Angliya Premyer-ligasi 2025/2026 yilgi mavsum 35-turidan o‘rin olgan «Everton» va «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Liverpul shahridagi «Xill Dikinson» stadionida bo‘lib o‘tgan qiziqarli va gollarga boy kechgan bellashuv 3:3 hisobida durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida Jeremi Doku hisobni ochib, «shaharliklar»ni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Tyerno Barri javob golini kiritdi. 73-daqiqada Jeyk O'Brayen «iriska»larga ustunlikni taqdim etdi. 81-daqiqada Barri dubl rasmiylashtirdi.
Abduqodir Husanov mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, bahs oxirigacha maydonda harakat qildi.
Ushbu natijadan so‘ng «Everton» 48 ochko bilan musobaqa jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Siti» esa 71 ochko bilan ikkinchi pog‘onada joylashgan. Peshqadam "Arsenal" 36 o‘yindan keyin hisobida 76 ochko mavjud.
Keyingi turda «Everton» 10 may kuni safarda «Kristal Pelas»ga qarshi maydonga tushadi. «Manchester Siti» esa 9 may kuni o‘z maydonida «Brentford»ni qabul qiladi.
Angliya — Premyer-liga, 35-tur 4 may 2026 yil, Liverpul, «Xill Dikinson» stadioni Everton — Manchester Siti 3:3 Gollar: 0:1 — Doku (43), 1:1 — Barri (68), 2:1 — O'Brayen (73), 3:1 — Barri (81), 3:2 — Xoland (83), 3:3 — Doku (90+7)