Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 25.11.2025 00:45
      • Sassuolo
      • 2:2
      • Piza
  • APL
      • 25.11.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 0:1
      • Everton
  • La-liga
      • 25.11.2025 01:00
      • Espanyol
      • 2:1
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 25.11.2025 12:45
      • Melburn Siti
      • 2:0
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 25.11.2025 15:00
      • Kangvon
      • 1:3
      • Matida Zelviya
      • 25.11.2025 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:3
      • Seul
      • 25.11.2025 15:00
      • Chengdu Rongcheng
      • 1:1
      • Sanfrechche Xirosima
      • 25.11.2025 21:00
      • Al-Vahda
      • 3:1
      • As-Sadd
      • 25.11.2025 23:15
      • Al-Hilol
      • 4:0
      • Ash-Shorta
  • OChL-2
      • 25.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:0
      • Al-Hussayn
  • ECHL
      • 25.11.2025 22:45
      • Ayaks
      • 0:2
      • Benfika
      • 25.11.2025 22:45
      • Galatasaroy
      • 0:1
      • Yunion
      • 26.11.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 4:0
      • Vilyarreal
      • 26.11.2025 01:00
      • Chelsi
      • 3:0
      • Barselona
      • 26.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 2:3
      • Yuventus
      • 26.11.2025 01:00
      • Manchester Siti
      • 0:2
      • Bayer
      • 26.11.2025 01:00
      • Marsel
      • 2:1
      • Nyukasl
      • 26.11.2025 01:00
      • Slaviya
      • 0:0
      • Atletik Bilbao
      • 26.11.2025 01:00
      • Napoli
      • 2:0
      • Qorabog‘
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 13 32
2 Barselona 13 31
3 Vilyarreal 13 29
4 Atletiko 13 28
5 Betis 13 21
6 Espanyol 13 21
7 Xetafe 13 17
8 Atletik Bilbao 13 17
9 Real Sosyedad 13 16
10 Elche 13 16
11 Sevilya 13 16
12 Selta 13 16
13 Rayo Valyekano 13 16
14 Alaves 13 15
15 Valensiya 13 13
16 Malyorka 13 12
17 Osasuna 13 11
18 Jirona 13 11
19 Levante 13 9
20 Real Ovyedo 13 9

O'tgan o'yinlar.

13-тур Valensiya 1-0 Levante
13-тур Alaves 0-1 Selta
13-тур Barselona 4-0 Atletik Bilbao
13-тур Osasuna 1-3 Real Sosyedad
13-тур Vilyarreal 2-1 Malyorka
13-тур Real Ovyedo 0-0 Rayo Valyekano
13-тур Betis 1-1 Jirona
13-тур Xetafe 0-1 Atletiko
13-тур Elche 2-2 Real Madrid
13-тур Espanyol 2-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

29/11/25 Xetafe - Elche
29/11/25 Malyorka - Osasuna
29/11/25 Barselona - Alaves
29/11/25 Levante - Atletik Bilbao
30/11/25 Atletiko - Real Ovyedo
30/11/25 Rayo Valyekano - Valensiya
30/11/25 Real Sosyedad - Vilyarreal
30/11/25 Sevilya - Betis
30/11/25 Selta - Espanyol
01/12/25 Jirona - Real Madrid

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hisobot topshirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Olimpiya terma jamoasi / Yig‘inlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov mart oyida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bo‘yicha Murabbiylar kengashi va “Terma jamoalar” boshqarmasiga hisobot topshirdi.

Shu yilning 14 avgustidan 1 sentyabrigacha Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi mart oyida Andijon va Farg‘onada 1 haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi. Yig‘in davomida jamoa Keniya yoshlar terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.

Yig‘in davomida murabbiylar 4 ta asosiy vazifa ustida ish olib borishdi.

Birinchisi, Osiyo o‘yinlariga boradigan futbolchilar ro‘yxatini shakllantirish uchun nomzodlarning funksional tayyorgarligini sinovdan o‘tkazish bo‘ldi. Ikkinchisi, himoya va hujumdagi o‘yinni tashkil qilishda o‘zaro o‘yin va harakatlarni takomillashtirish bo‘lib, bu borada maxsus dastur va reja asosida ish olib borildi. Uchinchi vazifa, futbolchilarning yuqori tezlikdagi texnik va taktik harakatlarni guruh va jamoa bo‘lib ijro etish darajasini oshirishdan iborat bo‘lib, buning uchun yuqori intensiv o‘yin va pressingdagi o‘yinning joyida ekanligiga e’tibor qaratildi. To‘rtinchi vazifa esa, yuqori natijalarni qo‘lga kiritadigan inoq va birlashgan jamoani tuzish bo‘ldi.

Yig‘inga O‘zbekiston superligasidagi 11 ta jamoadan 24 nafar, Rossiya premyer ligasidan esa bir vakil chaqirildi. Bu vaqtda milliy terma jamoa Marokashda yig‘in o‘tkazayotganligi munosabati bilan jamoaning 6 nafar a’zosi – Rustam Ashurmatov, Odilbek Hamrobekov, Javohir Siddiqov, Jasur Yaxshiboyev, Botirali Ergashev, Akrom Komilovlar yig‘inda qatnasha olmadi. Ularning o‘rniga zahiradan 9 nafar yangi futbolchi taklif etildi: darvozabon – Umidjon Ergashev (Nasaf), himoyachi Avaz Mamatxo‘jayev (Qo‘qon 1912), yarim himoyachilar – Sharof Muhiddinov (Nasaf), Muhammadanas Hasanov (Qo‘qon 1912), Oston Urunov (Navbahor), Aziz Turg‘unboyev (Navbahor), Islom Kenjaboyev (Nasaf), Aziz Amanov (Lokomotiv) va Nurullo To‘xtasinov (So‘g‘diyona) lar zahiradan chaqirilib, xalqaro o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldilar. “Nasaf” a’zosi Doniyor Narzullayev va “Paxtakor” futbolchisi Doston Ibrohimovlar jarohatlari sabab yig‘inni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldilar.

