi mumkin edi

Joriy mavsumning yarmidayoq Visam «Sevilya»ning YECHLdagi eng yaxshi to‘purariga (8ta gol) aylangandi. Ana shu yorqin ishtirok Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Dishamning e’tiborini tortdi.

Boz ustiga, fransiyalik mutaxassis Kolumbiya (2:3) hamda Rossiya terma jamoalariga qarshi nazorat uchrashuvlari arafasida hujum chizig‘ida muammolarga duch kelgandi: Nabil Faqir jarohat bois safdan chiqqan, Aleksandr Lyakazett esa yaqinda jarohatdan forig‘ bo‘lib, mashg‘ulotlarga kirishgandi.

Bunday sharoitda yana bir hujumchining bo‘lishi shart edi. Xullas, Ben-Yedder ayni kerakli paytda o‘zini namoyish etdi. Ta’kidlash joizki, orziqib kutilgan taklifga hujumchi olti yildan keyin erishdi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, futbolchining kelib chiqishi tunisliklarga borib taqaladi.

Tabiiyki, bu davlat futbolining mutasaddilari anchadan beri Ben-Yedderni terma jamoaga chorlab kelishadi. Biroq Visam shu yilning boshida faqat Fransiya milliy jamoasi libosida maydonga tushishi mumkinligini yana bir marta ta’kidlab, masalaga uzil-kesil nuqta qo‘ydi. Shundan keyin tunisliklar taqdirga tan berishdi:

«Bizuningqarorinihurmatqilishgamajburmiz. Vissam qarorini o‘zgartirmasligi aniq. Ayniqsa, JCHning ochilishiga 3 oydan kamroq vaqt qolgan pallada». Xullas, afrikaliklar orzusi orzuligicha qolib ketdi.

Endi «Sevilya»dan ketish taraddudida

YECHLda chorak finalga qadar yetib kelgan «Sevilya» La ligada muvaffaqiyatli to‘p surolmayapti. Jamoa hozirda turnir jadvalining oltinchi pog‘onasida bormoqda, YECHL hududidan 14 ochkoga ortda qolmoqda.

Boz ustiga, o‘yin sur’ati juda past. Oqibatda Ben-Yedder bilan Montella o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Italiyalik mutaxassis Vissamga jamoaning asosiy hujumchisi roliga loyiq emasligini aytdi.

Shogird ham javobni cho‘zib o‘tirmadi - «Sevilya»ni tark etish niyatini bildirdi. Biroq uning shartnomasi 2021 yilga qadar amal qiladi. Agar Visam mavsumning yakuniy bosqichini yorqin tarzda o‘tkaza olsa, yozgi transfer darchasi uning uchun qizg‘in o‘tishi mumkin.

Ammo hujumchining butun e’tibori boshqa masala bilan band: kuzda UYEFA matbuot xizmati vakili undan futbolchilik faoliyatidagi ushalmagan orzusi xususida so‘raganida, Ben-Yedder qo‘yidagicha javob berdi: «JCHda Fransiya sharafini himoya qilish».

Aftidan, bu orzu yaqin kelajakda ro‘yobga chiqadigan ko‘rinadi. Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyutini nishonlagan hujumchi Rossiyaga yetib keldi. Hozircha o‘rtoqlik, keyinchalik rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushsa, ajablanmasdik.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 03.04.2018. O'qildi: 3853 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.