Mart oyidagi yig‘in davomida 8 ta jismoniy, 6 ta nazariy mashg‘ulot o‘tkazib, jamoa 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Keniyaga qarshi birinchi uchrashuv 23 mart kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘yin keskin kurashlarga boy bo‘ldi, ammo O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi himoyadagi o‘yinni yaxshi tashkil qila olmagani, hujumlarni tashkil etish va samarali tugatishda boshlang‘ich harakatlarning sustligi, qolaversa, raqib jamoaning o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgani sababli chiroyli o‘yin ko‘rsata olmadi. Natijada esa O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi 1-2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ikkinchi o‘yingacha bo‘lgan davr oralig‘ida jismoniy va nazariy mashg‘ulotlarda birinchi o‘yinlardagi xatolar ustida ishlandi. Mashqlarda, ayniqsa, himoya va hujumda umumjamoaviy harakatlarning takomillashuviga e’tibor kuchaytirildi. Bundan tashqari, standart vaziyatlar bo‘yicha ham alohida dastur asosida mashqlar olib borildi.

Ikkinchi o‘yin 26 mart kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi tarkibida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu safar o‘yin O‘zbekiston jamoasi a’zolarining tashabbusi ostida kechdi. Himoya va hujumda o‘yinni tashkil qilish, to‘pning nazoratini boy bermaslik, yuqori darajadagi kombinasion harakatlarni mujassamlashtirgan hujumkor o‘yin namoyish etishning uddasidan chiqildi. O‘yinda ko‘plab hujumlar uyushtirildi, ammo ulardan foydalanish darajasi kam bo‘ldi. Yakunda O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi 1-0 hisobidagi g‘alaba bilan yig‘inni yakunladi.

O‘yindan keyin jamoa murabbiylar shtabi O‘FA “Terma jamoalar” boshqarmasi bilan birgalikda ikkala o‘yinni tahlil qildi. Keniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari va vodiydagi o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari yuqori saviyada tashkil qilinib, O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasining xalqaro maydondagi tajribasining yanada oshishiga xizmat qildi. Ayniqsa, Osiyo o‘yinlari arafasida afrikalik jismonan baquvvat futbolchilarga qarshi o‘yinlarning o‘tkazilishi tayyorgarlikning borishi uchun kerakli jihatlar ustida ishlar olib borilishi kerakligini ko‘rsatdi. Qolaversa, murabbiylar futbolchilarning funksional holati, mahorati va psixologik barqarorligi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va axborotga ega bo‘ldi.

Keyingi yig‘inlar oldidan jamoa oldiga himoyalanish asnosida standart vaziyatlarni bartaraf etish, tezkor va qarshi hujumlardagi beqarorlikni yo‘qotish va vaziyatlardan unumli foydalanish hamda himoyada tartibli o‘yin namoyish etish kabi jihatlarga e’tibor qaratilishi belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik strategiyasiga ega bo‘lib, shu yilning boshidan beri ana shu strategiya asosida tayyorlangan dastur asosida Indoneziyadagi katta musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dastur 3 bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda O‘zbekiston U23 yoshlar terma jamoasi musobaqaga odatiy tayyorgarlik asosida yig‘inlar o‘tkaziladi va bu hol aprelning oxirigacha davom etadi. Ikkinchi bosqichda esa, yig‘inlar intensiv darajaga ko‘tariladi va futbolchilarga beriladigan mashq va nagruzkalar nisbatan ko‘payadi. Intensiv davr may va iyun oylarini o‘z ichiga qamrab oladi. Iyul va avgust oylarida esa terma jamoa non-stop bosqichiga chiqadi va bu davrda bor e’tibor faqat va faqat Osiyo o‘yinlariga qaratiladi.

Osiyo o‘yinlarining futbol turniri 14 avgustdan 1 sentyabrga qadar Jakartaning 4 stadionida bo‘lib o‘tadi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoadagi futbolchilar 1995 yil 1 yanvarda yoki undan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak. Faqatgina 3 nafar futbolchining yosh limitidan chiqilishiga ruxsat beriladi. Yakuniy qaydnoma uchun taqdim etiladigan futbolchilar ro‘yxati 18 kishidan kam, 20 kishidan ko‘p bo‘lmasligi talab etiladi. Ayni paytda futbolchilarni ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda va u iyun oyiga qadar davom etadi. Qur’a tashlash marosimi esa, dastlabli ma’lumotlarga ko‘ra 27 iyulga rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 16:33, 05.04.2018. O'qildi: 3507 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 8
3 Барселона Ferran Torres 7
4 Атлетико Xulian Alvares 7
5 Леванте Karl Etta-Eyong 6
6 Мальорка Vedat Muriki 6
7 Эспаньол Pere Milya 5
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Сельта Borxa Iglesias 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.